Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 4 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
Online-mahalla platformasidagi texnik nosozlik bartaraf etildi.
Hurmatli hokim yordamchilari!
Online-mahalla platformasida texnik sabablarga ko'ra uzilishlar kuzatilmoqda. Hozirgi vaqtda nosozliklarni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Nosozliklar bartaraf etilgandan so'ng xabar beramiz.
Kambag'allikni qisqartirishda aholi bandligini ta'minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
?Bu borada hokim yordamchilari qanday vazifalarni bajarmoqda?
?Namangan viloyati Uychi tumani Muborak mahallasi hokim yordamchisi Sardor Azimov faoliyadan lavha.
Batafsil: "Maxsus reportaj"da.
Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️
❗️Subsidiyaga ariza berish boshlandi
?Bugun soat 9:00 dan boshlab ipoteka kreditiga subsidiya olish uchun qabul ochildi. Qanday qilib subsidiya olish mumkinligini hozir sizga tushuntiramiz.
Subsidiya davlat tomonidan berilgan yordam boʻlib, uni qaytarishingiz shart emas. 2024-yildan boshlab yangi uylar uchun ipoteka kreditlariga qatʼiy belgilangan 30 mln soʻm toʻlab berilmoqda.
Shuningdek, subsidiya quyidagi tartibda ham toʻlanishi mumkin:
Dastlabki toʻlovning bir qismini qoplash uchun — ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida;
foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun — kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga.
Daromadlar
Subsidiya uchun ariza beruvchining, agar birgalikda ariza berilayotgan boʻlsa u va turmush oʻrtogʻining yoki yaqin qarindoshlarining daromadlari belgilangan chegarada boʻlishi kerak:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan (2 mln 835 ming soʻm) 8 baravarigacha (8 mln 400 ming soʻm);
Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravaridan (2 mln 835 ming soʻm) 9,2 baravarigacha (9 mln 660 ming soʻmgacha) boʻlishi zarur.
Mazkur talabga toʻgʻri kelmagan fuqarolarning subsidiya uchun arizasi darhol rad etiladi. Bu subsidiyaga muxtoj qatlamni maqsadli aniqlash uchun muhim.
Kimlarda subsidiya olish ehtimoli katta?
Ijtimoiy himoya muhtoj, nogironligi boʻlgan shaxslar, yosh oilalar va oʻz nomida uy mavjud boʻlmaganlar subsidiya olishda ustunlikka ega boʻladi.
Ariza beruvchi bir qancha koʻrsatkichlar asosida umumiy 50 balldan kamida 30 ball oladigan boʻlsa, subsidiya olishi mumkin.
Subsidiya berish yana qay holatda rad etiladi?
taqdim etilgan arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;
taqdim etilgan maʼlumotlar notoʻgʻri yoki soxta boʻlganda;
ilgari imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda subsidiya olganlar (avval olingan uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) takroriy murojaat etganda;
joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda.
Qancha kredit beriladi?
Oʻzbekistonliklarga subsidiya asosida ipoteka krediti Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 330 mln, Toshkent shahrida esa 420 mln soʻmgacha beriladi.
Bunda boshlangʻich toʻlov 15 foiz, kreditning foiz stavkasi esa yillik 17,5 foiz boʻladi. Agarda siz sotib olmoqchi boʻlgan uy ushbu miqdordan oshib ketsa, bank oʻz mablagʻlaridan bozor shartlarida (26 foiz atrofida) qarz ajratishi mumkin.
Subsidiya uchun arizalar 19 ish kunida koʻrib chiqiladi. Ariza beruvchilar soni koʻp boʻlganda, kim avvalroq ariza bergan boʻlsa, shunga birinchi subsidiya ajratiladi.
Shunday ekan, my.gov.uz portaliga kirib, “Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish” xizmati orqali darhol ariza topshiring!
Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 4 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago