Sanjar Nazar

Description
▪️ @akademnashr

Instagram: https://instagram.com/sanjar.nazar?igshid=cHRibGN3ZWp4aG5u
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 week, 4 days ago
**Ertangi** [**tadbir**](https://t.me/Akademnashr/4282) **uchun navbatdagi syurpriz ***💥*****

Ertangi tadbir uchun navbatdagi syurpriz 💥****

"Izlam" muxlislari uchun maxsus stikerlar to‘plami sotuvda! 😍**

📚 @akademnashr

1 week, 4 days ago
Sanjar Nazar
1 week, 4 days ago
Daryoqalb olima, Yangi Oʻzbekiston universiteti prorektori …

Daryoqalb olima, Yangi Oʻzbekiston universiteti prorektori Hilola Nazirova izlamchilar bilan adabiy uchrashuvga taklifnoma joʻnatibdi. Adabiyotsevarlarni kutamiz. Syurpriz va sovgʻalar koʻp boʻlishi kutilayotgan ekan.

Telegram | Instagram | Facebook

2 months, 2 weeks ago

Yuqoridagi sheʼrni bir do‘stim yozgan. Sheʼr deb atashimga o‘zi aslo rozi bo‘lmaydi. Yozganiga baʼzi tuzatishlar ham kiritib turadi. Masalan, xayolidagi “oppoq kapalak” oldin “oq chag‘alaylar” edi. U bilan baʼzan-baʼzan faqat bir suhbat davomidagina tushunarli, arzirli bo‘lgan mavzularda fikr so‘qishib qolamiz. “Muhabbat sariq va zangori, Men hech ham qo‘rqmayman o‘limdan”ning minglab maʼnolari, tagishoralarini topganmiz. Kuni kecha shu sheʼriga “kapalaklar”ni kiritib jo‘natgan va tagiga “men buni Xudoni sog‘inganimda yozgan ekanman” degan izohni qo‘shimcha qilgan ekan. Va hadisi sharifdan parcha keltirgan: “Hoy, ogoh bo‘linglar! Albatta, dunyo malʼundir, undagi bor narsa malʼundir...”. Necha kundirki nima deb javob berishni bilmayman. Faqat har eslaganimda tomog‘im achishaveradi.

2 months, 2 weeks ago
Dekabr kayfiyati

Dekabr kayfiyati

Horgʻin tramvay
tashlandiqmonanddek shaharning
ovloq koʻchasini oʻychan kezadi
qor hidi anqigan oqshomda.

Xavotir olaman
uning xoʻrsiniqlari
xayolimdagi oppoq kapalaklarni
cho‘chitib yubormasmikan.

2 months, 3 weeks ago

Gitler kutubxonasi (#)

Telegram | Instagram | Facebook

5 months, 2 weeks ago

Kecha oʻzbek yozuvchisining yangi romanini birinchilardan (ehtimol eng birinchi) boʻlib oʻqib tugatdim. Oldin milliy adabiyotimizda men kuzatmagan yoʻnalish va uslubda yozilgan. Asar oson oʻqiladi. Hazmi yengil. Ammo zamiriga jiddiy yuk joylangan. Texnotriller janrida, oʻtkir syujetlar bilan boyitilgan va abadiy falsafiy mushohadalar ustiga qurilgan.

Pardani ozroq koʻtarish joiz boʻlsa, asar biz qadam qoʻyayotgan yangi reallik – sunʼiy idrok bilan birga-birga mavjud boʻlish va bu yangi erada oʻz fitratidan ajralib qolmaslik haqida bahs yuritadi.

Avvalo kitobxonlarni, soʻng muallifning oʻzini ham yangi yaxshi asar bilan tabriklayman.

P.S. Kelishuvga binoan boshqa tafsilot va maʼlumotlarni ochiqlay olmayman ?

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago