Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 5 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
“Boshqalardan ustun boʻlishimiz muhim emas.
Asli muhim boʻlgan narsa, bugun, kechagi xolatimizdan ustunroq boʻlishimizdir!”
Xayrli tong yaxshi odamlar!
Kamchilikni tushuntirishda...
👉Agar siz biror kishini tarbiyalamoqchi boʻlsangiz, uni hech qachon sharmanda qilmang. Aksincha, uning eng yaxshi xususiyatlarini maqtang, unga dalda bering.
👉Ochiq suhbatda, unga ozor bermay,
balki unga kamchiliklari haqida oʻylashini gapiring.
👉Bu fikrni asta-sekin yoʻnaltiring, shunda u vaqti-vaqti bilan ogʻzini yangilaydigan suv singari oʻylashga harakat qiladi.
👉Sizning maslahatingiz unga kamchiliklarni tuzatishda yordam beradi.
Bolani qoʻrqoqlikdan qanday chiqarish kerak?
Kuniga 20 daqiqa...
Kuniga 20 daqiqa sport bilan shugʻullansangiz, salomatligingiz xavotirini chekmaysiz;
Har kuni 20 daqiqasini uy sarishtaligiga sarflagan odam besaranjomlik gʻamidan qutuladi;
Kuniga 20 daqiqasini diqqatni jamlash uchun sarflagan kishi ijod qobiliyatsizligidan nolimaydi;
Eri yo xotinini eshitish uchun kuniga 20 daqiqa ajratadiganlar munosabatlarda muammo chiqishidan xavotir olmasa boʻlaveradi;
Bir kunda 20 daqiqa foydali kitob oʻqiydigan kishi dunyoqarashi kengayishiga ishonaverishi mumkin;
Kuniga eng kamida 20 daqiqa vaqtini bolalariga bagʻishlagan odam esa ular orqasidan yaxshi gap eshitishga umid qilsa boʻladi;
Bir kunda 20 daqiqa ochiq havoda sayr qilgan kishining nafas yoʻllari kasalliklaridan uzoq boʻladi;
Kuniga 20 daqiqa oʻzi bilan qolib, ishlarini tahlil qilolgan odam hayotning chigal yoʻllarida adashib qolmaydi.
Birgalikda har taraflama yaxshi hayot kechirish uchun juftlarda shu uch hislat boʻlishi lozim ekan.
Birinchisi, TUSHUNISH
Inson yashash davomida turli xil holatlarni boshdan kechiradi: kasalliklar, gormonal oʻzgarishlar, muvaffaqiyatsizlik, ishdagi stress va boshqa muammolar. Shunday vaziyatlar boʻladiki, odam oʻzini ongli boshqarolmaydi.
Bunday vaqtlarda juftlar hamrohining hislarini tushunib, gaplarini koʻngilga olmay, dalda boʻlishi yoki nariroq turishi kerak.
Ikkinchisi, KECHIRISH
Turmushda shunday davrlar boʻladi: layli majnunlik tugaydi. Ayblar koʻrinib, xizmatlar, fidoiyliklar tabiiy, majburiyatday qabul qilana boshlanadi. Ovozlar koʻtariladi. Oqibatda uftlar bir-biridan sovib ketadi. Baʼzida (odatda) bunga munosabatlarga tinimsiz aralashuvlar, yaʼni yaqinlar sababchi boʻladi. Xullas, u yoki bu vajlar bilan bir-birlarini qattiq ranjitib qoʻyadi.
Oʻziga kelib, xatosini tushunganida erkakdir, ayoldir gʻururga berilmay, kechirim soʻrashi kerak. Jufti ham agar yana birga yashash niyati boʻlsa qalbidagi ginalarni ertaga yuziga solmaydigan darajada unutib,(bilaman bu ayollarga oson emas) chin dildan kechirgani maʼqul.
Uchinchisi, eng muhimi, KELISHISH
Erkak va ayol bir-biridan tubdan farqli yaratilgan: dunyoqarashi, feʼl-atvori, jismoniy va aqliy imkoniyatlari, odatlari, xohishlari. Bu esa, albatta, oilada turli kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi.
Oʻzining haqligini isbotlab, tortishavergan sari parda koʻtarilib, munosabatlar yomonlashib boraveradi. Nazarimda, er-xotin jamoa boʻlishi kerak. Bir-biriga murabbiy emas) Ha, erkak jamoa sardori. Biroq “faqat meni aytganim boʻlishi kerak” deb qattiq turib olmasdan, juftini ham xohish-istaklarini hisobga olib, maslahatlashib, qaror chiqarishi lozim.
Alqissa, roʻzgʻori tinch, barakali, jufti bilan rohatda umr kechirishni istagan erkak ham, ayol ham bir-birlarini tushunib, kechirib, maksimal darajada kelishib yashashi kerak deb oʻylayman.
Яхшилик ҳам, ёмонлик ҳам қайтади
Инсон ҳаёт йўлидан фақат бир марта ўтади. Умримизнинг ҳар бир они ғанимат. Ўтаётган ҳар бир дақиқа ўз эгасидан маъно-мазмун сўрайди. Энг қиммат бойлик – вақтдан унумли фойдаланиш керак. Инсон умрининг ҳар лаҳзасини мазмун билан тўлдириш, оиласи, меҳрибонлари, халқи учун яхшиликлар қилишга интилиши лозим.
Ёшим саксон бирга кирганда ҳаёт тўғрисида чиқарадиган энг қисқа хулосам шуки, дунёга бир марта келадиган одам эзгулик билан умр кечириши шарт. Негаки, ёмонлик қайтгани каби яхшилик хам кутилмаган жойдан ва кутилмаган одамлардан қайтади.
Пиримқул Қодиров (1928-2010)
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 5 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago