Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 2 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Biz, axir hech kimni o‘ldirmadik-ku,
Lekin nega bizning qo‘llarimiz qon —
Gunoh qushi turar bosh uzra mangu,
Yonayotgan avliyoday chirpanar vijdon?
Ehtiros qamchisi ostida dir-dir
Titrayotgan tuyaday, tushov oyoqda,
Yurishga majburmiz, yurmoqqa majbur,
Bilmay, mag‘rib qayda, mashriq qayoqda.
Bizni muvaqqatlik dahshatga solar,
Darrov zeriktirib qo‘yar mangulik —
Har kimning bo‘g‘zida uzun bir nola,
Har kimning ko‘ksida bittadan o‘lik.
Ojiz kuchli bo‘lib, bir marta boshin
Mardlik kundasiga qo‘ymoqni istar,
Kuchli ojiz bo‘lib, to‘kib ko‘z yoshin,
Bir marta mehrga to‘ymoqni istar.
Lekin osmon uzoq, yer esa qattiq
Bizlardan qarzdor emas bu olam —
Haqiqat yuziga boqolmaymiz tik,
Ammo istamaymiz bosh egishni ham.
(C)
Va qalbimga yetib keldim, hamd.
Men seni har kuni ko‘rgim keladi, Ko‘rmagan kunlarim o‘lgim keladi. Hasratning beeshik dunyosi aro, Sensiz bu ro‘zg‘orim bo‘larkan qaro — Abad qarolig‘da so‘ngim keladi. Men seni har kuni ko‘rgim keladi: Kutaman — tushimmas, o‘ngim keladi. Manim jim nidomga…
Tizim va tamoyillar
Yirik shaharda yashab, yanayam amin bo’lgan, anglab yetgan haqiqatim: “Egalik qilish ijaraga olishdan afzal”ligi bo’ldi.
Uylar hamda mashinalar ijarasi judayam achinarli ahvolda, yangi ko’chgan ijaradagi uyimizni bir necha bor usta chaqirib sozlatdik. Peshonaning yaltiraganini qarang, ilinib bo’lsa ham ishlab turgan jo’mraklar bizning qo’limizda uzildi-qo’ydi. Katta shaharlardagi ifloslikning asosiy sababi shaharning tub aholisidan muhojirlarning ko’pligi hisoblanadi. Shuning uchun ham muhojirlar yashaydigan va tub aholi istiqomat qiladigan hudud orasi yer bilan osmoncha farqda. Ajablanish ortiqcha ijarachining kuni o’tsa bo’ldi, unga madaniy qulaylik keyingi o’rinda va bu tabiiy hozirgi ijtimoiy holatimizda.
Ko’plab kofir faylasuflar, ateistlarning Islomga birinchi chaplaydigan bo’xtoni: “Islomda quldorlikka ruhsat berilgani”. Aslida Islomdan boshqa ko’plab tizimlar ham quldorlik muvaffaqiyatli tizim ekanini isbotlagan. Masalaning keyingi tomoni esa hozirgi kapital jamiyat kishilari ham qulchilik tizimidan kam holatda emas, balki ortiqroq ekanligida. Ish shartnomalari sizning vaqt va boshqa resurslaringiz evaziga sizga haq to’laydi, ya’ni sizni ijaraga oladi. Qanchalik qo’pol tuyilmasin, qanday diplomlaringiz bo’lmasin, alaloqibat, siz ijaraga olingan xodimsiz. Ko’p hollarda olinadigan maosh yo’qotilgan resursni (masalan sog’liqni) qoplamaydi. Pensiya tizimi esa maksimal kuchdan qolgan, aniqrog’i, o’rtacha o’lim yoshida kuchga kiradi. Undan keyin kim qancha yashasa, omadi.
Media miyamizni yuvadi, desam ishonmassiz. Biroq Islom davridagi tizimga qaralsa, na kinolardagi xor-zorlik holati va na real hayotdagi madaniy “zo’rlanish” holatini ko’rish mumkin. Lekin u davrni ko’rish uchun mustaqil izlanish talab qilinadi, zangori ekranlarga uni ko’rsatishdan manfaat yo’q. Xullas, sahobalar qullari bilan bir xil kiyim va taomdan foydalangani, xatto, qul va hojani ajratolishmagani haqida xabarlar talaygina. Mashxuri Quddusga ketayotgan Umar rodiyallohu anhu hamda uning cho’risi, bir ulovni yo’lma-yo’l galma-galdan minib borishadi. Aytganimday, bizda tuppa-tuzuk hur ayolni shartta qulga aylantirilgan kadrlar ommalashgan, bu uchun ter to’kkan rejissorlarni “ajoyib” kelajak kutayotganiga aminman. Ular aksar holatda islomofob kishilarning vasvasa hamda havotirlaridan, kichkina tovuq miyasiga sig’gan o’y-hayolidan boshqa narsa emas. Ularning nazariyalarini isbotlab beradigan turli tashkilot yoki guruhlar borligi ham sir emas. Eshimchaga qo’shimcha, degani shu bo’lsa kerak.
Diqqat! Qulchilik tizimiga targ’ib qilinmadi. Loyqalashtiriladigan suvni tindirgim keldi, qariyib 1400 yillik odil hukmronlik haqida gap ketyapti, axir. Har qanday xulosa sizga tegishli, unga yozg’uvchi mas’ul emas.
(C) Jabalut Toriq
“Kuchsizlar kuchi” haqida
Kitob juda murakkab uslubda tarjima qilingan, ammo hamma o’qishi va ko’zini moshdek ochishi kerak bo’lgan asar. Ayniqsa, rusparast, SSSRparastlar o’qishi kerak, lekin shunda ham ular buni “g’arbning navbatdagi hiylasi”, deb qarshi olsa kerak.
Kitob Chexiyaning sobiq prezidenti tomonidan yozilgan, ammo biz o’rgangan “prezident asarlaridan” farqli kitobda aniq yo’nalish, real voqelik hamda kommunistik tuzumning asl basharasini ochishga jur’at bor. Ha, azizlar, prezidentlar ham “shirin-shakar qovun-u, musaffo osmon”dan boshqa narsalarni gapira olarkan, tag’in sobiq ittifoqchilardan bo’lib. Tan olish kerak, bir paytlar - “assalom rus xalqi, buyuk og’amiz” deb yurgan millat, qo’rqmay bosh ko’tara olishi uchun jasurlik benihoya katta talab etiladi. Balki shuning uchun ham bugun chexlarda “rus tiliga haddi sig’ib gapirish” - o’limga tik qarashdek emasdir, ba’zi davlatlardan farqli o’laroq.
Agar ilmiy-falsafiy matnlar bilan ko’z pishmagan bo’lsa, kitob matni sizga og’irlik qiladi. Biroq o’qiyversangiz suv ostiga cho’kkan shakar ta’mini ilg’ayverasiz, axir, qachondir saviyangizni oshirishingiz kerak-ku. Yillar davomida yuvilgan miyalarimiz bir kaftimizga, postotalitar davlatning asl basharasi boshqa kaftimizga qo’yiladi. Ko’zlarni ochib qarash kifoya, haqni qabul qilish kifoya. Kitobni o’qir ekansiz, sobiq “o’roq-boltachi”lar jamiyati hali hanuz shu shaklda ekanini anglaysiz. Hech nega katta ko’chalarda bayroqlar ilinib turishi, haftada ikki martta majburan ayttiriladigan madhiya, mol-qo’y bozorida siyosatdan xabar beruvchi va ayni vaqtni chang bosib, quyosh nurida sarg’ayib ketgan bannerlar osilib turishini o’ylab ko’rganmisiz?! Nega oddiy ofisga kirsangiz ham to’rini davlat boshlig’i prezidenti portreti bezashini-chi?! Balki e’tibor ham bermagandirsiz. Aslida birov uni e’tibor bilan anglab qilmaydi, bu shunchaki tizim. Biz shunga “kodlashtirilganmiz” - bu bizning “xavfsiz” inson ekanligimizni beruvchi signal. Direktorlar yonib - kuyib madhiya ayttirishiga ham sabab lavozimiga naqadar loyiqligini isbotlash, balki lavozimni tish-tirnog’i bilan “himoyalash”dir. Bir yili ma’naviy-ma’rifiy o’quv ishlar prorektori bayroq kunini boshqa kuni nishonlattirgani, haqiqiy kuni yana qayta nishonlaganimiz esimga tushib ketdi. Ularga na bayroq va na davlat qiziq, ular qog’ozbozlik, rasmiyatchilik kishilari. Bir tiyinga arzimaydigan buyruqlar ularning kislorodi, ular busiz jamiyatni, hayotni tasavvur qilisholmaydi. Va ular juda ko’p. Tepada…
Davlat siyosati, konstitutsiyaga o’zgartirish kiritilishi yo jillaqursa insoniy-shaxsiy huquq haqida gapirishga yurak betlamaydi.
Ammo
Lekin
Biroq
“Galstuk masalasida” - men;
“Paypoqning uzun-kaltaligi masalasida” - men;
“Go’shtni ko’p yemaslik haqida” - men;
“Ayollar kiyimi masalasida” - men, deguvchi shovvozlar talaygina. Bemaza qovun ham hijolat. Chunki siyosiy bo’shliqni bemaza rituallar - tuturiqsiz majlislar, lineykalar, yig’ilishlar egallab bo’lgan. Ishtoni yo’q, tizzasi yirtiqqa kulibdi, deganday, Turkmaniston va Shimoliy Korea bizga toza hajviya bo’lgan.
Postotalitar davlatning diktator tuzumdan farqi - qonunchilikda. Diktator qilmishini berkitish uchun qonun ishlab chiqmaydi, uning zulmi ochiq-oshkor. “Oshing halol bo’lsa, ko’chada ye”, deganlardan. Ammo postotalitar tuzum doimiy ketini yopish uchun qonun ishlab chiqaveradi. Garri Potterning qaysidir qismida yangi qoidalar bilan butun devor to’lib ketganini eslaysizmi?! Yana sizga qaysi tuzumni eslatdi bu sistema? Hammamiz biladigan va indamaydigan o’sha javob.
Susambilda yashamayotganingizni anglashni istasangiz kitobni mutolaa qiling. Yuvdirilgan miya bilan yashagingiz kelsa, yana o’zingiz bilasiz.
(C) Jabalut Toriq
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 2 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago