Qosimov

Description
Mirjalol Qosimov, lekin futbolchi emas. Yaxshi kanal.

Fikrlar shaxsiy.

Aloqa uchun: @mirjalol_ksmv
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

3 months, 2 weeks ago
OʻzPFL Butunjahon transport hodisasi qurbonlarini xotirlash …

OʻzPFL Butunjahon transport hodisasi qurbonlarini xotirlash kuniga ajoyib video tayyorlabdi. Unda real futbolchilar, aniqrogʻi, Superliganing 2024-yilgi mavsumi ramziy jamoasidan oʻrin olgan sportchilar ishtirok etgan. Ramziy jamoa shunday tarzda e’lon qilingan.

Futbol va mana shunday dolzarb ijtimoiy masalaning kollabini, “Oʻzbekiston pandemiyasi”ni aynan Liga ham koʻtarib chiqayotganini koʻrish odamni xursand qiladi.

Videodagi ayrim jihatlar ham e’tiborimni tordi, masalan, kadrlar menga juda yoqdi. Bu yili Oʻzbekiston Kubogini qoʻlga kiritgan va oʻsha oʻyinda koʻksi bilan soʻnggi daqiqada “Andijon”ning chempionlik golini kiritgan Vladimir Bubanya kadrda koʻrsatilayotganida aynan shunga mos soʻzlar yangramoqda. Bu mayli, tushunarli, lekin keyingisi menga juda yoqdi.

Oxirgi paytlarda oʻz oʻyini bilan muxlislar koʻziga tushib, terma jamoaga nega chaqirilmayotgani koʻp bor ta’kidlangan Anvar Hojimirzayev kadrda koʻrsatilayotganda esa suxandon shunday demoqda: “Balki milliy jamoa safida yetakchi boʻlib, vatandoshlari yoqimtoyi boʻlarmidi”.

Liga mana shunday detallarga aynan e’tibor berib, “ishora” qilganmi yoki men hammasini miyamda shakllantirdimmi, bilmadim, lekin menga yoqdi. Tashabbusning oʻzi zoʻr, realizatsiyasi ham ajoyib boʻlibdi. Xuddi top chempionatlardagidek.

Lekin avtohalokatda vafot etgan “Bunyodkor” va Olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchi Diyor Rahimqulovni aynan U23 yetakchisi Abduvohid Ne’matov “yod olgani”ga alohida e’tibor berilgani aniq.

Muhrim aka koʻp aytadigandek, OʻzPFL va Diyor aka — malades!

@qosimovuz

3 months, 4 weeks ago
**Zumerlar nima xohlaydi?**

Zumerlar nima xohlaydi?

Kuni kecha “Ular” loyihasida zumer avlod haqida katta koʻrsatuv chiqdi, shu avlodning vakili sifatida men ham ularning savollariga javob berdim.

Kecha koʻrsatuvni toʻliq koʻrib chiqdim, izohlarni oʻqib tushundimki, odamlarga qatnashchilarning ba’zi fikrlari yoqmagan (va bu normal). Oʻzimdan boshqa ba’zi ishtirokchilarning fikriga men ham qoʻshilmayman. Juda tor doirada fikrlayotgandek tuyuldi, dunyo faqat ularning atrofida aylanayotgandek his qilishadi, nazarimda.

Bilmadim, ular hamma bloger, operator-montajor, SMMchi boʻladi, deb oʻylashadimi, universitet kerak emas, deb tashlashibdi. Bunday fikr — kitobni, ilmni mensimaslik (“kitob oʻqimayman, chunki men zumerman”, degani juda kulgili) ularda qayerdan shakllangan, bilmayman, lekin bu juda yomon. Pul topish, koʻp pul topish yaxshi, lekin hayot faqat bundan iborat emas.

Universitet kerak, eng kamida bir maqsadli insonlarni topish, netvorking uchun. Ha, “zamonaviy kasblar”dan boshqa ishlar bilan ham kimdir shugʻullanishi kerak (haydovchi, medik, sartarosh, olim va hokazo).

Lekin tengdoshlarimning toʻy borasidagi fikrlari yoqdi, koʻpchiligi ixchamgina tadbir qilish niyati ekanini aytibdi, jumladan, men ham. Lekin katta toʻylar faqatgina zararli, rivojlanishimizga toʻsqinlik qilyapti, deb qarash xato.

Yoqmayaptimi, qilmang, qilganlarni esa “tupoy”likda, “qanday yashashni bilmaslik”da ayblamang. Umuman, xalqni, odamlarni biror narsada ayblab tashlashdan tiyilish kerak, nazarimda.

Umuman olganda esa yaxshi koʻrsatuv boʻlibdi, siz ham bir ko'ring. Taklif uchun Laziz Hamidov va uning jamoasiga rahmat.

Sarlavhadagi savolning javobini esa men bilmayman.

https://youtu.be/Oy9xzBb-Jdo?si=uRaT-yRRpSJH4LOT

@qosimovuz

4 months ago
Qosimov
6 months ago

Hojatxona revolyutsiyasi

Yaqinda ishxona chatida bir hamkasbim Xitoydagi “Hojatxona revolyutsiyasi” haqida maqola tashlab qoldi. Oʻqib koʻrsam, qiziq narsa ekan.

Kampaniyaga 2015-yilda shaxsan rais Si Zinpinning oʻzi start bergan ekan. Bundan maqsad – turizmni rivojlantirish (nimagadir “yanada” deyishmabdi) va inson hayoti sifatini yaxshilash.

2015-2017-yillarda amalga oshirilgan “revolyutsiya”da 68 mingta jamoat hojatxonasi oʻrnatilgan yoki yaxshilangan. Bu Xitoyga 3 milliard dollarga tushgan.

Umuman olganda, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda Xitoyda shahar va shaharchalarda hukumat tomonidan qurilgan 370 000 dan ortiq jamoat hojatxonalari mavjud, bu bog'lar, diqqatga savozor joylar yoki kompaniyalar tomonidan boshqariladiganlarini hisobga olmaganda. Ularning eng koʻpi Pekinda – 20 mingdan ziyod. Bu Xitoy hukumati tomonidan yuritiladigan nashr bergan ma’lumot.

Yana shu maqolani oʻqib bildimki, hojatxonalarning ham “yulduzi” boʻlarkan, Si ushbu kampaniya doirasida mamlakat boʻylab “3 yulduzli” hojatxonalarni koʻpaytirmoqchi boʻlgan ekan. Unga ventilyatsiya, fon musiqasi va hojatxona qog‘ozi bor yo yoʻqligi kabi 58 xil jihatga asoslangan holda yulduzlar berilar ekan.

Ozroq statistikaga qiziqib koʻrdim, dunyo boʻylab 69 ta turistik shaharlar ichida eng ko'p jamoat hojatxonasi Parijda ekan. U yerda har kvadrat kilometrga oʻrtacha 6,7 ta hojatxona toʻgʻri kelarkan. Undan keyingi oʻrinda turgan Sidneyda bundan ikki baravar kam ekan – 3,6 ta. Eng yomon koʻrsatkich Qohirada, u yerda har bir kvadrat kilometrda ikkita hojatxona topish mumkin ekan.

Toshkent turistik kayfiyati bilan bu shaharlar bilan bellasholmaydiyu, lekin baribir qiziq statistika boʻlgan boʻlardi: Toshkentda bir kvadrat kilometr hududda nechta jamoat hojatxonasi topish mumkin? Oʻzi umuman, topish imkonlimi?

Oʻshanda Xitoyda hojatxona masalasi yuqori minbarlarda muhokama qilingan, “Hojatxona revolyutsiyasi” terminini ham Si Zinpinning oʻzi aytgan. Buni “China Daily” nashri 2015-yilda e’lon qilgan “Si Zinpinning yangi atamalari lugʻati”ga ham kiritgan. E’tibor bering, bu atama “ozchilik”, “Xalqaro munosabatlarning yangi turi”, “Siyosiy intizom va qoidalar” kabi atamalar bilan bir qatorda turibdi. Lekin negadir bunday “lugʻat” keyinchalik kerak boʻlmay qolganmi, yillar kesimida qarab ko'rsam, boshqa chiqmadi.

Xitoy qiziq davlat-da, mana shunday revolyutsiyalarni oʻylab topadi. Shunday revolyutsiya va Sining shashtidan (ozroq) bizga ham kerak. Bizda ham turistlarning, umuman, mahalliy aholining katta muammosi — jamoat hojatxonalari. Pulli boʻlsa ham.

@qosimovuz

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago