Hasanov kundaligi ?

Description
Tafakkur, fikrlar, xulosalar...

? Bir yigitning muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi kechinmalari haqida...

?https://taplink.cc/hasanov_farrux
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

? Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

? @Edu_murojaatBot

Last updated 2 months, 2 weeks ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month, 3 weeks ago

1 month, 2 weeks ago

Amali yo‘qning ilmidan foyda bo‘lmas!

? telegram.me/hasanovblog

1 month, 2 weeks ago

Bu menga kerak edi!

Marafonda individual tarzda 15 tacha va qolgan tarifda 10 yaqin odam qatnashishni boshladi. Birinchi kun yaxshi o‘tdi Alhamdulillah.

Qilingan to'lovlarni asosiy qismini "Jondor saxovat"ga o'tkazib berdim. Qolganini endi o'tkazaman. Pullarni bolalar uchun qishki kiyim-kechak olishga ishlatishadi xudo xohlasa. Bunda barchangizni hissangiz bor!

Men "? Proactive marketing" agentlikda brend menejer bo'lib ishlayman. Qilayotgan ishlarimni natijasini ko'rishim uchun uzoq vaqt kerak bo'ladi. Ba'zan ko'ra olmayman ham.

Shu sababdan menga kichik bo'lsada, NATIJA kerak edi. O'zimga bo'lgan ISHONCHni oshirish uchun! Marafonni shunga boshladim.

Agar qandaydir sabab bilan o‘zingizga bo‘lgan «самаооценка» tushsa, shunchaki kichik natijalarga erishishdan boshlang!

Uyni saranjom qilish, kunlik rejalarni to‘liq bajarish...

Bitta «молодец» va «самаооценка» oshadi, yana bitta «молодец» va yana balandroq «самаооценка» va shunaqa tartibda davom etadi...

? telegram.me/hasanovblog

1 month, 2 weeks ago

Irodali bo'lish kerakmi?!

Ishlarni oxiriga yetkaza olmagani yoki umuman boshlolmaganida o'zini ayblab, o'ziga ishonchi tushib ketgan insonlarni ko'p ko'rganman.

Nimanidir o'zgartirishni istaydi, lekin oxirigacha borolmaydi. Shunda irodasiz ekanman deb o'ylab qoladi. Lekin muammo irodasizlikdami?

Ikkita vaziyatni misol qilib keltiraman:

  1. Shakarsiz 30 kun chellenjini men ham sinab ko'rmoqchi bo'ldim. Lekin eplolmadim. Ammo gastrit bo'lib qolgach 1,5 yil parhezda yurdim.
  2. O'qishga grantga kirishim kerak edi. Repetitorga borardim. Fanni o'zlashtirishim qiyin bo'lgan. Ba'zan 8 soatgacha dars qilganman. Lekin oxirida grant bilan kirdim.

Parhez uchun ham o'qishga kirish uchun ham menga iroda umuman kerak bo'lmagan. Men shunchaki nima qilayotganimni juda yaxshi bilardim.

Mendagi og'riq yaxshigina motivatsiya bergan. Qishloqdagi muhit, oshqozondagi og'riq.

Menimcha biz irodasiz bo'lmaymiz. Shunchaki boshlash uchun yoki qilayotgan ishimizni oxirigacha yetkazish uchun yetarli sabablar bo'lmaydi.

Miya oldida turgan: "Nega bu ishni qilishim kerak? Nega oxirigacha yetkazishim kerak?", degan savolga ANIQ JAVOB bo'lishi kerak sizda.

? telegram.me/hasanovblog

1 month, 3 weeks ago

Uzunroq matn!

Hozirgi hayotidan norozi ko‘plab insonlar bor. Hozirgi daromadi, ishi, oilasi yoki atrofidagi insonlardan norozi.

Bir necha yil o‘tgach siz ham qayerdadir bo‘lasiz. Qayerdadir, kimlarning davrasida, qanchadir daromad va qanaqadir sog‘lik bilan.

Siz o‘zgarishlar ustida ishlashingiz shart emas. O‘sasiz, qariysiz, rizqingiz kelaverar. Tabiat o‘z vazifasini bajaraveradi.

Ammo siz o‘sish, o‘zingizni qulay his qiladigan, inson sifatida o‘z vazifangizni ado eta oladigan muhit qurish ustida ishlashingiz kerak.

2025-yil uchun maqsadlarni yozish bo‘yicha marafonni 14-dekabr kuni boshlaymiz InshaAlloh.

Marafondan maqsad aynan o‘sish, "KELAJAK QURISH". Hozirdan mas'uliyatni bo‘ynimizga olib, harakat qilish.

Faqat bu marafonni o‘zgacha qilmoqchi ekanligimni aytgandim. Endi u o‘zgachalik nimada?

Mening fizikadan dars bergan repetitorim bor. Ustozimiz qiynalgan oilalarga yordam beradigan bir guruh tashkil qilganlar.

Xabaringiz bor sovuq tushib qoldi. Nochor oilalar farzandlari uchun qishki kiyim-kechak olish kerak.

Marafon pullarini to‘g‘ri shu ishga yo‘naltiramiz. Shartlar juda ham oddiy:

  1. 45 mingdan ortiq to‘lov egasi — kanaldagi umumiy marafonda qatnashadi.
  2. 100 mingdan ortiq to‘lov egasi — yopiq guruhdagi marafonda qatnashadi.
  3. 400 mingdan ortiq to‘lov egasi — men bilan onlayn individual o‘qiydi.

Tayyor turing! Ham savob, ham ilm olamiz InshaAlloh!

Oldingi marafon qatnashchilari, natijalaringiz qanday bo‘lgan? Izohda yozib qoldirsangiz!

? telegram.me/hasanovblog

1 month, 3 weeks ago

Vodiyda shunaqa usulda reklama qilishayotgan ekan. Nima deysiz, bu usul ish beradimi?

? telegram.me/hasanovblog

1 month, 4 weeks ago

Avvalo uzr so‘rayman!

Chunki so‘zimda turolmadim. Reaksiyalar yig‘ildi. Ammo tadqiqot xulosalarini chiqara olmadim.

O‘tgan haftada Xorazmda safarda bo‘lgan bo‘lsam, qaytiboq qattiq shamollab, yotib qoldim. Hali ham uydaman, davolanyapman. Haqqimga duo qilib qo‘ysangiz, iltimos!

Tadqiqot xulosalarini esa tuzaliboq chiqaraman InshaAlloh!

Endi postni asl maqsadiga o‘tsak.

Qarangki yil ham yakunlanay deb qoldi. O‘tgan yili shu paytlarda maqsad qo‘yish bo‘yicha marafon boshlayotgan edik.

Undan oldingi yil ham...

An'anani davom ettiramizmi? Nima deysiz? Bu safar o‘zgacha o‘tkazmoqchiman xudo xohlasa!

? telegram.me/hasanovblog

2 months ago

3510! 6 yil!

Ushbu post blogimdagi 3510-post ekan. Ancha o‘chirib yuborilgan materiallarni hisobga olmaganda.

2018-yil ayni shu 28-noyabr kunida ilk postni chiqarganman.

Bugun blogim 6 yoshda!

Blog tufayli ko‘p insonlarni tanidim, ular meni tanishdi. Birda intizom bilan faol postlar chiqargan bo‘lsam, birda ancha vaqt hech narsa chiqarolmadim.

Hozir ham Xorazmda safardamiz. Va'da qilgan tadqiqot xulosalarini ham hali chiqara olmadim.

Lekin har qanday vaziyatda ham siz shu yerda, men bilanligingiz uchun rahmat!

Blogimdagi ilk postga o‘tib, men haqimda o‘qishingiz mumkin.

Qiziq, baho beringchi, men 6 yilda qanchalik o‘zgaribman:
https://t.me/hasanovblog/5

? telegram.me/hasanovblog

2 months, 1 week ago

Keyingisi nima haqida bo'lsin? Kiyim-kechak, maishiy texnika yo'nalishlarida ayollar orasida o'tkazilgan so'rovnomalar xulosalarini ham tayyorlab chiqaraymi? Ikkala yo'nalishda alohida so'rovnomalar olganman va 750 ga yaqin ayol-qizlar qatnashgan! "?"…

5 months ago

P.S. Mutaxassislar uchun foydali suhbat bo‘lishiga harakat qilamiz.

30 daqiqalarda boshlaymiz xudo xohlasa!

? telegram.me/hasanovblog

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

? Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

? @Edu_murojaatBot

Last updated 2 months, 2 weeks ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month, 3 weeks ago