Qoralama

Description
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 4 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

1 month ago

O lyutsifer, doʻstim qadrdon.
Men sen bilan yaqinman chunon
Sen aslida mening bir qismim
Demak oʻzim - aslida shayton...

1 month, 1 week ago

Men seni sevaman jonimdan ortiq.. Bundan boʻlak yana senga ne deyin? Lek buni oʻzingga aytaman qachon: Payshanba kuniga yomgʻirdan keyin... Seni unutmoqqa qildim harakat Ishqim ortib bordi har soat sayin Balkim uchrasharmiz, ayt manzil, soat. Payshanba…

1 month, 1 week ago

Men seni sevaman jonimdan ortiq..
Bundan boʻlak yana senga ne deyin?
Lek buni oʻzingga aytaman qachon:
Payshanba kuniga yomgʻirdan keyin...

Seni unutmoqqa qildim harakat
Ishqim ortib bordi har soat sayin
Balkim uchrasharmiz, ayt manzil, soat.
Payshanba kuniga yomgʻirdan keyin...

Birga boʻlmoqlikka komil ishonch yoʻq
Komil ishonch boʻlmay baxt topmoq qiyin..
Birga baxtli bolarmiz, faqat...
Biron hafta kuni yomgʻirdan keyin?

4 months, 2 weeks ago

Kuzdan darak berib saharda
Dimogʻimga urdi petrikor
Koʻkka boqib toʻyib olmagan
Barg taqdirga qilar arzi-hol
Taqdir esa qiladi zarda...

Qatʼiy edi ham oʻjar, taqdir
Unga konmoq edi lozim shart
Baxt taʼmini totinmay turib
Dilga tushdi ayriliqdak dard

Sharttaki ham chortkesar taqdir
Sen va meni biz qilmagan u?
U yurakka chizgan naqshi- la
Oʻchirildi ishq degan tuygʻu

Endi esa hammasi oddiy:
Ikkimizda maqsad mushtarak
Ikkimizda orzular birdek
Hatto borar manzilimiz bir
Taqdirimiz ayro edi lek...

Jaranglaydi kurantlar bongi
Kirib kelar kuz asta sekin
Men bahorim yoʻqotib qoʻyib
Taqdirimdan roziman lekin.

Kuzdan darak berib saharda
Dimogʻimga urdi petrikor...

4 months, 3 weeks ago

Sen kimsan, qaydasan bilmayman sira
Rasming hayolimda, har kun oʻzgarar
Oʻzgasini sen deb qildim ham xato
Asli haqiqatdir: "Doʻzax oʻzgalar"?

Sen mening uyimsan, mening vatanim
Senga eltadi kelajak ishon
Sensiz butun boʻlmas bu noqis tanim
Mening qovurgʼamdan yaralgan inson.

4 months, 3 weeks ago

Samolarga tikib nigohim
ozrzulardan yasab men qanot
yetmoq edim xuv yulduzlarga
"Armon" qafasiga solmasa hayot

Hayot go'zal edi bir kezlar
ko'zlarimda uchqun bor edi
dilga sekin hadikni yuklar
otam sochidagi qor endi...

Ketmoqlikka mahkummiz tugal
yelib kelar ortda "yog'och ot"
hammamizga kelgusidir gal
Ayriliqqa mahkum odamzod!

Qo'rquv nedir? qorong'ulikmi?
yolg'izlikda kimsasiz xona?
Qo'rquv -asli mazmunsizlikdir
mazmun asli sendirsan - ona

5 months ago

Koʻzgu odamzotning zoʻr yaratmishi
Boqqanni ulugʻlash koʻzguning ishi
Kulasang tabassumla javob qaytargan
Yigʻlasang uning ham ortar tashvishi

Biroq, biroq ishonmagin xatto aksingga
Koʻzgu ayyor xilqat, ogoh boʻl
Baʼzi insonlarga oʻxshaydi koʻzgu:
Oʻng qoʻling uztsang tutadi chap qoʻl!

5 months ago

Bilasanmi, seni unutib qoʻydim!?
Unutdi qulogʻim soʻzing jarangin
Kipriging,kulgiching dudogʻing, barin...
Koʻzim eslay olmas koʻzlaring rangin

Bilasanmi seni unutib qoʻydim..
Soching iforini, boʻying totini
Nafas olishingni, yurak zarbingni
Tilim turolmaydi hatto otingni...

Bilasanmi seni unutib qoʻydim...
Yoʻqoldi barchasi butunlay abas,
Xotiramda sen deb nomlangan borliq.
Endi yuragimdan oʻchirolsam bas...

5 months, 1 week ago

Mayin yomgʻir yogʻib, oppoq kuz tongi
Yana bir bor kirib kelsaydi
Hayolingla band boʻlib ongim,
Til nomingdan oʻzgasini demaydi

Hali ham insonman - nishon asli ishq
Allohning jazosi ishon asli ishq
Men oʻzimni sendan koʻproq sevardim
Oʼzdan kechmoqlikka imkon edi ishq

Kiprik uchishidek ketib borar yoz
Sochimdagi ilk oq hayot chizgisi
Hayotla kelishmay qolganman biroz
Sekin kirib kelar umrimning kuzi

Yana tun kiradi, va yana tundlik
Maqsadsiz, orzusiz, nursiz sovuq tun
Playlist, non blondes, whatʼs up
Ertaga yashayman men bugun uchun...

5 months, 2 weeks ago

Chirmovuq misoli chirmashib g'ashlik
ruhim o'rab oldi, parishon holim
go'yo dementordan bo'sa olgandek
ongimda unmoqda g'ussa niholi

Go'yo sahrodaman, ko'rganim - sarob
nenidir izlayman, bilmayman qaydan
qaydandir otilib chiqar bir xitob:
("faqat to'xtab qolma, tinma og'ayni")
tanim muzlab borar misli mis sanam

hayot huddi nuar kinofilm
ranglar faqat qora bilan oq
nochor umid oxirda qolib
tund qalbimga yoqmoqchi chiroq
Koʻzim nurni unutgan biroq...

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 4 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago