Why Pay for Entertainment? Access Thousands of Free Downloads Now!

Hazrati Kursdosh | X

Description
⚡️Talaba har qanday sharoitda tirik qolish xususiyatiga ega.

⚡️Hammasini ochiq-oydin gaplashamiz!

⚡️Tabiiy yozamiz, tabiiy kuling!

⚡️ LIVE — @hazratikursdoshlive

📍Murojaat: @jonikuyarbot
Advertising
We recommend to visit

زیباترین آثار موسیقی بیکلام




‌‌

Актриса
Сериал «Слово пацана. Кровь на асфальте»

Реклама/PR: @ady_rmr

Last updated 4 months ago

Українська сучасна Музика.
Популяризуємо Українську музику.
Музика це голос Народу.

Реклама: @TgTopUA

1 week, 3 days ago

Bunaqa mavzularda qonim qaynab yozishga qo‘lim bormaydi, aslida.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoning Chiroqchisidan bir video tarqaldi. Unda ko‘rinadiki, tepsang ko‘tini suyagi shaqillab ketadigan ikkita hezalak yigit bir qizni xilvat xonada majbur ushlab turibdi. Bittasi qizni yechintirishga harakat qilyapti, ikkinchisi videoga olyapti. Qolgani nima bo‘lgan faqat shu uchalasi va Xudoga ayon.

U qiz kim, buzuqimi yo to‘g‘ri, bu yerga qanday kelib qoldi, maqsadi va tarixi nima, uni bilmadim. Nima bo‘lgandayam ayol kishi, ojiza. Chin ma'nodagi erkagi bor jamiyatning ayollari esa bunday munosabatga munosib emas.

Bosh prokuraturaga ko‘ra, ayni paytda anavi itdan tarqaganlarga nisbatan jinoyat ishi ochilib, nomusga tegish va tovlamachilik bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotgan ekan. Umid qilamanki, tergov jarayonida organdagi nomusli akalarimiz rasmiylikdan biroz cheklanib, ularning qilgan ishiga orada sezdirmay munosib jazo berishadi.

Jamiyatimizda shunday "yigitlar" borligidan uyalib ketaman. To‘g‘ri, har ikki tomonni ham oqlab bo‘lmas, ularning bari qoradir, balki. Ammo ayollarimizga bo‘lgan tajovuzkor, hayvoniy qarashlarimizni, xatti-harakatlarimizni o‘zgartirishimiz kerak.

Bu mavzuni kengroq yozardim. Baribir oxirigacha o‘qimaysiz. Lekin umumiy xulosa o‘rnida "buzuqilar, o‘zlarida bir qamchi bo‘lmasa..." deydiganlar uchun bir savol berib ketaman. Buzilganlarini kim buzgan va birinchi qamchini kim urgan ekan? Shu ikki xil mazmunli savollarni o‘zingizga bering.

#jamiyatkasallangan
#qizlarnihimoyaqilishkerak
#bizgauyat

@hazratikursdosh

1 week, 3 days ago

Sog‘indim

Toshkanda… tog‘larni sog‘indim,
Yashil o‘tloqlarni sog‘indim.
Suv bo‘yiga chordona qurgan
Momoqaymoqlarni sog‘indim.

Kechagina yomg‘irda ivib,
Yurar edim kapalak quvib,
Shudringlarga yuzimni yuvib…
Bolalik chog‘larni sog‘indim.

Toshkanda tong shunday boshlanar:
Quloq yirtar baland poshnalar,
O‘zim tashna, menga tashnalar —
Yalangoyoqlarni sog‘indim.

Yashirib ne qildim sizlardan,
Lola yonoq, hilol yuzlardan,
To‘ydim tillobarmoq qizlardan,
Qo‘li qadoqlarni sog‘indim.

Bilganimni bilgancha bildim,
Yo‘qdan borin binolar qildim,
Shahar keng deb, zinolar qildim,
Uzoq-uzoqlarni sog‘indim.

Aldovlarga qoldim o‘rganib,
Qo‘rqib qoldim ko‘ngil bergani,
Kelganim yo‘q Seni ko‘rgani —
Zilol buloqlarni sog‘indim!..

Muhammad YUSUF #70

@hazratikursdosh

1 week, 3 days ago

Ichingizdagi marazcha ayni paytda nimani o‘ylayapti?

@hazratikursdosh

2 weeks, 4 days ago

#logika
Ba'zida yaxshiyam ovoz chiqarib o'ylamayman deb yuboradi kishi...

@hazratikursdosh

2 weeks, 4 days ago

Er kishida haqiqiy mustaqil mas’uliyat “Toʻylar muborak” sadolari ostida jufti bilan toʻyxonaga kirib kelganidan boshlanadi. Sen buni juda yaxshi bilasan va shundan qo‘rqib haligacha bo‘ydoq yurgan bo‘lishing mumkin. Lekin aytib qo‘yay, bir kun kelib baribir bo‘ydoqliging tugaydi. Va go‘shangaga ikki qo‘lingni ko‘tarib kirasan, Insha'Alloh!

@hazratikursdosh

2 weeks, 5 days ago

Yillar oʻtib koʻchada urushib, koʻzimiz koʻkargan, qoʻllarimiz shilingan, boshimiz yorilgan holda uyga kelib, ayamizning kim bilan urushding degan soʻrogʻiga velosipeddan yiqilib tushganimizga ishontirmoqchi boʻlgan paytlarimizni sogʻinarkan odam. Onalarni aldab boʻlmaydi…

@hazratikursdosh

3 weeks, 2 days ago

— Ovqatlanib bo‘ldingmi, buncha tez?
— Hazrati Kursdosh, qornim kichkina tez to‘yib qolaman.
— Krediti borlarning barini qorni kichkina, uka...

@hazratikursdosh

3 weeks, 2 days ago

— Hazrati Kursdosh, kursdoshlaringiz haqida biror nima yozmaysizmi?
— O‘qishda qanchalik yaqin bo‘lsak, katta hayotda shunchalik uzoqlashib ketdik...

@hazratikursdosh

3 weeks, 2 days ago

So‘mning qadri bir tiyin bo‘lib qolibdi, jigarlarim. Palon so‘mga bittagina dollar sotib oldim. E, kallangga seni!

@hazratikursdosh

1 month ago

Bir ayol, kimligi ma’lum emas. Maktabda bir sinfga kirib roʻmol oʻrab kelgan qizlarni “Mana, ahvol oʻta achinarli” deb videoga olibdi. Tushunmay qoldim, aslida kimning ishi achinarli?! Biz nima qilmoqchimiz oʻzi!?Hammasini chalkashtirib yuborishdi…

@hazratikursdosh

We recommend to visit

زیباترین آثار موسیقی بیکلام




‌‌

Актриса
Сериал «Слово пацана. Кровь на асфальте»

Реклама/PR: @ady_rmr

Last updated 4 months ago

Українська сучасна Музика.
Популяризуємо Українську музику.
Музика це голос Народу.

Реклама: @TgTopUA