Farg'ona viloyati Pedagogik mahorat markazi | Rasmiy kanal

Description
Farg’ona viloyati Pedagogik mahorat markazi
Murojaat uchun :

@Ferpm_bot
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 6 days, 1 hour ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

1 week, 1 day ago
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон …

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

1 week, 1 day ago

no comment | Yangi yil shukuhi
#31dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

1 week, 2 days ago
Farg'ona viloyati Pedagogik mahorat markazi | …
1 week, 5 days ago
[#Tanlov](?q=%23Tanlov)

#Tanlov

🔊🔊🔊🔊🔊🔊🔊

!!!️Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazi bo‘sh ish o’rinlariga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislarni tanlov asosida ishga taklif qiladi!

➡️ Maktabgacha ta'lim tashkiloti mutaxissisi;
➡️ Pedagogika yo'nalishi mutaxasissi;
➡️ Ingliz tili fani mutaxassisi;
➡️ Kutubxona ishi (ARM) mutaxassisi.

📝Talablar:
Oliy maʼlumotli (kamida magistr daraja talab etiladi);
Pedagogika sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
Ingliz tilini C1 darajasida bilish (ingliz tili mutaxassislari uchun);
Oʻz sohasiga tegishli masalalar boʻyicha axborot va maʼlumotlardan xabardor boʻlishi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi muhim;
Davlat tilini bilishi (rus, ingliz va chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi) hamda soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi, lavozim majburiyatlarida keltirilgan vazifalarni bajarish ko'nikmlariga ega bo'lishi talab etiladi.

🟢 Imkoniyatlar:
Ahil va professional jamoa;
Doimiy malakaviy oʻsish;
Qulay lokatsiya;
Yuqori oylik maosh;
Xalqaro konferensiya va treninglar.

🗂 Kerakli hujjatlar:
• nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
• shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
• magistraturani tamomlaganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
• PhD/Dc diplomi (agar mavjud bo‘lsa);
• til bilish va mutaxassislik fani boʻyicha sertifikati (agar mavjud bo‘lsa);
• 2 ta doimiy faol holatda bo‘lgan telefon raqami.

📥 Hujjatlarni 2025-yilning 10-yanvar kuniga qadar ushbu https://t.me/sardorbek661 telegram manziliga yuborishingiz mumkin.
🗣 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 6-sentabrdagi 297-sonli buyrug‘i.

📱 Murojaat uchun telefon:
📱 +998(97) 210-18-80 💬 Najmetdinov Sardor

Qo'shimcha ma'lumotlar

+998911245210 Marasulov Kamoldin https://t.me/Kamoldin01987

+998907753006 Xoljo'rayev Nizomiddin

Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazi axborot xizmati.

🚀Telegram|🔵*Facebook*|💬*Website*|🎬****Youtube

1 week, 5 days ago
[#2025\_yil\_1\_yanvardan](?q=%232025_yil_1_yanvardan)

#2025_yil_1_yanvardan

✔️ Qonunchilikka muvofiq, maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari xodimlarini kasbiy rivojlantirishning quyidagi tartibi joriy etiladi, jumladan:

🔹maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari xodimlarini kasbiy ehtiyojlari va malaka toifasidan kelib chiqib tabaqalashgan ta'lim dasturlari asosida uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimi (vazirlik – malaka oshirish muassasasi – ta'lim tashkiloti) yo'lga qo'yiladi;

🔹maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlarining xodimlari uchun 5 yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda o'tkaziladigan malaka oshirish kurslari joriy qilinadi.

✔️ Shuningdek, pedagog va mutaxassis kadrlar kasbiy rivojlanishining uzluksizligini ta'minlash maqsadida barcha umumiy o'rta ta'lim muassasalarida malaka oshirishning “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch umumiy o'rta ta'lim muassasalarida esa, shuningdek, “Kasbiy rivojlanish kuni” kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

1 week, 5 days ago
Farg'ona viloyati Pedagogik mahorat markazi | …
2 weeks, 5 days ago

Kecha Simpoziumlar saroyida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimini oʻtkazdik.
Tadbirda joriy yilda alohida ahamiyatli yutuqlarga erishgan bir guruh umumtaʼlim, maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va pedagoglari “Xalq taʼlimi fidoyisi” va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi.

Ayni vaqtda tizimdagi mavjud 10 mingdan ortiq maktab va 38 mingdan ortiq maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 700 ming nafarga yaqin pedagoglar 8,7 mln nafarga yaqin tarbiyalanuvchi va oʻquvchilarga taʼlim va tarbiya berib kelmoqda. Barchangizni tabriklayman, yuz minglar orasidan tanlangan, munosib deb topilganingiz bilan!

Tadbir soʻnggida “Turon” teatri yosh ijodkorlari ijrosida Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Advokatlik osonmi” spektakli hamda madaniy dasturlar ham namoyish etildi.@hilola_umarova

2 weeks, 5 days ago

#yangi_yil_shukuhi
#kayfiyat_ulashamiz
#videorolik

🎄Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazida yangi yil shukuhi davom etmoqda.
Bugun ham Pedagogik mahorat markazi tashabbusi bilan erta tongdan tinglovchilarga bayramona kayfiyat ulashish maqsad qilindi. Markazning “Pedagogika va psixologiya, taʼlim texnologiyalari” kafedrasi mudiri Gulbahor Rahimova boshchiligida tadbir tashkil etildi.🏙 Unga ko‘ra, har bir tinglovchiga gullar, bayramona sharlar berilib, ezgu tilaklar bitilgan qorxat yo‘llandi. Qolaversa, qiziqarli o‘yinlarning tashkil etilishi barchaga birdek manzur bo‘ldi. 🥳Shunday qilib Mahorat markazi tinglovchilari va xodimlariga bayramona kayfiyat ulashildi.

Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazi axborot xizmati.

🚀Telegram|🔵*Facebook*|💬*Website*|🎬****Youtube

2 weeks, 5 days ago
Farg'ona viloyati Pedagogik mahorat markazi | …
3 weeks, 5 days ago
Farg'ona viloyati Pedagogik mahorat markazi | …
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 6 days, 1 hour ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago