Progressiv islohotlar markazi

Description
O‘zbekistonda barqaror taraqqiyot va samarali boshqaruvni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mustaqil “aql markazi”

taplink.cc/cpr
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

6 days, 3 hours ago

Prezident bilan uchrashuv: Yoshlar qanday fikr bildirdi?

2025-yil 14-fevral kuni Prezident yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 400 million dollar ajratilishini e’lon qildi. Ushbu mablag‘ tadbirkorlik, ta’lim, bandlik va innovatsiyalarga yo‘naltiriladi. Shuningdek, xalqaro olimpiada g‘oliblariga 70 ming AQSh dollari mukofot berilishi va 2025-yil yoshlar ishsizligining oldini olish yili sifatida e’tirof etilishi ma’lum qilindi.

CPR Podkast'ning ushbu sonida uchrashuvda bevosita ishtirok etgan Harvard College (Class 2029) talabasi Azizbek Zaylobiddinov Prezident bilan uchrashuvdagi taassurotlari, ko‘tarilgan muhim mavzular va bu tashabbuslar yoshlarga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida fikr yuritadi.

Shuningdek, podkastimiz mehmonlari – iqlim o‘zgarishi va moliyaviy boshqaruv bo‘yicha mutaxassis Habiba Xidoyatova hamda IT Park Uzbekistan’ning xalqaro marketing bo‘yicha direktori Jamila Halibayeva – mamlakatda yoshlarning imkoniyatlari, ularning tashabbuslari va davlat tomonidan berilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlariga o‘z nuqtayi nazarlarini bildiradilar.

Uchrashuvda yoshlar qanday savollar berdilar? Ularning takliflari qanday qabul qilindi? Ushbu tashabbuslar real o‘zgarishlarga olib kelishi mumkinmi? Bu va boshqa savollarga javobni yangi podkastimizda topishingiz mumkin!

Suhbat ingliz tilida olib borilgan.
👉🏼To‘liq suhbatni tomosha qilish

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube

1 week ago
Progressiv islohotlar markazi
1 week ago
Progressiv islohotlar markazi
2 months, 1 week ago
[#Statistika](?q=%23Statistika)

#Statistika

? Qaysi hududlar tibbiy xizmatlar bo‘yicha yetakchi?

Progressiv islohotlar markazi 2023-yil uchun O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanishi va tibbiy xizmatlar sifatini ko‘rsatadigan ma’lumotlarni e’lon qildi.

Fuqarolarning sog‘lig‘i davlat farovonligida muhim o‘rin tutadi, shuningdek, Sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish va jamoat salomatligi ko‘rsatkichlari orqali bu jarayon baholanadi.

2024 yilning yanvar-oktyabr oylarida jami 90,7 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O'zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 80,1% ga oshgan.

Tibbiy xizmatlarda yetakchi hududlar:

? Toshkent shahri — maxsus diagnostika va davolash markazlari faoliyat yuritmoqda, innovatsion tibbiy texnologiyalar tatbiq etilmoqda.
? Samarqand viloyati — sog‘liqni saqlash infratuzilmasi kengaymoqda, tibbiy turizm markazlaridan biri hisoblanadi.

2024-yil 1-noyabr holatida O‘zbekistonga davolanish maqsadida tashrif buyurgan chet el fuqarolarining davlatlar miqyosidagi taqsimoti yuqoridagi suratda aks etgan.

? Batafsil saytimizda oʻqing

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube

2 months, 1 week ago

#konferensiya

Progressiv islohotlar markazi 2024-yilgi O‘zbekiston parlament saylovlari natijalarini baholash va yangi parlamentning islohotlar jarayonidagi rolini muhokama qilish uchun xalqaro anjuman tashkil etdi.

“O‘zbekistagi parlament saylovlari natijalari: xalqaro nigoh va islohotlar istiqbollari” mavzusidagi tadbirda siyosatchilar, fuqarolik jamiyati faollari va xalqaro ekspertlar siyosiy raqobat darajasi, yangi parlament tarkibi va uning mamlakat kelajagiga ta’siri bo‘yicha fikr almashdilar.

Fuqarolik jamiyatining siyosiy jarayonlardagi o‘rni va islohotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha global tajribalar ham muhokama qilindi.

? Tadbirning asosiy taassurotlari va jarayonini yuqoridagi videoda ko‘rishingiz mumkin.

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube

2 months, 3 weeks ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago