Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
2025-yilda O'zbekistondagi zapusklarda eng muhim 3 ta o'sish nuqtalari.
Ohirgi 2 yilda 20 dan ortiq zapusklarda umumiy 2 mln$ dan ortiq aylanma qilibmiz (70-80% Маржа) va 100 dan ortiq shogirtlar chiqardim. O'zimni va ularni zapusklari xulosalarini jamlagan holatda eng muhim o'sish nuqtalariga to'xtalmoqchiman.
1. Kontent. Bozordagi eng muaffaqiyatli zapusklarni qarasangiz ekspert hamma raqobatchilardan ko'p kontent ishlab chiqaradi, faqat reelsni o'zi bilan chegaralanmagan, Youtube, Telegram, Instagram... maksimal auditoriya bilan kasaniyalarni ko'paytiradi.
Bizda aslida ekspertlar yetarli darajada, faqat ular bilan ishlash, kontent chiqarish, auditoriya olib kirish ustida ishlash kerak. Albatta bugun kontent chiqarsangiz ertaga sotuv oshib ketmaydi, avval bu dunyoga (odamlarga) kontent orqali qiymat berasiz, keyin esa ular sizdan sotib olishadi.
- Mijoz B nuqtasi nima, qaysi ketma-ketlikdagi qadamlar orqali bu natijaga chiqadi?
- Qanday formatda yetkazamiz (coaching, mentorlik, kurs, marafon...)
- Boshqa raqobatchilarimizdan qanaqa ustunligimiz bor, pozitsiyamiz qanaqa?
100,000$ zapusk qilish strategiyasi bo'yicha lead-magnitni haliyam ko'rmagan bo'lsangiz, havola: https://www.youtube.com/watch?v=5_SomQVVmZ0
Faxr, hayajon, shukronalik
Kecha mana shu 3 ta hissiyotni boshimdan o’tkazdim, haligacha tark etgani yo’q.
O’tgan 1 yil voqealiklarga boy o’tdi:
- loyihalar
- to’y
- sayohat
Lekin asosiy fokusim ishda bo’ldi, zapusk modeli eskirdi, endi o’xshamaydi deyilgan paytda jamoa bilan 1 mln$ ga yaqin sotuvlar qildik.
Kecha ana shu mehnatning kichik natijasini ko’rdim. Yil boshida otamning tug’ilgan kunlariga avtomobil sovg’a qilishni niyat qilgan edim.
Alhamdulillah, erishdim!
Otamning quchog’larida tabassumlarini ko’rganimda o’tgan 1 yil ichidagi barcha stresslar, muammolar esimdan chiqib ketdi.
Izohlarda tabriklab ketishingiz mumkin)
Muvaffaqiyatli zapuskda ekspert muhimroqmi yoki prodyuser? (zapuskga partnyor tanlash)
2 yilga yaqin infobizda 20 dan ortiq zapusklarni amalga oshirgan inson sifatida partnyor tanlashdagi xulosalarimni bermoqchiman, ekspert va produserlar uchun juda foydali bo’ladi.
Uzoq yo'lga birga chiqishga tayyor bo'lsangizgina ishni boshlang, katta natijalar uzoq muddatda bo'ladi, zapuskdan tez ko'p pul topishni va’da berayotgan odamga sizni reputatsiyangiz katta ehtimol bilan qiziq emas.
Rossiyada hozir prodyuser va ekspert yangi loyiha boshlayotgan bo'lsa 3-zapuskdan foydaga chiqishga tayyor bo'lib ish boshlashadi, bizda birinchi zapuskning o’zida 10-15K$ lik natijani muaffaqiyatsiz bo'ldi deb partnyorlik to'xtaydi hatto ekspertlar sohadan chiqib ketgan holatlar ham bo’ladi.
Prodyuserlar ekspert tanlayotganda faqatgina obunachi bilan chalg'ib qolmang, 1,5 yilda ekspertlarimga 1 mln obunachi yig'gan inson sifatida aytaman obunachini istalgan odamga istalgancha yig'sa bo'ladi.
Ekspertni mutaxassisligi ( Top 1 % ichida bo'lishi kerak sohasida), xarizmasi va prinspli bo'lishi juda muhim.
Tushunmagan va odamlarga foydasiz sohalarda ekspert olmang, shu paytgacha trader, psixologlardan juda va juda ko'p ekspertlar chiqqan va ularda katta zapuskga potensial juda yuqori ham bo'lgan lekin birortasi bilan ishlamadim, chunki bu yo'nalishlarda kuchli kuchsizini aniqlash juda qiyin ohirida quruq va ho'l birga yonadi.
Zapusk muvaffaqiyatli bo'lishi uchun ekspert ham prodyuser ham birdek muhim, bizda 2-3 talab 100k$ lik zapusklarni qilgan bir nechta ekspertlar partnyorlik tugagandan keyin o'zlari yoki boshqa produserlar bilan zapusk qilib ko'rishdi, “obunachilar barbir menda-ku” degan hayol bilan.
Ha aktivlar qoldi, lekin zapusk o'xshamadi, yana qayta chiqishdi, qiziq a?)
Asosiy ommaga ko'rinmidigon ayzbergi pastidagi ishlarni prodyuser qiladi:
- CustDev
- Bozor, raqobatchilar analizi
- Offerlar, productni aniqlash
- Dekompozitsiya
- Traffik
- Sotuv
- Vebinarga tayyorlash
- Progrevlar
Ekspertda esa hammaga ko'rinadigon ishlar, storis yuritish, reelsga gapirish, dars yozish, vebinar o'tish. Kuchli ekspertlar albatta product darslarni o'tilishini ham taminlaydi. Aslida ikkisi ham muhim, lekin shularni oradida qaysidiri qilinmasa zapuskga sezilarli ta’sir o'tkazadi.
Partnyor tanlashda ehtiyotkorlik bilan, o'rganib, shoshmasdan qaror qiling, 50% ish to'g'ri sherikchik boshlanganda bajarilgan bo'ladi, sizda qolgan 50% bajarish qoladi xolos.
Galochka uchun qurilgan uy tez orada qulab tushadi
Sal kam 2 yildan beri zapusklar bilan shug'ullanib kelyapmiz, orada 150 ga yaqin prodyusser va ekspertlarni o'qitdim. Ularning orasida o'rganganlarini amalda qo'llab muvaffaqiyatli zapusklar qilganlar ham bor va aksincha zapusklar o'ldi, o'rganganlarim ishlamayapti deb yurganlar ham bor.
2-kategoriyadagi o'quvchilarim haqida juda ko'p o'ylaganman, zapusklari o'xshamaganini o'zlari bilan ham, o'zim ham alohida analiz qildim va olgan ko'plab xulosalarimdan biri - ko'pchilik olgan instrument va bilimlarni shunchaki galochka uchun qilishi.
Zapusk davomida qilinishi kerak bo'lgan bir-nechta muhim ishlar bor:
- CustDev
- Raspakovka
- Konkurentlar analizi
- Aktivlar analizi
- Produkt prototipi va hokazo
Juda ko'p prodyusser va ekspertlar bu ishlarni asl mohiyati va mazmunini tushunmasdan qilishadi. "30 ta odam bilan gaplashib CustDev jadvalimni to'ldirishim kerak ekan, shunda zapuskim yaxshi bo'ladi" Tahminan shunday fikrlash bilan yurishadi. Aslidachi? CustDev sizga qanday produkt yaratishingiz kerakligini, qanday offer tuzishingizni, progrev qanday kechishini to'liq kartinasini yaratib beradi.
Yoki bo'lmasam konkurentlar analizi. Bu orqali siz o'z produktingiz, blogingizning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlaysiz, nima qilsangiz potensial mijozingiz konkurentingizni emas, sizni kuzatadi, sizdan sotib oladi. Mana shu savollarga javob olasiz.
Butun zapusk jarayonini uy deb olsak, yuqorida sanab o'tgan ishlarim uyning fundamenti. Fundamentni mustahkam qilmasangiz, galochka uchun qilsangiz vebinardan keyin nimaga uy qulab tushdi ekan deb o'tirasiz)
O'zbekistonda media bozorida shu darajada bo'shliq borki, vazifasi bo'lgan ishlarnigina qoillatib qilishlik orqali bozorda Top bo'lib olish juda oson, afsuski ko'pchilik ushbu xatolarga yo'l qo'ymoqda.
Deadline'ga amal qilmaslik, ishimi qibersam bo'ldiyu degan firklash bor, go'yoki deadline bu og'izdan chiqadigon shunchaki gap, deadline'dan o'tish esa odatiy holat.
Sohasi bo'yicha yangi bilimlarni olmaslik, 2-3 yil avval bitta kurs o'qigan bo'lsa shu butun umrga yetarli deb hisoblaydigonlar ko'p, yangi bilim uchun albatta kurs o'qish shart emas, lekin kuniga yarim soat sohangizda nimalar o'zgarayotganini o'rganishga sarflamas ekansiz hech qachon Top mutaxassis bo'la olmaysiz.
Soft skilllarni ustida ishlamaslik, odamlar bilan kommunikatsiya qilish, aytligan joyga vaqtida borish, fikrini to'g'ri yetkazib bera olish kabi ko'nikmalar ham afsuski hozirda noyob bo'lib bormoqda.
Reputatsiyasini o'ylamaslik, vada beradi ustidan chiqmaydi, qochib yuradi, arzimagan pulga reputatsiyasini almashayotganlar ham kam emas.
Masulyatni olmaslik, har bir mutaxassis o'z bo'yniga masulyat va risklarni ola olishi kerak, KPI bilan ishlashga qo'rqmasligi birinchi o'rinda qanaqib shu ishlayotgan loyihamga qiymat olib kelib beraman degan savolni bera olishi zarur.
Juda uzoq yaxshi montajor qidirdik topa olmadik, kontent menejer qidirdik bozorda barmoq bilan sanoqli, Marketolog kerak deb juda ko'p tadbirkor tanishlarim yozishadi, yaxshi mutaxassislarda loyihalar yetarli, o'rtachalarni tavsiya qilib bo'lmidi. Producerlarda ham shunday qilinishi kerak bo'lgan ishlarni 30-40% gina qilib magic natija kutishadi.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago