Etimologiya burchagi

Description
O'zbek tilidagi so'zlarning kelib chiqishi, tarixdan hozirgacha ma'no sayrlari haqida ilmiy-ommabop yozuvlar burchagi.
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 1 day ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago

1 month ago

U so’zining ko’pi ular bo’lganidan anglaymizki, birlik uchun ishlatilgan so’zga ko’plik qo’shimchasi kelib yasalgan. “U”dan bir nechta bo’lgach “u”lar bo’ldi. Unda mantiqan olib qaraganda qolganlarida ham shunday bo’lishi kerak emasmi?

Shunday ham bo’lgan. Demak, biz – men ma’nosidagi so’zga ko’plik qo’shimchasi kelgan holati, siz – sen ma’nosidagi so’zga ko’plik qo’shilgani. Lekin men nega mez yoki miz emas, biz bo'ldi. Shu o’rinda topqirlar payqadi, egalik va shaxs-son qo’shimchalari -miz (uyimiz, bilamiz, kelganmiz…) bizning "m"lashgan holati. Biz “miz” bo’la olar ekan, bin ham avval min, keyin menga aylandi.

Ikkinchi shaxs birlikda sen, ko’plikda siz bo’lsa, sizdagi “z”ning “lar” kabi ko’plik qo’shimchasi ekani ayon bo’ladi. Unda birlikdagi so’zning asli ham sen emas, sin ekan. O’zi umuman olganda talaffuzi bir-biriga yaqin bo’lgan e va i tovushlari tilimiz tarixida tez-tez bir-birining o’rnini almashtirib turgan.

Birliklar uchun asl so’zlar bin va sin ekani, “z” esa ko’plik qo’shimchasi ekani kundek ravshan bo’ldi. Unda nega u > ular bo’lganidek, ko’plik qo’shimcha to’g’ridan so’zga kelib, binz, sinz bo’lmagan? Yoki men va sendagi “n”lar ham qandaydir qo’shimcha-yu, so’zning asli bi va si edimi? Menimcha shunday edi. Unda “n”lar nima bo’ldi va qayda keldi ekan?

Tarixiy matn o’qiganlar biladiki, aslida u keyingi davrlarga oid. Eskiroq davrlarda “ul” bor. Lekin ul ko’plik yoki kelishik qo’shimchalari olganda “l” tushib, “n” paydo bo’lib qoladi. Ullar emas anlar, ulda emas anda, ulning emas aning kabi… Bu “n” yordamchi tovush bo’lib, olmosh yoki otlardan keyin ko’plik, kelishik qo’shimchalari kelganda yuzaga kelib qoladi. Masalan hozir bu > buda emas, bunda; u > udan emas undan… Demak men va sendagi “n”lar ana shu qo’shimcha “n”ning qolindisi bo’lishi kerak. Qisqacha aytganda eng qadimdan men o’rnidagi so’z bi, sen o’rnidagi so’z si bo’lsa, ko’pliklari biz va siz bo’lgan.

1 month ago
1 month ago
5 months ago
Etimologiya burchagi
5 months ago
Etimologiya burchagi
5 months ago
Etimologiya burchagi
6 months, 2 weeks ago

Этимологический словарь тюркских языков
Turkiy tillarning etimologik lug'ati - (qisqartmasi ESTYA) 1974 yilda Ervand Vladimirovich Sevortyan (1901 - 1978) boshchiligidagi mualliflar jamoasi tomonidan boshlangan ko'p jildli nashr. Bugungi kunga qadar lug'atning 7 jildi nashr etilgan.

6 months, 2 weeks ago

Turkiy tillarning etimologik lug’atlarida orasida ilk jiddiy tadqiqotlardan biri bo’lgan Martti Räsänenning “Versuch Eınes Etymologıschen Wörterbuchs Der Turksprachen” (turkiy tillarning etimologik lug’ati tajribasi) kitobidir. 1969-yilda nashr etilgan ushbu muhim asarda har bir so‘zning eng qadimgi shakli (eski turkiy, o‘rta turkiy va hokazo), agar mavjud bo‘lsa hozirgi shakli kiritilgan va ma’nolari yozilgan.
Hatto ba'zi so'zlar Ural va Oltoy tillaridagi shakllar bilan taqqoslangan va mo'g'ul, manchu-tunguz, koreys va fin tillaridan ham misollar berilgan.

7 months ago

G’arb tillarining ko’pida so’z boshida ç undoshi o’rniga t borligi ko’riladi. Lekin ildizini olib qaraganda choy bilan g’arb tillaridagi tea/te bir so’z. Bizga ham, g’arbga ham choy Xitoydan kelgan. Farqi shuki bizga choy karvon yo’llari orqali kelgan bo’lsa, g’arbga dengiz yo’li bilan borgan.

U davrning xitoycha xususiyatiga ko’ra shimolda yashovchilarning tilida so’z boshidagi ç tovushi janubda t sifatida talaffuz qilingan. Shimoldagi ça janubda ta/te bo’lgan. Natijada kema bilan Xitoyga ilk kelgan gollandiyaliklar g’arbga choyni olib borayotganda janubiy Xitoy shevasiga mos ravishda te sifatida tanishtirgan. Bizga esa çay o’laroq Xitoyning shimoliy qismidan o’zlashgan. Demak #choy va #tea bir so’zning ikki ko’rinishi ekan.

9 months ago
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 1 day ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago