Hazrati Kursdosh | X

Description
⚡️Talaba har qanday sharoitda tirik qolish xususiyatiga ega.

⚡️ LIVE — @hazratikursdoshlive
We recommend to visit

Написать истории можно сюда 👉 @sp_story
Телеграм ютуб-канала «СЛОВО ПАЦАНА»

YouTube https://youtube.com/c/slovopatsana

Inst https://instagram.com/slovo.patsana

Актриса
Сериал «Слово пацана. Кровь на асфальте»

Реклама/PR: @ady_rmr

Last updated 1 year ago

По вопросам сотрудничества/рекламы: [email protected]

Last updated 1 week, 2 days ago

4 months, 2 weeks ago

— Hazrati Kursdosh, anchadan beri postlarni qichitmay qoʻydingiz?
— Shu desang sira toʻlmaydigan olaxoʻrjinim bor. Aylantirib shuni toʻldirishga harakat, uka. Istasang senam boʻyningga bir ilib koʻr, keyin birga-birga qichitiiib yurardik. ?

@hazratikursdosh

4 months, 2 weeks ago

Hisobchimiz bugun-erta oylik tushishini aytgandi. Shundan beri Payme’ni yagʻiri chiqib ketdi, yangilanaverib.

@hazratikursdosh

4 months, 2 weeks ago

Assalomu alaykum, bu admin oylik olmagunicha yozmaydiyov, deb turgan jigarlarim. Chindan ham shundaymi, deyman-da, kayfiyat yoʻq. Karta hisobi nol, banklar esa poylab turibdi. Kreditni qaysi bir tez yechari oʻynamoqchi. Shular qatorida menam bor, boshqa kartani hozirlab turibman. Kechga chempion aniqlanadi. ?

@hazratikursdosh

4 months, 2 weeks ago

Bugundan respublika boʻylab maktablar faoliyatini boshladi. Kimni 1-sinfga borganiga nechchi yil toʻlibdi? Oʻsha paytdagi taassurotlaringiz bilan oʻrtoqlashing, eslay olsangiz.

@hazratikursdosh

4 months, 2 weeks ago

Bugun oylik maoshimizni tushirib bermasanglar boʻlmaydi. Hozirgina xayolimda bir soʻmka dollarni taqsimlab, sarflab yubordim. Endi nima qilaman?!?

@hazratikursdosh

4 months, 3 weeks ago

Assalomu alaykum, jigarlarim!

Ma’lumot uchun @Maklersiz kanalimizda kvartira mavsumi boshlangan. Oʻzingizga ma’qul boʻlgan kvartirani toping yoki kvartiraga qoʻying. E’lonlar doimgidek tekin joylanadi, yengillik boʻlsa shu talabaga boʻlsin, deyman.

P.s: Kvartirasini ijaraga berayotganlar, narxlarni insof bilan qoʻyamiz. Talabadan pul olma, duo ol. Musofirning duosi oʻtmay qolmaydi. Teskari oʻqivorsa boshing balodan chiqmay ketadi. ??

@hazratikursdosh

6 months, 3 weeks ago

Shu yoshgacha qilgan xatolaringizdan eng kattasi va afsus qiladiganingiz qaysi, deb savol berishsa, hech ikkilanmay sog‘lig‘im uchun qilingan har qanday xatodan afsuslanaman, deb javob bergan bo‘lardim.

Sog‘lig‘ingizni asrang, azizlar. Har bir yoshda cho‘kib borasiz. 18 yoshingizdagi kuch-g‘ayratni 30 yoshingizda qancha chiranmang topolmaysiz. Erishishingiz mumkin bo‘lgan narsa — sog‘liqni bir me'yorda ushlab turish.

Bunda har bir detal, narsa va voqelik, harakat va harakatsizlik muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Barcha zararli odatlardan vaqtida voz kechish, yeb-ichish, yotib-turish, sport mashg‘ulotlari va hokazolarni erinmasdan tartibga solish, kerak bo‘lsa o‘zingizni majburlash ham maqsadlidir.

Sog‘lig‘ingiz uchun nima zarur bo‘lsa hozir qiling. Keyin afsus chekkandan foyda yo‘q. Mening ham afsus chekadigan joylarim bor. Chekyapman ham, lekin bari befoyda. Hozirni ushlab qolish va birozgina yaxshilashga umidim bor xolos.

Shuni yodingizdan chiqarmang, vaqtinchalik kayf beruvchi (spirtli va energetik ichimliklar, ovqatlar, kamharakatlik, moda deb kiyinishlargacha) har qanday narsa vaqti kelib sog‘lig‘ingizni ozginasiga ham arzimaydi, bir tiyinga qimmat bo‘lib qoladi.

@hazratikursdosh

6 months, 3 weeks ago

Bitta intervyuni ko‘rib, dumalab qolibman.
Qiz: — Oyligingiz o‘zingizga yoqadimi?
Kishi: — Ha, albatta. U kichkinagina va judayam yoqimtoy. Men uni har oy oxirida intizorlik bilan kutaman.

@hazratikursdosh

6 months, 3 weeks ago

Men doim atrofimdagilarni turmush qurishga chaqirib kelaman. Shu bilan birga, bunda shoshma-shosharlikka qarshiman.

Taqdirdosh tanlashda adashmang. Muhimi shoshiling, lekin shoshilmang. Ya'ni o‘ta darajada lanchlanmang, demoqchiman.

Tanlaganingiz yoki tanlayotganingiz kelajakda siz bilan birma-bir tura olishiga, hayot sinovlaridan qo‘l ushlashib o‘ta olishiga, doim qo‘llab-quvvatlashiga, oilani birgalikda tortib ketishiga ishonch hosil qiling. Shundagina hech ikkilanmay gaziga bosing. Bil'aks, shubha qildingizmi, boshida o‘ylab ko‘rishga sizda vaqt bo‘ladi.

Muammoingiz ustiga muammo yaratadigan, doim sizga osiladigan, qo‘llab-quvvatlash tugul bir motivatsiya berolmaydigan, sizni hamma narsada orqaga tirtadigan, loaqal o‘zini eplolmaydigan shaxs bilan turmush qurmaganingiz ma'qul. Bu shaxsiy rivojlanish va hayotdagi erishish mumkin bo‘lgan muvaffaqiyatlarning chippakka chiqishidan dalolat beradi.

Alqissa, har ikki tomon ham taqdirdoshisiz bir nimaga erisholmaydi. Ular bir tan-u, bir jondir.

P.s: erkak kishi ayolining ishongan tog'i, suyanchig'i bo‘ladi-ku, ayol istasa-istamasa erkak kishiga tayanadi-ku, deb va hokazolarni gapirishingiz mumkin. Oldindan aytib qo‘yay, bular boshqa masala. Men bulardan kattaroq bo‘lgan narsalar haqida yozg‘irdim.

@hazratikursdosh

9 months ago

Bunaqa mavzularda qonim qaynab yozishga qo‘lim bormaydi, aslida.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoning Chiroqchisidan bir video tarqaldi. Unda ko‘rinadiki, tepsang ko‘tini suyagi shaqillab ketadigan ikkita hezalak yigit bir qizni xilvat xonada majbur ushlab turibdi. Bittasi qizni yechintirishga harakat qilyapti, ikkinchisi videoga olyapti. Qolgani nima bo‘lgan faqat shu uchalasi va Xudoga ayon.

U qiz kim, buzuqimi yo to‘g‘ri, bu yerga qanday kelib qoldi, maqsadi va tarixi nima, uni bilmadim. Nima bo‘lgandayam ayol kishi, ojiza. Chin ma'nodagi erkagi bor jamiyatning ayollari esa bunday munosabatga munosib emas.

Bosh prokuraturaga ko‘ra, ayni paytda anavi itdan tarqaganlarga nisbatan jinoyat ishi ochilib, nomusga tegish va tovlamachilik bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotgan ekan. Umid qilamanki, tergov jarayonida organdagi nomusli akalarimiz rasmiylikdan biroz cheklanib, ularning qilgan ishiga orada sezdirmay munosib jazo berishadi.

Jamiyatimizda shunday "yigitlar" borligidan uyalib ketaman. To‘g‘ri, har ikki tomonni ham oqlab bo‘lmas, ularning bari qoradir, balki. Ammo ayollarimizga bo‘lgan tajovuzkor, hayvoniy qarashlarimizni, xatti-harakatlarimizni o‘zgartirishimiz kerak.

Bu mavzuni kengroq yozardim. Baribir oxirigacha o‘qimaysiz. Lekin umumiy xulosa o‘rnida "buzuqilar, o‘zlarida bir qamchi bo‘lmasa..." deydiganlar uchun bir savol berib ketaman. Buzilganlarini kim buzgan va birinchi qamchini kim urgan ekan? Shu ikki xil mazmunli savollarni o‘zingizga bering.

#jamiyatkasallangan
#qizlarnihimoyaqilishkerak
#bizgauyat

@hazratikursdosh

We recommend to visit

Написать истории можно сюда 👉 @sp_story
Телеграм ютуб-канала «СЛОВО ПАЦАНА»

YouTube https://youtube.com/c/slovopatsana

Inst https://instagram.com/slovo.patsana

Актриса
Сериал «Слово пацана. Кровь на асфальте»

Реклама/PR: @ady_rmr

Last updated 1 year ago

По вопросам сотрудничества/рекламы: [email protected]

Last updated 1 week, 2 days ago