Zakovat Sayyorasi

Description
1. Zakovat;
2. Urfon Shou;
3. Foydali bilimlar;
4. Mantiqiy savollar;
5. Sovrinli loyihalar.
Biz birgalikda kuchlimiz!

@Iqtisodplus - hamkor

Javoblar uchun: @zakovatsayyorasibot
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

2 months, 1 week ago

#navbatchilik #bingo

Savollarning deyarli hammasi meniki va jamoaning paketga deyarli daxli yo'q. Yigitlar boshqa fikrda bo'lishgan, men esa boshqa fikrda. Avvalgi paketimiz menimcha sportcha zakovat qoidalariga mos va qiyinchilik darajasi yuqoriroq bo'lgan, ammo yetarlicha gap eshitilgan.
Bu safargi paketni esa sportcha zakovat va ekran zakovati uslubi qorishmasi o'laroq tuzgandim, baribir yakunda o'zgartirishlar qildik. Nega bunaqa paket tuzildi?
1. Yangi mavsum boshlandi, transferlar bor, adaptatsiya kerak edi;
2. Kuzda talabalar hisobiga barcha ligalarda yangi va tajribasiz jamoalar paydo bo'ladi. Ular uchun qaysidir bingo fakt butkul begona bo'lishi mumkin. Javoblarda faqat ma'lum va taniqli tushunchalar berildi;
3. Va eng asosiysi Zakovat klubi 20 tacha gigant jamoadan iborat emas. Yuzlab kilometrni shu o'yinni o'ynayman deb bosib kelayotgan bilimdonlar bor. Ular 36 ta savoldan keyin 3 ball olib, nega keldik deyishlari qotillik, vaqt qotilligidan boshqa narsa emas. O'sish kerak, lekin 36 ta savolni 30 tasi qiyin savol bo'lsa, tez orada butun respublikada 50 tacha professional jamoa qoladi.
4. Raqiblarni sindirish uchun qildi desangiz, yakuniy jadvalga qarang. Kuchlilar har qanday savolda yutishi bilan kuchli!

Men ataylab o'yinlarni o'tkazadigan ma'sullar bilan gaplashdim va ko'plab yangi jamoalarga o'yin yoqqanini eshitdim.

Umid qilamanki, bugungi savollarni o'ynab ketgan yangi jamoalar kelasi shanbada ham klubga qiziqish bilan qaytib keladi. Ana shunda men bugungi paket orqali maqsadimga erishgan bo'laman.

@zakovat_sayyorasi

3 months, 3 weeks ago

#anons #tabrik

Bugun Shaxsiy o'yinga kelaverasizlar. Bir oydan beri kutilayotgan navbatchiligim bugunga nasib qilsa kerak. Mehr berishga harakat qilingan, ammo testdan qilinmagani uchun aniq xulosa qilish qiyin hozircha.

Darvoqe, o'yinda bugun, faqat bugun ukaginam Abdulaziz Sultonovga muxlislik qilaman. Yaxshi niyatlaringizga yetib yuring. Shuhratingiz olamga yoyilsin)

@zakovat_sayyorasi

4 months, 2 weeks ago

Marsga to‘p otquchi — sen,
Zuhroni uyg‘otquchi — sen,
Uyquda qotquchi — sen,
Uyg‘on o‘zing, uyg‘on o‘zing.

@Zakovat_sayyorasi

8 months ago

https://t.me/+YkJ0N2fWHR1kZTgy

Rustam Mirvohid ijodiga qiziqadiganlar uchun shoir bilan audio suhbat bo'lmoqda.

Zakovatchilar uchun begona emas bu shaxs)

@zakovat_sayyorasi

9 months, 2 weeks ago

#dorama #olim_oyini #tavsiya

? Info

Nomi: O'lim o'yini
Mamlakat: Janubiy Koreya
Yil: 2023
Qismlar: 8
Baho:
1. IMDB - 8.7/10
2. Kinopoisk - 8.5/10
3. Shaxsiy - 10/10

Tavsiya etiladi

  1. Suitsidga moyilligi borlar;
  2. Motivatsiya (rasvosini chiqarishdi shu tushunchaniyam) aslida qanaqa bo'lishini bilgisi kelganlar;
  3. Hayotdan rohatlanmayotganlar;
  4. Onasi aslida qanchalar buyuk insonligini yaxshiroq anglagisi kelganlar;
  5. Super va original syujet ixlosmandlari;
  6. Kvest shaydolari;
  7. Inson zoti naqadar tuban va shu lahzada naqadar buyuk ekanligini parallel his qilgisi kelganlar;

Tavsiya etilmaydi

  1. Ko'ngli bo'shlar (shafqatsiz sahnalar bor);
  2. Ko'ngli bo'sh bo'lmasa ko'rishdan boshqa variant yo'q!

Qisqa syujet (spoyler emas!)

Hayotda ish, sevgi, oila borasida o'zini omadsiz deb hisoblagan Chxve Idje o'z joniga qasd qiladi. Do'zax ostonasida O'lim obrazi bilan yuzlashadi (Abdulla Oripovning "Jannatga yo'l" asarini eslatdi). O'limning yigitdan jahli chiqqan, chunki yigit O'lim uni izlab bormasidan turib, katta gunohga qo'l urgan. O'lim yigit bilan o'yin boshlaydi: 12 xil tanada 12 ta jonga ega bo'lgan yigit (Mushukning 9 ta joni borligi haqidagi gap 2-3 marta eslanibdi) omon qolishga urinishi kerak. Buni uddalay olsa, o'yinda yutadi. Lekin vaziyatlar judayam chigal va omon qolish har safar imkonsiz bo'lib chiqaveradi. Ayni shu jarayonlar asl hayot haqiqatini anglab yetishga sabab bo'ladi. Bu hali boshlanishi, voqealar shunchaki original.

Aktuallik

  1. Koreya o'z joniga qasd qilish masalasida dunyoda yetakchilardan biri. Kapitalizm yuqori nuqtaga yetgan davlat fuqarolari ozgina oyog'i toyganida darhol o'limni yechim sifatida qarayotgani ko'rsatilgan. Lekin o'lim bu yechimmi, yoki yakunmi? O'lim balki boshlanishidir?! Serial bunaqangi ta'sirli moral bilan bir qancha insonni suitsiddan qaytarishi, hech bo'lmaganda o'ylab ko'rishga undashi aniq. San'atning buyukligi ham aslida shundadir.

Serialdagi 2 nuqta haqida alohida:

  1. Sevgi munosabatlari.

Yigitning sevgilisi Li Jisu omadli qiz. Yozuvchi, yutuqlar sohibasi, chiroy va karyera borasida hammasi joyida. Sevgilisi esa haligacha tayinli ishga ega bo'lmagan luzer. Qizda bir talay variantlar bor bo'lsa-da bugungi moddiyat quliga aylanayotgan jamiyatda sevgisiga xiyonat qilmagani qiziq ko'rindi. Ofitsiant bo'lib ishlayotgan omadsiz sevgilisini hamkasblariga tanishtirishdan tortinmagan joyida esa boshqacha ahvolga tushdim. Otasini kazo-kazo odamlarni oldida xizmatkorim deb tanishtirgan odamlarni bilaman. Shu qiz uchun yashasa arzirdi...

  1. Ona. O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari ona obrazi haqidagi eng yaxshi asar degan fikrdaman. Kecha shu asar esimga tushdi. "Kolmar o'yini" serialida ham ona obrazi ta'sirli chiqqan, ammo to'liq ochib berilmagan. "O'lim o'yini" da esa asl mohiyatning eng katta bo'lagi aynan onaga borib taqalgani ajoyib. Luzermisiz, ishsizmisiz, aroqxo'rmisiz, kuchsizmisiz, balomisiz, battarmisiz, Onangiz uchun eng yaxshisisiz! Hech kim sizga vafo qilmaganida ham Ona uchun yashasangiz arziydi ...

Syujet topilmalari

"Alice in Borderland" serialini ko'rib chiqqan paytimda Panda books kanali admini taqrizi chiqqandi. O'shanda balki admindan oldinroq ko'rgandirman, ammo bu safar aynan shu kanaldagi taqrizni deb serialni ko'rdim. Rahmat!

Yuqoridagi ikki serialni koreys kinoijodkorlarining (asar mualliflari ham) fantastik fantaziyasi mahsuli deb bilaman. Bunaqangi topilmalar, burilishlar, kutilmagan bog'lamlar, parallellar haqiqiy bomba! Bular odammi o'zi, bilmadim. Miyangni og'ritmasdan qaynonasini o'ldirishga uringan yo eri uydan ketganda qanaqa qilib xiyonat qilishni reja qilayotgan kelin haqida serial olib, reyting ko'tarmaysanmi, nomardlar. Kapalak effekti nimaligini tushungingiz kelsa, shu ikki serial rosa sizbop.

Xulosa

Tomosha qiling va mohiyat haqida qaytadan o'ylab ko'ring! Vaqt ketdi...

@zakovat_sayyorasi

10 months ago

Bolaligimizni eslatadigan, o'z davrida №1 bo'lgan Kvartet guruhining "Kvartachka" qo'shig'i remake qilinibdi.

https://youtu.be/Uu1PHWQxuwQ?si=kifZCwlVMkqgRbHA

10 months, 3 weeks ago

Pavel Durovni yangi coini. Faqat telefon orqali kiriladi. Qiziquvchilar bo'lsa, qo'shilishi mumkin.

https://t.me/notcoin_bot?start=rp_5552575

10 months, 4 weeks ago

Javob: I, R, O, S, I, M, A.
Izoh: Xirosimada halokatli portlashni boshdan kechirgan inson bu suratni chizgan.

@zakovat_sayyorasi

10 months, 4 weeks ago

#joke

Hamma joyda shay turuvchi Tchuamenining yangi ismlari:

Ispanlar uchun: Figaro.
O'zbeklar uchun: Shermat.

Boshqa millat vakillarida ham shunaqa muqobillar bordir balki.

@zakovat_sayyorasi

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago