Farkhod.com

Description
Hi, I’m Farkhod Saydullaev, Product Manager at the UK fintech - Moneff. Previously a Product Designer.

Website: www.farkhod.com
Youtube: bit.ly/3opPKAt
FB: facebook.com/iamfarkhod
Insta: instagram.com/iamfarkhod/
LinkedIn: linkedin.com/in/iamfarkhod
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 Jahr, 4 Monate her

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 Wochen her

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 Jahr, 6 Monate her

3 weeks, 2 days ago

*🇺🇿 Uskuna sotganim haqida – marketing, xatolar va Gentra*

2021-yilda o‘rtog‘im bilan Xitoydan sement qoplagich uskuna olib kelib sotganmiz. Bir tomonda Farhod – raqamli mahsulot dizayneri, ikkinchi tomonda esa Xitoydan uskuna import qiluvchi tadbirkor.

Marketing strategiyam:
- 2 soatda WordPressda www.dozator.uz saytini qurdim.
- YouTubega videolar joylab, reklamalar tayyorladim.
Natijada – uskuna sotish zo‘r ketdi.

Taxminan 1-1,5 yilda yaxshi foyda ko‘rdik va men bu ish orqali Gentra sotib oldim. E'tiborli joyi, bu ishga haftasiga 2-3 soat vaqt sarflaganman.

Xatolar va saboqlar

- O‘zimizga raqobatchi yaratib qo‘ydik. Xitoydan Toshkentga yetkazib beruvchi kompaniya yopildi, ikkinchisiga o‘tdik. Keyin bilsak, u Toshkentda uskuna sotuvchi ekan. Biz ishlab chiqaruvchining kontaktini berib qo‘ydik… va u biz qancha sotayotganimizni bilib oldi. Oxir-oqibat, o‘zi to‘g‘ridan-to‘g‘ri import qilishni boshladi.

- Sotishni o‘rgandim. Mahsulotni sotishda ustuvor jihatlarni to‘g‘ri taqdim etish san’at ekan.

Foydalanuvchi bilan intervyu – eng katta qurol. Xaridorlar nimani istashini tushunish va aynan shu narsani sotish – eng katta yutuqlarimdan biri bo‘ldi.

Misol uchun:
- “Uskunani sotib olsangiz, uni ishga tushirib beramiz.” - mijozlarda uskunani ishga tushira olmasligi haqida qo'rquv bor edi, bu ishni o'zimizga oldik.

- “Mana sizga uskunani joylashtirish uchun 2-3 ta texnik reja.” - Uskuna sotib oladi, uni qanday joylash kerak, qayerda pul tejash mumkin tayyor g'oya ham berar edik.

Bu ishni davom ettirganimda, balki ko‘proq pul ishlagan bo‘lardim. Lekin raqamli mahsulotlar orasida yursam o‘zimni baxtli his qilaman.

P.s. Gentra qora emas :)

-------

*🇷🇺 Как я продавал оборудование – маркетинг, ошибки и Gentra*

В 2021 году мы с другом привезли из Китая оборудование для упаковки цемента и начали его продавать. С одной стороны – Фарход, цифровой продуктовый дизайнер, с другой – предприниматель, импортирующий технику из Китая.

Моя маркетинговая стратегия
– За 2 часа сделал сайт на WordPress – www.dozator.uz.
– Подготовил рекламу и выложил видео на YouTube.
– В итоге продажи пошли отлично.
За 1–1,5 года мы хорошо заработали и на выручку я купил себе Gentra(автомобиль). Стоит обратить внимание, что я тратил на это 2–3 часа времени.

Ошибки и выводы

– Создали себе конкурента. Первая логистическая компания, с которой мы работали, закрылась, пришлось перейти к другой. Оказалось, что она сама продает оборудование в Ташкенте. Мы передали контакт нашего производителя, и они узнали объемы наших продаж. В итоге начали возить товар напрямую.

– Умение правильно подать преимущества продукта – это искусство.

– Интервью с клиентами – лучший инструмент. Важно понимать, что именно нужно покупателю, и продавать это.
Например:
- Покупателю не просто продаёшь оборудование, а предлагаешь пусконаладочные работы.
- Предлагаешь готовую схему по размещению оборудования.

Если бы продолжил этим заниматься, возможно, заработал бы больше. Но в цифровых продуктах мне комфортнее.

-------

@farkhod_com

1 month, 1 week ago

🇺🇿 ’Content manager’ topildi. Statistika.

Loyiham uchun o‘tgan oy content menejer qidirgan edim.

Ozgina statistika:
- Jami 18 kishi ariza qoldirgan;
- Shulardan 10 kishiga 1 soatlik sinov vazifa berdim;
- 10 kishiga sinov ish bergan bo‘lsam, 4 kishi xatimni o‘qidi lekin javob bermadi va 2 kishi qilaman dedi-yu lekin hech bo‘lmasa qila olmaymiz deb ham yozishmadi;
- Sinov ishni 4 kishi qildi. Yigitlarga rahmat katta. Shu bahonada yangi tanishlar orttirdim.
- 1 kishi bilan ishni boshladik. U yigit sinov vazifani 120%ga qilib yubordi. Aytilmagan joylarini ham e’tibor bilan bajarilgan.

Hayotda ham shunday, boshqalardan ajralish uchun ishni 100% emas, 120% qilish kerak.

Kelishuvga qo‘shimcha sifatida zimmamga haftasiga 1 soat ustozlikni ham oldim. Vakansiyada aytilgan edi, ikki tomonlama manfaatli bo‘ladi deb.

Hammaga yana bir bor rahmat!

-------

🇷🇺 Контент-менеджер найден. Статистика.

В прошлом месяце я искал контент-менеджера для своего проекта.

Немного статистики:
- Всего подали заявку 18 человек.
- 10 из них я дал тестовое задание которое можно выполнить за 1 час.
- Из этих 10: 4 человека прочитали мое сообщение, но не ответили.
- 2 человека сказали, что сделают, но даже не сообщили, что не справились.
- Тестовое задание выполнили 4 человека. Спасибо им большое, благодаря этому я приобрел новых знакомых.

В итоге мы начали работать с одним кандидатом. Он выполнил тестовое на 120%, внимательно проработав даже то, что не было указано.

В жизни так же – чтобы выделяться, нужно делать не на 100%, а на 120%.

В качестве дополнительного условия я взял на себя обязательство проводить 1 час наставничества в неделю.

Еще раз всем спасибо!

@farkhod_com

1 month, 2 weeks ago

🇺🇿 Foydalanuvchi fikrini olish yangi usuli o‘zim uchun kashf qildim.

Ishdan tashqari vaqt qilayotgan loyihamda, ro‘yxatdan o‘tish imkoni yo‘q. Foydalanuvchi oddiygina formani to‘ldiradi, bizga xat keladi va o‘zimiz qo‘lda login va parol tayyorlaymiz. MVP bu, bundan hech uyalmayman.

Yaqinda Ozarbayjonlik UX Copywriter formani to‘ldirgan edi. Unga loyiham haqida fikrini olish uchun yangi bir usul qo‘lladim.

Men aytdim - mana senga 7 kun mahsulotimizga bepul to‘liq kirish huquqi, agar 30 kungacha cho‘zmoqchi bo‘lsang, menga mahsulotimiz haqida fikr ber dedim.

7 kundan keyin fikr va g‘oyalar bilan qaytib keldi!

Davom etaman bu usulni qo‘llashni.

-------

🇷🇺 Открыл для себя новый способ получения обратной связи.

В моем проекте, который я делаю после работы, пока нет возможности регистрации для всех желающих. Пользователь просто заполняет форму, мы получаем письмо и вручную генерируем логин и пароль. Это MVP, и мне за него не стыдно.

Недавно UX-копирайтер из Азербайджана оставила заявку. Мне было очень важно узнать мнение пользователя, поэтому я решил поэкспериментировать.

Я предложил: вот тебе 7 дней полного бесплатного доступа к сервису, а если хочешь продлить доступ до 30 дней — дай отзыв о нашем продукте.

Через 7 дней она вернулась с мыслями и идеями. Спасибо ей большое!

Буду продолжать использовать этот метод.

-------

@farkhod_com

2 months, 3 weeks ago
Chet-el bilan ishlaydigan frilanserlar bormi?

Chet-el bilan ishlaydigan frilanserlar bormi?

Assalomu alaykum!
Bilasiz Buyuk Britaniyani fintex kompaniyasida ishlayman.

Xayolimda, chet-el bilan ishlaydigan mahalliy frilanserlarni, pul o'zkamalarida pul tejashga yordam qila olamiz.

Agar hozirgi kunda, chet-ellik buyurtmachilar bilan ishlab kelayotgan dasturchi, dizayner va umuman axborot texnologiya sohasida bo‘lsangiz, keling 30 daqiqa online qo‘ng‘iroq qilaylik. Shu bahonada netvorking ham bo‘ladi.

Bu havola orqali kalendarimda 30 daqiqa vaqt bron qilish mumkin https://cal.com/farkhod/30min-networking-with-farkhod yoki sharh qoldiring, o'zim aloqaga chiqaman.

Chet-el bilan ishlaydigan tanishlaringiz bilan postni bo‘lishishni so‘rab qolaman.

Kuningiz xayrli o'tsin!

-------

@farkhod_com

3 months ago
**World Usability Day Toshkent**

World Usability Day Toshkent

Demak, rus-tilida 'Usability test' mavzusini yoritaman. Dokladim usability testni o'rganmoqchi bo'lganlar uchun foydali bo'ladi. Kanalimda qiziq joylarini, o'zbek tilida ham yuklayman.

? 7-dekabr (shanba),10:30–15:00
? C-Space Yunusabad (Ahmad Donish, 20A)

Tadbirga bot orqali ro‘yxatdan o‘ting https://t.me/itcomuzbot

P.s. Tadbir xaqida qo'shimcha ma'lumot kommentda.

-------

@farkhod_com

3 months ago
*****⚡️*** Content manager qidirilmoqda**

*⚡️ Content manager qidirilmoqda*

Kichik loyiha boshlaganmiz. Bizga ilovalarni ekranini yozib olib, ularni tartiblab, keyin platformaga yuklaydigan content manager kerak.

Nima qilish kerak:
Mobil ilova aytiladi va qayerlarini video qilib saqlash kerak vazifa beriladi. Shu vazifa asosida telefon ekranini yozib olib, yozib olingan videolarni ozroq qayta ishlab va uni yuklash kerak bo‘ladi.

Sharoit:
- Xohlagan joydan ishlasa bo‘ladi. Toshkentda bo‘lsangiz, vaqti vaqti bilan ko‘rishib turamiz.

Kimni qidiryapmiz:
- Mas’uliyatli kishi. O‘zi aytgan vaqtda ishni taqdim etsin;
- Kompyuterda ishlash ko‘nikmalari bo‘lishi kerak;
- Haftasiga 5 kun, 3-4 soatdan vaqt ajrata olishi kerak.

Nega men va sherigim bilan ishlash kerak:
- Loyihani 2 kishi qilyapmiz. Fintex, dizayn va marketing sohasida tajribamiz ancha bor. Kelajak ishlaringiz uchun, bizdan bilim va tajriba olishingiz mumkin;
- Hamkorlik ikki tarafga ham manfaatli bo‘lishi tarafdorimiz, sizga yangi bilim va ko‘nikma bersak, juda xursand bo‘lamiz;
- Biz bilan hamkorlik qilib, yangi instrumentlar va soft skillarni oshirishingizga ishonchim komil.

Oylik:
- Hozircha 1,5mln-2mln, tajribali inson uchun kam oylik tuyilishi mumkin, lekin biz junior va endi yo‘lini boshlagan yoshlarni qidiryapmiz.
- O‘zimiz qanday ishlash kerak, katta kompaniyalarda nimalarga e’tibor qiladi kabi ko‘nikmalarni o‘rgatamiz.

O‘tgan safar video montajer qidirgan edik, sizlarga rahmat. Ajoyib yigit topdik, hozirgacha hamkorlik qilyapmiz.

➡️ Kichik forma https://forms.gle/Krs7wJt5xuiDPVuU6

Do‘stingiz, yosh qarindoshingiz, ukangiz, jiyaningiz bilan bo'lishsangiz, kimgadir yordam qilgan bo‘lasiz.

Rahmat.

@farkhod_com

3 months, 1 week ago

Bugun, bir kishini telefonida qanaqa nom bilan saqlanganimni ko’rib qoldim...

Farhod IT

Nimaga unaqa desam, IT - informatsion texnologiya - dedi. 

Ha yaxshi deb qo’ydim. 

Dam olish kunlarini maroqli o’tkazing ☺️

@farkhod_com

3 months, 1 week ago
Farkhod.com
3 months, 1 week ago
Elektr avtomobillarni ichki saloniga e’tibor qilyapsizmi, …

Elektr avtomobillarni ichki saloniga e’tibor qilyapsizmi, interyerda jismoniy tugmalarni kamayib boryapti, qaysilarda umuman tugmachalar yoq. Barchasi faqat ekrandan boshqariladi.

Rosti bu masala meni boshidan qiynab keladi. Qanchalik xavfsiz bu?

Meni subyektiv fikrim - juda noqulay va xavfli.

Mashina haydayotgan vaqtingizda, oddiy isitish tizimini ishga tushirish uchun barcha nazaringizni yo‘lda emas, ekranga qaratish kerak bo‘ladi. Bu degani o‘zingizni va atrofdagilarni hayotini xavfga qoyasiz.

Bir tomondan o‘ylab qolaman, men qariyapman va zamonaviylik qabul qila olmayapmanmi deb..

Keyin ko'zim Hyundai avtomobil dizayneri gaplariga tushdi.
Tugmachalar bo‘lishi xavfsizlikni oshiradi deb yozibdi.
https://www.techradar.com/tech/evs-are-finally-embracing-physical-buttons-with-hyundai-being-the-latest-to-admit-to-a-touchscreen-backlash

Kuningiz xayrli o‘tsin va chiroyli UI bilan birga qulaylikni yodda tuting.

------

@farkhod_com

3 months, 2 weeks ago
Farkhod.com
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 Jahr, 4 Monate her

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 Wochen her

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 Jahr, 6 Monate her