?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 2 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
Muzokara qilish
Muzokara qobiliyatini oshirish va rivojlantirish boshqaruvchi sifatida muhim ko'nikma hisoblanadi. Quyida sizga yordam beradigan ba'zi tavsiyalar keltirilgan:
1. Tayyorgarlik - Muzokaradan oldin mavzuni yaxshi o'rganing. Qarama-qarshi tomonning pozitsiyasi, ehtiyojlari va maqsadlari haqida ma'lumot to'plang.
2. Aloqa ko'nikmalari - Faol tinglang, fikrlaringizni aniq va qisqa tushuntiring.
3. Emotsional intellekt - Muzokarada asabiylashmaslik va his-tuyg'ularni nazorat qilish muhim.
4. Yechimga yo'naltirilgan yondashuv - Muzokarani "yutish-yutqazish" o'yini emas, balki ikkala tomonga foyda keltiradigan yechim topish jarayoni sifatida ko'ring.
5. Qarama-qarshiliklarni boshqarish - Agar muzokarada ziddiyat yuzaga kelsa, uni hal qilishga harakat qiling. Masala asosiga e'tibor qaratib, shaxsiy hujumlardan qoching.
6. Ishonch va qat'iyat - Muzokaraga kirishishdagi eng muhim omin o'zingizga va muzokarada erishmoqchi bolgan nuqtangizga ishonchingiz komil bolsin, bo'lmasa bahsni boy berish ehtimolingiz yuqori boladi
7. Doimiy o'rganish va rivojlanish - Har bir muzokaradan so'ng, bo'lib o'tgan suhbat va jarayonlarni tahlil qilish va kamchiliklar ustida ishlash.
📌 Muzokara deganda faqat rasmiy uchrashuvlar tushunilmaydi, jamoa bilan, rahbariyat bilan, mijozlar, hamkorlar va hokazo tomonlar bilan bo'lishi mumkin. Har bir boshqaruvchi muzokara qilish qobiliyatini o'stirmas va bu konikma ustida rivojlanmas ekan haqiqiy boshqaruvchi yoki rahbar bolib shakillana olmaydi.
Bunaqa postlarni korb odam shunaqa "bog'chalarni" hohlab qolarkan...)
Interview
Ishga kirish suhbatida savol faqat bir tomonlama (interviewer tomonidan) bo'lsa bu degani kandidat Junior atrofidagi level degani boladi. O'zini hurmat qilgan va o'zini talablari yoki prinsplariga ega kandidat odatda qarshi tomonga ham savollar beradi, bo'lishi mumkin jamoa haqida, ularni leveli, kompaniya maqsadi va qadriyatlari, kompaniya o'zini 1-3-5 yildan keyn qaysi etapda korvoti va hokazo.
Tajribada shu kordinki, qachonki kandidat yuqorida etganimiz kabi savollar bersa va o'ziga muhim jihatlarni aniqlashtirishi boshlashi bilan ish beruvchilar tomonidan u kandidatga jiddiyroq qaraladi va hurmat qilinadi, ish suhbatini kulminatsiyasi bo'lgan raqamlar kelishadigan etapida ham munosibroq raqamlar va imkoniyatlar taklif qilishga harakat qilishadi.
Hechqachon suhbatga borib faqat savollarga javob berib kelmang, o'zingizga muhim deb hisoblagan masalalaringiz bo'yicha savollar ham bering, o'zingizni qadringizni biling. Qarshi tomonda o'tirganlar ham odam bo'lishadi va ulardan cho'chish yoki hayajonlanish umuman ortiqcha narsa hisoblanadi.
#foydali
Raqamlar
Deyarli barcha bizneslarda qarorlar qabul qilishga yordam beradigan asosiy faktor bu raqamlar hisoblanadi. "Yaxshi ishladik, ko'p natijalar ko'rsatdik, samarador ishladik" kabi mavhum izohlar bilan voqeylikni ko'rib bo'lmaydi.
Misol: "Vebsaytimiz orqali ko'p mijozlar ro'yxatdan o'tdi". Voqeylik qanday bo'lishi mumkin, 1 oyda saytga tashrif buyurayoganlar soni 500 tani tashkil qilsa va ro'yxatdan o'tayotganlar soni 50 tani tashkil qilsa bu holatda Konversiya ko'rsatkichi 10% ni tashkil qilayotgan bo'ladi. Endi 100% dan 10% ko'rsatkich "kop" degan izohga mos tushadimi o'ylab ko'rish kerak.
Boshqa misol: "Bizni mijozlarlarimiz bizni tavsiya qilishi zo'r, ko'pchikikka bizni mahsulotlar (xizmatlar) ma'qul kelgan". Aslida buni NPS (Net Promoter Score - Mijozlarning qoniqish darajasi va tavsiya qilish ehtimoli) ko'rsatkichi orqali ko'rish mumkin. Mijozlardan 10 ballik shkalada so'rovnoma olish orqali amalga oshiriladi. Uning formulasini izohda qoldiraman. Undan so'ng NPS ko'rsatkich namoyon bo'ladi. Agar ushbu ko'rsatkich 50% dan yuqori bo'lsa okey, yaxshi degani, agar undan past bo'lsa yaxshilash kerak bo'lgan jihatlar bor va uni tezda amalga oshirishga kirishish kerak.
Bunday metrikalar talaygina: Mijoz LTVsi, Churn Rate, DAU/MAU ko'rsatkichlari, CAC qiymati va hokazolar. Agar siz biznesingiz yoki sohangizni aniq metrikalar (ko'rsatkichlar) bilan boshqarmas ekansiz yuqorida yozilgani kabi mavhum izohlarga chalg'ib yuraverasiz va buni oxiri odatda yaxshilik bilan tugamaydi.
Sohaga mos metrikalarni aniqlashda ChatGPTdan unumli foydalanishni tavsiya qilaman.
Customer Development
Product Management va Marketing da bir yangi go'yani shakillantirish yoki yangi product joriy qilishdan avval qilish lozim bo'lgan bosqichlarni biri bu CustDev hisoblanadi.
CustDev (Customer Development) — bu mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va mahsulotni ular talablariga mos ravishda rivojlantirish jarayonidir
CustDev qanday amalga oshiriladi?
Gipoteza shakllantirish: Mijozlarning muammolari va ehtiyojlari haqida taxminlar ishlab chiqiladi.
Maqsadli auditoriyani aniqlash: Mahsulot kimlar uchun mo'ljallanganligini belgilash.
Savollar tayyorlash: Mijozlar bilan intervyu o'tkazish uchun ochiq savollar ro'yxatini tuzish.
Intervyu o'tkazish: Potentsial mijozlar bilan suhbatlashib, ularning muammolari va ehtiyojlarini aniqlash.
Ma'lumotlarni tahlil qilish: Olingan javoblarni tahlil qilib, mahsulotni rivojlantirish bo'yicha qarorlar qabul qilish.
CustDev nima uchun muhim?
Bu usul mahsulotni mijozlarning real ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirishga yordam beradi va bozorga mos kelmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqish xavfini kamaytiradi.
#xulosa
Har bir kompaniyada 3 xil holatda ishlash tavsiya etiladi:
1) Hayotingiz va sohangiz uchun ahamiyatli ilmlarni o'rganib ishlasangiz tavsiya etiladi.
2) Siz u joyda yaxshigina daromad topayotgan bo'lsangiz tavsiya etiladi
3) Yuqoridagi har ikkisi jamlangan joy bo'lsa tavsiya etiladi.
Na yaxshi daromad topmasangiz, na deyarli hech narsa o'rganmayapgan bo'lsangiz kotta ehtimol xato joyda turibsiz va maqsadingizga olib boradigan joy bo'lmasligi mumkin, o'ylab ko'ring.
Kompaniya tanlayotganingizda e'tiborli bo'ling, Tavsiya etiladigan jihat u jamoada darajasi yuqori bo'lgan mutaxassislar bo'lishi va siz ulardan ko'plab bilimlar va ko'nikmalarni o'rganishingiz mumkin bo'lsin. Yuqoridagi 2-jihat odatda +-5-10 yillik tajribaga ega mutaxassislarda bo'ladi va ularda asosan motiv yaxshi daromadga aylanadi, bu tabiiy holat.
Najot - ilmda, ta'limda
Oxiri Najot ilmda, ta'limdaligini anglashni boshlashmoqda....
Maqtov yorliq, bo'sh notebook karobkasi, udilinitel lar bilan ilmga rag'batni oshirib bo'lmasligini tushunishni boshlashdi va buni isloh qilish uchun manimcha birinchi qadamlar qo'yilmoqda. ( Agar faqat gapda qolib ketmasa... )
Natija bo'lishi uchun kimidr yomon ro'lda bo'lishi kerak
▪️ Yoshligimizda ota-onamiz biz uchun qattiqqo'l bo'lishsa bizga ba'zida malol kelgan, bu holatdan hursand bo'lmaganmiz, sababi tushunmaganmiz nma uchun bizni doim nazorat qilishligini. Lekin kotta bo'lib, aqlimizni taniganimizda bu narsa faqat bizning foydamiz uchunligini anglab yetganmiz.
▪️ Odatda erkak kishi ko'chada rizq harakatida yuradi va oilasiga doim ham ko'p vaqt ajrata olmaydi, uyga charchab keladi yoki boshqa holatlar..... Oila a'zolari doim ham bu holatdan hursand bo'lmaydi, lekin tabiiiy qabul qilishimiz kerak hamma ham rahbar yoki katta tadbirkor bo'la olmaydi erkin grafik bilan ishlaydigan darajada. Erkak kishi ko'chada odatda o'zini nafsi uchun emas, aksincha oilasining moliyaviy tomonlama yaxshi yashashligi uchun harakat qiladi va buni natijasi oila nmagadir ehtiyoj bo'lganda erkak kishi shu narsani ta'minlay olganda ko'rinadi. (Oila mavzusiga chuqur kirmimiz bu juda xususiy topic, faqat o'zimizning mavzuga tegishli joyini keltirib o'tdik. )
▪️ Boshqaruvda ham o'xshash holat. Agar ishlayotgan jamoangizni, korxona yoki kompaniyangizni biron natijaga olib chiqmoqchi bo'lsangiz doim ham chiroyli munosabat bilan bu ishni uddalay olmaysiz. Vaqtida qattiqqo'l talabchan bo'lasiz, vaqtida keskin qarorlar qabul qilishingizga to'g'ri keladi va albatta bu holatlarda siz yomon ro'lda bo'lasiz, balkim bir guruh jamoa sizga qarshi chiqishi ham mumkin. Lekin siz agar hechkimni haqqiga xiyonat qilmasdan ishlayotgan bo'lsangiz bu narsada zarar yo'q. Odatda 6 ta boshqaruv uslubidan kamida 4-5 tasini qo'llasangiz jamoani boshqarishingiz ancha osonlashadi:
Jamoa bilan ishlashda e'tiborga olish kerak bo'lgan xususiyatlar
1. Communicaton
- Jamoa bilan ochiq bo'ling, o'z maqsadlari va rejalari haqida gapirishlariga yo'l qo'yib bering, doim kompaniya maqsadlari ichiga kirib o'z maqsadlarini realize qilomi qolib ketishmasin, zarur vaqtlarda o'ziz yordam bering.
- 2 tomonlama doim feedback almashing. Feedback berishda Sandwich usulidan foydalanishni tavsiya qilaman.
- Doimiy tinglang. Jamoani fikr-mulohazalari, taklif va tashvishlarini faol tinglang
2. Qo'llab quvvatlang va rivojlantiring.
- Doim jamoangizdagilarni kasbiy o'sishlariga va rivojlanishlariga yordam bering, ko'zingiz yetsa ularni lavozimlarini ko'tarish bilan imkoniyat bering.
- Mentorlik. Kimdir qiynalayotganini ko'rsangiz o'zingiz o'rgating yoki o'rganishiga sharoit qilib bering.
- Kichikroq ta'sirga ega qarorlarni mustaqil qabul qilish imkoniyatini bering, o'zlariga bo'lgan ishonch oshadi.
3. Work-Life Balance
- Doimiy overwork dan mutlaqo saqlaning, jamoadagilar Burnout bo'lib qolishlaridan ehtiyot bo'ling
- Imkon bo'lsa moslashuvchan grafik qilib bering
4. Emotional Intelligence (Hissiy intellekt)
- Qo'l ostingizdagilarni shaxsiy muammollari yoki ehtiyojlarini tushuning va kerak bo'lsa yordam bering
- Kichikroq yutuqlarini ham e'tirof qilib turing, ishiga bo'lgan rag'bat oshadi.
5. Delagate
- Vazifalarni to'g'ri taqsimlashga e'tiborli bo'ling, kerakli insonlarni kerakli pozitsiyalarga qo'ya olish muvaffaqqiyatni bir qismiga erishishga teng.
- Juda zarur bo'lmagan holatlarda Micromanagementdan voz keching.
*? Siz yana qanday xususiyatlarga e'tibor berasiz* ?
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 2 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago