Ko'rganlarim

Description
Ushbu kanalda ko'rganlarim va xulosalarimni o'z matnim bilan yetkazishga harakat qilaman.

Har bir matnning o’z xaridori va muxlisi bor)) https://t.me/+a4qb7cWHhLw0YWUy

Kundalik tarzim: https://t.me/+NInjAqiqBog5NTc6
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

2 months, 3 weeks ago

Odamlar ehson desa faqat pul va mol-mulkni tushunishadi. Bir ilmiy eslatma yoki ma’ruza ham ehson. Bo’lib ham Yaqinlarimizga va atrofimizdagilarga berishimiz mumkin bo’lgan eng yaxshi hadya - ilm va eslatmadir.

Shu birgina eshtib qolganingiz, sizni ta’sirlantirgan g’irt bepul suhbatlarni yaqinlaringizga tashlashni qizg’onyapsizmi, havotir olmang - boy bo’lib pul ham ehson qilolmaysiz.

Shuning uchun, avvalo, ko’p eshting. Amal qiling, yaqinlaringizga ham ularni ehson qiling.

وَذَكِّرۡ فَإِنَّ ٱلذِّكۡرَىٰ تَنفَعُ ٱلۡمُؤۡمِنِینَ.
Ва эслатгин. Албатта, эслатиш мўминларга манфаат берур. (51:55)

هَلۡ جَزَاۤءُ ٱلۡإِحۡسَـٰنِ إِلَّا ٱلۡإِحۡسَـٰنُ .
Эҳсоннинг мукофоти, фақат эҳсондир.(55:60)

2 months, 3 weeks ago

Agar, Alloh tomon otlangan bo'lsang yugur. Qiyinlasang tez yur. Charchasang, sekin yur. Shunga ham qurbing yetmasa, emaklab bo'lsa ham yur. Lekin orqaga qayta ko'rma!

2 months, 3 weeks ago

Jannat bunga arziydi

Qishning sovuq kunlarida muzdek suvda tahorat qilib namoz o‘qiyotgan bo‘lsangiz ham sabr qiling.

Qur’onni harflab o‘qib qiynalib ketsangiz ham, yodlaganingizni tezda unutganda ko‘zingizga yoshlar quyilib kelsa ham taslim bo‘lmang.

Sabrli bo‘ling. Chunki sizni kutayotgan narsa sog‘inchning achchiqligidan shirinroq.

Ertalab ishga kech qolmaslik uchun vaqtli uxlash kerak, degan xavotir bo‘lmagan joyga boramiz.

Dushmanchilik qilinmaydigan, kofirlarning zulmi bo‘lmagan, bombalar ovozi eshitilmaydigan, bolalar o‘ldiriaydigan yerga boramiz.

Universitet imtihonidan o‘tish xavotiri, ishdan haydalish qo‘rquvi bo‘lmagan maskan bizni kutyapti.

Ayriliqlar bo‘lmagan, yaqinlarimizni yo‘qotmaydigan, sevilmaslikdan qiynalmaydigan, do‘stlar xiyonatiga uchramaydigan diyorga boramiz.

Tong ochlikda ottirilmaydigan, kechasi sovuqda uyquga yotilmaydigan yurtga boramiz.

Faqat sabr qiling. Yana ozgina sabr. Chunki Jannat bunga arziydi.

3 months ago

Saxovat, samimiylik yoki do’stlikning me’yorlari qanday bo’ladi, qaysi sifatlar topilsa kishini Saxovatli, Samimiy, Do’st deb atash mumkin? Bularni bilish uchun siyratga, salafi solihlar hayotiga qaraymiz:

Rosululloh alahissalom saxiy odam edilar. Belgisi : uylarida yemakka hech narsa qolmagunicha, borlarini chiqarardilar, tanishmi-notanishmi, farqi yo’q;
Samimiylik, nasihlikning belgisi, o’zining extiyojlari bo’la turib, boshqalarni birinchi o’ylash;
Do’stning belgisi: (eng kichigi) cho’ntagidagi puliga o’zidan ko’ra ko’proq do’stini haqli deb hisoblash;

Manga yordam berishini ko’p marta aytganlar, yaqinlikni da’vo qilganlar bilan sinovimiz aynan shu nuqtada:

Yordam kerak bo’lsa so’rashim lozimligini aytishadi. Agar so’rasam keyin yordam keladigan bo’lsa, u bilan biz nima qilamiz bir-birimizni yaqinim deb? Begonaga ham ehtiyojimni aytsam yordam beraveradiku?

Imkoni bo’lsa albatta qilishlarini aytishadi:
Yana qaytaraman, Agar faqat cho’ntagida puli bo’lsagina yordamni g’irt begona odam ham qilaveradi. So’rash orqali olinadigan yordam shu bo’ladi.

Bor imkoniyat nima degani? Bo’lsa puli, bo’lmasa qo’lidagi molini sotib bo’lsa ham yordam berish, u ham bo’lmasa birovdan qarz olib bo’lsa ham ko’maklashishga harakat degani. Imkoniyat - cho’ntagida puli bo’lsagina yordam qilish degani emas. Saxovat aslo bu emas. Buni kofir ham qilaveradi. Bo’lsa beradi, bo’lmasa yuraveradi.

Man afsuslanayotgan nuqta ham shu yerda:

Misrda 8 oydan beri istiqomadaman. Pulim bo’lsa kiygim kelgan narsani olib kiyaman, yegim kelgan narsani olib yeyman. Pulim bo’lmasa ham shunday bo’laveradi)) Imkonini topaman. Biror narsa sotish orqali va hokazo.

8 oyda kim necha marta hol-axvol so’rab yozdi, necha marta uzr aytdi, necha marta qanchadan yordam berdi - hammasini yozib yuraman. Ismlar borligi bois kanalga rasmini tashlamadim. Mani shunaqa ichi qora odatlarim bor: bir kun kelib albatta qaytaman. E’tiborlisi va afsuslanarlisi, manga do’stlikni da’vo qiladiganlar doimgidek u ro’yxatda ham ko’rinavermaydi.

Qachon o’zi bilib xol ahvol so’radi? Qachon o’zi bilib imkoni bo’lsa yordam qildi? O’zi hech bo’lmasa dam olish kunlari ovqatlanayotganda “do’stimni holi nima bo’lyaptikin?” deb necha marta o’yladi? O’ziga yangi kiyim olayotganda “do’stim nima kiyyapti ekan?” deb necha marta qayg’urdi?

Yuqorida aytganimdek, man do’stlarimni hammasidan ko’ra yaxshi kiyaman, yaxshi yeb ichaman. Lekin ulardan kelgan yordam orqali emas.

Gaplarda, yozuvlarda Alloh uchun yaxshi ko’raman deyish bilan amalning mutanosib kelmasligidan siqilaman. Gap maning qanday yurish-turishimda emas, gap ularning manga nisbatan hurmatlarida.

3 months ago

Odatan, muammolarimni doimo o’zim indamay hal qilishga odatlanganman. Bunga asosiy sabablardan biri, agar atrofimdagilarga aytsamu, ulardan hech qanday harakat ko’rmasam, yomon ko’rib qolaman, ko’nglim sovishni boshlaydi. Shuni oldini olib, muammo va kamchiliklarni indamay, o’zim to’ldirib yuraman.

Bir oy avval Toshkentga sog’lig’imda jiddiy muammolar bo’lganligi uchun davolanishga borgandim. Bilishi kerak bo’lgan yaqinlarim va do’stlarimning hammasini vaziyatni xabardor qildim. Hozir Misrdaman. Bir oy davomida, yaqinlarini nima qilarkin deya kuzatdim. Doimo qo’rqadiganim bo’ldi: asosiy e’tibor beradiganim, qayg’uradiganlarim huddi o’zini olib qochgandek. O’zining ishlari bilan hech narsa bo’lmaganidek yuraveradi. Orada yana mandan “nima bo’lyapti, tinchmi” deb qo’yadi. G’oliban kam xabarlashadiganlarim esa, dorilarni olib berishga harakat qilgan, qo’li bo’shadi deguncha “birodar, hammasi joyidami, ro’zi bo’lasiz, o’zimizdan ortmayapmiz, imkon bo’lishiga xabarlashamiz” deya uzrini bildirib turdi. Ham xursand bo’ldim, ham xafa bo’ldim.

Odam muammoga giriftor bo’lishi bilan birinchi yordamni yaqinlaridan kutadi. Gap umuman pulda emas. Gap uning qayg’urishida, mehr ko’rsata olishida. Bugun beparvo bo’ldimi, ertaga bu hol takrorlanadi. Balki Yaratgan shu bilan do’stlarimni sinab bergandir, man yaqin deb hisoblaganlarim yaqin emasdir??

Alloh hammamizga samimiy, nasih do’stlar nasib etsin. Endi yanada odamlar bilan muomilada extiyotkor bo’laman.

23.07

3 months ago

Haqiqatda kishiga o’zidan tashqari ham mehr-e’tibor berib turadigan g’amxo’ri bo’lishi kerak ekan.

Bir do’stimga juda yaxshi kiyinasiz, didingiz yaxshi desam, “manda bu masalada rag’bat ham, xohish ham yo’q, onam bu kamchilikni yopadilar” deganlarida o’ylashni boshlagandim.

Haqiqatan, do’stlarimda va ustozlarda buning misolini ko’p ko’rdim. Ayniqsa, katta e’tibor talab qiladigan soha va ishlarda yaxshi natijaga erishish uchun o’zidan tashqari tashqi qo’llovga baribir extiyoj tushaverarkan.

Yana bir misol keltiraman: o’qimoqchisiz, bor e’tiboringizni bermoqchisiz, lekin doimiy ta’limingiz uchun sizga moddiyat va sog’liq yaxshi bo’lishi darkor. Do’stlarimda ham ko’p kuzatganman, oddiy gripp bo’lsa ham onasi bor imkoniyatlarni ishga solib, kap-katta yigitlarni uyda olib o’tirib davolaydi, ko’chaga chiqsa qalim kiyintirib chiqaradi.

Shunda, agar siz o’zingiz hammasini baravariga nazorat qilaman desangiz, o’qish qolib pul topishga yoki sog’liqni tiklashga sof foydali vaqtingizni sarflab, orada dars qiladigan bo’lib qolarkansiz. Ayniqsa bu holat musofirlarda jiddiy seziladi.

Odatan sizni ishlaydi deb shunday masalalarda bezovta qilmasdan kamingizni qiladigan onangiz, ayolingiz yoki ba’zida do’stlaringiz bo’ladi. Hoziroq ularni qadrlang, rahmat ayting, sovg’alar bering. Har kuni haqlariga duoda bo’ling.
Agar ular sizni og’iringizni yengil qilmaganida bu darajaga chiqa olmasdingiz. Ishoning. Bu ne’mat hammada ham yo’q.

6 months ago

Hamma sani yaxshi yashashingni xohlaydi, Faqat o'zidan ko'ra yaxshiroq yashashingni xohlamaydi)

6 months ago

Pulni o'zingizdan ayamang. Ishlab topasizmi, yoki sizga berilgan pulmi farqi yo'q. Tejamkor bo'laman degan sari odam o'zi bilmasdan hadislarda aytilganidek, abdudinar(dinor quli, ya'ni pulning) aylanib qolarkan.

Ziqnalikning eng yomon tomoni, bu sizni exson qilishdan ham to'xtatib qoladi, hatto o'z extiyojlaringizdan ham qisishni boshlaysiz. Pulingiz bo'la turib sifatsiz yeb-ichasiz, sifatsiz kiyinasiz. Eng asosiy daromad esa, o'zingiz bilmagan holda tepadagi tejashni to'ldirish bilan o'tadi. Sifatsiz, arzon yegan odam qimmatga dori oladi. Arzon kiyinyapman degan odam har mavsumga 8 xil qilib kiyinadi vahokazo.

Manga bu xulq onam yoki otamdan o'tganmi bilmadim-u, lekin ko'proq mani tarbiya qilgan insonlar, amakim va u kishining ayollaridan va do'stlarimdan o'tkan bo'lsa kerak deb o'ylayman. Do'stlarim bilan ham bu masalada hamfikrmiz, gap agar pulga taqalsa, ular ham shu gapni aytadilar.

Amakimlarning biror kiyim olsam yoki bozorga borsam aytadigan gaplari: o'zingga mos o'lchamni ol, kattasini olib 3-4 yil kiyaman demagin, narsani eng qimmatini olgin, Alloh shunga qarab beradi deyishardi.

Narsa olsam ham umuman savdolashmayman, talashmayman. O'zimni ko'rsatib pasga urib yoki tortishib 3-4 so'm paslatishga harakat ham qilmayman.

Boshqalarni ham shunday bo'lishga chaqiraman. Ertaga afsuslanib yurmang deb aytib qo'ydim. Ayniqsa, Misrdagi toliblarni)

6 months ago

عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ ﷺ يَقُولُ: «كُلُّكُمْ رَاعٍ، وَكُلُّكُمْ مَسْئُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ، الإِمَامُ رَاعٍ، وَمَسْئُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ، وَالرَّجُلُ رَاعٍ فِيْ أَهْلِهِ، وَهُوَ مَسْئُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ، وَالْمَرْأَةُ رَاعِيَةٌ فِيْ بَيْتِ زَوْجِهَا، وَمَسْئُولَةٌ عَنْ رَعِيَّتِهَا، وَالْخَادِمُ رَاعٍ فِيْ مَالِ سَيِّدِهِ وَمَسْئُولٌ عَنْهُ»

Abdulloh ibnu Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi aytdilar, Rosululloh shunday deyotganlarini eshitdim:

«Har biringiz boshqaruvchisiz va qo'l ostingizdagilardan mas'uldirsiz. Imom boshqaruvchidir va boshqarayotganlaridan so'raladi. Er kishi oilasida boshdir va u oila a'zolari borasida so'raladi. Ayol kishi erining uyida vazifadordir va u ham vazifalaridan so'raladi. Hodim o'z xo'jayining molida tasarruf qiluvchidir va u o'z ishidan so'raluvchidir».

? Imom Buxoriy rivoyat qilganlar.

6 months, 1 week ago

Allohning sunnatlaridan biri shuki, biz nihoyatda qiyin deb hisoblaydigan narsalarning javobi oddiy gap yoki so'zlar bilan taskin topadi. Yuqorida bir oyat va bir hadis yuborgandim. Ulardan olinadigan foydalarni, xulosalarni ko'rib shu haqda yozib qoldirgim keldi.

Doim qandaydir necha yuz betlik kitob yoki qanchadir soatlik podkastlar ko'rib biz qidirayotgam baxt formulasi aslida Qur'onning bir oyatida yoki Rosulullohning (s.a.v) hadislarida allaqachon mujassam bo'lgan bo'ladi.

Faqat ilmsiz johilligimizdanmi, bularni yoki qidirmaymiz, yoki ko'rmaymiz, yoki pisand qilmaymiz, yoki amal qilmaymiz.

Alloh hammamizga tavfiq bersin.

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago