Bekatda Sadulla bilan

Description
Koreya haqida hammasi - @allimtv

GKS haqida hammasi - @gksallim

Admin bilan bog'lanish uchun - @allimtvadmin
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

3 months, 1 week ago

????10 yilda ichida beshta 6-daraja

2014-yilni oxirida Koreyadagi Sunmoon universitetida GKS bakalavr bo'yicha til kursida o'qirdim.
GKS bakalavr grantini TOPIK 4-daraja bilan yutganim uchun 1 yil til kursida o'qiganman.

Shu 2014-yilni oxirida birinchi marta TOPIK 6-darajasini olganim esimda. Uzoq yillik urinishdan so'ng bu natijaga erishgan edim. O'zimda yo'q hursandman. Chunki bu men uchun oson bo'lmagan.
Shundan so'ng yana 4 marta TOPIK II imtixonini topshirdim. Bugun 95-TOPIK imtixoni javobi chiqdi. Natija 10 yil oldin qanday bo'lsa bir xil. 6-daraja. Umumiy balim 2 yil oldingi imtixondan yaxshilangan lekin afsuski 280 yig'a olmadim. Ikki yildan so'ng bu imtixonni yana topshiramanmi yo'qmi bilmadim, lekin sertifikatim muddati tugaguncha toshirmasligim aniq:)

Koreyada GKS granti bo'yicha o'qib kelganimdan keyin TOPIK 6-darajani olish men uchun qiyin bo'lmagan majburiyatdek bo'lib qoldi. Lekin bunga albatta uzoq yillik tajriba asos bo'ldi.
TOPIK imtixoni uchun tayyorlanmasdan universitetdagi darslar va har xil programalarda qatnashish men uchun yaxshi tajriba bo'ldi. Shu bilan birga Koreys tilida badiy asarlar o'qish ham juda katta yordam berdi. Shunda TOPIK imtixonini yaxshi topshirish sirlaridan biri bu tez o'qish ekanligini tushunib yetdim.

Agar har safar TOPIK 6-darajani olishga qiynalib, faqat 5-daraja bilan cheklanayotganlar bo'lsa sizlarga maslahatim.
Koreys tilida maqola, kitoblarni ko'proq o'qinglar. Shunda TOPIK savol va javoblarini tez o'qib, tahlil qilib to'g'ri javobni birpastda topasizlar.

P.s. TOPIK imtixonidan 280 dan ko'p bal olsam GKS bakalavr granti bo'yicha yordam beradigan offlayn uchrashuv qilmoqchi edim. Afsuski balim buncha chiqmadi, lekin offlayn uchrashuv qilish fikri hali ham bor?**
@bekatdabirga

4 months ago

O'yin uchun rahmat??????

Ispaniya olimpiya terma jamoasiga qarshi juda ham yaxshi o'ynadik.
Oxirgi daqiqalargacha yigitlardan gol kutdim.
Lekin nasib qilmadi.
InshaAlloh keyingi o'yinlarda g'alaba nasib qilsin!
Olg'a O'zbekiston!

P.s. Ispaniya olimpiya terma jamoasi Yevropa vitse chempioni hisoblanadi. Kuchli jamoa, lekin biz ham Osiyo vitse chempionimiz?**

@bekatdabirga

5 months, 2 weeks ago

????Qurbon hayiti muborak
Assalomu alaykum. Barchaga Qurbon hayiti muborak bo'lsin. 3 kun davomida hayitni maroqli o'tkazish nasib qilsin!
Yaqinlar holidan habar olishni unutmang. Kuningiz hayrli o'tsin!

P.s. Barchaga samimiy duolari uchun katta rahmat!

@allimtv

5 months, 2 weeks ago

Ayriliq

Padari buzrukvorimizdan ayrilib qoldik. Duolarda eslab qo'ysela hursand bo'lardim. Joylari jannatdan bo'lsin!
Hammaga oldindan rahmat.

P.s. Shunday ulug' kunlarda foniy dunyodan boqiy dunyoga safar qildilar... Alhamdulillah.

@bekatdabirga

5 months, 2 weeks ago

Tadbirga tayyorgarlik

Yozni issiq kunlarini yaxshi o'tyaptimi?
TOPIK ga tayyorlanamizmi deb vaqt yo'qligidan hech narsa qila olmayapman:(
Bu hafta Koreya prezidenti tashrifiga yaaaaxshilab tayyorgarlik ko'ryapmiz.
Shunga deyarli hech narsaga vaqt yetmayapti.

Shu hafta tadbir o'tib olsa TOPIK yozishga tayyorlanmoqchiman. Tayyorlanishning eng yaxshi yo'li mashq qilish. Insho yozishni mashq qilib, yozganlarimizni o'qib bir-birimizga maslahat bersak qanday bo'larkin?
TOPIK ga tayyorlanish deganda shu narsani ko'zda tutgandim.

P.s. Balki bu yaxshi fikr emasdir. Lekin mashq qilmasdan insho yozish qobiliyatini oshirishning iloji bormikan?

@bekatdabirga

6 months ago

??Og'rimagan boshni og'ritish(?)

Hudoxohlasa 14-iyul kuni 95-TOPIK imtixonini topshiraman. (Sertifikatimni muddati o'tgan?)
Shuning uchun yozish (쓰기) ga ko'proq tayyorlanish niyatidaman.
Yozishga birga tayyorlanishni xohlovchilar bormi?
Ertalab vohli turadiganlar uchun albatta:)
TOPIK - 3 daraja yoki undan yuqori darajasi borlar uchun.

P.s. Halitdan bu TOPIKga tayyorlanish uchun reja tuzish, tayyorlanishni o'ylab siqilayotgan men?‍?**
@bekatdabirga

6 months ago

??Xayr maktabim!

Maktab bilan xayrlashganga ham 17 yil bo'libdi.
O'sha damda bizdan omadli odam yo'q edi. Zerikarli maktabdan qutulib, yangi hayotga qadam qo'yayotgan sho'x bolalar edik.
Lekin bilmagandikki maktab davrlari eng yaxshisi ekan:)
Chunki katta hayotga qadam qo'ygandan keyin, shunga yarasha ma'suliyat ham bo'larkan.

Shunda ham maktabdan keyin litseyda 3 yil mazza qilganmiz?
Ana undan keyin institutga kirolmasdan burnim yerga ishqalangan. Va mashaqqat davri boshlangan. Albatta bu ham bekorga emasdi. Axir bunday qiyinchiliklar odamni irodasini yanada mustahkam qiladi.

Barcha bitiruvchilarni tabriklayman!
InshaAlloh o'yalagan niyatilaga yetila.

P.s. Barcha bitiruvchilar GKS-U granti orqali bakalavrga hujjat topshirishlari mumkin. Atestat baxosi 80% baland bo'lsa bo'ldi. Harakatni hozirdan boshlanglar?**
@bekatdabirga

6 months, 1 week ago

??Allimtv asoschisi

Bu kimakan deysizmi?
Albatta men:)
Hop unda sen kimsan dersiz?
Shu savolga javob bermoqchiman.

Ismim Sadulla, 2010-yil Yunusobod 6-mavzeda joylashgan Sharqshunoslik akademik litseyini bitirib, 2013-yilgacha paynet, supermarket, tur firma va Koreys tili o'rgatuvchisi bo'lib ishlagan, 2010-yildan boshlab 3 yil ketma-ket Sharqshunoslik instituti (hozir universitetmi?) ga kira olmagan ham o'zim:)
2013-yil oxirida peshonasi yarqirab GKS (u paytda KGSP) bakalavr grantini yutib, 2014-yil davomida Koreyaning Sunmoon universitetida Koreys tili va 2015-2019-yillar davomida KyungHee universitetida Hospitality management da o'qigan ham kamina:)

2021-yil KBS World Radio kanalining "Korean language speaking contest" va 2022-yil KBS World kanalining "Quiz on Korea" tanlovlari g'olibi ham akang qarag'ay bo'ladi (o'zimni o'zim maqtamasam baribir hech kim meni maqtamaydi?).

O'zim haqimda gapiraman desam hali ancha narsa bor. Koreyaning Samsung, Naver, KT Daewoong kompaniyalari tashkil qilgan programalarda qatnashib, ba'zilarida ishlaganim.
Seul shaxar hokimiyatida bir emas ikki marta malaka oshirganim, xar hil tadbirlar, qo'shimcha stipendiyalar, chet eldagi programda qatnashish va boshqa ishlarni ham qilishga ulgurganman.

Nega bularni yozyapman? Maqtanish uchun emas albatta. Maqtanib semirib ham ketmayman, boyib ham qolmayman.

Mana shu tajribalar bilan ulashib, Koreyadagi yurtdoshlarimiz va Koreyaga bormoqchi bo'lgan O'zbekistondagi yoshlarga yordam berish uchun @allimtv kanali ochilgan. Kanalni ochishdan maqsad shu edi.
Hozirgacha yaxshi-yomonmi (buni obunachilar baxolaydi) shu maqsadga erishish uchun harakat qilyapman.
Kanalga iloji boricha ko'pchilik uchun foydali ma'lumotlar qo'yishga harakat qilyapman.
Albatta kamchiliklar ham bor, lekin buni to'g'ri tushunasizlar deb umid qilaman.

So'z oxirida sizlarga maslahat bermoqchiman.
Koreyadagilar uchun: Koreyada oladigan tajriba bebaxo. Chunki uni boshqa joyda ololmaysiz. Shunga Koreyada o'z sohangiz yoki bundan tashqari oladigan bilim va tajribalarni barchasini olishga harakat qiling!
O'zbekistondagilar uchun: Koreyaga ketmoqchimisiz? Tinimsiz harakat qiling. Bu yil GKS yuta olamdizmi? Keyingi yil yana urinib ko'ring. Boshqa grant, programalar barchasida qatnashib oldingi qo'ygan maqsadiz sari boring.
Yunusobodni bir burchagidagi Bobodehqon mahallasidan chiqqan oddiygina bola shuncha narsaga erishdimi (bu men:) sizni ham qo'lizdan keladi!

P.s. Bu postda ancha o'zim haqimda yozdim~~(maqtandim)~~, endi @allimtv asoschisi haqida ko'p narsala bilasila dib umid qilaman. Shunga meni Allimtvakamas Sadullaka dib chaqirila iltimos?**
@bekatdabirga

6 months, 1 week ago

? Metroni yaxshi ko'raman.

Har kuni ishga kelib-ketishda metrodan foydalanaman.
Metroga tushish va chiqishdagi eshiklarni ochib, sizdan keyin kelayotgan odam uchun ushlab tursangiz ajoyib hodisani guvohi bo'lasiz.
Sizdan keyin kelayotgan odam ham siz qilgan ishni qaytaradi. Kamiga sizga rahmat deb qo'yishadi:)
Bu oddiy ish bo'lishi mumkin, lekin kichik yaxshilikni shunaqa qilib yoysa ham harnada☺️
Shuni sizlarga ham maslahat berib, kuningiz hayrli o'tishini tilayman!

P.s. Mabodo men ham yaxshilik qilaman deb eshikni ushlab tursangizu, sizdan keyin bu ishni davom ettirishmasa (rahmat ham deyishmasa) hafa bo'lmang. Bunaqasi ham bo'lib turadi?**

@bekatdabirga

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago