Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
Assalomu alaykum Hurmatli Samandar Abu Muhammad. Tabriklayman, sizga yana bir jiyan taqdim etildi va uning ismi 😍 KO‘HINUR 😍 Hozircha hisobingizda 9 ta jiyan mavjud. Siz esa ularning yakka-yu yagona shoir tog‘asisiz. Shunday ekan ularga mehribon bo‘ling. Yana…
Assalomu alaykum Hurmatli Samandar Abu Muhammad. Tabriklayman, sizga yana bir jiyan taqdim etildi va uning ismi *😍 KO‘HINUR 😍 Hozircha hisobingizda 9 ta jiyan mavjud. Siz esa ularning yakka-yu yagona shoir tog‘asisiz. Shunday ekan ularga mehribon bo‘ling. Yana bir bor tabriklayman...*
*Yashadim... Yashading...
Ko‘klarda yashadim orzungni maqtab,
Sen yerda yashading armoning bilan.
Pok ruhim tentirab, ko‘zlarim chaqnab,
Pastlarga tushaman farmoning bilan.
Dengizda yashadim baxtlarni kuylab,
Baliqlar giryona, atrofimda jam.
Sen mudom yashaysan. Nimani o‘ylab –
"Baxtsizlik bekasi" bo‘lgansan erkam.
Tog‘larda yashadim qorni quchoqlab
Muzladim, sovqotdim, senday yonmadim.
Sen esa yashading xohlamay-xohlab
Yoki shunchalik ham bag‘ring qonmidi?
Negadir tor bo‘ldi senga yer-samo,
Noliding, nolishdan charchamading sen.
Dunyoda hammasi yashadi ammo
Baxti qaro bo‘lding, yashamading sen.*Samandar Abu Muhammad
*Tabiat...
Kuz keldi...
Negadir, horg‘inlik, charchoq —
Kezadi temiryo'l bekatlarida.
Zerikkan ehtimol, suv quvlashmachoq —
O‘ynar tomorqaning egatlarida.
Daraxtlar o‘ranar sariq ko‘rpaga,
Archa qolganlarga omad tilaydi.
Balki jim-jitlikni buzib jo‘rttaga,
Olmaxon daraxtda o‘ynoqilaydi.
Ariqda loyqa suv oqadi hamon,
Charchamas sho‘r suvni ichib qayrag‘och.
Negadir bu safar boqadi hayron,
Elektr simdagi qushga simyog‘och.
Osmonda turnalar uchar bir chiziq,
Sezilar samoni bo‘ylayotgani.
Shunchaki men uchun juda ham qiziq
Chigirtka nima deb kuylayotgani.
Kuz keldi...
Tabiat o‘lmadi hali,
Atrofni egallar qushlar ovozi.
Ilon kelar sevgi izhor qilgani,
Uni hadiktirar ilonning nozi.
Suvda laqqabaliq tushayapti raqs,
Uni quruqlikda kuzatar ovchi.
Baliqqa ilmoqda beun va besas,
Chuvalchang orqali keladi sovchi.
Temiyo‘l relsida nogoh chumoli,
Yonida qo‘ng‘izga latifa aytar.
Bir chetda berkinib hammadan holi,
Ninachi yoriga bitadi baytlar
Baqa ham shunchaki vaqqillamaydi,
U dardini doston qiladi ilkis.
Ko‘chada bo‘lsa ham shunchaki daydi,
Botqoqda u "xizmat ko'rsatgan artist".
Menimcha o'rgimchak ancha mast bo‘lgan,
Yo‘qsa u pashshaga gurung bermasdi.
Asalari qular, qaramay yo‘lga,
Qarasa pushaymon sira yemasdi.
Alloh hikmati bor har bir izlarda,
Tabiat ko‘rkidan bosadi haybat.
Robbim mo‘jizasin ko‘rgan kezlarda,
Ko‘zlardan yurakka ko‘chadi hayrat.
✍ Muallif: Samandar Abu Muhammad*@sheriyat_olami_channel
*Milliylik...
Parvo qilmang kim nima demas,
Mayli yursin g‘alat qarashib.
Sizga ovrupacha shim emas,
Atlas ko‘ylak turar yarashib.
Milliylikni qo‘ymang yo‘qotib,
Moda deya o‘zlikdan kechmang.
Tor shimlarni yuboring otib,
Egningizdan atlasni yechmang.
Men o‘ksinib ketdim, poshnali
Tufligingiz siqar oyoqni.
Siz o‘zbegim qizisiz hech ham,
Yuzingiz ko‘rmasin bo‘yoqni.
Kerak emas sun'iy go‘zallik,
Axir gulday betakrorsiz siz,
Siz o‘zbegim hur qizi bo‘ling,
Boringizcha qabul qilamiz.
Qoshingizni termang hoy opam,
Hoy singillar qayting bu ishdan.
Milliylikda bari mujassam,
Saboq oling ko'hna o‘tmishdan.
O‘sma qo‘ying, Onajoningiz
"Baraka top qizim" deb aytsin.
Tilagim shu xonadoningiz,
Milliylikka batamom qaytsin.
✍ Muallif:Samandar Abu Muhammad*@sheriyat_olami_channel
*Baxtning asiri...
Men baxtli yashayman necha yil, kun-ki,
Quvonchda boyman-u g‘amda faqirman.
Baxtsiz yashamoqlik mengamas chunki
Qo‘llarim kishanband – baxtga asirman.
Zanjirlab qo‘yildi oyoqlarim ham,
Rost bo‘lsin alamdan yiroq ketganim.
Xotiram o‘chsa-yu menga o‘shal dam,
Eslatib qo'yinglar baxtli ekanim.
Asirlik batamom meni shod etgan
Baxtning zindonidan chiqmasligim haq.
Qayg'u ham mendan chin uzoqlab ketgan,
Men unga befarqman, u menga befarq.
Shu ekan taqdirga tamom bitilgan,
Na bir pushaymonman, na bir afsusman.
Musibat, dardlari ortga chekingan,
Shunchaki men bitta oddiy mahbusman.
Zindonband etildim, koshki bir umr,
Yashasam men, bo‘lib baxtning asiri.
Nadomat chekmayman, so‘rmayman uzr,
Chunki men baxtimni topdim axiyri.
✍ Muallif:
Samandar Abu Muhammad*@sheriyat_olami_channel
*Shunchaki...
Shunchaki ismingni takrorlasam bas,
Behos bir tabassum yugurar labga.
O‘zi-ku o‘sha kun sevgidan sarmast,
Isming muhrlanib bo'lgandi qalbga.
Sen borsan dunyoda, men borman biroq,
Goʻyoki o'rtada muhabbat mavhum.
Mayliga masofa bo‘lsa ham yiroq,
Qizg‘onma. Hadya et bitta tabassum.
Shunchaki tabassum lekin men unda,
Ko‘raman ranglarga cho‘mgan olamni.
Men seni shundayin sevdim bu kunda,
Hattoki unutdim dildagi g‘amni.
Shunchaki yashamoq qiyindir tushun,
Sensizlik jonimga solmoqda xatar.
Shunchaki men yaxshi bo‘lmog‘im uchun,
Oshig'ing holidan olib tur xabar.
✍ Muallif: Samandar Abu Muhammad*@sheriyat_olami_channel
Muallif: Samandar Abu Muhammad. Ijroda: Go‘zaloy Ahmedova
https://youtube.com/watch?v=NdPI8SH4X5U&si=hE9p0mM4-awwitoD
You tube kanalimizga kirib obuna bo‘lib qo‘yingizlar
Onaning farzandiga murojaati...
Bo‘y-basting bo‘libdi, ham osmon qadar,
Bolam sen ulg‘ayding, men cho‘kkan sari.
Kechirgin bolam-a kelgin bir safar,
Yillar ta'sir qildi, qolyapman qarib...
O‘ylading...
"Onamning joni temirdan,
Dunyo og‘riqlari qilmaydi ta‘sir".
Bilmaysan ich-etim doim kemirgan,
Sening ulg‘ayishing edi-ku axir.
Esimda tunlari yig'lab chiqarding,
Nolish tushmas edi burro tilingdan.
Bolam nima bo‘ldi, menga ayt darding,
Ne sinov chiqmoqda bugun yo‘lingdan?
"Sizga nima" deysan, men emasmidim,
Sen uchun kechalar uyqudan kechgan.
Dardim ko‘p bo‘lsa ham so‘z demas edim,
Bilmaysan azoblar qonimni ichgan.
Men ishlar edim, sen yurarding o‘ynab,
Ko‘chadan hech beri kelmasding erka.
Hattoki noningni berardim chaynab,
Bugunchi Onangni turibsan tergab...
Borimni berdim bir tabassumingga,
Kulsang yorishardi men uchun olam.
Alloh umr bersin deyman umringga,
Menga o‘xshamasin taqdiring bolam.
Qo‘lim kesov bo‘ldi, sochim supurgi,
Ko‘ylagim yaradi polni artgani.
Menga bir qaragin, holimni ko‘rgin,
Men chekmagan dardlar bormi? Ayt qani?
Ish bilan band bo‘ldim shom-u saharda,
Shunday o‘tar edi, mening har kunim.
Der eding gohida chiqsak shaharga:
"Uni olib bering yo‘q mana buni".
Doimo bolam deb oldim yoningni,
Garchi xatolardan charchab hormading.
Sendan o‘ksiyabman, Onajoningni
Bir bora shaharga olib bormading.
Yoki o‘yladingmi, qarimaydi deb,
Nahot sochlarimda ko‘rmading oqni.
Ortimdan qolmagin pushaymonlar yeb,
Bir kuni quchsam gar men ham tuproqni.
✍ Muallif: Samandar Abu Muhammad
@sheriyat_olami_channel
Assalomu alaykum hammaga! Xullas hozir ko‘rib qoldim, bugun bir shoir ukam( ham yaxshi ijrochi) Abrorbek Abdullayev (@musicbend04) ning tug'ilgan kuni ekan. Hurmatli Abrorbek, bu muborak kun bilan Muhtarama Onajoningizni tabriklayman, sizning va oila a‘zolaringizning baxtiga sog‘ bo‘lsin??. Sizga ham shu tilaklar, ijoddan to‘xtab qolmang??
?@shoirin ? bu esa ukamizning ijodiy kanali
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago