NECHPUL — pul haqidagi media

Description
Hayotingizga sehr va afsunlarsiz pul chaqiramiz!

RU: t.me/nechpuluz_ru
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 1 week ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 Woche, 1 Tag her
NECHPUL — pul haqidagi media
1 Woche, 1 Tag her
NECHPUL — pul haqidagi media
1 Woche, 5 Tage her

Aviachipta olishda qanday tejab qolish mumkin?

Bugun “Uzbekistan Airways” tug‘ilgan kuni munosabati bilan aviachiptalarga 30% chegirma e’lon qildi. Ijtimoiy tarmoqlar esa chiptalar, aksincha, qimmatlashib ketganini yozmoqda. To‘g‘risi, bizning bundan xabarimiz yo‘q, lekin chegirmasiz ham yilning istalgan oyida arzon chiptalarni topish mumkin.

1️⃣ Oldindan bron qiling. Uchish sanasi qancha yaqin bo‘lsa, narxlar ham shuncha baland bo‘ladi.

2️⃣ Ish kunlarida uching. Eng arzon reyslar odatda haftaning o‘rtasiga — seshanba, chorshanba va payshanba kunlariga to‘g‘ri keladi. Bu paytda chiptalarga talab pastroq bo‘ladi. Tong saharda yoki yarim kechada uchish ham ko‘pincha arzonroq tushadi.

3️⃣ Chiptalarni Chimkentdan qarang. U yerdan parvozlar Toshkentga qaraganda arzonroq bo‘ladi. Masalan, 21-fevral kuni Toshkentdan Pxuketga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchish bagajsiz 4,4 mln so‘mni, Chimkent orqali uchish esa bagaj bilan 1,4 mnl so‘mni tashkil qiladi.

4️⃣ Chiptalarni yashirincha izlang. Aviakompaniyalar saytlari sizni “tanib qolishi” va siz doim bir xil reysni monitoring qilgan taqdirda narxni oshirishi mumkin. Saytga brauzerning “inkognito” rejimida kiring yoki cookie fayllarini doim tozalab turing.

5️⃣ Turli sayt va agregatorlarda takliflarni solishtiring. Masalan, payme avia, Aviasales yoki Kettik’da. Ularning hammasida Uzcard yoki Humo bilan to‘lash mumkin.

6️⃣ Almashib uchiladigan reyslarni bron qiling. Bunday reyslar to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarga qaraganda ancha arzonroq bo‘ladi. Lekin parvozlar orasida ko‘proq vaqt bo‘lsin — mobodo birinchi reysingiz ushlanib qolsa, ikkinchisiga ulgura olasiz. Shuningdek, katta aeroportlarda terminalga yetib borishingiz uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi.

7️⃣ Sodiqlik dasturlarida ishtirok eting. Aviakompaniyalarning bonusli dasturlariga qo‘shiling va har bir parvozingiz uchun ballar oling. Bonuslar yordamida keyinchalik chiptani bepul yoki past narxda qo‘lga kiritishingiz mumkin bo‘ladi. Ko‘pincha kompaniyalar dastur ishtirokchilariga qo‘shimcha bonuslar ham beradi, misol uchun, Uzbekistan Airways tug‘ilgan kuningizda sizga 7 000 ballgacha sovg‘a qiladi.

Siz-chi, arzon chiptalar olishning qanday yo‘llarini bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring ⬇️

NECHPUL — pul haqidagi hamma narsa. Obuna boʻling 💵****

2 Monate, 3 Wochen her
2 Monate, 3 Wochen her

O‘zbekistonda kim ko‘proq maosh oladi?

Kecha biz 5,2 million so‘mlik o‘rtacha ish haqi nima sababdan haqiqatga biroz to‘g‘ri kelmasligini aniqlab oldik. Bugun esa Statistika agentligining yana aynan o‘sha hisobotiga muvofiq turli sohalar vakillari qancha daromad olinishini ko‘rib chiqamiz.

Eng yuqori maosh oladigan sohalar moliyaviy sektor va sug‘urta bo‘lib qolmoqda. Bu sohalarda o‘rtacha ish haqi 14,49 million so‘mni tashkil etadi — bu mamlakatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan deyarli uch barobar yuqori. Ikkinchi o‘rinda axborot sohasi bo‘lib, unda o‘rtacha oylik maosh 12,8 million so‘mni tashkil qiladi. Eng kam maosh oladigan sohalar esa tibbiyot va ta’lim hisoblanadi: sog‘liqni saqlash sohasida o‘rtacha ish haqi 3,3 million so‘m, ta’lim sohasida esa 3,48 million so‘mni tashkil etadi.

Mamlakatda eng ko‘p daromad olish uchun qayerda ishlash kerak?
Eng yuqori o‘rtacha ish haqi Toshkent shahridagi moliya sohasi xodimlarida — 17,9 million so‘m. O‘zbekistonda eng kam maosh esa Sirdaryo viloyatidagi mehmonxona va umumiy ovqatlanish sohasi xodimlariga to‘lanadi - oyiga atigi 1,5 million so‘m.

NECHPUL — pul haqidagi hamma narsa. Obuna boʻling ?****

3 Monate her

Avtomobil uchun xarajatlarni kamaytirishning 5 usuli

1️⃣ Tirbandlik vaqtida shaxsiy avtomobildan foydalanmaslikka harakat qiling. Tirbandlikda qolib benzin, vaqt va asablarni behuda sarflaysiz. Yandex Maps’da yo‘llarda nimalar sodir bo‘layotganini tekshiring yoki jamoat transportidan foydalaning.

2️⃣ Shinalardagi bosimni tekshiring va uni ishlab chiqaruvchi tavsiya qilgan darajada ushlab yuring.Agar g‘ildiraklar 1 bar kam bosimda bo‘lsa ham, yonilg‘i sarfi 1−2% ga oshadi, ammo ortiqcha bosimli g‘ildiraklar esa avtomobil boshqaruvini qiyinlashtiradi. Me’yorni saqlang, tavakkal qilmang va bir vaqtning o‘zida tejang.

3️⃣ Doimiy ravishda texnik xizmatdan o‘ting. Masalan, siz o‘t oldirish svechalari va filtrlarni o‘z vaqtida almashtirsangiz, dvigatel yaxshiroq ishlaydi va kamroq yoqilg‘i sarflaydi.

4️⃣ Keskin tezlashmang va to‘xtamang. Ehtiyotkorlik bilan haydash benzin sarfini 40% gacha kamaytirishga yordam beradi.

5️⃣ Qoidalarni buzmang. Jarima to‘lamaslik — bu oldini olish mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xarajat. Agar jarima olgan bo‘lsangiz, uni vaqtida to‘lang: dastlabki ikki hafta davomida 50% chegirma amal qiladi.

NECHPUL — pul haqidagi hamma narsa. Obuna boʻling ?****

3 Monate her

Benzin - barcha o‘zbekistonliklarning haqiqiy og‘rig‘i. Biz haydovchilardan kim qayerdan yoqilg‘i quyishi va bu uchun qancha xarajat qilishini bilib oldik.

Siz qaysi "zapravka"larni tavsiya qilasiz? Qaysilarini umuman tavsiya qilmaysiz? Izohlarda yozib qoldiring ?

NECHPUL — pul haqidagi hamma narsa. Obuna boʻling ?****

3 Monate her
NECHPUL — pul haqidagi media
3 Monate her
NECHPUL — pul haqidagi media
3 Monate, 1 Woche her

“Musor” uchun to‘lov qancha?

Toshkent va Toshkent viloyati, Samarqand, Andijon, Farg‘ona, Namangan va Buxoro viloyatlarida 2024-yilning 1-aprelidan boshlab qattiq maishiy chiqindilar uchun kishi boshiga oylik to‘lov 8400 so‘mni tashkil etadi. Odam boshi hisoblanganda, “propiska”dagilarning barchasi, jumladan, voyaga yetmagan bolalar ham hisobga kiritiladi.

Ushbu tarif ovqatdan, buyumlardan va uyni isitishdan hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilar uchun mo‘ljallangan. Bunga ovqat qoldiqlari, o‘ramlar, shisha, eski kiyim-kechak, qog‘oz, plastik, rezina, yog‘och, siniq buyumlar va pechdan qolgan kul kiradi. Ammo bu toifaga bobongizdan qolgan eski mebel yoki qurilish chiqindilari kirmaydi.

NECHPUL — pul haqidagi hamma narsa. Obuna boʻling ?****

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 1 week ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago