Lawyer Barno Bobomurodova | huquqiy blog

Description
Huquqiy masalalarning oddiy yechimlari, huquqiy yangiliklar, huquqiy testlar va shaxsiy fikr mulohazalar
Barno Bobomurodovaning huquqiy blogi

Murojaat va savollar uchun:
@Yurist_kundaligi_bot
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated hace 1 año, 5 meses

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated hace 2 meses

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated hace 1 año, 8 meses

2 months, 3 weeks ago

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi📝 2024-yil 21–22-dekabr kunlari o‘tkazilgan ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot  fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

*🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
*🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C** daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

*🔸 A+, A darajali sertifikat uchun— tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
*🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun— tegishli majburiy fandan maksimal ball**.

Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

*📩 Qoʻshimcha savollarni @uztdibot ga yuborishingiz mumkin.*

*✈️Telegram | 🌐***  Instagram

3 months, 3 weeks ago
4 months, 3 weeks ago

Assalomu alaykum

Bugun men uchun tong boshqacha otdi...
Chunki erta tongda meni onajonimning biroz horgʻin, lekin mehrga toʻla ovozlari uygʻotdi...

Birinchi martami bu, shumi yangilik deyishingiz mumkin. Yoʻq bu yangilik emas, aslida har tong qizim ishga kech qolmagin deb qoʻngʻiroq qiladilar.

Kecha kechqurun gaplashganimda toblari yoʻqligi shundoqqina bilinib turgandi, licheniya olayotganliklarini aytgandilar. Hozirgina tomchi ukolimni olib keldim qizim degandilar...

Ichimda rosayam charchaganlar, ertaga ertalab meni uygʻota olmasalar kerak deb telefonimni budilnigini yoqib qoʻygandim.

Lekin doimgidek, oʻzlari kasal boʻlsalar ham budilnigimdan oldin qoʻngʻiroq qilib, " Turdingmi qizim, ishingga kech qolmagin dedilar"...

Hamma motivatsiya qidiradi hayotda, baʼzilar maqsadini aniqlashda qiynaladi...

Shu emasmi motivatsiya, shu emasmi asl maqsad, shu emasmi bizni harakatga undovchi kuch...

Har tong oʻzi qanaqa ahvolda boʻlsada, bizni budilnigizmizdan oldin uygʻotadigan onajonimiz...
Ishlaymizmi, oʻqiymizmi, oilalimizmi, qanday vaziyatda boʻlsakda oʻzining yeyishga noni boʻlmasa ham bizga ilinadigan dadajonimiz...

Mana asl motivatsiya, mana maqsad...
Ota onamizning barcha orzularini amalga oshirmagunga qadar harakatdan toʻxtashga haqqimiz yoʻq aslida...

Onajonim, dadajonim men sizlarni judayam, judayam yaxshi koʻraman!!!
Baxtimga sogʻ omon boʻling doim...

Erkatoy qizingiz Barno bugun ulgʻaygan boʻlsada, Sizning oʻsha yosh bolalarcha erkalashingiz va mehringizga doim muhtoj...

Alloh ota onalarimizning umrini uzun qilsin!!!

🤓 @Barno_Bobomurodova

5 months, 2 weeks ago
Lawyer Barno Bobomurodova | huquqiy blog
5 months, 3 weeks ago

Bir mandatli okruglar bo‘yicha saylangan deputatlar ro‘yxati

Ya’ni o‘z okrugida boshqa partiyalardan nomzodi qo‘yilgan 4 nafar raqiblaridan ko‘proq ovoz to‘plagan holda saylangan deputatlar.

*✈️Telegram | ?***  Instagram

5 months, 3 weeks ago

Siyosiy partiyalar ro‘yxati bo‘yicha saylangan deputatlar ro‘yxati.

Ro‘yxatda vazirlardan hech kim yo‘q. Ya’ni birorta vazir deputat bo‘lmagan. Ertalabdan qayerdan bunaqa ishonarsiz va tekshirilmagan xabar tarqatishdi, hayronman.

*✈️Telegram | ?***  Instagram

8 months, 3 weeks ago

#Eʼlon

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SUDYALAR OLIY KENGASHI HUZURIDAGI SUDYALAR OLIY MAKTABI

Falsafa doktori (PhD) va Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka

QABUL E’LON QILADI

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish ixtisoslik bo‘yicha suhbat natijalari va Sudyalar oliy maktabi qabul komissiyasining tegishli xulosasi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Talabgorlar 2024 yil 25 iyuldan 25 avgustga qadar http://phd.mininnovation.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Hujjatlar Sudyalar oliy maktabi Ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan joriy yilning 25 avgustigacha  Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uyda (mo‘ljal: sobiq Oliy xo‘jalik sudi binosi, 4-qavati) qabul qilinadi.

Eslatma: tanlovda ishtirok etish tartiblari,  topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan.

© Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati

*✈️Telegram | ?***  Instagram

9 months ago

? Kvotalar bo‘yicha batafsil izoh

? Kvotalar bo‘yicha ko‘pchilikda savol tug‘ilgani tabiiy. Chunki Prezident farmoyishi bilan tasdiqlangan joriy yilgi kvotalarning avvalgilaridan bir qancha farqi bor:

? Birinchidan, kvotalar OTMlar kesimida emas, balki yo‘nalishlar kesimida e’lon qilindi;

☹️ Ikkinchidan, kvotalar faqat davlat granti uchun e’lon qilindi, to‘lov-kontrakt uchun yo‘q;

? Uchinchidan, kvotalar faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun e’lon qilindi, sirtqi, kechki va masofaviy uchun yo‘q.

? Joriy yilda yangi tizim bo‘lgani uchun, ayrim tushuntirishlar berib o‘tamiz

? Batafsil kvotalar qachon va kim tomonidan e’lon qilinadi?

? Batafsil kvotalar Davlat qabul komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi. Odatda bu yana 1 haftacha muddatni talab qiladi. Ya’ni Prezident umumiy kvotani tasdiqlagach, batafsil kvotalarni yana kutishga to‘g‘ri keladi.

? Davlat qabul komissiyasi nimalarni tasdiqlaydi?

? Davlat qabul komissiyasi 2024/2025-o‘quv yili uchun quyidagilarni tasdiqlashini kutishimiz kerak:

?umumiy qabul parametrlarini (oliygohlar, ta’lim shakllari va tillar kesimida);
?qo‘shimcha qabul parametrlarini (imtiyozga ega abituriyentlar uchun);
?maqsadli qabul kvotalarini va ushbu kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;
?o‘qishga qabul qilishning minimal o‘tish balini;
?umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushini.

? Grant kvotasi yo‘nalishlar kesimida ekan, u qanday taqsimlanadi?

? Joriy yildan boshlab davlat grantlari oliygohlar uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti uchun aniq grant kvotasi bo‘lmaydi, 50 ta oladi, 100 ta oladi, deyilmaydi. Balki yurisprudensiya yo‘nalishi uchun umumiy grant kvotasi ajratiladi.

? Bunda respublikadagi barcha oliygohlardagi yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball to‘plaganlari, qaysi OTMga topshirganidan qat’i nazar, grantga kiradi. Bu degani endi ayrim oliygohlarda grantga kirgan bironta talaba bo‘lmasligi mumkin.

? Aniq misolda ko‘ramiz.

? Joriy yilda yurisprudensiya yo‘nalishi uchun 115 ta grant kvotasi ajratilibdi. Masalan, TDYU, O‘zMU, QDU, SamDU va NamDUda yurisprudensiya yo‘nalishi bor deylik. Mana shu 5 ta oliygohning yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan barcha abituriyentlar ballar ketma-ketligida taxlab chiqiladi va eng yuqori ball olgan 115 nafar abituriyentga grant beriladi. Shunda, misol uchun, TDYUga 50 ta grant, O‘zMUga 25 ta grant, QDUga 20 ta grant va h.k. to‘g‘ri kelishi mumkin.

? Ya’ni davlat endi falon universitetga grant beraman, degandan ko‘ra, ma’lum bir yo‘nalishga topshirgan va yuqori ball olgan aqlli abituriyentlarga grant beraman, deyapti. Bu degani endi qaysidir oliygohga 160 ball bilan kontraktga kirib, boshqa bir oliygohda xuddi shu yo‘nalishga 100 ball bilan grantga kirish degan narsa yo‘qoladi.

? Faqat bitta istisno joyi bo‘ladi. Davlat grantining barcha kvotasini bitta oliygoh olib qo‘yishining oldini olish maqsadida cheklov qo‘yiladi. Masalan, 115 ta kvotaning hammasi TDYUga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Bunaqa paytda, masalan, 50%lik cheklov qo‘yiladi. Ya’ni TDYU faqat 115 ta kvotaning yarmini, ya’ni 57 ta grant kvotasini olishi mumkin bo‘ladi.

*✈️Telegram | ?***  Instagram

9 months ago

Magistratura uchun davlat granti kvotasi tasdiqlandi#abituriyent

2024/2025-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari

*✈️Telegram | ?***  Instagram

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated hace 1 año, 5 meses

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated hace 2 meses

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated hace 1 año, 8 meses