Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 3 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her
Shivirlaydigan radio!
Oldinlari radiolar bo'lar edi, musiqa tinglar edik.
Sevimli musiqamiz orasiga esa shivirlagan ovozlar kelib qo'shilardi, asablarimiz buzilardi.
Buni esa sevimli hayotimizga boshqa insonlarning muammosi kelib bizni baxtsiz qilishga o'xshaydi.
Shunday lahzalar bo'ladiki boshqa insonlarning muammosini o'zimizga olishimiz kerak bo'lmaydi.
Prinsiplarni shakllantirmas ekanmiz barchaga yordam bergimiz kelib o'z hayotimizdan qolib ketamiz.
Yo'q deyishni o'rganishimiz kerak.
Shunday ekan, qiladiganlarimiz va qilmaydiganlarimizni aniqlaylik!
Yordam bermang!
Ishxonamizda yoshlari katta inson borlar, tayoqqa suyanib yuradilar. Barcha joyga o'zlari og'ir-bosiqlik bilan hassasiga tayanib borib keladilar.
Ilk bor ko'rganimda yordam berishmayotganidan jahlim chiqdi. Bordim, yordam taklif qildim, qo'llaridan ushladim.
Birinchi qilgan ishi meni qaytarish bo'ldi, keyin zinadan o'zi chiqdi.
Tushundimki, men va mening do'stlarim amakiga yordam berib yashashganida, hozir zinaga chiqish u-yoqda tursin hassadan ham foydalana olmasdilar.
Ja'fari sodiq Abu Hanifadan so'ragan:
- Sizningcha oqil kim?
- Oqil shundayki, ikki yaxshilik va ikki yomonlikning orasidan yaxshirog'ini va yomonrog'ini ajrata oladi.@bekhmirzayev_blog
*❗️Ўзбекистонда тақиқланган диний манбалар рўйхати*
Олий суд 8 январь ҳолатига интернетда диний экстремистик, террористик ва ақидапарастлик ғоялари билан йўғрилган деб топилган ҳамда Ўзбекистонга олиб кириш, тайёрлаш, сақлаш, тарқатиш ва намойиш этилиши тақиқланган манбалар рўйхатини эълон қилди.
Zukkolar va landavurlar
Kitobda bir ma'lumot berilgan edi: IQ test insonning IQ sini o'lchaydi, hayotda osonroq yashash esa bu testga bog'liq emas!
Hamda bir tadqiqot haqida aytilgan edi: maktabda 2 turdagi(IQ darajasi yuqori-"aqlli", IQ darajasi past-"aqlli bo'lmagan") bolalarga topshiriq berilgan edi. Topshiriq: sizga sochiq berilgan undan qanday qilib foydalanish mumkin?
1-turdagilarning javobi:
1. Yuz-qo'lni artish mumkin
2-turdagilarning javobi:
1. Yuz qo'lni artish
2. Yoqib, isinish
3. Partaning oyog’iga tirgak qilish
....
Tadqiqotdan o'rganishimiz mumkin bo'lgan narsa: har bir narsaning boshqa tomonlari mavjud, har bir buyum yoki jarayondan turli xil insonlar uchun turli xil maqsadlar mavjud. Qisqa qilib aytsa hayot yagona qarashlardan iborat emas.
Maktab - kimgadir qamoqxona, boshqa biriga o'z imkoniyatlarini aniqlash markazi.
Universitet - kimgadir diplom beradi, boshqa biriga kuchli ustozlar va yaxshi networking berishi mumkin.
Oylikli ish - kimnidir qul qiladi, boshqa inson o'z ishidan rohatlanib insonlarga foyda beradi.
....
Jarayon qanday bo'lishi ahamiyatsiz, siz jarayonga qaysi nazardan qarashingiz muhim!
Doimo zukko bo'ling, landavurlardek yomon tomonlarga boqmang!
Qizlarning muvaffaqiyati
21-asrning odatiy yutuqlarga erishgan, kelajagi uchun harakat qilayotgan qiz deganda, deyarli barchaning hayoliga yuqori IELTS natijasiga ega, universitetga grantga kirgan, boshqa bir sohada ishlaydigan qiz siymosi yaraladi.
Ko’plab insonlar eskicha deydigan 18 yoshlik qiz haqida aytib bermoqchiman.
4 ta tilda suhbatlasha olgan(O’zbek, Rus, Ingliz, Arab), Arab tilini mukammal bilgan. E’tiborli tomoni tillarni o’rganish uchun o’quv markazlaridan emas online qo’llanma va darsliklardan foydalangan.
Maktabni qizil diplomga bitirib, universitetga grantga kirgan.
Tikuvchilik hamda pazandachalikdan ham intizom bilan masofadan o’rgangan, o’z mahallasida qo’shnilari uchun pardalar tikib sotgan.
Diniy ilmini ota-onasi yoshlikdan berib borgan, xulqiga Qur’on singan, Qoriya edilar.
Shunchasidan yana vaqt ajratib arab tilida bitilgan kuchli kitoblardan 4 donasini tarjima ham qilganlar.
Nashr qilinsa va bizgacha yetib kelsa sotuvini ham yo’lga qo’yamiz.
Bundayin vaqtida barakasi bo’lgan muslima opa/singlimiz orqa miya saratonidan olamdan o’tdi. Ularning haqlariga duo qilib qo’yaylik.
Havaskorman
Men havaskor futbolchiman. Futbol haqida o'zimga kerakli narsalarni bilaman, ammo maydon uzunligi, uning kengligi, koptok vazni haqida bilimlari yo'q.
Men havaskor haydovchiman. Manzilimga yetib bora olaman, ammo qoidalarni to'liq bilmayman, avtomobilimda baland musiqa eshitib insonlar oldidan o'tib ketaman.
Havaskor va professionalning farqi texnik qonun-qoidalarini bilish darajasida farqlanadi.
Istalgan soha, jarayon yoki amallarni qarasangiz chiroyli ko'rinishi mumkin, lekin bu chiroyli harakat texnik jihatdan to'g'rimi? insonlarga yoqish uchun qilinmadimi? degan savollarni berishingiz kerak.
Uzoq muddatli harakatlar, ularni ajratishning eng yaxshi usulidir.
Sizga yaxshi gapirgan haydovchi qizilda o’tishi mumkin, yangi biznes boshlagan 1 yilda bankrotga uchrashi mumkin, hijobda yuribdi ammo amallari musulmonniki bo’lmasligi mumkin…
Havaskorlikda qilingan amallarning katta qismi inson nafsi o’laroq qilinadi.
Ilm shuning uchun kerak, nafsga uchmasdan qoidasiga amal qilishga!
Erta uyg'onish formulasi
Menga o'xshagan dangasa, tanbal hamda ishyoqmaslar uchun mo'ljallangan usul bo'lib bizdan ko'p narsa talab etilmaydi.
Bu yerda yashirin texnika yo'q, shunchaki uxlab qolsangiz moddiy tomonlama zararga kirasiz. Boshida biroz qiynashi tabiiy holat.
Ishoning, bu usulni 1 hafta qo'llasangiz sizga budilnik shart emas.
Fikr-mulohazalar uchun | Anonim
@bekhmirzayev_blog
Faqat siz emas!
Dunyoda diqqat buzilishi bilan bog'liq muammo avj olib bormoqda. Diqqat buzilishiga esa ko'plab omillar sabab bo'lmoqda bu to'g'risida olimlarning tadqiqotlariga yuzlanib ko'ring.( Frontiers, LiveScience)
Eng yaxshi xodimlar(direktor, menajer, marketolog, hattoki prezident) diqqatini mediaga berib qo'ygan insonlar emas. Dunyo diqqatini jamlay olgan mutaxassislarga muhtoj.
Sizlarga o'z diqqatingizni chatlarni o'chirish, instagram/youtubega kirmaslik va boshqa bir nechta yo'llarini o'rgatmoqchi emasman.
Sizlarga boshqalarning diqqatini bo'lmaydigan ishlar qilishingizni o'rgatmoqchiman.
Deyarli barcha mediada faol, ayniqsa 21-asr hamda ishlarimizning asosini media tashkil qilgan davrda.
Ba'zi insonlarning kanallari mavjud, qolganlar esa ko'plab hikoyalar joylaydi, boshqalar esa shunchaki yozish bilan ovora.
Siz qilayotgan ishlaringiz, qo'yayotgan postlaringiz, hikoyalaringiz yoki rasmlaringiz bilan sizni hurmat qilib kuzatayotgan insonlarning diqqatini kichik miqdorda yemirayotgan bo'lasiz.
Inson o'laroq o'zimizni emas, boshqalarni ham o'ylashimiz kerak ekan!
Mediadagi faolligimiz boshqa tomondagi insonlarning diqqatini sarflash bilan bo'lmasin.
Bir insonning vaqtini hamda diqqatini olamizmi, demak shunga arziydigan narsa ham beraylik!
Tarmoqlarda shaxsiy hisob ochgan lekin hech narsa qilmaydigan odam bo'ling demoqchi emasman.
Fikr-mulohazalar uchun | Anonim
@bekhmirzayev_blog
Kanal mundarijasi:
2024 mart-may
Har sohaga burun SUQAVERMA !!!
Yaqinimdan kutmagan edim!
O'zbekistonda yashash o'rinli(mi)?
Meni boshimdan o'tganlarni bilmaysan(siz)!!!
Maydalashamiz yoxud muammolarni tomirdan bartaraf etish kerak.
Telegram buzildi(mi?)!
Social media effekti !!!
Insoniylik ulardan muhimroqdir
Noto’g’ri boykot!!!
Amir Temur ?
Bilimsiz bloggerlik
Qadriga yetilmaydigan ta’lim
Qalbingizga yetib boradi
Rumiy aytgan(mi?)!
Kamtar bo'ling!
25-may shayton bazimdan farqi qolmayabdi!
Notcoin bosishga ulgurdingizmi?
Zahiriddin Muhammad Bobur?
2024 iyun-avgust
Chetelliklar halol deyabdi-ku!!!
Singdiriluvchi mafkura!!!
Odamlar to'g'ri deydi!
Hayoda issiqning aybi yo'q!
G'alati avlodmiz!
Uzuni esda qoladi!
Ehsonning mukofoti ehsondir!!!
Utopia davlati qanday yaralishi mumkin?
Maqsadsiz bo'lishgan!
Endi nima?
No Problem! Here’s the Information About the Mercedes CLR GTR
Boshqacha bo'ling!
Yutqizganda ham yonida bo'ling!
Kulib turing :)
Cheklash kerak!
Sevishib ko'rish kerak(mi) ?!
Bu so'nggisi!
Kommunistlar majlisidan parcha!
Omon qolganlar effekti!
Insha'Alloh ajri boshqacha!
Mustaqillik muborak bo'lsin!
2024 sentabt-hozirgi davr
Erkak...
Katta muammolar kichiklaridan paydo bo'ladi
Jamoaga qo'shiling
Vakansiya e'lon qilamiz
Shunchaki boshlash yetarli emas
Ba'zi ayol/qizlar gapirishni qoyilllatadi
Do'stlarning ahamiyati
Ayol fahmi
Oyna kabidir
Faqat siz emas!
Erta uyg’onish formulasi
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 3 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her