Fatkhullayev me | Hello world

Description
Bu kanalda shaxsiy fikrlarim va dasturlashga oid foydali materiallar bilan b'lishaman 🔥

Tajriba:
📌 UIC group xalqaro IT kompaniya nocode TL
📌 Web dizayn va nocode bo'yicha 35+ loyihalar

Bog’lanish: @sadulloxon_fatkhullayev
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 5 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 months ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 8 months ago

2 months, 1 week ago

Bu loyihani testoviy qilishdan asosiy maqsad ham shu edi. Ya'ni barcha muammolar va barcha researchlarni testoviy loyihada qilaylik va undan keyin real loyiha olganimizda bu tajriba bizga asqotib 2 kun ichida mijoz kutgan natijani beraylik.

2 months, 1 week ago

2 kunda Mobil ilova + websayt****

Aynan nocode va lowcode platformalardan foydalangan holda online magazin loyihasini 2 kun ichida Mobil ilova va Veb sayt qilib ko'rmoqchimiz. Loyihani ertaga va indinga ishlab chiqamiz va to'laqonli e-commerce loyihani yakunlaymiz hudo hohlasa.

Texnologiyalarimiz:
1. Mobil ilova uchun "FlutterFlow"
2. Veb sayt frontend qismi uchun "Framer"
3. Veb sayt va Mobil ilova backend qismi uchun "Woocommerse"

Loyihada 2 kishi ishlaymiz, Men va yana bir jamoadoshim Abdulboriy. Agar bu loyihani to'liq yakunlay olsak 1 oyda bemalol 2 kishi 10 ta online magazin loyihasini ishlab chiqa olishimiz mumkin. Menimcha amallasa bo'ladi. Loyiha test uchun qilinyapti. Real loyiha uchun bunaqa risk qila olmaymiz))

Loyihani umumiy jarayoni qiziqmi 🔥 qoldiring

@Fatkhullayev_me

2 months, 2 weeks ago

Texnologiya tanlamang.

Umumiy barcha sohalarda ham yangi narsa o'rganoladigan va bir joyda qotib qolmaydigan kadr qadrlanadi. Shunday ekan nocode'da ham shunday. Aytaylik siz faqat faqatgina wix (nocode platformas) platformasida ishlaysiz lekin mijozning hohishlarini wix chiqarib berolmayapti. Bu holatda nima qilishimiz kerak albatta boshqa texnologiyalarni research qilib ko'rish kerak.

Wix chiqara olmadimi? Tildani qarab ko'ramiz, Tilda ham chiqara olmadimi framerni qarab ko'ramiz. Framerda ham qilishni iloji yo'qmi demak kod orqali mijozimiz kutgan natijani berishimiz mumkin. Lekin hechqachon mijozga yo'q men buni qila olmayman demasligimiz kerak!. Agar kod yozishni bilmasangiz loyihani menejeri bo'ling, ya'ni loyihani siz oling va kod yozish uchun dasturchilarga ish bering.

Bizning nocode jamoamizda ham shunday. Hozirda har qanaqa loyihani nocode orqali qilish uchun research jarayonidamiz. Agar sotuv va yaxshiroq analitika kerak bo'lsa "Tilda" orqali qilamiz. Animatsiyali va ko'proq funksiali web saytlar uchun "framer" dan foydalanamiz. Aytaylik online shop sayt hohlashyotgan bo'lsa 2 ta nocode platformani birlashtiramiz. Loyihani frontend qismi uchun "Framer" backend qismi uchun esa "woocommerse". Muhimi biz nocode orqali tez va sifatli yechim bera olyapmiz.

Ha aytgancha hozir mobil ilovalar yaratish uchun FlutterFlow low code platformasiga ko'proq e'tibor qaratyapmiz. Nasib qilsa bu platforma haqida ham yaqin o'rtada foydali ma'lumotlar berishni boshlayman.****

@Fatkhullayev_me

4 months, 2 weeks ago
**Davom etamiz!***?*****

Davom etamiz!?****

Biznes egalariga tezroq yechim berish va dasturchilar ishini osonlashtirish uchun UIC group it kompaniyamizda No Code texnologiyalardan foydalanib kelmoqdamiz. 2 oydan beri tinmay aynan no code ustida ishlab kelmoqdamiz. Odamlar shunchalik frontendga, backendga va umuman olganda an'anaviy dasturlash 6 oydan 8 oygacha vaqt sarflayverib 2 oyda yaxshi resultga chiqasiz deganimizga va no codeni kodli dasturlashga qaraganda tezroq o'rganish mumkin ekanligiga ishonishmayapti.

Biz esa shu sababdan "UIC ACADEMY" youtube kanalimizga no code bo'yicha boshlang'ich bilimlarni berib boryapmiz. 1-videoni joyladik. Mavzu esa No code nima va uning afzalliklari mavzusida.

Fikrlaringizni yozib qoldiring?****

https://www.youtube.com/watch?v=6PodxWohdXA&ab_channel=UICAcademy

4 months, 2 weeks ago
Fatkhullayev me | Hello world
4 months, 2 weeks ago
Fatkhullayev me | Hello world
4 months, 2 weeks ago
7 ta o'quvchi 6 ta loyiha***?*** …

7 ta o'quvchi 6 ta loyiha? 2 oy oldin ochilgan UIC Academydagi No code bo'yicha 1-guruhimiz natijalari shunday. Boshida 9 kishi edik, 2 kishi vaqt tog'ri kelmay qolganligi sababli guruhdan chiqishdi. Qolgan 7 o'quvchimiz bilan darslarda davom ettik va birin…

4 months, 2 weeks ago

7 ta o'quvchi 6 ta loyiha?****

2 oy oldin ochilgan UIC Academydagi No code bo'yicha 1-guruhimiz natijalari shunday. Boshida 9 kishi edik, 2 kishi vaqt tog'ri kelmay qolganligi sababli guruhdan chiqishdi. Qolgan 7 o'quvchimiz bilan darslarda davom ettik va birin ketin loyihalar olishni boshladik.

Men ularga mijoz bilan qanday muzokara o'tkazish, qanday taqdimot tayyorlash va qanday qilib o'z xizmatlarini so'tish borasida o'z bilimlarimni bo'lishdim. Natijalar esa bomba, 17-darsimizga keliboq o'quvchilardan 6 tasi loyiha olishdi. Loyihalar haqida pastda:?****

1. Bekzod Bo'riyev: Stomotolog uchun sotuvchi sayt (350$)
2. Baxtiyor Sulaymonov: Consalting firma uchun sotuvchi sayt (300$)
3. Elyor Ravshanov: Ingliz tili o'quv markazi (500$)
4. Doniyor Majidov: Yopiq club uchun sotuvchi sayt (150$)
5. Umidjon Majidov: Sotuv bo'limi qurib beruvchi agency uchun sotuvchi sayt (150$) Hozirda yana ikki mijoz bilan muzokaradalar
6. Abdumalik Muhammadov: Rus tili o'quv markazi uchun (Kelishuv hali to'liq tugamadi)

Kechagina bu o'quvchilarimiz kursimizni bitirishdi. Hammalari bergan bilimlarimizdan rozi va mamnun kayfiyatda ketishdi. Hudo hohlasa bular bilan hali ko'p loyihalarda birga ishlaymiz.

4 months, 3 weeks ago
**No code vs Code** ***?***

No code vs Code ?

Bu postimizda hozirg kundagi juda ham rivojlanib borayotgan No code yo'nalishini va ananaviy dasturlashdan farqlarini bilib olasiz

NOCODE:
Oddiy qilib aytganda no code orqali biz web saytlarni huddi "LEGO" tergandek terib chiqamiz. Ortiqcha hech qanday murakkab kodlar shart emas. No code orqali web sayt yaratishingiz uchun sizga faqatgina "Mishka" kerak holos, klaviaturadan esa shunchaki web sayt ichidagi kontentlarni to'ldirishda foydalanasiz. Endi buni pluslar nimada?

- 4 ta odam qiladigan ishni bir o'zingiz qilasiz.
- Kod orqali 15 kun 20 kunda qilinadigan web saytlarni siz uzog'i bilan 7 kun ichida yakunlaysiz
- Bittagina publish degan tugma orqali qilgan barcha o'zgarishlaringizni 2 soniyada prodga chiqarasiz.
- 1 qator ham kod yozmaysiz. Bosh og'riqlar endi yo'q ))
- O'rganish davri atiga 2 oy
- SEO sozlashda qiynalmaysiz
- Web sayt egasiga qulay va sodda interfeys
- Siz biror bir kompaniyaga no code orqali web sayt qilib bersangiz biznes egasi u web saytni bemalol o'zi o'zgartirishlar kirita oladi. Ortiqcha sizni bezovta qilib o'tirmaydi.

yana bir qancha faktorlar .

Ananaviy dasturlash (Kod)
O'zim 3 yildan beri frontend dasturchi sifatida faoliyat yuritaman. Shu paytgacha 50 dan ortiq kod orqali yaratilgan web saytlarda ishlab ko'rganman. Oddiygina landinglar uchun 10 kundan 1 oygacha vaqt sarflab kelganmiz. Aynan shunday landing loyihalarda ham kamida 4 kishi ishlashi kerak. Dizayner, PM, Frontend dasturchi va Backend dasturchi. Oddiygina 1 tagina o'zgarish qilsangiz master branchdan pull qilib o'zingizni branchingizga pushlab pipeline error bermasin deb kutib o'tirasiz. Agar CI/CD yoqilmagan bo'lsa Devopsga bog'lanib serverni qayta build qilishini aytishingiz kerak ((.

Anchadan beri bu mavzuda bir qancha dasturchilar bilan bahslashib kelaman. No code ham alohida soha huddi frontend va backend kabi. No code orqali web saytlar yaratish kod orqali web saytlar yaratishdan 100% zo'r demayman, ikala sohani ham pluslari va o'ziga yarasha minuslari bor. ?

Ikala sohani ham ishlatilinadigan joylari bor, Kichik va o'rta biznes uchun web saytlarmi demak No code, Biznesni avtomatlashirish, CRM lar, Backofficelar, ko'p funksionalli web saytlarmi demak an'anaviy dasturlash.?

Ha aytgancha UIC academy jamoamiz bilan hozirda NO CODE kurslariga qabul ochilgan. 1-guruhdagi natijalarimiz esa 90% o'quvchimizda real loyihalar bor. Barchasi pullik loyihalari. 150$ dan 500$ gacha loyihalar olishgan o'quvchilarimiz.

@Fatkhullayev_Me

4 months, 3 weeks ago
Fatkhullayev me | Hello world
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 5 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 months ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 8 months ago