NamDU matbuot kotibi | Shukurjon To'xtasinov

Description
Namangan davlat universiteti Matbuot kotibi Shukurjon To'xtasinovning rasmiy kanali

Veb-sayt: www.namdu.uz
Facebook: www.fb.com/namdu309uz
Instagram: www.instagram.com/namdu309uz
Youtube: www.youtube.com/namdu309uz
Aloqa uchun: +998936704545
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

4 months, 1 week ago
**Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan …

Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi

Ta'lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarorining 2-bobida magistratura va doktoranturaga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

✍️ @Shukurjonuz ✍️

4 months, 1 week ago
**2 ming nafar xotin-qizlarga grantda oʻqish …

2 ming nafar xotin-qizlarga grantda oʻqish uchun tavsiyanoma berish boshlandi!

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan oʻrinlar uchun tavsiyanoma olish maqsadida talabgorlardan arizalar 30-maydan 8-iyunga qadar https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

✍️ @Shukurjonuz ✍️

5 months ago

⚡️ Endilikda ta’lim granti talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladiBunda: * *1-kursda grantlar o‘qishga kirishdagi imtihon natijalari bo‘yicha taqsimlanadi, 2-kursdan boshlab esa reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi.

lekin ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant olganlar, ya’ni maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga esa davlat granti butun o‘qish davri uchun beriladi.

✍️ @Shukurjonuz ✍️

5 months ago

⚡️Sirtqi ta'lim shakli bosqichma-bosqich tugatiladi

Sirtqi taʼlim shakli uchun kvotalarni kunduzgi taʼlim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi.

Sirtqi taʼlim shakli bosqichma-bosqich masofaviy taʼlim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan taʼlim shakli joriy etish orqali tugatiladi.

✍️ @Shukurjonuz ✍️

5 months ago

Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish toʻgʻrisidagi sertifikat talabi quyidagicha oʻzgartiriladi:

taʼlim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;

soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, sanʼat, sport, taʼlim, sogʻliqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xoʻjaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yoʻnalishlari boʻyicha sertifikat talabi bir pogʻona – B1 darajasiga tushiriladi;

(Sertifikat talabi xorijiy tillar yoʻnalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yoʻnalishlarida B2 darajada saqlanadi)

✍️ @Shukurjonuz ✍️

5 months ago

⚡️Ta'limda yangiliklar dayjesti

Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim granti asosida tahsil olgan talabalarning oʻqishni tugatgandan soʻng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.

Oʻqishga kirish uchun minimal oʻtish balini 2 bosqichda oshirib, sogʻliqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yoʻnalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yoʻnalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanishi kutilmoqda (amalda barcha yoʻnalishlar uchun – 56,7 ball).

Davlat buyurtmasi parametrlarini amaldagi oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida tasdiqlash tartibi joriy etiladi.

Ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishlarga davlat buyurtmasini qisqartirib, ushbu kvotalarni ustuvor ravishda muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalari orasida taqsimlanadi.

2025-yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash va ularga boʻlgan talab prognoziga muvofiq 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi.

✍️ @Shukurjonuz ✍️

5 months ago

Namangan davlat universiteti xodimlarining oylik maoshi yangi hafta tushirib berilishi ma'lum qilindi.

Hisobxona bo'limining ma'lum qilishicha ish haqqi hisoblash ishlari UzASBO dasturidan UzASBO-2 dasturiga o'tkazilayotganligi sababli xodimlarning aprel oyi maoshlari yangi haftada tushirib berilishini ma'lum qilamiz!

✍️ @Shukurjonuz ✍️

5 months, 1 week ago
Bugun Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar …

Bugun Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshligʻi Nodir Kasimov respublika oliy ta'lim muassasalari birinchi prorektorlariga Zoom platformasida yig'ilish o'tkazdi.

Yig'ilishda oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida jinoyatchilikni oldini olish bo'yicha olib borilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy ko'rib chiqildi.

Ahamiyatlisi ushbu yig'ilishda Namangan davlat universiteti va Buxoro davlat universitetida profilaktika inspektorlari faoliyati, jinoyatchilikni oldini olishda hamkorlik asosida tizimli ish olib borilayotgani eʼtirof etildi.

Ayniqsa, Namangan davlat universitetida Jinoyat ishlari boʻyicha Namangan viloyat sudi bilan hamkorlikda ochiq sayyor sud majlislarini oʻtkazilishi, Namangan viloyati IIB bilan hamkorlikda talabalarni Jazoni ijro etish muassasalariga tashriflarini tashkil etish amaliyotini joriy etilganligi alohida taʼkidlandi.

Universitetning bu tashabbuslarini barcha oliy taʼlim muassasalarida yoʻlga qoʻyish tavsiya etildi.

✍️ @Shukurjonuz ✍️

5 months, 1 week ago

Hurmatli kanalimiz a'zolari uzoq tanaffusdan so'ng kanal faoliyati davom etadi.

Sizda biror-bir taklif yoki murojaatingiz bo'lsa izohlar qismida yozing. Sizning har bir bildirgan fikringiz men uchun muhim!

@Shukurjonuz

10 months, 2 weeks ago
[#rasmiy\_munosabat](?q=%23rasmiy_munosabat)

#rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan davlat universiteti haqida chiqqan xabar yuzasidan rasmiy munosabat

?️ Namangan davlat universitetida 2023-yil 30-avgustda 1-sonli universitet Kengashi yig'ilishida universitet "Odob-axloq kodeksi", "Ichki tartib qoidalari" bo'yicha qaror qabul qilingan.

Bugungi kunda mazkur qaror, barcha professor-o'qituvchilar va talabalarning amal qilishi bo'yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Namangan davlat universitetida alohida diniy libosda kelish bo'yicha hech kimga imtiyoz yoki ruxsat berilmagan. Universitetda barcha jamoalar orasida tenglik tamoyili asosida ish yuritiladi.

Shu bilan birga yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor tomonidan professor-oʻqituvchilardan qayd etilgan holat boʻyicha hech qanday tushuntirish xati olinmaganligini taʼkidlab oʻtmoqchimiz!

Namangan davlat universitetining rasmiy sahifalari:? Veb-sayt|?Telegram|?Facebook|?Instagram |?YouTube

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago