O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar

Description
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

? Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 2 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 2 months ago

3 months ago

#Foydali

⚡️Bu yil quyidagi platformalar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratilgan:

— Bakalavriat yo‘nalishlariga qabul (5-iyundan 25-iyunga qadar)
? my.uzbmb.uz

— Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-yuldan 30-iyulga qadar)
? magistr.edu.uz

— Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
? my.edu.uz

— O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustga qadar)
? transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
? my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

@NUU_students

3 months ago

❗️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkaziladi

2024/2025-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha 2024-yil 5–19-iyul kunlari 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan:
o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari;
ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.

@NUU_students

3 months ago

#Kayfiyat Butun dunyo odamlari Tapswap bilan Hamster Kombat qachon sotuvga chiqishini oʻylayotgan bir paytda, men magistraturani Qarshiga topshirsammikin yoki Toshkentga topshirsammikin deb oʻylab oʻtiribman! Qanchalar boʻlayotgan ishlarga befarqmane! Obbo…

3 months, 1 week ago

❗️Rasman: Test sinovlari 14 iyuldan boshlanadi, mandat 22 avgustga qadar e’lon qilinadi

2024/2025 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2024 yil 14 iyuldan 28 iyul kuniga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Imtihonlar 28 iyulda yakunlanadi hamda 30 iyuldan boshlab 15 kun yo‘nalish tanlash imkoniyati yaratiladi.

13 avgustda (shu kuni ham tanlash mumkin bo‘ladi) ushbu muddat yakunlanadi.

7 kunlik muddatdan so‘ng mandat hisoblanadi hamda 21-22 avgustda mandat e’lon qilinadi.

@NUU_students

3 months, 1 week ago

Bonus sifatida 4 yillik muammolar qoʻshib beriladi) @NUU_students

3 months, 1 week ago

Bu yaqin 100 yillikda dunyoni hech bir narsa HAMSTERchalik egallay olmagan edi!

@NUU_students

3 months, 2 weeks ago

❗️Magistratura va doktoranturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining ro‘yxati tasdiqlandi

Bunda qaysi mutaxassislikka C1, B2 va B1 daraja talab etilishi belgilangan.

@NUU_students

3 months, 2 weeks ago

❗️Test uchun to‘lovni qachongacha qilish kerak? 

JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 170 ming so‘m (yarim “minimalka”) to‘lashi kerak.

To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.Ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 25-iyunga qadar (o‘sha kuni ham) mazkur summa to‘liq to‘lanishi shart. Ya'ni qachon ro'yxatdan o'tganingizni farqi yo'q, asosiysi to'lovni 25-iyun soat 23:59 gacha to'lash shart.

LEKIN!!! Siz taqab oxirgi muddatga olib bormang. Sababi bank va onlayn tizimlarda kutilmagan profilaktik ishlar bo'lsa, yoki oxiriga taqagan odamlar tufayli serverda yuklama ko'payib ketsa, kutilmaganda to'lovni amalga oshira olmay qolishingiz mumkin.

Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

@NUU_students

3 months, 2 weeks ago

❗️Abituriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball qanday tartibda beriladi?

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga asosan abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berilishi belgilangan. Bunda:

2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida):

Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi. 

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq):

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

@NUU_students

3 months, 3 weeks ago

❗️2024/2025-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun qayta tasdiqlangan fanlar majmuasi

@NUU_students

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 2 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 2 months ago