Stiv Jobs

Description
Har kuni kechagidan ilmliroq...

Bildirilgan fikrlar: @Stiv_Jobs_Story

YouTube: https://youtube.com/@AkmalMengliboyev?si=Hm4r9GTAM4jy8mBB

Murojaat uchun: @Kanal_Yordamchisi_bot
We recommend to visit

Энг оммабоп савдо канали “МОШИНА БОЗОРИМ” га хуш келибсиз!

Эълон бериш учун ? @MB_ADMINUZ га ёзинг

Спамлар учун:
https://telegram.me/+cjjLCmVmTY8zM2Iy

Машинани кўрмасдан туриб пул ташламанг!
Савдога Админ Жавобгар эмас.

Last updated hace 3 meses, 3 semanas

Дунё қарашингизни 180° га ўзгартирадиган канал! ⌛️

Сиз керакли жойдасиз бизни танлаб адашмадингиз..!

Admin: @Oltin_admini

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг ?

Last updated hace 1 año, 4 meses

«Namoz oʻqishni oʻrganish» илмий, маърифий ва ижодий каналига хуш келибсиз!

Расулуллоҳ ﷺ айтадиларки:

«Ким бир яхшиликка бировни йўллаб қўйса, унга ўша ишни қилганлик ажри бор»
(✍️Имом Муслим ривояти).

Last updated hace 1 año, 8 meses

1 month ago

O'zbek tilidagi faoliyatimni tugatmoqchiman. Òzim òzbek bòlsam ham, millatdoshlarimdan kònglim qoldi. To'g'risi... Hammaga qo'llab quvvatlaganlariz uchun rahmat. Yaxshi yomon gapirgan bòlsam uzur sòrayman hammadan🤝🙏💔

1 month ago

Hammaga salomlar!

1 month ago

Jahon yoshlariga maktub: "Erta — bu zabt etilmagan kelajak!"

Jahonning eng muvaffaqiyatli va puldor kishilaridan sanalgan Jek Ma yoshlarga eng ta’sirchan murojaatini yo‘lladi. Uni quyida e’tiboringizga havola qilamiz.

«Mening badavlat otam bo‘lmagan. Uch yil urinib universitetga kira olmaganman. Harvardga kirish uchun o‘n yil urindim, ular meni xohlashmadi. Oxir-oqibat o‘qituvchilar tayyorlaydigan kollej talabasi bo‘ldim. O‘sha kezlarda ish topish muammo edi. 1994-yillarda o‘qituvchilar o‘n dollar evaziga bir oy ishlashga rozi edilar. O‘ttizta idoraning eshigini qoqib bordim. Birortasi meni ishga qabul qilmadi. Maktabda ingliz tilidan saboq berar ekanman, hayotimni o‘zgartirishga bo‘lgan orzular menga tinchlik bermas edi. Shunda internet degan yangilik haqida eshitib qoldim. Ko‘pchilik uning nimaligini bilmas edi. Men esa kun-tun o‘rgandim, unga oid manbalarni o‘qidim, istiqbolini o‘rgandim.

Shunda menda internet orqali buyurtma olib, Xitoyda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni etkazib berishda vositachilik qiladigan kompaniya ochish fikri tug‘ildi. Atrofimdagilar mening ustimdan kulishar, g‘alati va bo‘mag‘ur fikrlar xayolimga qaerdan kelishini aytib, kalaka qilishar edi.
Ish boshlashim uchun bankdan uch ming dollar olishga uch oy vaqtim ketdi. «Alibaba» kompaniyasi to‘g‘risidagi maqsadlarim xomxayol ekanini aytib, ko‘plab sarmoyadorlar meni rad etishdi. Men oldinda meni ulkan muvaffaqiyat kutib turganini sezar edim. Qattiq mehnat qildim. Oxir-oqibat ming mashaqqat bilan o‘n sakkizta sarmoyadordan ellik ming AQSh dollari to‘plashga erishdim.
«Alibaba» uch yil mobaynida hattoki bir dollar ham foyda keltirmagan. Ammo meni nima ruhlantirgani qiziq bo‘lsa kerak? Bu — bizga maktub yo‘llayotgan mijozlar edi. Ular hozircha bizga katta miqdorda to‘lov to‘lay olmasliklari, ammo bu ishimiz ulkan g‘oya ekani, kelajagimiz oldindaligini yozishar edi. Ular ko‘pincha «Hozir bizga yordam bersangiz, biz kun kelib rivojlanamiz, o‘shanda biz sizga yordam beramiz, siz ham kuchli kompaniyaga aylanasiz», deb yozishar edi. Kichik foydamiz, sekin-asta kattalasha boshladi.
Chindan ham, o‘n olti yil o‘tib, bizda hamma narsa bor edi: savdo platformalaridan tortib, elektron to‘lov tizimlari va dunyo bo‘ylab millionlab mijozlar va etakchi mahsulot ishlab chiqaruvchilar.
Muvaffaqiyatli insonlardagi bosh umumiylik nima? Ijobiylik! Ular kelajak sari doimo ijobiy kayfiyatda borishadi. Ijobiylik odamga imkoniyatni yorqinroq ko‘rishga yordam beradi. Bugungi yoshlarning ko‘pi ish topa olmasligini pesh qilib nolishadi. Bu — xato! Atrofga qarang — biz imkoniyatlar asrida yashayapmiz! Sizning eng kuchli jihatingiz bor — siz yoshsiz! Bu imkoniyatlar orasida nimanidir boshqacha qila olishingizga ishonsangiz, bu to‘g‘risida o‘qib-o‘rganishdan erinmang.
Haqiqiy tadbirkorlik — mehnat degani. Muvaffaqiyat qozonishni istasangiz, boshqalar uxlab yotganda siz o‘rganing, tong saharda shahar uyqudaligida siz imkoniyatlaringizni kengaytirish uchun ertaroq uyg‘oning. Hayotda yiqilishdan qo‘rqmaslik kerak. Ayniqsa, yoshlikda! Yiqilasiz, yana oyoqqa turasiz. Har qanday xato — beqiyos foyda!
Har bir inson uchun erta — bu zabt etilmagan kelajak. Olg‘a borish kerak, harakat qilish kerak. Atrofdagilar sizga ishonsa-ishonmasalar, siz o‘z orzularingiz ro‘yobiga ishoning, jamoani bunga ishontiring!
Yashashni ham unutmang. Biz hayotga ishlash uchun emas, baxtiyor bo‘lish uchun kelganmiz. Puldan qayg‘urmang! Agar siz orzularingiz ortidan quvsangiz, pul sizning ortingizdan quvadi!»

"Biz g‘alaba qozonamiz" kitobidan

Biz bilan birgalikda yuksaling!
🔥 @Stiv_Jobs

4 months ago

Agar san shayton bo’lganingda, odamlarni maqsadlariga erishishlaridan, o’zlarini to’liq anglashlaridan qanday chalg’itgan bo’lar eding? Va buni qanday qilar eding? - deb sunʼiy intellekt (ChatGPT) ga savol berishibdi:

*? ChatGPT javobi:*

Agar men shayton bo’lganimda va odamlarni o’z maqsadlaridan va o’zlarini to’liq anglashlaridan chalg’itmoqchi bo’lganimda, insoniyatning zaif tomonlaridan foydalangan bo’lardim. Quyidagicha yo’l tutardim:

1. Zudlik bilan rohatlanishni targ’ib qilish
Odamlarni uzoq muddatli maqsadlar o’rniga qisqa muddatli lazzatlarga intilishga undardim. Bu ularning diqqatini asosiy maqsadlaridan chalg’itardi.

2. Chalg’ituvchi omillarni ko’paytirish
Ijtimoiy tarmoqlar, o’yinlar va boshqa ko’ngilochar narsalarni ko’paytirib, ularning vaqtini behuda sarflashlariga sabab bo’lardim.

3. Shubha va qo’rquvni oshirish
Ularning o’ziga bo’lgan ishonchini kamaytirish uchun shubha va qo’rquv hissini kuchaytirardim, bu esa ularni harakat qilishdan to’xtatardi.

4. Solishtirishni rag’batlantirish
Ularni boshqalar bilan doimiy ravishda solishtirishga undardim, bu esa hasad va norozilikka olib kelardi.

5. Munozara va nizolar keltirib chiqarish
Oila va do’stlar orasida nizolarni keltirib chiqarib, ularning emotsional energiyasini sarflardim.

6. Qadriyatlarni buzish
Axloqiy me’yorlarni noaniq qilish orqali, ularni noto’g’ri yo’llarga yo’naltirardim.

7. Tanlovlarni ko’paytirish
Juda ko’p imkoniyatlarni taklif qilib, ularni qaror qabul qilishda qiynalishga olib kelardim.

8. Materializmni targ’ib qilish
Moddiy boylikni hayotning asosiy maqsadi sifatida ko’rsatib, ularni ichki o’sishdan chalg’itardim.

9. Noto’g’ri ma’lumotlarni tarqatish
Ularni chalg’itish va noto’g’ri yo’lga solish uchun yolg’on ma’lumotlarni yoyardim.

10. Kechiktirishni osonlashtirish
Vazifalarni keyinga qoldirishni odatga aylantirib, ularning samaradorligini pasaytirardim.

Bu usullar orqali odamlarni o’z maqsadlaridan va o’zlarini anglashlaridan chalg’itib, ularning hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatardim.

Biz bilan birgalikda yuksaling!
? @Stiv_Jobs

4 months, 1 week ago

Hammaga salomlar :)
Kim qaysi soxada òqiydi yoki ishlaydi? Balkim qiziqishingiz bor bòlgan soxa bordir?

4 months, 2 weeks ago

Faylasuflarning biridan so‘rashibdi:

- Xotinlikka qanaqa ayolni tanlagan bo‘lar edingiz?

Faylasuf javob beribdi:

- Chiroyli ayolni xohlamayman, chunki unga boshqalarning nazari tushadi. Xunuk ayolni ham xohlamayman, chunki nafsim uni xushlamaydi.

- Novcha ayolni xohlamayman, chunki unga boshimni ko‘tarib qarashga majbur bo‘laman. Pakana ayolni ham istamayman, chunki unga boshimni pastga tushirishga majbur bo‘laman.

- Semiz xotinni ham xohlamayman, chunki uni boqishga qiynalaman. Ozg‘in ayolni ham istamayman, chunki ular nozik boʻladi, biror ishga yaramaydi.

- Oppoq ayolni ham istamayman, chunki u arvohni esga soladi. Qora ayolni ham yoqtirmayman, chunki koʻchada birga yurishdan uyalaman...

...Faylasufni Alloh rahmat qilsin, bo‘ydoq o‘tib ketgan ekan!

P.s: Men qanaqa ayolni tanlasam ekan?))
Biz bilan birgalikda yuksaling!
? @Stiv_Jobs

6 months, 2 weeks ago

20- avgust kuni, OKX va Bitget birjasida sotuvga chiqadi. Pichoqlaringizni qayrab turing...)

6 months, 3 weeks ago

Hormanglar?

9 months ago

2 kunda + $503 foyda)

We recommend to visit

Энг оммабоп савдо канали “МОШИНА БОЗОРИМ” га хуш келибсиз!

Эълон бериш учун ? @MB_ADMINUZ га ёзинг

Спамлар учун:
https://telegram.me/+cjjLCmVmTY8zM2Iy

Машинани кўрмасдан туриб пул ташламанг!
Савдога Админ Жавобгар эмас.

Last updated hace 3 meses, 3 semanas

Дунё қарашингизни 180° га ўзгартирадиган канал! ⌛️

Сиз керакли жойдасиз бизни танлаб адашмадингиз..!

Admin: @Oltin_admini

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг ?

Last updated hace 1 año, 4 meses

«Namoz oʻqishni oʻrganish» илмий, маърифий ва ижодий каналига хуш келибсиз!

Расулуллоҳ ﷺ айтадиларки:

«Ким бир яхшиликка бировни йўллаб қўйса, унга ўша ишни қилганлик ажри бор»
(✍️Имом Муслим ривояти).

Last updated hace 1 año, 8 meses