Dilafroʻzning dil daftari 🕊

Description
We recommend to visit

Lifestyle & beauty
/you’re welcome?

Тг-канал «хотелка дня!» - @hotelkadna
Запрещенная сеть — vtornikovakristina
?Гайд по телеграмму — telegramguide.ru

• личный контакт @vtornikovaa
• по рекламе @katkha_group

Last updated 2 months, 1 week ago

?Learning resources for Algorithmic /Quantitative trading.

? Recursos de aprendizaje para trading Algoritmico / Quantitativo.

Just listen, never associate the song with a specific person.

- @aamer

Ch - @iiiiiz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

2 months ago

Assalomu alaykum qadrdonlarim.Shu kunlarda o‘zi nimalardir yozgim kelyapti.Ammo bilaman uncha o‘xshamayapti.

Ammo, lekin ,biroq ko‘nglim ozgina taskin topyapti.

2 months ago

Harir ipak ro‘mol tushgan ko‘kdan go‘yo.
Bulutlardan bo‘lak tushgan ko‘tarmoqqa.
Ro‘mol qaysi hurning boshin silagankin ,
Oppoq ,toza, mayin buncha o‘ranmoqqa.

Ko‘kdan tushgan havodayin sof , muloyim ,
Qo‘lim yetmas, uzatmoqqa qaror ojiz.
Ro‘moldayin yerni qoplab O , Xudoyim!
Huzuringdan tuman tushgan chirkdan xolis.

Bug‘ choynakday bug‘ taragan atrof xira.
Bulut emas, ro‘mol emas , bir mo‘'jiza.
Tuman tushsa bilmam nega yayraganday,
Bemalol va tek yuraman men ojiza.

Ko‘zdan pana , so‘zdan pana Tuman aro,
Kulgularim ko‘rolmaydi ko‘ngli qaro.

E.D.X.
23.12.2024 y.
10: 28

2 months ago

Qo‘llarim qo‘lingda, boshim ko‘ksingda,
Har yurak urishing umrim o‘lchovi.
So‘zlaring ruhimga ozuqa , madad,
Bir qarab qo‘yishing orom quchog‘i.

Xayolimda o‘zing , yodimda o‘zing,
Har nafas har lahza yonimda o‘zing.
Tashvishlar otsa-da turli tomonga.
Seni yoning menga baxtning o‘chog‘i.

Dabdabalar o‘tar , sitamlar o‘tar,
Necha-necha turfa odamlar o‘tar.
Biri g‘amingni yer, biri qon yutar,
Sevgimiz yutqazma yashamoq chog‘i.

Bu tun Yaldo tuni, bu tun chillalik,
Chillada so‘ragan yetar murodga.
Senga yetsin deya tonggacha so‘ray.
Haqiqiy mahbublar sevgisin ohi.

Bu tun Yaldo tuni...

Eshonova Dilafro‘z Xakimovna.
22.12.2024 y.
00:58

3 months, 2 weeks ago

Tun pardasin tortdi olamga,
Zimistonga burkandi kunduz.
Yorugʻlikdan nishon boʻlay deb,
Miltilladi necha ming yulduz.

Zulmat ichra har qancha boqmay,
Koʻrinmadi koʻzimga borliq.
Oʻzimcha soʻng oʻyladim,demak,
Tunda olam chiqarar hordiq.

Eshonova Dilafroʻz Xakimovna.
00:27
08.11.2024 y

4 months, 2 weeks ago

Kuzda tunlar sokin boʻlmas,
Qadamlaring shitirlar.
Xuddi "meni qiynama",- deb,
Xazonbarglar shivirlar.

Kuzda tunlar sokin boʻlmas,
Daraxtlar ham qaltiroq .
Yaproqlar-la xayrlashar,
Yaproqni quchar tuproq.

Kuzda tunlar, kuzda tonglar,
Kuzda havolar shirin.
Aslida shu Kuz ochadi,
Tabiatning bor sirin.

Eshonova Dilafroʻz Xakimovna.
6.10.2024 y
22:05

5 months ago

Men yashashda davom etyapman.
Sen qayerda toʻxtab turibsan?
Nimalarni umid qilganding?
Nimalarga chidab yuribsan?

Kim? va Nima? Oldi umrimiz!
Oʻzgalarga sarf etdik vaqtni .
Millar izni bilan kunimiz,
Eslatadi kun boʻyi Haqni!

Haqiqatga tik qarab ,magʻrur.
Haqiqatni soʻzladi koʻzlar.
Tan olindi bitta haqiqat.
Gunohlardan qizardi yuzlar.

U yayradi, koʻzlari kuldi,
Tan olindi kuchli ehtiros.
Lablar titrar , suyaklar sindi.
Vujudni jon tark etdi xolos.

Men yashashda davom etyapman.
Sen qayerda toʻxtab turibsan?

Eshonova Dilafroʻz Xakimovna.
24.09.2024 y
23:37

7 months, 1 week ago

Senda hech gunoh yoʻq, gunohkorman men.
Yuragim tubiga qamab ishqingni.
Birga sayr etaylik , birga ketaylik,
Kel , shugun unutgin  hamma ishingni.

Meni aybdor koʻnglim nelar istamas,
Issiq nafasingdan erisin  tanam .
Kel , biroz hordiq ol , silay sochlaring.
Sening tashrifingdan yorishsin xonam.

Eh ,sodda koʻnglim-a , sodda mugʻombir,
Avrab -avrab menga nelar soʻzlatar,
Aqlim lol, koʻnglimning qilmishlaridan .
Koʻnglim oʻz dardiga davo izlatar.

Ayt, netay xasta qalb ishqing eslatar...

Eshonova Dilafroʻz Xakimovna.
17_07_2024 y.
8:29.

7 months, 4 weeks ago

Meni qoʻrqitolmas kelish- ketishlar,
Zero ,kelganlarning ketmogʻi tayin.
Ketganlar qoldirib oʻzlaridan iz.
Meni ortlaridan chorlar atayin.

Izlar koʻmiladi -yoqqanida qor,
Yomgʻirlar yuvadi ,qorlar yogʻmasa.
Faqat sogʻinganim sen yonimda qol,
Men oʻlib qolaman seni koʻrmasam

Sening kelishingday goʻzal kelish yoʻq,
Yaxshiyam , sen kelding ,borim,xush kelding.
Har bir nafasimdan endi koʻnglim toʻq,
Umrimda havoday , saboday yelding.

Baxtlarga choʻmilib,koʻmilib ,kulib,
Baxtiyor onlarni birga kutamiz.
Azizim , ranjima, ketsak ham agar,
Shu baxtli lahzalar bilan ketamiz.

Meni qoʻrqitolmas ,  kelish-ketishlar,
Zero , kelganlarning ketmogʻi tayin!

Eshonova Dilafroʻz Xakimovna.
28.06.2024 yil.
20:35.

8 months ago

Na yoqa na yengi bor.
Qay fasonda tenggi bor?
Na ranglarga bahs qilar,
Na kunduz na tungi bor.

Bahsi yoʻq hech bichimga ,
Meros qolmas kishingga.
Har bandaga munosib,
Libos soʻnggi ishingga.

Qabrga kirishingga...

Na deraza,na tuynuk,
Na xonalik na uylik.
Kishi yoʻq bir kuygulik,
Qabrdosh boʻlishingga.

Undan qochib boʻlmaydi,
Yolgʻon -yashiq boʻlmaydi.
Qaysi banda oʻlmaydi?
Bir qara turishingga!

Jim! Koʻnik oʻlishingga!

Mayli , meni yomon de,
Yaxshiligi gumon de.
Gʻazablanma koʻrinsam.
Savob yigʻ ulushingga.

Dunyo turmas qabrda.
Koʻp hikmat bor sabrda.
Tuproq erur aslimiz.
Oyoqdan past qadrda.

Gaplashadi  Qabrda !!!

Eshonova Dilafroʻz Xakimovna.
25.06.2024 yil.
00:06 da

8 months, 3 weeks ago

Jim turing...
Jimjitlik xoxlab qoldim.
Jim...
Sukunat portlatsin sokin xonamni.
Yasama tabassum taqib olib men.
Bugun koʻp aldadim ,jonim onamni.!

Jim turing!...
Aqlli gaplar shart emas!
Oʻzim ham bilaman, yolgʻon zararin.
Ona u...
Shunaqa koʻrinish kerak.
Yashirib, koʻzyoshda otgan saharin.

Jim turing...
Xulosa yasamang darrov!
Balki sogʻinganman, balki kutganman.
Balki...
Men bir umr tunlarda shundoq.
Achchiq achchiq koʻzyosh yutganman...

Baxtiyor damlarim sogʻingandirman...
Toʻla toʻkis baxtga choʻmgan lahzalar!
Vaqtning tarozisi ogʻirlik qilib,
Quvonchim koʻksimdan yulgan lahzalar...
Jim...

Baʼzida jim turib yengmoq mushkulda.
Ichingni timdalab turgan azobni.
Borliqdan bir parcha ,boʻlaksan oʻzing.
Borliqqa sochma-da buncha gʻazabni.

Jim turing...
Jimjitlik baridan yaxshi...

Eshonova Dilafroʻz Xakimovna.
3- iyun.2024- yil.
02:04

We recommend to visit

Lifestyle & beauty
/you’re welcome?

Тг-канал «хотелка дня!» - @hotelkadna
Запрещенная сеть — vtornikovakristina
?Гайд по телеграмму — telegramguide.ru

• личный контакт @vtornikovaa
• по рекламе @katkha_group

Last updated 2 months, 1 week ago

?Learning resources for Algorithmic /Quantitative trading.

? Recursos de aprendizaje para trading Algoritmico / Quantitativo.

Just listen, never associate the song with a specific person.

- @aamer

Ch - @iiiiiz

Last updated 1 month, 3 weeks ago