Medic.Uz

Description
Admin: @Mr_House

Savollar uchun: @Mr_House
Advertising
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

5 years, 6 months ago

35 yoshdan keyingi homiladorik xavflimi?

Yoshingiz 35 yoki undan yuqori. Siz homilador bo‘lish harakatidasiz. Hoynahoy, atrofingizdagilar salomatligingiz, nega kech farzand ko‘rishni rejalashtirganingizni bilishga qiziqib, surishtirayotgan bo‘lishsa kerak. Chunki ayollar orasida kechki homiladorlik haqida turlicha vahimali misollar tilga olinadi. Ular qanchalik to‘g‘ri ekanligi va bu yoshdagi homiladorlikda e’tibor berish zarur bo‘lgan jihatlarga oydinlik kiritamiz.

Ilk homiladorlik

Homiladorlikni rejalashtirishda ayolning yoshi muhim omillardan biri ekanligi rost. Hususan, birinchi homiladorlik uchun 21-24 yoshlar orasidagi davr maqbul sanaladi. Agar birinchi homiladorlik 35 yosh va undan keyingi davrga to‘g‘ri kelsa, bunda ayolning salomatligi, hayz siklidagi buzilishlar, jinsiy a’zolar yallig‘lanishi yoki boshqa turdagi kasalliklar bor-yo‘qligi, avvallari homila tushishi, abort yoki homilaning o‘smay qolishi, stress, asabiylik, nevroz, virusli kasalliklarga chalinish holatlari, kamqonlik, surunkali buyrak, yurak hastaliklari, qandli diabet kabi holatlar kuzatilgan bo‘lishi ehtimoli o‘rganiladi.

Xavf solishi mumkin…

Yoshga doir o‘zgarishlar kechki homiladorlikka bir qancha omillar bilan havf solishi mumkin. Buning asosiy sababi esa ayolning salomatligi bilan bog‘liqdir. Jumladan:

Ayol organizmida antinachalar ishlab chiqarilishi homilani nobud qilib, uning rivojlanishiga to‘sqinik qiladi. Bunday holatlarda qondagi antitanachalar miqdorini aniqlashga doir tekshiruv o‘tkazish kerak.

Arterial qon bosimining ko‘tarilishi – kechki gestoz (toksikoz)ni yuzaga keltirishi va buning oqibatida muddatidan avvalgi tug‘ruq sodir bo‘lishi ehtimoli ortadi. Bu yoshda ba’zi ayollarning mushak to‘qimalarida elastiklik hususiyati kamayib, homilada gipoksiya, ya’ni kislorod yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin.

Ona bo‘lishga tayyormisiz?

Bu yoshda ilk homiladorlikni rejalashtirishdan avval bir necha tekshiruvlardan o‘tish lozim. Hususan:

Terapevt ko‘rigi – surunkali turdagi kasalliklar va ularning kechishini o‘rganib, zarur hollarda umumiy holatingizni yaxshilashga qaratilgan muolaja tayinlanadi;

Ginekolog ko‘rigida — jinsiy yo‘l bilan o‘tuvchi infeksiyalar qindan olingan surtma tahliliga ko‘ra, infeksiya va turli xildagi kasalliklar bor-yo‘qligi aniqlanadi;

Tor doiradagi mutaxassislar ko‘rigi, jumladan, lor, okulist, endokrinolog, kardiolog, nevropatolog tekshiruvi hamda stomatolog ko‘rigi zarur. Tibbiy tekshiruvda ekstragenital kasalliklar erta aniqlanib, xastalik asoratlarining oldi olinadi.

UTT tekshiruvi – bu yoshda ayollar organizmida yoshga doir o‘zgarishlar yuz berib, mioma, eroziya yoki polip kabi o‘smalar paydo bo‘lishi ehtimoli ortadi. UTT tahlili orqali bachadon holati, tuxumdonlar va jinsiy a’zolardagi boshqa muammolar tekshiriladi;

Qonning umumiy, “TORCH” infeksiyalari, qandli diabet, OITS kabi kasalliklarga doir tahlili o‘tkaziladi.

Genetik shifokorga borish shartmi?

Kechki ilk homiladorlik aynan 35 yoshdan keyingi davrga to‘g‘ri kelganida Daun xastaligining yuzaga kelishi ehtimoli yuqori bo‘lishini nazarda tutgan holda genetik shifokor ko‘rigidian o‘tish tavsiya etiladi. Bunda dastlab ayolning UTT tekshiruvi o‘tkazilib, u homilaning 13-16 va 22 haftaliklarida amalga oshiriladi. Homilada xastalik alomatlari taxmin qilinsa, ikkinchi uch oylikda ayol organizmidagi alfa-fenotropin, estrogen va xorion genodropin darajasi o‘lchanadi. Tashxis aniq xulosalar bilan tasdiqlanguday bo‘lsa, ota-onaga xabar qilinib, kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlardan ogohlantiriladi.
Admin: @Mr_House
Медицина канали ??
T.me/Medic_uz

Telegram

Medic.Uz

Admin: @Mr\_House Savollar uchun: @Mr\_House

**35 yoshdan keyingi homiladorik xavflimi?** ***☘***
5 years, 6 months ago

Perfeksionizm yoxud «a’lochi bola sindromi»

A’lochi bolalar – bu ota-onalarning cheksiz quvonchi, taqlid na’munasi, sinf va maktabning faxri hisoblanadi.

Bolalar borki, a’lo baholar ular uchun birdan-bir maqsad emas va vaqti-vaqti bilan o‘z mag‘lubiyatlarini ham tan olishadi. Aksincha, shunday bolalar ham borki, ular qayerda o‘qimasin – maktabdami, institutdami, ular o‘zlari ko‘tarilgan yuksak pog‘onalardan qulash vahimasi bilan yuradi, eng kichkina omadsizliklarni ham og‘riqli qabul qilishadi, o‘z sog‘ligini bahosi bilan yuqori marralarga erishishga harakat qilishadi. Bunday bolalarni –perfeksionistlar deb ham atalib, fransuzcha perfection – mukammallik so‘zidan olingan.

O‘z oldiga «hamma narsa a’lo bo‘lishi kerak» kabi maqsadlarni qo‘yib, ularga amalga oshirish uchun uyqusizlik, asab buzilishlari, ishtahasizlik kabi shikoyatlarni orttirib olishadi. Ular kichkina tanbehlarni ham keskin qabul qilishib, ularni omma oldida ajratib maqtab ko‘rsatishmasa arazlab, xafa bo‘lishadi. Bunday hollarda bola maktab baholariga bog‘lanib qoladi, muloqot va o‘yinlardan bosh tortadi, natijada esa o‘z tengqurlari bilan munosabat yuritishi esdan chiqarishadi.

Hayotda esa omad doim ham yor bo‘lavermaydi. Vaqti-vaqti bilan muvaffaqiyatsizliklarga duch kelish mumkin. «A’lochi» bolalar sindromi esa ularning katta hayotiga ham ta’sir etadi, ya’ni ularning yetishgan maqsadlari, ishidagilar, atrofdagilar, boshliqlaridan qoniqmaydilar. Bunday odamlar g‘alabaga, har qanday baho bilan bo‘lsa ham muvaffaqiyatga erishishga odatlanishadi. Kichik xatolarni ular og‘riqli qabul qilishadi, ularning dunyoqarashi bo‘yicha «barcha narsa» yoki «xech nima» shioriga tayanishadi.

A’lochi sindromi quyidagi holatlarda ham kelib chiqadi

Ota-onalar o‘zlari omadsizlikka uchragan sohalarda farzandlari birinchi bo‘lishini xohlashadi. Bu bilan ular o‘z muvaffaqiyatsizliklari uchun o‘ch olgan isoblaydilar.

Ko‘p hollarda bolalar a’lo baholari bilan ota-onasi muhabbatini qozonishni istashadi.

Birinchilardan bo‘lish istagi, o‘z-o‘ziga past baho berish natijasida paydo bo‘ladi.

O‘ziga ishonish, o‘ziga bo‘lgan ijobiy baho, faollik va tashabbuskorlik, baxt uchun katta ahamiyatga ega.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Sovuq kunlarda yuz terisini asrash yo‘llari

Perfeksionizmdan qanday qutulish mumkin

Bolaga baholar bilan u faqat maktab hayotida emas har doim va har yerda to‘qnash kelishi kerakligi haqida uqtirish kerak. Baholar doim ham odamning o‘zi haqida fikrni baholamasligi, kayfiyatni belgilab bermasligi haqida tayinlash lozim. O‘z oldiga qo‘yilgan maqsad bu – tabiat tomonidan berilgan iste’dodni ochishdan iborat. Baholar esa qo‘shimcha bir bo‘g‘in xolos. Ular bolani o‘ziga bo‘lgan munosabatini pasaytirmasligi lozim.

Bolangizga uni shu holicha, uning maktabdagi omadlari, kundaligidagi baholaridan qat’iy nazar qadrlashingizni va sevishingizni ta’kidlash lozim. Agar bola uni shunchaki yaxshi ko‘rishini bilsa, unga yashash va omadli bo‘lish ancha osonlashadi. Albatta bolangizni muvaffaqiyatlarini maqtab turing. Yaxshi o‘qish uning o‘zi uchun kerakligini uqtiring.

Bolani kundalik grafigini ziq qilib tuzmang: maktab darslari, qo‘shimcha mashg‘ulotlar, sport to‘garagi va ingliz tili kurslari orasida bolani tinchlanishi, biroz hayolini jamlashi va toza havoda o‘rtoqlari bilan o‘ynashiga vaqt qoldiring. Aks holda asabiy, tushkun kayfiyatli bolani tarbiyalaysiz. Bu bolangizning hayoti, uning yoshligi qaytib kelmaydi. Hayotdan qoniqmaganlik hissi esa bir umr qolishi mumkin.

Bola o‘ziga ishonmagan, harakatlaridan qoniqmaydigan, tavakkal va xato qilishdan qo‘rqadigan bo‘lib o‘smasligi uchun uni o‘zgalarning bahosidan mustaqil holda tarbiyalang.

Bolalardan «yuqori muvafaqiyatlar» talab qilishdan oldin bolaning imkoniyatlari, temperamenti, axborotlarni o‘zlashtirishni individual tezligini hisobga olish kerak.
Avitsenna.uz
Медицина канали ??
T.me/Medic_uz

Telegram

Medic.Uz

Admin: @Mr\_House Savollar uchun: @Mr\_House

**Perfeksionizm yoxud «a’lochi bola sindromi»** ***☘***
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid