Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Unutmaydi...
Til zabonsiz, koʻzlaringda faryod boʻldim,
Bora - bora yomon boʻldim.
Men yot boʻldim,
Aytgin nega azob kabi sollanasan,
Ming yonaman.
Ilondayin tovlanasan.
Bu dunyomiz oʻlchamingga teng emasmu,
Yoki iching senga baxtni eb koʻrmasmu.
Seningdayin toma - toma ketar dunyo,
Sen ketganday, ortiga u qaytmas sira,
Ohu dodi, zor faryodi aytmas sira,
Yozaverdim aytar deya ming tavallo.
Unutsam men
faqat ishqni unutganman
Kutsam faqat, seni kutib yashaganman.
Hozr endi joʻr boʻlmaydi menga yurak,
Mena hozr kuz jismimga qorishmoqda.
Sogʻinganman ancha boʻldi bahorni men,
Puch boʻlgan bu umidlarim tortishmoqda.
Sen kelasan deya oʻzni ovutardim,
Sen kelasan ketmoq senga yarashmaydi,
Men sezaman,
sen orqaga qaytgan bilan,
Bizni sevgimizni chin deb oʻylashmaydi.
Unutmaydi.
Hech bir yurak unutmaydi.
Tavba qildim endi sevgi kerakmaydi,
Menga har kun kinoyalar qilsin mayli,
Unutaman...
Unutamiz bir - birimiz
Sevsa sevsin bunga ruxsat deyman mayli.
Unutaman abadiymas faqat bir zum
Yuragimga oralaysan nima qilay...
✍🏻 Rasul Ali
Sen ruxsat ber ahr
Sevishimga ham
Rahm qil,
Jismimga quyma zulmatni.
Sevgining sharobin
Ichishimga ham,
Armon qilma menga qadahni.
Sevsam men
Sevgiga qoʻshaman jismim,
Yonaman,
Yuragim tomiri kabi
Unutib figʻonim... Tashvishim
Kuz fasli yoqimsiz yomgʻiri kabi.
✍🏻 Rasul Ali
Men oʻzbekman, lekin ammo...
Men oʻzbekman, lekin ammo
Musofirga - oʻxshayapman,
Soʻzlarimga bilib - bilmay
Oʻzga tilni qoʻshayapman.
Ajdodlarim oʻzbek axir,
Tilni sotish yaramaydi
Tilim shirin, emas taxir
Bilmagan hech bilolmaydi
Xiyonatlar qilamiz har dam
Qoʻshib goho " Rus tilini "
Unutamiz bizlar qachon,
" Да конечно " degan soʻzni.
U shoirmi, oddiy bir inson
Kim boʻlsa ham farqi yoʻqdir
Tilni sotib ketmoq uchun
Hech kimsaning haqqi yoʻqdir.
Bilmaymiz - u, " Ingiliz " cha
Turli soʻzlar qoʻshayapmiz
" Ok " deb biz oʻzimizcha
Tanishlarga yuboryapmiz.
Ona tilim. " Oʻzbek tili "
Qonimda u oqib turar,
Unutmasin meni deya
Jilovimdan tortib qoʻyar
Men oʻzbekman, lekin ammo
Musofirga - oʻxshayapman,
Soʻzlarimga bilib - bilmay
Oʻzga tilni qoʻshayapman.
✍🏼 Rasul Ali
... Respublika Duel tanlovining Xorazm viloyati bosqichi. Rasul Ali ( Rasulbek Otajonov ) ning chiqishi, unga va boshqa ishtirokchilarga bildirilgan fikrlar. ❗️
( Qisqartirilgan shaklda )
Войти Zoom Конференция https://us02web.zoom.us/j/81577365307?pwd=uezUf8IRejpbPAkYwuBjgwebkZ2ZKr.1 Идентификатор конференции: 815 7736 5307 Код доступа: 635100
Войти Zoom Конференция
https://us02web.zoom.us/j/81577365307?pwd=uezUf8IRejpbPAkYwuBjgwebkZ2ZKr.1
Идентификатор конференции: 815 7736 5307
Код доступа: 635100
1
Qurigan barg kabi chiqardim ovoz,
Ichim yigʻlayapti, tinmas bearmon.
Qogʻozga oʻralgan bu umrim sayoz
Qalbim talpinadi, qaro tun - tomon.
Boshim kirib ketti ikki egnimga ,
Keng edi kichraydi,
Daladay yelkam...
Ogʻirlik qildimi dardlar tizzamga
Gʻulgʻula aralash ogʻriydi tizzam.
Chora topolmagan bechoradayman,
Uzun koʻringan bu yoʻllarim - qisqa.
Kimsaga koʻrinmay qochadi baxtim
Baxtga oʻxsharmikan mungsiz sibizgʻa
2
Chaqirsa baxtni men quvdim, qaytardim,
Zang bosgan koʻnglimni gullatmasin deb.
Koʻnglim uchdi deya,
Men ham dard - ichdim...
Shirinlik oʻrnida, soʻng baxtimni yeb.
Bilsam bu dunyoni oʻzim yaratdim,
Baxt degan qasrini qurdim,
qoʻl bilan.
Lekin yurimadim aslo baxt tomon,
Oshno boʻldim nega dardli yoʻl bilan.
Holsizman tomirga uyushgan qonday,
Baxtli yoʻllarimga toʻsiqman nega.
Izlayman men kimni
Izlayveraman...
U yoʻlning boshiga yetmadim sira.
3
Oʻzimni ayblayman, faqat oʻzimni
Burushgan labimni chimirganimcha
Bir olam savollar qiynaydi meni
Javobin topmadim men haligacha.
Men nega keldim, dunyo yolgʻonchi
Uning yolgʻoniga ishonay debmi.
Bermadi baxt menga dunyo
bir tomchi
Yoki oʻzim meni oʻzdan kechdimmi.
4
Sovrilsam men faqat oʻzni ayblayman
Ayblasam men faqat dardni ayblayman
Lekin... Oxiri bor dunyoni nega
Qancha urunmayin nega sevmayman.
Bir xil yoʻl - manzillar boshqacha ekan
Bir hayot - taqdirlar oʻzgacha ekan,
Bir dunyo - dardlari koʻp, bisyor ekan,
Bir najot Allohning rahmati ekan...
✍🏻 Rasul Ali
Sogʻinsam koʻzimni yumib olaman
Soʻng meni hayollar oladi - qamrab.
Xazonrez barglarni esga olaman
Yengimni choʻzib. Yengim gʻijimlab.
Olisda moviy osmon - koʻzimga
Rangsizday koʻrinib ketadi bilmam.
Hayronman, har bitta bosgan izimga
Oʻzganing izidan hayron - qarayman.
Sogʻinsam men yana kulaman soxta
Bilinmay qoladi shunda kulguchim.
Oʻzimga - oʻzim qoʻyaman paxta
Meni shundan boshqa yoʻq axr ishim
Sogʻinsa qiynalar deb ham oʻylamang
Balkida bu menga yoqib tushgandir.
Behuda jilmaysam hayron ham qolmang
Balki hayollarim sharob - ichgandir.
✍🏻 Rasul Ali
Gulnora ustozga
( Bayramingiz muborak boʻlsin ustoz. )
Gullar, ochilmoqda qir-u dalada,
Guldanda chiroyli, bitta inson bor,
Oʻquvchisi bordir harbir qadamda
U zot kim dedi,?
aytingchi bir bor,
Mehnatkash,
Oqila, Jafokash ayol...
Har bir soʻzlarini oʻylab gapirar,
Koʻzlari suv kabi yonadi, zilol,
Yaxshilik bor joyga sizni chaqirar.
Doimo eʼzozda yuringgiz ustoz,
Sizni biz dunyoga alishmaymiz hech
Baʼzida shoʻxlikdan boʻlsakda nosoz,
Toʻgʻirlab olamiz boʻlmasidan kech.
Har bir oʻquvchingiz iftixori siz ,
Shijoat sizga shiordir har on,
Maktab ham, sinif ham
huvullar sizsiz,
Bizni kechiringgiz
boʻlsak gar nodon.
Oʻquvchigizdirman, farzand qatori,
Har doim yurung, doim eʼzozda,
Hech kimga yoʻqdir, yoʻqdir ozori,
Gulnora ustoz, sinif naqshida...
✍🏻 Rasul Ali
Ustozimga.
( Ozoda ustozga bagʻishlangan )
Bayramingiz qutlugʻ boʻlsin
Butun umrin, fido qilgan kasbi uchun,
Oʻquvchilar uni aslo unutmaydi,
Ozodalik ustoz uchun muhim edi,
U yoʻq boʻlsa maktabimiz huvullaydi.
Har qadami, hamma joyni titratadi,
Oʻquchisi uchun hatto jon beradi,
Koʻzimizni ochib yumsak ham doim,
Oldimizda goʻyo ustozim turadi.
Yodimizda, tanlbexlari xali hamon,
Bilinyapti ustoz oʻrni juda yomon,
Shijoatdan lovullardi soʻzlari,
Mehr bersa boʻlib qolamiz tamom
Bizdan rozi boʻling, norozi boʻlmang,
Kelib turing, bizni koʻp sogʻintirmang,
Hozirgi rahbarimiz huddi sizdek,
Iltimos ustozim arazlab qolmang
Nima deyman, joningizni asrang endi,
Rasul Ali shu sheʼrni sizga yozdi,
Nevaralar bilan davron surib yashang,
Unutingiz gʻamli kunlar ortda qoldi.
✍ Rasul Ali
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago