Haq sadosi

Description
Haq kalima - لا إله إلا الله

Savol uchun: @abufazl_bot
We recommend to visit

قناة احمد علي على تيليجرام ( شروحات تقنية ، تطبيقات ، ‏أفلام ومسلسلات ، خلفيات ، و المزيد )

Last updated 1 month, 2 weeks ago

يرمز تيليجرام إلى الحريّة والخصوصيّة ويحوي العديد من المزايا سهلة الاستخدام.

Last updated 3 weeks ago

- بوت الإعلانات: ? @FEFBOT -

- هناك طرق يجب ان تسلكها بمفردك لا اصدقاء، لا عائلة، ولا حتى شريك، فقط انت.

My Tragedy Lies With Those Things That Happen in One Second And Remain

- @NNEEN // ?: للأعلانات المدفوعة -

Last updated 1 month, 1 week ago

6 months ago

#Haykal

Imom Muslim Ali roziyallohu anhudan rivoyat qiladi, u zot Abu Hayyajga aytadilar: "Seni Nabiy sollallohu alayhi vasallam meni buyurgan narsaga buyuraymi. Biror haykalni koʻrsang uni yoʻq qilgin va biror (bir qarichdan ortiq) koʻtarilgan qabrni koʻrsang tekislagin".

Aslida haykalni shayton insonlar ibodat qilishi uchun qoʻygan. Shu sabab uni buzib tekislashimiz vojib boʻladi.

Shu kabi insonlar ongida ham shayton qoʻygan fikrlar bor, mana buni buzish da'vatchilarga vojib boʻladi.

@haq7777

6 months ago

2⃣

Ular hujjat qilayotgan zarurat mavjud emas. Chunki ular azob-uqubat va ocharchilikka qaramay, haligacha o'z sektorlarida oz adadlari bilan mavjud. Gʻoliban bu holat atrofdagi qoʻshnilar oʻzgarmaguncha davom etadi.

Ammo insonning yordami kafolatlanmagan, aksincha, zarari kafolatlangan birinchi raqamli dushmanidan madad so‘rashi??? Soʻngra dunyoviy demokratik boshqaruvni qabul qilishi va jahon jamoatchilik fikriga bo‘ysinib oldiga vatanni ozod qilish tushunchasini maqsad qilib qoʻyib harakat qilishi biz ko'rgan natijadan boshqa narsani bermaydi.

Bular:
- Din va dunyo vayron boʻlishi;
- Shialarni chapak chalib tomosha qilishi va h.k.

Keyin yana bir narsani qoʻshimcha qilish mumkin.

Aytaylik, ular Erondan yordam olsin, lekin haromdan foydalanishning kengayishiga nima sabab bo'ldi? Ularning o‘lganlarini “Quddus shahidlari”, qahramonlar va birodarlar deb atashlarining sababi nima?!

Ularni bayramlari va yangi prezidentlari saylangani bilan tabriklashdan nima foyda?!

Bu shiyalarni haq ekaniga va ularning diniga chaqirish emasmi?

Bu shiyalar bilan sunniylar oʻrtoq ekaniga da'vat qilish emasmi?

Unda alvalo val baro qayerda qoladi?

Nabiy sollallohu alayhi vasallam Handaq gʻazotida kuchli bir zarurat holatida boʻla turib yahudlarga shunday qildilarmi?

Yoki har daqiqada Madinaga Gʻatofon hujum qilish ehtimoli boʻla turib, shu uslubni qoʻlladilarmi?

Cho‘lda tashna bo‘lgam inson, bir shisha sharob topib olib mast bo‘lguncha ichishi va bir qismini o‘zi bilan olib qolib keyinchalik boshqalarga sotishi joizmi?!

Bu qanaqa bir yangicha oʻylab topilgan fiqh boʻldi?!

©

☝️@haq7777

6 months ago

1⃣

Hamas yetakchilari arablar qo‘llab-quvvatlamaganidan keyin zarurat tufayli forslarga murojaat qilishlari uchun uzrlimi?
----------------------------------
Men bunga ko'p marta javob berganman.
Bu shar'iy jihatdan rad etilgan uzr va yolg‘on bahona bo‘lib, uning xulosasi botilni oqlash va sovuq taqvodan boshqa narsa emas!
---------------------------------
Falastin muammosi o'z kelib chiqishiga ko'ra shar'iy masala, na milliy va na arab muammosi. Aksincha, bu faqat shariat dalillardan iborat islomiy masaladir. Kim bu masalaga millatchilik yoki vatanparvarlik nuqtai nazaridan qarasa, dinimizga aloqodor boʻlmagan narsaga nazar tashlagan hisoblanadi.

Kim shar'iy maqsadga erishish uchun harom yo'lni vasila qilsa, bu rad qilinadi.
Harom vosita haromdir, garchi farz maqsadga yetaklasa ham!
Nasl qolishi uchun zino qilinmaydi yoki boylik orttirish uchun sudxo‘rlik qilinmaydi!

Zarurat ehtiyojning eng yuqori darajasi hisobalanadi. Muhtoj inson o‘zini, farzandini, molini, sha’nini saqlab qolish uchun zarurat darajasiga qadar boshpana sifatida harakatga muhtoj bo‘ladi.

Zaruriyat oʻz miqdoriga koʻra baholanadi. Ma’nosi: harom ish qilishga majbur bo‘lgan kishi, o‘zi uchun zarur bo‘lgan narsadan tashqari, foydalanishda haddan oshib ketishi joiz emas. Bir inson sahroda bir sandiq aroq topib olsa ham ogʻzini ho'llaydigan darajada ichishi joiz xolos!
-----------------

Ushbu oʻlchovdan kelib chiqib Hamas nima qilganini ko'rib chiqaylik.

Birinchidan, uning hukmronligi 17 yil davom etdi, bu vaqt ichida u G'azo zaminida hech qachon shariat qonunlarining ustunligini e'lon qilmagan, aksincha, G'arb demokratiyasi va parlamentarizmi, xalqaro huquq va Birlashgan Millatlar Tashkilotining vasiyligini e'lon qilgan. Oʻz hududida ba'zi shirk amallarini va fahshlarning tarqalishini nazorat qilmadi.
Ular buni dunyo oldidagi koʻrinishlari "ekstremist terroristlar" koʻrinishida bo'lib qolmasligini ta'minlayotganlarini aytib uzr so'radilar!

Bu miskinlarga hasrat boʻlsin! Bu hujjatlari va ular ko'zlagan o'sha tasvir ularga foyda keltirdimi?!

Ikkinchidan: Ular Arablar xiyonat qilganini va Falastin masalasini unutganini aytdilar.

Ha, barcha arab hukmdorlari kofir va ochiq-oydin murtadlar.

Lekin ularning qoʻshinlari va muassasalarining murtadligi faqat Falastin masalasida oʻz aksini topmadi.
Aksincha, u butun arab mintaqasida va uning aholisida, boyligidan mahrum bo'lishida, yoshlarining halokati va avlodlarining dahriyligida ham oʻz aksini topdi.

Bu Hamasning ummatning birinchi va asl dushmani bo‘lmish fors majusiylaridan boʻlgan rofiziylarga o‘z dushmanlariga qarshi kurashish va o‘z yurtlarini ozod qilishda yordam soʻrab yuzlanishini oqlaydimi?!

Yangi rofiziy safaviylar Livan, Yaman, Iroq va Shomga bostirib kirib, yuz minglab sunniylarni o‘ldirayotgan bir paytdaya?!

Shunda HAMAS yetakchilarining zakovati Falastin tanasidagi sionistik virusni quvib chiqarish uchun mustahkamlovchi vitaminlari boʻlgan forslar toʻrgʻab bergan sabzini yeyishga boshladimi?? Bu qanday aql va zakovat boʻldi! Inson och va biladiki oldida turgan eshak goʻshti zaharlangan. Endi u bu ochlikka sabr qiladimi yoki zaharlangan goʻshtni yeb tezroq oʻladimi. Balki undan koʻra sabr qilishi (kamida)boshqa zaharlanmagan eshak goʻshtini topishiga yoki halol go'shtni chiqishiga sabab boʻlar.

Taqiqlangan vasilalar hech qachon halol boʻlmaydi, magaram u aniq bir o'limdan vaqtinchalik qutqarib qolmasa. Hamas va shialarda bu holat qani? Aroq shubhasiz zaruriy chanqoqni qondirish uchun vasila boʻla oladi. Eshak go'shti nopok boʻlishiga qaramay oʻladigan ochlikdan qutilib qolish uchun vasila boʻla oladi.

Ammo shialar haqida nima deyish mumkin?

Ular sof zarar va aldashdan boshqa hech narsaga vasila boʻla olmaydi!

Ular o‘n to‘rt asr davomida musulmonlarning dushmani bo‘lib kelgan.

☝️@haq7777

6 months, 1 week ago
6 months, 1 week ago

Haniyyani oʻlganiga Shayx Sodiq Abu Abdulloh al-Hoshimiyning munosabatlari

Subhanalloh, ajib!

Har doim bir togʻut halok bo'lsa, shubhaga tushaveramizmi?

‼️ Uning hayotligida demokratik va ilmoniyligida hamda ochiq-oydin togʻutligida ixtilof qilmas edik. Endi qachon halok bo‘lganida ikkilanamiz va nazoratsiz his-tuyg‘ular bizni har tarafga olib ketib qoladi.

Ochiq qilib aytamanki:

U bir togʻut edi va shu tariqa halok boʻldi. Demokratiya bilan hukmronlik qilishni tanladi, dindan chiqqan shiyalarni oʻziga doʻst tutdi. Shar'iatga chaqiruvchi da'vatchilarga zulm qildi va "Muvahhidlar" masjidini bombardimon qildi.

Unga mahzun ham boʻlmaymiz va afsus ham chekmaymiz.

@haq7777

6 months, 2 weeks ago

#boshqaruv

Boshqaruvda tartibni saqlash uchun qilinadigan ba'zi qattiqqo'lliklar zulmdan hisoblanmaydi.

Sulaymon alayhissalom iznsiz gʻoyib boʻlgan hudhud haqida shunday dedilar:

Albatta uni qattiq azob bilan azoblarman yo soʻyib yuborurman yoki u menga (oʻz uzrini bayon qilib) ochiq hujjat keltirur», dedi (Naml: 21).

Shunday bo'lsa ham Sulaymon alayhissalom hudhud uchun uzr eshigini berkitmadilar. Ochiq dalil olib kelsa, kechirishlarini aytdilar.

Ammo, bu holatga bugungi kundagi zolimlarni haqni aytganlarni nohaq qamashi yoki azoblashi kirmaydi.

Bundan tashqari Sulaymon alayhissalom hali u azobni amalda qoʻllamadilar, balki bu qoʻrqituv bobidan boʻlishi ham mumkin.

@haq7777

6 months, 2 weeks ago

7-oktyabr operatsiyasiga nazar!

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar:
“Qorongʻu tun parchasi kabi fitna kelishidan avval solih amallarga shoshilinglar! Unda inson ertalab mo'min bo'lib tong ottirib, kechda kofir bo'ladi yoki kechqurun mo'min bo'lib, tongda kofir bo'ladi. Dinini oʻtkinchi dunyo uchun sotib yuboradi" (Muslim: 118).

Ha... hozirda mana shunday davrda yashamoqdamiz!

Musulmon yurtlarini ishg‘ol qilgan kofirlarga qarshi jihod qilish eng katta vojiblardan. Bunga haqiqiy musulmon shak-shubha qilmaydi! Alloh taolo aytganidek: "Agar to‘xtasalar, zolimlargagina adovat yo‘qdir” (Baqara surasi).

Ammo muammo bu hukm va uning haqiqatini tatbiq etilishida yoki boshqacha qilib aytganda, "Qanday? Qayerda? Qachon?", ya'ni vaqt, joy va holat. Ibnul Qoyyim “Olamlar Robbisining nomidan qoʻl qoʻyuvchilarning hukmlari” (إعلام الموقعين عن رب العالمبن) kitobida zikr qilganidek, har bir fatvoni boshqaradigan omillar ana shulardir.

Kimki bu oʻrnatilgan asosiy tamoyilga xilof qilsa, bu borada johil hisobalanadi va uni tinglash ham toʻgʻri emas.

Demak mana shu asosga koʻra 7-oktyabr operatsiyasi masalasini ko'rib chiqish kerak bo'ladi. Bu asoslarsiz soʻzlash oʻzini noaniq jarlikka tashlash va johillik bilan soʻzlash yoki tunda o'tin terish deganidir!!

Bu yerda biz his-tuyg'ularga suyangan yoki aqlsiz shijoatlilarga va mantiqsiz yondashuvga ega bo'lganlarga xitob qilmayapmiz.
Yoki qadim zamonlardan bu guruhlarni qo'llab-quvvatlash uchun ertak faktlarni keltiradigan ehtirosli kishilarga ham murojaat qilmayapmiz. Ular uchun jamoatlarining ishlari aqlga, shariatga va mantiqqa zid bo'lsa ham yoki yer yuzidagi butun musulmonlar yo'q boʻlishiga sabab boʻlsa ham toʻgʻri boʻlib qolaveradi. Shu sabab ular bilan bahs qilish va suhbatlashishdan foyda yoʻq.

Bir necha so'z bilan aytganda:

Bu operatsiyani toʻgʻri deyuvchilar da'vo qilishicha amaliyot qilish vaqti hozir, joy G'azo sektori va holat Hamas qurollanga narsalar, uning xavfsizlik manbai va tunellari.

Natija: G'azoning to'liq vayron bo'lishi, minglagan odamlarning qirg'in qilinishi, kamida ikki avlodning yoʻq boʻlishi va Hamasning tugashi.

Natija koʻzlangan maqsadga 180°ga butunlay teskari.

Noto'g'ri hisoblaydiganlarning soʻziga koʻra vaqt vaziyatga qarab boʻladi, aksincha emas. Chunki u har qanday qarshilikning nazorati ostida bo'lmagan omillarga bo'ysunadi, nima bo'lishidan qat'iy nazar, ichki va tashqi muhitga qarab vaziyat oʻzgaradi.

Makonga keladigan boʻlsak, G'azo sektori har tomondan qamalda boʻlgani, dunyodagi eng yuqori aholi zichligi va kichik maydonga ega boʻlgani tufayli keng koʻlamdagi qarama-qarshili operatsiyani boshlash uchun eng yomon variantlardan biridir.

Holatga kelsak, avvalan tunnel qazish jarayonini yakunlanishi kerak edi, soʻngra tashqaridan qoʻllab-quvvatlovchi kuch tanlashda ahdiga vafo qilmaydigan Rofiziylardan boshqa kuch tanlash kerak edi.

Oqibatda shu avlod qilishi mumkin boʻlgan yaxshi imkoniyatdan ma’lum muddatga mahrum bo‘ldik. Buni qanchagacha ekani faqat Alloh taologa ayon!

Ha, Allohning nusrati qachondir amalga oshadi va bu va'da qilingan. Alloh hech qachon va'dasiga xilof qilmaydi.

Ammo bu qilingan operatsiya katta xato va umumiy falokat boʻldi. Takabburlik va yolg'on birodarchilik, shiyalar bir kun sunniylarga yordam beradi, degan puch orzular ustiga qurildi bu amaliyot.

Allohim Oʻzing Gʻazo ahliga lutf qil!

©

@haq7777

6 months, 2 weeks ago

#Gʻazo

G'azodagi voqealar musulmonlarda yaxshi narsalarni keltirib chiqardi, masalan: duo qilish, internet orqali birlashish, yig'lash va nola qilish.

Ammo jihod qiluvchi mujohidlarni chiqarmadi!

Musulmonlar ustidagi togʻutlarni kulgili tasvirlash va cheksiz hazil-mutoyiba ijodlari bo'yicha odamlarning eng yaxshi qobiliyatlarini kashf qildi. Ammo mujohidlarni kashf qilmadi!

@haq7777

6 months, 3 weeks ago

#Qulash

Bugun zulmda misol qilib keltiriladigan tarixning eng katta togʻuti Fir'avn halok boʻlgan kun. Nabiy sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga ergashgan holda zamonamizni katta togʻutlarini tez orada halok boʻlishini Allohdan soʻrab qolamiz.

@haq7777

9 months ago

#Tushuncha

Nabiy sollallohu alayhi vasallamni karikatura qilgan charli hebdo Gʻazoga yordam berganda yaxshiga aylanib qolarmidi va uni maqtasak boʻlarmidi? Albatta yoʻq!

Shu kabi oʻz manfaati uchun Gʻazoga ba’zi yordamlarni qilgan shiya eron davlatini ham uning boshliqlarini ham maqtab boʻlmaydi!

@haq7777

We recommend to visit

قناة احمد علي على تيليجرام ( شروحات تقنية ، تطبيقات ، ‏أفلام ومسلسلات ، خلفيات ، و المزيد )

Last updated 1 month, 2 weeks ago

يرمز تيليجرام إلى الحريّة والخصوصيّة ويحوي العديد من المزايا سهلة الاستخدام.

Last updated 3 weeks ago

- بوت الإعلانات: ? @FEFBOT -

- هناك طرق يجب ان تسلكها بمفردك لا اصدقاء، لا عائلة، ولا حتى شريك، فقط انت.

My Tragedy Lies With Those Things That Happen in One Second And Remain

- @NNEEN // ?: للأعلانات المدفوعة -

Last updated 1 month, 1 week ago