Husan Mamasaidov | Rasmiy blog

Description
✅ Husan Mamasaidovning rasmiy sahifasi!

- Deli, MFaktor, EduOn, Impulse, Jalinga loyihalari asoschisi - 25 yillik ustoz tadbirkor.

Kanalda vaqtimizni, hayotimizni va pulimizni rejalashtirishga doir amaliy bilimlarni ulashib boramiz.

Obuna boʻling 👇
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 day, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

1 month ago

🎯 "My Life Planner"ning asl niyyati...

@husan_mamasaidov_rasmiy

1 month ago

Yo'q deya olmasangiz maqsadingizga hech qachon erishmaysiz

Hammamiz ham yaqinlarimizga, yon-atrofimizdagi insonlarga, umuman olganda jamiyatga foydali bo'lgimiz keladi. Doim boshqalarni o'ylaymiz, hijolat qilamiz, iltimos qilishsa yo'q demaymiz. Sizda ham mana shu hislatlar bo'lsa pastdigi gaplarimni diqqat bilan o'qing.

Istalgan ishni qilishdan oldin yaxshilab o'ylang, bu narsa sizni maqsadingizga o'zi qanchalik yaqinlashtiradi? O'rtoqlaringiz sizni choyxonaga chaqirishyapti, lekin sizni juda muhim uchrashuv kutib turibdi. Qaysi tanlov sizni maqsad qilib qo'ygan o'z kvartirangizga yaqinlashtiradi?

Juda ko'p hollarda biz yo'q deya olmasligimizning asosiy sababi - hijolat qilishimiz, boshqa inson oldida uyalib qolishni istamasligimiz, lekin bu jarayon davomiy bo'ladi. Doim kimdir sizdan nimadir so'raydi, iltimos qiladi, kutadi. Ana shu paytda to'g'ri qaror qabul qila olsangiz, prioritetlarni to'g'ri belgilab olsangiz siz yutasiz.

1 month ago
1 month, 1 week ago

2002-yil Allohning irodasi bilan davlat delegatsiyasi bilan birgalikda Amerikaga ketadigan bo'lib qoldim, u paytlar ingliz tilini biladigan tadbirkorlar unchalik ko'p bo'lmas edi, til bilganim qo'l keldi. Shu sayohat menga eng ko'p ta'sir qilgan, hayotimni tubdan o'zgartirib yuborgan voqealik bo'ldi.

Delegatsiya bilan birgalikda turli joylarga bordik, bir joyda men ham chiqish qilib 5-10 daqiqacha gapirdim. Nutqimni tugatganimdan keyin Amerikalik senatorlardan biri meni yoniga chaqirib gap-so'zlarim unga yoqqanini, menga kichik hadiya bermoqchiligini aytdi.

Qo'limga bloknotga o'xshagan bir narsa berdi, keyin ochib qarasam planner ekan. O'sha sovg'ani olgan kunimdan boshlab har bir kunimni, oyimni shu plannerga yozib reja qiladigan bo'ldim.

Oradan 22 yil o'tdi, shu yillar davomida nima ishlar qildim, qaysi maqsadlarimga erisha oldim, ortimdan nima iz qoldira oldim hamma-hammasini yozib keldim. Bu o'z o'rnida hayotimni o'zim boshqara olishim hissini berdi. Noaniqlik bilan yashash oxir-oqibat halokatga olib boradi.

Bu narsalardan qochib, ongli hayot kechirish istagini atrofimdagi yaqinlarim ham bildiririshgan edi, shuning uchun 2018-yilda “My life planner” nomli darslarni tashkil qilgan edim.

50 kishi bilan boshlangan darslar bugungi kunga kelib katta zallarda o'tilyapti. O'tgan 2024-yilning o'zida 1000 ga yaqin o'quvchi o'qitdik.

Hayotda halovat topish, xotirjmalikga erishish, maqsadlar qo'yish va unga erishish, vaqtni, energiya va fokusni to'g'ri boshqarish bo'yicha ilm hech qayerda berilmaydi.

Biz ana shu bo'shliqni “My life planner” dasturimiz orqali yopishga harakat qilamiz. Dasturimiz narx tomonlama ham, tushunarliligi tomonlama ham istalgan qatlamga to'g'ri keladi, siz xoh davlat hodimi bo'ling, xoh tadbirkor.

Tez kunlarda 1 yilda 1 marotaba boladigan “My life planner” dasturimizga oldindan yozilish imkoniyatini beramiz. Kutayotgan bo'lsangiz, oldingi yilda qatnasha olmagan bo'lsangiz, bu yilgisi aniq qiziq bo'ladi desangiz izohlarda “+” belgisini qoldirib keting 👇🏻

1 month, 1 week ago
1 month, 1 week ago

Sizning muammolaringiz haqida gaplashishni davom ettiramiz

Halovat - bir inson erishishi mumkin bo'lgan eng oliy ne'matlardan biri. Hozir kimga qaramang qayergair shoshiladi, nimadirni ortidan quvadi, doim qaysidir muammoni hal qilish bilan band bo'ladi, oxir-oqibat halovat va xotirjamlik yo'qoladi.

O'tgan yili dekabr oyida “Xotirjam hayot strategiyasi” nomli 2 kunlik bepul darslar tashkil qilganimizda 30.000 dan ortiq inson qatnashgan edi. Tasavvur qilyapsizmi? Butun boshli stadionni to'ldiradigan odamlar o'z xotirjamligidan ayrilgan. Bunga asosiy sabablar qarz, ish-oiladagi balans buzilish, vaqt yetishmasligi va hokazo.

Aynan sizda nima sababdan halovat yo'q? Qaysi masalni deb tinch, xotirjma hayot kechira olmayapsiz? Pastda yozib keting, keyingi postlarda qo'limdan kelganicha maslahatlarni ulashib ketaman.

1 month, 2 weeks ago

💸 Hali oila qurmagan bo'lsangiz eshiting

@husan_mamasaidov_rasmiy

1 month, 2 weeks ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 day, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago