Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
Matoh!
"Matoh"ini ko'z-ko'z qiladigan odamda ichki hotirjamlik yo'q. U haliyam tashqaridan boshqalar uni "tan olishini" kutayotgan yosh bolaga o'xshaydi.
Yangi olgan uyimni yoki mashinamni ko'rsatsam, va nihoyat odamlar meni "qabul qilishadi" deb o'ylashadi.
"Matohlar" maqsad emas jarayonni bir bo'lagi bo'lishi kerak.
Narsalaringizni ko'z-ko'z qilib, o'zingizdan kuchsizlarnigina "lol" qoldirasiz.
Sizdan kuchlilarni narsalari yetarli va ularga buni isbotlashingiz ham shart emas.
O'zingizdan kuchli shaxslar ishonchini, qo'pol qilib aytganda "farosatingiz" bilan qozonasiz.
Tanlov o'zingizda.
Ikki xislat!
To'g'ri kitobni muqovasiga qarab xulosa qilib bo'lmaydi.
Lekin...
Erkak kishining avtomobilini ichki ko'rinishiga va tanasini tashqi ko'rinishiga (kiyim nazarda tutilmagan) qarab ko'p narsani xulosa qilish mumkin.
Nega unday?
Chunki biri A dan B ga olib borib uzog'ini yaqin qilsa, ikkinchisi esa omonat topshirilgan bo'ladi.
Ikkisini qadriga yetmayotgan odam haqida (ayniqsa ikkinchisini) ko'p xulosalar qilishingiz mumkin.
Oddiylikdagi go’zallik!
Ko'zi ojiz insondan, "bugun senga ko'rish imkoniyati berilganda nima qilar eding?" deb so'rasangiz, "mazza qilib kino ko'rardim" deb emas, "tabiat bag'riga chiqib daraxt va osmonni to'yib tomosha qilardim" deydi
Oyog'i yo'q insondan, "bugun senga oyoqlar berilsa nima qilarding?" deb so'rasangiz, "yugurish uchun ilova qidirar edim" deb emas, "tashqariga chiqib mazza qilib yugurardim" deb javob beradi.
Sizda bor lekin oddiy tuyuladigan narsalar, har kuni yuz minglab insonlarga orzu.
Sizga ham orzu bo'lib qolmasdan, borida mazza qilib undan foydalaning va qadriga yeting.
Bu degani ertadan-kechgacha harakat qiling demoqchi emasman. Ba'zida hammamizni dangasalik tutadi. Lekin vaqti-vaqti bilan sizdagi bor narsalar boshqalarga butun umrlik orzu ekanligini eslab turing.
Oddiy narsalardan huzr tompayotgan odam, matoh sotib olib hech qachon huzr topmaydi.
Loyiqmisiz?
Muzqaymoqni paqqos tushirib, "shuni bekor yedimda, endi vaznimga ta'sir qiladi" kabi gaplarni vati-vaqti bilan o'zimizga gapirish holatlari bo'ladi.
Zarar ekanligini bilamiz lekin afsusini qilib bo'lganimzdan keyin sezamiz.
Afsuslarni kamaytirish yo'li bor!
Masalan: bugun do'stingiz tavsiya qilgan filmni ko'rmoqchisiz. Film ko'rishingiz uchun, unga loyiq biror foydali ish qilgan bo'lishingiz kerak. 5 km yugurish yoki idish-tovoqlarni yuvib qo'yish yoki telegram kanalingizga post yozib qo'yish.
Shu kabi sinovlarni o'zigizga qo'yib olsangiz, film tugagandan keyin "bekorga shunga vaqtimni ketkazdim, uni o'rniga biror foydali ish qilsam bo'lardi" degan gaplar ancha kamayadi.
Sinovlar qancha qiyin bo'lsa, kalibr'ingiz kattalashayotgan bo'ladi.
Mana shunga shaxsiy ma'suliyat deyishadi. Ya'ni hech kim ko'rmayotgan paytda ham o'zingizni bir ishga loyiq yoki loyiq emas ko'rishingiz.
Esingizdan chiqmasin, eng muhimi birovlarni siz haqingizdagi fikri emas, o'zingizni siz haqingizdagi fikringiz.
Raqamlar haqiqatni gapiradi!
Ortiqcha vaznni yo'qotishga qo'yilgan eng samarali qadam parhez yoki badantaribaydan ko'ra, inson oynadagi o'z aksiga tik qarab ortiqcha vazni borligini tan ola bilishdir.
Xuddi shunday, moliyaviy holatni yaxshilashga qo'yilgan eng birinchi qadam har tongda bank raqamingizga qarab, holatingizni to'g'ri baho bera olishingizdir.
Universitetda o'qib yurgan paytlarim, "sonlar meni sohamda (marketing) kerak emas. Kreativ bo'lishni o'zi yetarli" degan gaplarni o'zimga aytib, moliya, buxgalteriya, statistika kabi fanlarni olishdan qochganman.
Hozir esa sonlar bilan do'stlashish nafaqat ma'lum bir sohada o'sish, balki hayotdagi qiladigan katta-kichik qarorlarga ham ta'sir qilishini tushundim.
Qo'lingizdagi telefondan tortib yashayotgan uyingizgacha sonlar va ularni to'g'ri yig'indisidan tashkil topgan.
Yaqinda Millat Umidi Universiteti asoschisi ustoz Umid akani bergan intervyusida "Hisob-kitobni bilgan odam biznesni tilini bilgan odam hisoblanadi va shuning uchun universitetdagi talabalarimizni sonlar bilan do'st qilishga harakat qilamiz" degan gaplarini eshitib qoldim.
Har qanday ta'lim dargohi, o'quvchilarni sonlar bilan yaqinlashtirishi shart deb o'ylayman.
Chunki sonlar aniq va sovuq. Unga tik qaray olsangizgina sizda o'zgarish bo'ladi.
Qochish o'rniga do'stlashing. Sizga kech bo'lgan bo'lsa, farzandlaringizni do'stlashtiring.
Afsuslanmaysiz!
Ikki xil inson bor!
Biri avtoturargohdagi eng birinchi ko'rgan bo'sh joyga avtomobilini qo'yadi.
Boshqasi esa asosiy kirish yaqinidan joy qidiradi.
Ikkinchisiga o'xshab fikrlaydiganlar talaygina bo'lgani uchun, u yerda deyarli joy bo'lmaydi.
Joy topa olmaganidan keyin, sal uzoqroqda ko'rgan joyiga qaytib borsa, birinchi shaxsga o'xshagan kimdir band qilib qo'ygan bo'ladi.
Bu xuddi qulay va mukammal imkoniyat poylashga o'xshaydi.
Ba'zi odamlar bor, oyog'ini tagidan chiqqan har qanday ishni imkoniyat sifatida qilib ko'radi.
Ba'zilar esa, o'ziga ma'qul va qulay vaqtni poylab turishadi.
O'zi umrimizni 26 yili uxlashga, 11 yili ekranga, 4 yili ovqatlanishga ketsa, sizni bir ish qilishga qulay vaqt poylashingiz o'zingizga zarardan boshqa narsa emas.
?Hammasi xato!
Hozir sizdan “agar hammasini boshidan boshlash imkoni bo’lganda, nimani o’zgartirgan bo’lar edingiz?” deb so’rashsa, siz “ko’p narsani” deyishingiz aniq.
Lekin siz o’sha paytdagi holatingizda eng to’g’ri yechim bo’lib ko’ringanini qilgansiz.
Shunday ekan…
Bizni qarorlarimizni barchasi xato.
Biz xatolar orasida eng to’g’ri bo’lib ko’ringanini qabul qilamiz, tamom.
Kiyimlar haqiqatimizni gapiradi!
Torayib qolgan kiyimlar intizomsizligimizdan gapiradi.
Qorayib qolgan kiyimlar tartibsizligimizdan gapiradi.
Teshilib qolgan kiyimlar e’tiborsizligimizdan gapiradi.
Terlab ketgan kiyimlar kuchli harakatimizdan gapiradi.
Katta logo tushirilgan kiyimlar e’tibor talabligimizdan gapiradi.
Ha do'stim, kiyimlar gapiradi va ko'proq haqiqatimizni gapiradi.
Eng kuchsiz odam kim?
O'zidan ko'ra boshqalarni ko'proq ayblaydigan odam...
Eshitishdan ko'ra gapirishni afzal topgan odam...
Birovlarni mag'lubiyatidan rohatlanadigan odam...
Yutqazganini tan olish o'rniga zudlik bilan shaxsiyatingizni muhokama qiladigan odam...
Omaddan ko'ra, "hammasiga o'zim tufayli erishdim" degan cho'pchakka ishonib yashaydigan odam...
Bundaylarni aniqlash judayam oson. Keyingi safar davrada o'tirgan paytingiz chetdan kuzatsangiz, hech kimga gap bermasdan baland ovozda gapirayotgan 1-2 ta odamga ko'zingiz tushadi. U sizni yaqin do'stingiz bo'lishi ham mumkin. Unga yordam berish qo'lingizdan kelsa albatta bering.
Eng xavfli odam kim?
Men uchun 3 turdagi odam eng xavfli odam hisoblanadi…
Hammasini boshidan boshlashga qo’rqmaydigan odam…
Hech kimni yordamisiz eng qiyin vaziyatdan bir o’zi chiqib ketgan odam…
O’ziga ko’p narsani isbotlab qo’yib, o’zini oldidagi hurmatini baland qilib qo’ygan odam…
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago