Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Postning davomi: Yuqoridagi postda concept logodan foyda yo’q degandim va rostdan real biznesga foyda yo’q, ba’zilar post mohiyatini oxirigacha tushunmay concept logodan umuman foyda yo’q degan ma’noda tushunishdi. Man faqat concept logotiplar real buyurtmalardan farq qilishini gapirdim. Postimning biron joyida concept umuman chizmaslik kerak deb ham yozmadim. Izohlarda ham tajribali dizaynerlar tomonidan yaxshi fikrlar yozildi. Haqiqatdan concept logolar dizaynerning kreativligini oshirib, chegaralarni unutib ijod qilishga yordam beradi va albatta bu ishni professional dizaynerlar ham qilishlari mumkin va ular uchun ham foydali.
Lekin tajribali dizaynerlar faqat concept chizib portfolioga joylayverishi bu maqtanadigan ish emas, chunki tajribali dizaynerlar auditoriyaga real loyihalarini ko’rsatib real biznesga qanday yechim qilayotgani bilan bo’lishishi kerak. Ya’ni chizgan har bir conceptini maqtanish shart emas. Xohlasa har kuni concept chizsin, agar shu foydali bo’lsa, portfolio faqat concept ishlardan iborat bo’lmasin.
Concept logo bu hayolan o’ylab topilgan simvol va u hech qanday real biznesning muammosini hal qilmaydi. Concept logotiplar shunchaki WOW effekt uchun chiziladi, ya’ni auditoriyani chiroyli belgi bilan hayron qoldirish maqsadida. Concept logotipni chizish juda oson, chunki mijoz tomonidan brif berilmaydi, dizayner brif ustida ishlamaydi, mijozning xohishlarini va biznesni inobatda olib chizmaydi.
Xullas concept logolar bu maqtanadigan ish emas va shu ishlarni tajribali dizaynerlar qilib yurganiga hayron qolaman. Dizaynerlarga bir iltimosim bor, iltimos concept ishlarni chizib tagidan motivatsion gaplarni yozib auditoriyani notoʻgʻri yoʻldan yetaklamanglar. Bu ish endi portfolio yig’ayotgan yosh dizaynerlarga yarashadi, o’zini professional dizayner sifatida taqdim etayotganlarga emas.
Dizayner uchun eng muhim softskills qaysi deb o’ylaysiz?
Xullas, Madina Mavlonova - brend dizayner va yaqin kelajakda brend strateg…
Mana shu yerga nima qilib boʻlsa ham borishlarizni maslahat beraman. Brend va logo dizaynerlar sizlar uchun alohida kerak bu mavzu
2025-yil hisobidan "Marketing club" loyihasining birinchi spikerini qarshi oling!
Farxod Kuchkarov - Depot brending agency strategik direktori.
Mavzu: Brend strateg kim? Brend qanday quriladi?
Manzil: Yoshlar press klubi, Alisher navoiy ko'chasi 11A.
Sana: 11-yanvar shanba, soat 19:00
Loyihada ishtirok etish: Bepul
Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/uPa47PWjHPPKe3C2A
@marketingclub_event
Bilasizlar bir nechta kanallarim bor va ularni kontent bo’yicha bo’lib chiqib 2025-yildan tartibli yuritmoqchiman.
@illustros - darsliklar, yangi terminlar, logo, branding, kurs, dizaynga oid yangiliklar kanali
@MadinaMavlonovaBlog - dizayner kundaligi, og’riqlari, kar’era, mijozlarlar bilan ishlash, shunchaki insonning blog kanali
Shuningdek instagram sahifalarimga follow qilishni unutmang:
instagram.com/madina_mavlonova_ - portfolio sahifam, bu yerda faqat qilgan ishlarim va sohaviy yangiliklar bilan ulashaman
instagram.com/madinamavlonovablog - oddiy hayotimdan kontent
Mening 2024-yilim muvaffaqiyatli yakunlandi!
Qaysar mijozlar bilan ishlashdagi yechim
2024-yil sarhisobi. Marshrutdan chiqib ketish yili yoxud Tadbirlar yili yoki 1 yillik tanaffus
Bu yil ideal o’tgandek hayolimda, lekin kamchiliklari ancha ko’p. Hozir o’ylasam dizayn faoliyatim uchun tragediyadek tuyulmoqda. Sababini tagida yozaman.
Yanvar
Ingliz tilini yaxshiroq o’rganish uchun kursga yozildim.
Fevral
30 kunlik logo challenge’da qatnashdim. Butun oy har kuni logo chizish bilan band edim.
Mart
Bu oy kichkinaligimdan orzu qilgan maqsadimga erisha oldim. Adajonimga mashina sovg’a qildim. Shuningdek «Raqamli avlod qizlari» tadbirida spiker bo’ldim. Brend dizayn-3 kursimga start berildi.
Aprel
«Qizlar akademiyasi» loyihasi uchun videodarsliklar yozilishi boshlandi. Asosan bu oy faqat syomkalar bilan band bo’ldim. Shuningdek «Red Jolbors Business Summit»da qatnashdim.
Britaniyada joylashgan Mymir nomli agenstvo uchun aydentika ishlab chiqdim va shu agenstvoga ishga kirdim.
May
IT Stars tanlovida «Eng zo’r IT kurs» namitsiyasida taqdirlandim. Keyin esa O’zbekiston ichida sayohatim boshlandi. May oyida Buxoro va Samarqandga sayohat qildim. Shuningdek «Uzbek Culture and Food Festival»da dizayner volontyor bo’lib qatnashdim.
Iyun
Sayohatim Farg’ona viloyatida davom etdi. Yoshlar kunida esa Prezident bilan Ko’ksaroy qarorgohida ko’rishish nasib qildi. Brend dizayn-4 kursimga start berildi.
Iyul
Hashar Design’da spiker bo’ldim.
Avgust
Shunchaki yozgi dam olish davom etdi.
Sentyabr
IT Ladies jurnalining muqovoqasida chiqdim.
Oktyabr
Bu yil mazza qilyapman deb turganimda to’satdan mazam bo’lmay pnevmoniya bilan kasalxonaga tushib qoldim. 1 oy kasal bo’ldim. Lekin vaqtdan unumli foydalanib kitob o’qish bilan band bo’ldim.
Noyabr
Hech nima qilmadim.
Dekabr
Ketma-ket tadbirlar. Qizlar akademiyasi loyihasining rasmiy zapuski bo’ldi va Yulduz Tech Awards mukofoti bilan taqdirlandim.
Xulosa:
Ko’rinishidan dizaynerning ideal hayotiga o’xshaydigan yil bo’ldi. Dam olishlar ko’p, mukofotlar ko’p, bularning hammasi bir necha yillik mehnatlarimning samarasi deb hisobladim, lekin tan olaman o’zimni dizayn marshrutidan chiqib ketgandek xis qilyapman. Tadbirlar juda ko’p vaqtimni olib qo’ydi, o’zimni 1 yil ichida komfort zonaga solib qo’ygandekman. Yaxshiyam chaqirilgan barcha tadbir va televidiniyalarga bormadim. To’g’risini aytganda tadbirlarda meni «huddi yagona qiz bola» grafik dizaynerdek tanishtirishlari zeriktirdi va haddan ortiq maqtash «halokatga» olib kelarkan. Shu darajada qattiq chalg’idimki haddan ortiq dam olish ko’p bo’ldi. Aslida 2024-yil boshida dizaynga aloqador katta maqsadlar qo’ygandim va ularga erisha olmadim.
Chiqargan xulosamdan kelib chiqib 2025-yil qayta o’zimning formamga tushmoqchiman. Hozir manga kerak bo’layotgan narsa bu Hard work. Tadbirlarni bu yil kamaytiraman, ko’proq fokusimni ijod qilishga qaratmoqchiman. Bu bilan 2024-yil yomon o’tdi demoqchi emasman, bu yil ajoyib o’tdi, shunchaki dam olish uzoqga cho’zildi. Muhimi xatolarni tan olish va xulosa chiqarish. Hammaga 2025-yil qo’ygan maqsadlariga muvaffaqiyat tilayman!
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago