MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Description
👉 https://myurls.co/inspector_uz
👉 @jinoyatkodeksi_uz
👉 @jpk_uz
👉 @mjtk_uz

Боғланиш @inspector_aloqa_bot
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

1 month, 2 weeks ago

Keyingi asrlarda mirshablar faoliyatida qisman o‘zgarishlar bo‘lgan bo‘lsa-da, ushbu lavozim Oktabr inqilobigacha saqlanib qolgan. Toshkentning 4 dahasida 10 tadan mirshab, bir nafar mirshabboshi bo‘lgan, 1892-yilgacha mirshablar katta oqsoqolga, keyinchalik Eski shahar politsmeysteriga bo‘ysungan. Jinoyatni aniqlash va jazo belgilashda shariat qonunlari va tarixan shakllangan odob-axloq qoidalari asosiy mezon hisoblangan.

Xonliklardagi sud tizimida ham o‘rta asrlarga xos xususiyatlar saqlanib qolgan. Masalan, Xiva xonligi sud tizimi vakolat doirasi va faoliyat shakliga ko‘ra, joylardagi fuqarolik va jinoyat ishlari bilan shug‘ullanuvchi qozi sudlari, qozilar ustidan boshqaruv va nazorat bilan shu¬g‘ul¬lanuvchi, shuningdek, muhim ishlarni o‘zi ham ko‘rib chiqadigan qozikalon va qozi askar (qozi o‘rdu deb atalgan, saroy harbiy sudi) hamda siyosiy, o‘ta og‘ir va mansabdor shaxslarga oid jinoyat ishlarini ko‘ruvchi oliy instansiya – xon sudi ( xon raislik qiluvchi oliy va markaziy mansabdor shaxslardan iborat bo‘lgan)dan tashkil topgan.

Xiva xonligida xon mutlaq hukmdor sifatida qozilar tomonidan tayinlangan oliy jazo to‘g‘risidagi hukmlarni ko‘rib chiqqan va zaruratga ko‘ra unga o‘zgartirishlar kiritgan. Qozilarning muhim ishlar yuzasidan hukmlarini tasdiqlash va bekor qilish vakolatiga ega bo‘lgan.

Xonlikdagi har bir viloyat, tuman, qasaba, shaharlarda xon tomonidan tayinlangan qozilar bo‘lib, ular o‘z yordamchilari – muftiylar yordamida mulkchilik mojarolarini hal qilish, mayda jinoyatlarni ochish va shu singari ishlar bilan shug‘ullangan. Viloyatlardagi jinoiy ishlarni ko‘rib chiqishda mahalliy hokimning ham ishtirok etish huquqi bor edi. Qishloqlardagi mayda mojarolar qishloq oqsoqollari tomonidan hal qilinardi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, xalqimizda qadimdan o‘zgalar moliga ko‘z olaytirish, o‘g‘irlik qilish nihoyatda qattiq qoralangan. Kamdan-kam uchrab turadigan tarozidan urish, o‘g‘irlik va boshqa shu kabi jinoyatlarda aybdor aniqlansa, u xalq o‘rtasida namoyishkorona jazolangan. Bu kabi ta’sir choralari o‘ziga xos profilaktika vazifasini o‘tab, jinoyatchilikning kamayishiga sabab bo‘lgan.

Aholi tomonidan har bir mahalla, ko‘chalarda xalq o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega shaxslardan oqsoqol saylangan, turli oilaviy kelishmovchiliklar, qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasidagi janjallar ana shu oqsoqollar tomonidan joyida hal etilgan. Ular tomonidan chiqarilgan hukmni hamma qabul qilishi va bajarishi shart bo‘lgan. Faqat ilojsiz vaziyatlardagina mojaroga mirshablar va qozilar aralashgan. Bu esa milliy qadriyatlarimizning beshigi bo‘lgan mahalla institutining qadimiy ildizga egaligidan, jamoat tartibini saqlash va jinoyatlarga qarshi kurashishda muhim ahamiyatga ega bo‘lganidan dalolat beradi.

Elbek NORMO‘MINOV,
IIV Muzeyi boshlig‘i, mayor.

❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular

1 month, 2 weeks ago

50-mavzu
XONLIKLAR DAVRIDA JAMOAT TARTIBI VA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH

Ma’lumki, XVI asr boshiga kelib, amalda bir qancha mustaqil hokimliklarga bo‘linib ketgan Temuriylar saltanati Muhammad Shayboniyxon tasarrufiga o‘tadi. Ubaydullaxon (1533–1540) davrida xonlik poytaxti Samarqanddan Buxoroga ko‘chirilgan. Shu davrdan boshlab ushbu davlat endilikda Buxoro xonligi deb ataladigan bo‘ldi. Buxoro xonligida keyingi yuz yillikda 2 ta sulola – shayboniylar (1501–1601) va ashtarxoniylar (1601–1756) hukmronlik qilgan.
XVI–XVIII asrlarga kelib Temuriylar davrida yagona taxt atrofida birlashgan mintaqada bir-biridan mustaqil uchta davlat – Buxoro (1756-yildan amirlik), Xiva (1511) va Qo‘qon (1709) xonliklari tashkil topgan.
O‘rta asr an’analariga ko‘ra, xonliklar davridagi davlat boshqaruvi tizimidagi mansab va unvonlarni nisbiy ravishda uch turga bo‘lish mumkin: ma’muriy-harbiy, harbiy va diniy mansablar.

Ma’muriy-harbiy mansab egalari urush paytida harbiy soha bilan band bo‘lsa, tinchlik davrida o‘z vazifalaridan tashqari, hukmdor xavfsizligi, shahar va qishloqlardagi tartib-osoyishtalik, o‘g‘irliklar va boshqa jinoyatlarga qarshi kurashishga ham mas’ul bo‘lgan.
Quyida mamlakat miqyosidagi xavfsizlik masalalariga mas’ul bo‘lgan ayrim lavozimlarga to‘xtalib o‘tamiz.
Muhtasib (rais deb ham atalgan) – islom marosimlari, urf-odatlar va shariat qonunlarining bajarilishi, odamlarning jamoat joylarida yurish-turishi ustidan nazorat qiluvchi amaldor. Ular bozorlardagi narx-navo va o‘lchov asboblarining to‘g‘riligi ustidan nazorat qilish, diniy vazifalarini bajarmagan kishilarni jazolashga hukm chiqarish va o‘sha yerning o‘zida hukmni ijro ettirish kabi vakolatlarga ega bo‘lgan. Muhtasibni odatda xon tayinlagan va u qozi bilan barobar ish ko‘rgan, ammo u ma’muriy jihatdan qozidan pastroq lavozim hisoblangan va undan ancha kam maosh olgan.

Xon saroyidagi xavfsizlikni ta’minlash, ichki tartib-qoidalardan xabardorlik eshikog‘aboshi lavozimidagi shaxs zimmasiga yuklatilgan. Ular urush paytlarida oliy hukmdorning eng muhim harbiy topshiriqlarini ham bajargan.

Qorovulbegi – qorovullar, posbon va soqchilar boshlig‘i. Qorovulbegi davlat tinchligi va xavfsizligiga javobgar shaxs hisoblansa, harbiy harakatlar chog‘ida unga tegishli kishilar qo‘shin xavfsizligi, uni qo‘riqlash, soqchi-posbonlar qo‘yish singari ishlarga mas’ul bo‘lishgan.

Yasovul – kichik harbiy amaldor bo‘lib, ma’muriy-politsiya mahkamasining, shuningdek, xonning shaxsiy topshiriqlarini bajargan.

Dorug‘a (qutvol) – shahar, viloyat yoki qal’alarning noiblari hisoblanib, ularning vazifasi o‘ziga biriktirilgan hududni idora qilish, jumladan, aholini ro‘yxatga olish, soliq yig‘ish, tinchlik va osoyishtalikni saqlash, urushlar paytida oliy hukmdor qo‘shini tarkibida o‘zlari hokimlik qilgan hudud lashkariga qo‘mondonlik qilishdan iborat bo‘lgan.

Qozi askar – harbiylar sodir etgan jinoyatlarni taftish qilish va jazo tayinlash bilan shug‘ullanadigan amaldor. Ular shariat qoidalarini mukammal o‘zlashtirgan, shu bilan birga, harbiy sohani ham yaxshi biladigan muftiylar orasidan tayinlangan.

Aholining tinchligi va osoyishtaligi uchun mirshablar (arabcha «mir» – «amir», ya’ni harbiy amaldor, forscha «shab» – «tun» so‘zlaridan olingan bo‘lib, tungi soqchilar boshlig‘i) mas’ul hisoblangan. Mirshablar shaharlar va qishloqlarda kecha-yu kunduz soqchilik qilishgan, jamoat joylari, bozorlar va ko‘chalarda tartib va osoyishtalikni ta’minlagan. Qozilar tomonidan tayinlangan jazoni ijro etish ham ularning zimmasiga yuklangan. Odatda mirshablar shahar mirshabboshisiga bo‘ysungan. Masalan, Buxoro shahri mirshabboshisiga bir vaqtning o‘zida amirlikdagi boshqa barcha shahar va viloyatlar mirshablari ham bo‘ysungan.

1 month, 2 weeks ago
MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
4 months, 2 weeks ago

Eng muhim jihat shuki, Jaloliddin Manguberdining boshiga ne bir musibat tushmasin, faqat va faqat Vatan dedi, uning istiqlolini, istiqbolini o‘yladi. U Xorazmshohlar vakili sifatida boshqa hukmdorlardan panoh so‘rashi, o‘z jonini xatarga qo‘ymasdan, biror saroyda yashab o‘tishi ham mumkin edi. Biroq bunday qilmadi, ozodlik, hurlik yo‘lida kurashdi: butun yer yuzini titratib turgan Chingizxonning ko‘ziga tik boqdi, dushman ustiga ot surdi. Vatan ozodligi yo‘lida qon yutdi, qon to‘kdi, jon oldi, jon berdi. Jasorat va mardlik timsoli, qahramon sarkarda Jaloliddin Manguberdi mangulikka daxldor buyuk ajdodimizdir!

Adolat FAYZIYEVA tayyorladi.

❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

? Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

? ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

? Рус тилида ўқинг / Читать по русски

? 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular

4 months, 3 weeks ago

Xulosa o‘rnida
Har bir ota-onaning qalbidagi eng oliy maqsadi aziz farzandining ta’lim-tarbiyasi hamda uning nurli istiqbolidir. Quvonarlisi, yurtimizda davlatimiz rahbari boshchiligida xalqimiz, farzandlarimizning taqdiri va kelajagi uchun barcha imkoniyatlar eshigi keng ochilgan. Bunga «labbay», deya javob qaytara oladigan iste’dodli avlod shaxdam qadam tashlamoqda. Ularning yuragida yongan ilm-ma’rifat quyoshi, ezgu va oliy muddaolari zakiy bobolarning «Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot ilmda», deya bildirgan har harfi zar hikmati bilan yanada yorug‘, charog‘on.

Gulnoza TURG‘UNBOYEVA,
o‘z muxbirimiz.

❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

? Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

? ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

? Рус тилида ўқинг / Читать по русски

? 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular

7 months, 2 weeks ago

Yaqinda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishda «Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida »gi qonun loyihasi muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, yangi tahrirdagi Konstitutsiya davlat organlarining faoliyatini demokratlashtirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarni yaratdi. Bu esa, o‘z navbatida, amaldagi qonun hujjatlarini asosiy qonunimizga muvofiqlashtirishni taqozo etmoqda. Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan qonun loyihasi bilan 28 ta qonun hujjatiga o‘zgartirish kiritish nazarda tutilmoqda. Xususan, «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasi Konstitutsiyaning 81-moddasidan kelib chiqib, «Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar. Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydala nish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi» degan jumlalar bilan to‘ldirilmoqda.

Ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishi nihoyatda murakkab va mas’uliyatli, chunki ularning qo‘lida eng kuchli qurollardan biri bo‘lgan so‘z turibdi. Bilamizki, har qanday ommaviy axborot vositasi, birinchi navbatda, ommaviylik uchun kurashadi. Huquqiy asoslar to‘liq mus- tahkamlanib qo‘yilsa, har bir detalga qonun va sifatli ijro bilan yondashiladi. Natijada OAVdagi xatoliklar, noxolis yondashuvlar sezilarli darajada kamayadi va suiiste’molchiliklarga keskin zarba beriladi. Tabiiyki, kuchli huquqiy himoya to‘rtinchi hokimiyat deb ta’riflanadigan soha vakillarini tazyiq va turli bosimlardan saqlaydi, shu bilan bir qatorda ularni noxolislikka yo‘l qo‘ymasdan, to‘g‘ri yo‘nalishda faoliyat yuritishga undaydi. Qonunlarga hurmat yuqori darajada bo‘lsa, huquqiy himoya yanada kuchaytirilsa, tom ma’noda so‘z va matbuot erkinligiga erishiladi. Zero, so‘z va matbuot erkinligi taraqqiyotning muhim shartidir. Agar biz so‘z erkinligidan ortga chekinadigan bo‘lsak, barcha islohotlar orqaga ketishni boshlaydi. Shunday ekan, barchamiz mas’uliyat hissi bilan yashamog‘imiz darkor!

Ichki ishlar organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, OAV vakillari hamda aholi o‘rtasida keng muhokamaga sabab bo‘layotgan holatlarga munosabat bildirish maqsadida bugungi kunda Ichki ishlar vazirligi hamda hududlarda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan axborot xizmatlarining ham salmoqli o‘rni borligini qayd etish joiz. Ularning tezkor chiqishlari orqali ko‘plab noo‘rin, yolg‘on ma’lumotlar tarqalishining oldi olinmoqda. Bu esa fuqarolarimiz turli mish-mishlarga chalg‘ib qolmasligiga zamin yaratadi.

Abror POYONOV,
o‘z muxbirimiz.

❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

? Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

? ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

? Рус тилида ўқинг / Читать по русски

? 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular

7 months, 2 weeks ago

25-mavzu

SO‘Z VA MATBUOT ERKINLIGI – TARAQQIYOTNING MUHIM SHARTI

Biz bugun huquqiy demokratik davlat qurayotgan ekanmiz, jurnalistikaning butun dunyoda e’tirof etilgan, o‘zgarmas talab va mezonlariga amal qilishimiz zarur. Bu mezonlarning eng asosiysi – xolislik va haqqoniylikdir. Binobarin, matbuot maydoniga kirgan inson – u jurnalist bo‘ladimi, bloger bo‘ladimi, bundan qat’i nazar – ana shu qoidalarga amal qilishi shart.
Shavkat MIRZIYOYEV

Odatda dunyo mamlakatlari uch toifaga – taraqqiy topgan, rivojlanayotgan va rivojlanmagan davlatlarga bo‘linadi. Endi bu tabaqalashtirishda axborotlashtirish qay darajada ekani eng muhim va zarur ko‘rsatkichlardan biriga aylanib bormoqda. Chunki aholining axborot olish va tarqatish imkoniyati jamiyatda ijtimoiy komillik poydevori bo‘lmish emin-erkin fikrlash muhiti yaratilganidan dalolatdir. Bugungi kunda birorta davlat global axborot oqimidan chetda qolmagan, desak yanglishmaymiz. Sababi, har qanday katta-kichik, muhim-nomuhim axborot istalgan lahzada dunyoga tarqalishi mumkinligi hech kimni hayratlantirmay qo‘ydi.

Shu o‘rinda mashhur yozuvchilardan biri Paulo Koeloning «Inson ixtiro qilgan vayronkor qurollar orasida so‘z eng xatarli va kuchli qurolligicha qolmoqda» degan fikrini eslab o‘tishimiz o‘rinlidir. Negaki, XXI asrda axborot oqimi shu darajada jadallashdiki, OAVga yo‘naltirilgan turli mafkuraviy g‘oyalar insonlar ongiga nihoyatda kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Buning ortidan esa ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan voqeiliklar sodir bo‘layotgani – u xoh salbiy bo‘lsin, xoh ijobiy – SO‘Z naqadar qudratli kuch ekanligini yaqqol belgilab beradi. Ya’ni, har bir axborotning o‘z egasi va iste’molchisi, ortidan ergashuvchi auditoriyasi bo‘ladi. Bundan tashqari, u ma’lum bir g‘oya singdirilishiga xizmat qiladi.

So‘z va matbuot erkinligi to‘g‘risidagi qarashlar ancha oldin paydo bo‘lgan bo‘lsada, faqatgina 1948-yildagi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida ushbu erkinliklar qonunan belgilab qo‘yildi. Xususan, deklaratsiyaning 19-moddasida shunday deyiladi:
«Har bir inson e’tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega. Bu huquq hech bir to‘siqsiz o‘z e’tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va g‘oyalarni har qanday vosita bilan, davlat chegaralaridan qat’i nazar, izlash, olish va tarqatish erkinligini o‘z ichiga oladi». Mamlakatimizda so‘z va matbuot erkinligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni ham e’tirof etish joiz. O‘zbekistonda so‘z, axborot va matbuot erkinligini ta’minlashga qaratilgan huquqiy islohotlar mustaqillikning dastlabki yillaridanoq boshlangan. Xususan, 1991–2002-yillar orasida «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi, «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi, «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlarni qabul qilishga erishilgan. O‘tgan davrda sohaga oid qonunchilik bosqichma-bosqich takomillashdi, davlat rahbari tomonidan axborot sohasiga tegishli bir necha muhim farmon va qarorlar, davlat dasturlari qabul qilindi. Ko‘plab xorijiy ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda akkreditatsiya qilinib, ularning mamlakatda erkin faoliyat yuritishlari uchun huquqiy zamin yaratildi. Milliy axborot makoni va axborot infratuzilmasini rivojlantirmay turib, so‘z erkinligi va axborot ochiqligini ta’minlashga erishib bo‘lmaydi. Shu maqsadda mustaqillik yillarida yurtimizda OAV uchun qulay infratuzilma yaratish borasida ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirildi.

OAV xodimlari uchun muhim sanalar belgilangan. Jumladan, 3-may «Butunjahon matbuot erkinligi kuni» sifatida e’tirof etilgan. Bundan tashqari, O‘zbekistonda har yili 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. OAV davlat organlariga ularning faoliyati haqida axborot olish uchun og‘zaki yoki yozma so‘rov bilan murojaat etish huquqiga ega. Jurnalistlar axborot olish borasida daxlsizlik huquqidan foydalanadi. Ularga nisbatan senzuraga yo‘l qo‘yilishi mumkin emas!

7 months, 3 weeks ago

Bundan tashqari, Saylov kodeksining 70 va 91-moddalariga asosan, siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatilayotganda ayollar sonining eng kam miqdori nomzodlar umumiy sonining 30 foizidan 40 foizga oshirildi. Qolaversa, proporsional saylov tizimi bo‘yicha ham partiya ro‘yxatidagi ketma-ketlikda kamida har besh nafar nomzodning ikki nafari ayol kishi bo‘lishi kerakligi belgilandi. Bu esa gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon beradi.
Bir so‘z bilan aytganda, jahon tajribasida o‘zini oqlagan aralash saylov tizimi – fuqarolarimizning siyosiy faolligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Bu esa milliy parlamentimiz faoliyatining rivojlanishida va siyosiy partiyalarning yanada taraqqiy etishida asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.

Sirojiddin ABDUVOITOV,
Markaziy saylov komissiyasi kotibiyati
Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar
bo‘yicha o‘quv markazi yetakchi maslahatchisi.

❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

? Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

? ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

? Рус тилида ўқинг / Читать по русски

? 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago