Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
AbroBey – Bolalik
🫠
@AkhtamovD
— Real Sanjek farzandli boʻlibdi eshitingmi...
Bola tugʻilganidanoq baxtli... biz orzu qilib yurgan bmw merslarni u oʻzini taniganidan haydashni boshlaydi... exx... oʻshani oʻrnida men boʻlsam boʻlmasmidi-a?...
— toʻgʻri... real Sanjek boy... 35 ta mashina 4 mln $ lik villa... dangʻillama uy... hammasi zoʻr...
Lekin sen hech oʻylab koʻrganmisan balki puling kamligi uchun narkaman boʻlib ketmagandursan...
Yoki 100$ ni beling ogʻrib topayotganing uchun ayrim qizlarga sarflab zinoda yurmayotgandursan...
——————————
Toʻgʻri real Sanjekda bor imkoniyat senda yoʻqdur... lekin amallasa boʻladi...
Allohni rejalarida hech nima xato ketmaydi...
Boy oilada tugʻilib choʻntagida tabletka bilan shpris koʻtarib yuradiganlarniyam koʻrganmiz... yoki kambagʻal oilada tugʻilib insonlarga dasxat qoʻyib berayotganlarniyam koʻrdik...
Xulosa qilib xotirangizni bir chetida koʻrinadigan joyga olib qoʻying... bir kun kerak boʻladi...
Dekabr...
2024-yildagi 12 oy ichida eng yaxshisi...
Sababi aynan shu oyda kamina hech qanday kurslarsiz oʻz kuchi bilan prava oldi...😎
Dekabr oyidagi planlar -toshentga borish, prava olish, sessiyalarni yopish, odamlarga yordam berish...
PLANLAR A'LO DARAJADA BAJARILDI...😉...
xoʻsh sizda qanaqa...???
Hayot = Yo'l
•Ba‘zilar 22 yoshda institut yoki universitetni tamomlaydi lekin, munosib ish topish uchun 5 yil kutadi.
•Bazilar 25 yoshida kopmaniya rahbari boʻladi va 50 yoshida olamdan oʻtadi.
•Ba‘zilar 50 yoshida kompaniya rahbari boʻladi va 90 yoshgacha umr koʻradi.
•Barak Obama 50 yoshida nafaqaga chiqqan boʻlsa, uning bir vaqtlar vitse prezidenti boʻlgan Jo Bayden 78 yoshida AQSH prezidenti boʻlmoqda.
•Ba‘zilar turmush qurgan vaqtda ba‘zilar hali xam boʻydoq boʻladi.
Bu dunyoda har kim oʻz vaqt oʻlchovi bilan yashaydi.
Sizning atorfingizdagi odamlar goʻyoki sizdan ancha odimlab ketganga oʻxshab koʻrinadi, ba‘zilar esa sizdan ortda qolayotgandek.
-Ularga xasad qilmang faqat xavas koʻzi bilan boqing.
-Shuning uchun oʻzingizni xotirjam tuting.
-Siz kech qolmadingiz.
-Siz odimlab ham ketmadingiz.
Barchaning oʻz hayot yoʻli va umr oʻlchovi bor. Faqat maqsadingizdan chetlab, xarakatdan toʻxtamang.
Xalq ichida ommalashgan eng katta xatolardan biri...
"Taziya boʻldi... endi 1 yil toʻy qilmayman... mani koʻnglimga sigʻmaydi...."
Lekin bu xato... xato... xato...
Taziya 3 kun deyilgan... va taziya kayfiyati ham...
Bu dunyoda kim abadiy qoladi... albatta hech kim....
Buni toʻgʻri qabul qilish kerak...
Sizning taziya kayfiyatingiz yoki odamlarning gap zoʻrlari uchun toʻy qoldirilib kimlarnidir zinoga botgan hayoti choʻzilishi bu notoʻgʻri....
Xulosa oʻzingizdan...
Inson 65 yoshdan keyin oladigan ozgina pensiya uchun 45 yil oʻzi xohlamagan oylik maoshli ishda ishlashda davom etaverarkan baxtlilik darajasi doim past boʻlaveradi...
2003 - yilda Fransiyada issiqlik bo’ronidan 14 ming odam o’ldi.
Issiqroq va zichroq bo’lgan Saudiyadagi bo’ron esa 1300ta o’limga olib kelgan.
Saudiyaliklar issiq bilan doim kurashadi. Uylarning 80%ida konditsioner bor.
Fransuzlar issiqqa o’rganmagan. Uylarning 5%ida konditsioner bor.
O’limga sabab issiqlik emas, uning kelishiga tayyor bo’lmaganlik.
Xiyonat ham shunday.
Kutmagan joyingizdan keladi. Tayyor bo’lmaysiz. Og’ir ahvolga solib qo’yadi.
Sezar, Abdulhamid II, Avrangzeb, Doro III - xiyonatdan yiqilganlar ro’yxati cheksiz.
Xiyonat qilmang. Xiyonatni kechirmang. Uzoqlarga borasiz.
Iphone zo’r telefon. Batareyasi bo’lsa. Zaryadi o’chganda u shunchaki bir parcha keraksiz matoq.
Malibu zo’r moshina, agar yoqilg’isi bo’lsa. Benzini yo’q bo’lsa, u ham bir aravadek gap.
Lekin Iphone’ni ham, Malibuni ham quvvatlash jaa qimmat emas. Jaa o’ldiradigan mehnat talab qilmaydi. Biroz vaqt va mablag’ kerak.
Inson ham huddi shunday. Biroz vaqt ajratib, bilim bilan quvvatlanmasa, u ham suyaklar bilan bog’langan bir parcha go’sht holos. Lekin o’sha quvvatni olish katta muammo emas.
Shunchaki to’g’ri kitob o’qish, to’g’ri joyda, to’g’ri odamdan bilim olishni bilish kerak holos.
~~~~
Eski samsung zaryadniklar bilan Iphone’larni zaryadlab bo’lmaydi. Iphone’ga yangi, fast-charging zaryadnik kerak. O’shandagina u tez va sifatli quvvat oladi.
Bilim olayotganda ehtiyot bo’ling. To’g’ri kitoblar, do’stlar, ustozlar, manbalar, texnikalar tanlang.
Asosiysi, unutmang. Bilim bu quvvat. Quvvatlanish esdan chiqmasin❤️
Koʻchada "kambagʻallikdan qutulish uchun nima qilish kerak?" Degan savol bilan soʻrovnoma oʻtqazildi....
100 % odam "oʻqish kerak, harakat qilish kerak" deb javob berdi...
Xoʻoʻsh... ularning 98% oʻqiydi va ishlaydi... lekin taxminan atigi 5% i boy...
Bunga sabab nima...???
Axir qolgan 95% i ham nima qilishni bilishadiku...
Javoblarni kutaman...!
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago