Infinite Entertainment, Zero Cost: Get Your Free Books, Music, and Videos Today!

Dilafroʻzning dil daftari 🕊

Description
We recommend to visit

Ex. Посмейся и Забей!

Lifestyle & beauty
/you’re welcome🤍

Запрещенная сеть — vtornikovakristina
📍Гайд по телеграмму — telegramguide.ru

• личный контакт @vtornikovaa
• по рекламе @katkha_group

Last updated 2 weeks, 5 days ago

🔅Learning resources for Algorithmic /Quantitative trading.

🔅 Recursos de aprendizaje para trading Algoritmico / Quantitativo.

.
.
4,082 @cyyyyy

.

Last updated 6 months, 2 weeks ago

hace 1 mes, 3 semanas

Koʻzlarimda qishning qahridan,
Qolib ketdi bitta tuguncha.
Seni nursiz yuzingga boqib,
Sovib qoldi yurak yupuncha.

Isinmoqqa Bahor taftidan ,
Oʻziga nur izlar qaroqlar.
Qara hatto muzlar ostidan,
Boshin koʻtarmoqda yaproqlar.

Boʻgʻriqqan tong, namchil havodan,
Vujudimda qonim koʻpirar.
Seni istab Bahor tongidan.
Yurak qafasida yugurar.

Yangilanmoq, yaralmoq fasli,
Bahor meni senga qaytardi.
Muzlar erib diydalarimdan,
Sevgi qoʻshigʻimiz aytardi.

Eshonova Dilafroʻz Xakimovna.
5-mart. 2024- yil.
22:02

hace 2 meses, 3 semanas

**Бухоролик ижодкорларнинг телеграм каналлари рўйхати:

Омон Мухтор: https://t.me/Omon_Muxtor Садриддин Салим Бухорий: https://t.me/SadriddinSalimBuxoriy Тилак Жўра: https://t.me/tilakjura1947 Азиз Саид: https://t.me/vaqt_manzili Ҳалима Аҳмедова: https://t.me/halima_ahmad Султонмурод Олим: https://t.me/Sultonmurod_OLIM Сулаймон Шодиев: https://t.me/SulaymonShodiyev Нодира Афоқова: https://t.me/Nodirasheriyati Вафо Файзуллоҳ: https://t.me/Vafo_Fayzulloh Санобар Меҳмон: https://t.me/Sanobar_Mehmonova Абдунаби Ҳамро: https://t.me/abdunabihamro Муҳаммад Азим: https://t.me/azim202 Бобоқул Усмон: https://t.me/BoboqulUsmon Жасур Эсан: https://t.me/JasurbekEsanov Рухсора Нур: https://t.me/tanqidvatalqin Гулзода Ғайратова: https://t.me/yozuvlarimdan Сабина Расулова: https://t.me/SabinaRasulova_ijodi Муслима Ҳамроз: http://hamroz.uz Ҳамид Насруллоев: https://t.me/hazrati_insonim Ҳамзабек Турдиев: https://t.me/hamzabek81 Рўзимурод Маҳмуд: https://t.me/RuzimurodMahmud Моҳигул Ўктам қизи: https://t.me/+0WK2LujgMzAzZDZi Инобат Очилова: https://t.me/inobatbuxoriy Илҳом Салимов: https://t.me/salimov_blogi Мадина Ваҳобова: https://t.me/VahobovaMadina Нилуфар Рухсор: https://t.me/Nilufar_Rux Мактуба ШАЙДО: @Maktubashaydo Лайло Ҳайитова: https://t.me/Leyla_Tun_Qizi Дилшод Ражаб: @dilshod_rajab_ijodi Бобур Бобомурод: @bobur_bobomurod Зарнигор Ибрагимова: https://t.me/zarasohili Зилола Тошева: https://t.me/zilolakamol1992 Дилафрўз Эшонова: https://t.me/dildagilaringiz Дилобар Меҳмонова: https://t.me/mehmonovad Дилобар Жўраева: https://t.me/Dilobar_Joraeva Аброр Пир Муҳаммад : https://t.me/abrorpirmuhammad Олия Равшанова: https://t.me/nazmnavosi Зухро Асадова: @bloknotasadova Зиёда Шодиева: https://t.me/sherlarziyoda Самад Муҳаммад Дамин: https://t.me/SamadMuhammadDamin Шерзод Ғойиб: https://t.me/Sherzod_Goyib_sherlari Собир Салимович: https://t.me/Sobirsalimovich0172 Аҳмад Ҳайдаров: https://t.me/Ahmad_HAYDAROV Баҳром Солиев: https://t.me/Bahrom_Soliyev Тилланисо: https://t.me/TillanisoEN Махсумахоним: https://t.me/Maxsumaijodi Хуршид Неъмат: https://t.me/xurshidnemat_channel Обид Қўлдош: https://t.me/azob4 Агар Сиз бу рўйхатга кирмаган бухоролик ижодкорларнинг телеграм каналлари ҳақида маълумотга эга бўлсангиз, @obid_85 телеграм манзилига юборишингиз мумкин.**https://t.me/amshuyu

hace 2 meses, 4 semanas

Sevdim seni ,qiz boshim bilan,
Uyaltirdi qarashlaring jim.
Jim  kuzatdim ,koʻz yoshim bilan.
Soʻramading,  demading bu kim?.

Sevdim , afsuslarga ne hojat,
Magʻlub boʻldim yoki-da gʻolib.
Oʻzing kelding qoshimga bir kun,
Goʻzallar jim kuzatdi qolib.

Shunday sevdik , sabr bilan jim.
Vaqtlar ulgʻaytirdi sevgini.
Shuncha yillik oliy tuygʻuga,
Hamroh boʻldi vafo epkini.

Eshonova Dilafroʻz Xakimovna.

hace 2 meses, 4 semanas

Yonib tugayotgan sham asli umr.
Bargi xazonlarday gʻam asli umr.
Shayton malaylarin yelkaga ortib,
Nafsga Vaqtni sotar dam asli umr.

Bir uyda yashaymiz qalban begona,
Koʻrinish shohona , yurak vayrona.
Kim kibrga oshno, dardga dugona.
Gunohni yuvmoqqa kam asli umr.

Foydamiz qurboni bitta qorakoʻz,
Qurbon boʻlar necha lofga shirin soʻz.
Egnimizga kiyib oxir oppoq boʻz,
Choʻp taxtga minilgan kun asli umr.

Koʻksimni tildilar ittirnoq , zoʻrlar.
Havolanib ketgan qalblari koʻrlar.
Ruhim vujudimni azoblar ,oʻrlar.
Tuproq quchib yotar, tun asli umr.

Eshonova Dilafroʻz Xakimovna.
29 yanvar 2024 yil.
13:50

hace 3 meses, 1 semana

Qaro koʻzning gavharlari qonga toʻlsa,
Atrofing ham yolgʻon- yashiq jonga toʻlsa.
Sifat qolib, aldamchilar  songa toʻlsa,
Xoinlarga toʻlib ketar dunyo- yu dun,
Meni jonim sen haqingda unutgan kun.

Ado qilib, adolatdan bong ursalar,
Gado qilib, sadoqatni unutsalar.
Bir oh desang, oʻlimingni jim kutsalar.
Xoinlarga toʻlib ketdi dunyo- yu dun,
Meni borim, men haqimda unutgan kun.

Uyqusida halovatdan nishona yoʻq,
Baxt his qilmas, yarqiragan peshona yoʻq.
Saroy qurar ,ammo sokin koshona yoʻq.
Xoinlarga toʻlib ketdi , dunyo- yu dun,
Sen haqingda kim esladi ,koʻngil, bu kun.

Eshonova Dilafroʻz Xakimovna.

hace 3 meses, 2 semanas

Doʻstim, koʻtar qoʻngʻiroqni.
Javob ber sogʻinchlarimga.
Seni juda sogʻindim-ku.
Sabab boʻl ovunchlarimga.

Yoʻq. Yaxshisi kel ,bir koʻray,
Koʻzim quvnab , yayrasin dil.
Doʻstim , sen mening togʻimsan.
Yiqilyapman , boʻlyapman gil.

Diydoringdan dilim toʻlsin,
Suhbatingdan tinsin quloq.
Masofalar bir bahona.
Oqibatdan boʻldik yiroq!

Ovutmoqqa, ovunmoqqa ,
Qoʻngʻiroqlar sim koʻprik.
Voydod! Shunday koʻpriklarda,
Muzlab qolmasin doʻstlik!

Eshonova Dilafroʻz Xakimovna.
12.01.2024 y.
09:00

hace 3 meses, 2 semanas

Shunchaki...
08.01.2024y.

Yozolmadim...
Bir sabab yoʻq.
Sabablarsiz ogʻrir boshim.

Yozolmadim...
Hech sabab yoʻq.
Sababsizlik toʻkar yoshim.

Yozolmadim...
Oʻqimas u.
Oʻqimasin.
Yoʻq bardoshim!

Yozolmayman...
Yozmasinlar!
Oʻqimasin!
Hech sirdoshim!

Eshonova Dilafroʻz Xakimovna.

hace 3 meses, 4 semanas

Assalomu alaykum qadrdonlar barchangizga yangi yil muborak boʻlsin.

hace 4 meses, 3 semanas

Boʻgʻzimdan bir chinqiriq boʻgʻar,
Koʻzyoshlarim ichimga yutsam.
Ne boʻlar ayt , qoʻlingdan tutib,
Dunyoning eng chetiga ketsam?

Hilpirasa etaklarimiz ,
Baland  qoya qoshida tursak.
Duk-duk urib yuraklarimiz,
Ovozimiz boricha kulsak .

Ishondingmi?
Shunday qilsam-a?
Menda shunday jasorat bormi?
Dugonajon! Yonimga kelsang!!
Yo, senga ham dunyolar tormi?

Bir kelsayding...
Bir kelib ketsang.
Xazon boʻlmay bu umri jonim.
Soʻzlarimni jim tinglab turgin,
Yigʻlab olay , dugonajonim!!

Eshonova Dilafroʻz Xakimovna.
8.12.2023 y

hace 4 meses, 3 semanas

Quyosh koʻkda koʻtaradi bosh,
Mening tunga omonatim koʻp.
Tong ularga berolmas bardosh,
Bardosh oʻzi azoblandi xoʻb.

Tun qoʻynida qora marjonday,
Yaltillaydi mening dardlarim.
Koʻkka boqsam koʻzimdan uqar,
Yulduzchalar yurak gardlarim.

Tun...
Sokin-u ,ammo dard toʻla,
Azoblarga beshik , belanchak.
Allaydi qora sochini ,
Yoyib olib, mayus kelinchak.

Eshonova Dilafroʻz Xakimovna.
7.12.2023 y

We recommend to visit

Ex. Посмейся и Забей!

Lifestyle & beauty
/you’re welcome🤍

Запрещенная сеть — vtornikovakristina
📍Гайд по телеграмму — telegramguide.ru

• личный контакт @vtornikovaa
• по рекламе @katkha_group

Last updated 2 weeks, 5 days ago

🔅Learning resources for Algorithmic /Quantitative trading.

🔅 Recursos de aprendizaje para trading Algoritmico / Quantitativo.

.
.
4,082 @cyyyyy

.

Last updated 6 months, 2 weeks ago