Qᴀʟᴀᴍ Sᴇʜʀɪ

Description
"Uch nuqta"kitobi muallifi Abrambek Azimovning ijodiy kanali

@abramasfera hamkorligida..)
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

10 months, 2 weeks ago

Rasman Qalamsehr muzlatildi.
Birinchi ijod boshlangan 4 yillik kanaldan chiqib, yangisiga ulanishingiz mumkin.

Endi bu yerda bo'laman: https://t.me/eski_varaqa

11 months ago
Yil davomida kundalik tutmadim. Lekin Sferamda …

Yil davomida kundalik tutmadim. Lekin Sferamda hammasini yozib, gapirib kelyapman. Boshqa ta'rifarni o'sha yerdan o'qishingiz mumkin.

Yangi kelayotgan yilda maqsadlar ulkan. Aynan ijodda ham o'sish bo'ladi. Ko'proq yozaman, boshqa janrda yozaman. Boshqa kitob yozaman.
Lekin avvalo "Qalamsehr"ni muzlatib, boshqa kanalda qaytadan tug'ilamiz. Boshqa kanal ochib, boshqacha yo'nalishda yuritamiz. U yerda har kuni post bo'ladi. U yerda zerikib qolmaysiz. Yaqin kunlarda link qoldiraman.

Barchaga kelayotgan yilda omad yor bo'lishini tilayman. Shoir va she'riyat atrofini aslo tark etmang, yanada yaqin keling. Albatta, u ham yaqinlashib boraveradi.

2023-yila birga bo'lganingiz, kuzatib borganingiz uchun tashakkur!
Yangi 2024-yil barchaga muborak bo'lsin!

11 months ago
Ko'proq qadrlashni o'rgandim. Oila, do'stlik, bolalik, …

Ko'proq qadrlashni o'rgandim. Oila, do'stlik, bolalik, umuman olganda o'zlikni.
Ko'p maqtovlar eshitdim, ko'p muhlis ortirrdim. Ko'plar men haqda yozishdi, gapirishdi. Bugun bir qo'shnim kitobimdan she'r yodlabdi.

Men haqimda o'qishdi. Men yozganimni o'qishdi. Ayrimlar yod olayapti. Shuni o'zi yetarli xulosa. Shuni o'zi motivatsiya, shuni o'zi harakat. She'riyatim qadri o'tgan yilda ancha o'sdi. Ancha ulg'aydik. Men, she'rlar va siz:)

11 months ago
Universitet. Metro. Kvartira. Tok Shou..

Universitet. Metro. Kvartira. Tok Shou..
Bir davrdan ikkinchi davrga ko'prik bo'lib berdi o'tgan yil.
Bir uydan qo'zg'alib, boshqasiga kirgunga qadar ko'prik bo'lib berdi.
Maktabdan haydab, boshqa kattaroq darsxonaga o'tqazib qo'ydi hayot. O'tgan 365 kun ichida 365 mingcha yangi chehra, yangi hissiyot va yangi xotira muhrlandi.
Sinfdoshlar - kursdoshlarga, do'stlar - o'rtoga, akalar - okaga, hayot - falsafaga aylanib ketdi. Hayot bir joyda to'xtab qolgani yo'q. Hayot har kuni o'zardi...

11 months ago
2023-yil Uch nuqtasi borligi uchun ham …

2023-yil Uch nuqtasi borligi uchun ham go'zal bo'ldi.
Endi u biografiyalarda uch nuqtasi bilan har doim maqtana oladi.
2023-yil shoirning birinchi kitobi nashrdan chiqqan deb o'qishadi. Adabiyot kitoblarda. Sizning farzand va nabiralaringiz)
Yil uch nuqtalarga boy bo'ldi va shu bilan tarixga aylanmoqda...

11 months, 1 week ago

387-she'r o'zgacha ijroda?
Kontent muallifi: Farrux Xudayqulov.

11 months, 2 weeks ago

O'ZING KIMSAN ICHIMDA?

Sahar sochgan ko'zmunchoq,
Iforlari nur doim.
Men kechagi qo'g'irchoq!
O'zing kimsan Guloyim?

Shitirlab yosh dumalar,
Aylanadi tugmalar.
Dushmanim oq kabutar,
Birodarim turnalar.
Men kechagi allaman!
O'zing kimsan Zebuzar?

Vaqt sarg'aygan kasallik,
Jim yutaman, kutaman.
Ko'k kafanni aylanib,
Dengizni unutaman.
Ne bo'lsa bo'lar mayli,
Arosatga ketaman.
Men arosat farzandi.
O'zing kimsan ey-Layli?

O'zgardimi tashvishim?
Tugamadi har ishim.
Asotr o'qiyverib,
Nelar demadi tishim..?
O'zinga kel oq bulut,
Aslinga qayt tovushim.
Men sadodan kelganman.
O'zing kimsan Munajim?

O, yillar o'p yuzimdan,
Qor tushadi ko'zimdan.
Arslon nara tortib,
Tebranadi izimdan.
Kecha bugun o'zgargan,
So'rab ko'rsang so'zimdan.
Men bir kitob so'zman-u,
O'zing kimsan Ro'zagul?

Yalinadi oynada,
Necha sarxush havolar.
O'ng qo'ldagi hasratni,
Qachon Xudo davolar?
O'za emas vujudim,
Ato birla Havvolar.
Men satrning bolasi,
O'zing kimsan Shalola?

Yomg'ir kabi yozganim,
Dunyoga sachrab ketar.
Uch kun jondan ozganim,
Aytadi, bo'ldi yetar.
Qarg'aga dars o'tarmish,
Oq ko'ylakda kabutar...
Men galadan qaytgan qush,
O'zing kimsan Nilufar?

Erk berdim qarg'ishlarga,
Yoqamni yopdi sachrab,
Kechagi tanishlarga,
Ertamni qo'ydim tashlab.
Tulpor otim egilgan,
Hasta darveshga o'xshab.
Men ko'ldagi olovman,
O'zing kimsan Zilola?

Talpinadi tepaga,
Ko'ksimdagi nolalar,
O'q tomirdan o'tmadi
Sarxush sara tolalar,
Atrofda jim tinglasa,
Oq-u qora bolalar,
Men tashqari siymoman.
O'zing kimsan ichimda?
O'zing kimsan ichimda?

A.Azimov

11 months, 2 weeks ago
11 months, 3 weeks ago
11 months, 4 weeks ago
TARONA

TARONA

Qo'limdan ushla burgut,
Tufroqdan uzgil osmon.
Musiqa chal yomg'irim,
Lovullab o'ynasin jon.

Samo kuyingni boshla,
Jimir ko'z-u qoshlarni.
Shamol tushirib tashla,
Yelkamdagi toshlarni.

Musibat nara tortsin,
O'ksib yig'lasin dardim.
Kuchli otaman ahir,
Hissiyotlar farzandim.

O, gullagan paytim meni,
O'sganlarim tog' kabi keng.
Yoqa bo'g'magan bo'yin-u,
Qo'lni qayramay qo'ygan yeng..

Ona, alla kuying boshla,
Tun notani tiz ko'ksimga..
Ikki kunki jim sayrasam,
Barmoqlarim o'ksinma.

Holat nadur peshonada,
Taqdir desam g'alatimi?
Qarshimdagi farishta yo,
Shifokorning halatimi?

Burgut ushla qo'llarimdan,
Lochin tishla tanamni.
Sekin sekin tark etamiz,
G'aflat bosgan xonamni.!

A.Azimov
5-dekabr. Toshkent

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago