Marjona Eshqulova

Description
@ijodkor_kundaligi
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 month, 1 week ago

O‘zimga

Sigara qutidek bo‘m-bo‘shman hozir,
Men sevgan yo‘sinda ranglanmadi ufq.
Uxlamay issiq non yopgan onamdek,
Avtolar boqadi,
ko‘zlari mushfiq.

Biroq, ko‘zgu menga kulib qaraydi,
Ko‘zlarim anglaydi: "yana yasama"
Takror tabiiylikka harakat qilmay,
Urinishlarimning bari besamar.

Bu yurak og‘riqqa chiday olmaydi,
Umidning bo‘g‘ziga sanchilar alam.
Ko‘zimga boqmagan kuningdan beri,
Chigal bo'lib ketdi kipriklarim ham.

Tongning kulgulari endi kerakmas,
Baxtning ulushidan yubordim kechib.
Tosh shahar so‘zimni tinglamasa ham,
Qorako‘z qizaloq, sen meni kechir.

(c) Marjona Eshqulova

@marjona_eshqulovaa

1 month, 3 weeks ago

🤩

Ko‘zimga boqmagan kuningdan beri,
Chigal bo‘lib ketdi kipriklarim ham...

(c) Marjona Eshqulova

@marjona_eshqulovaa

1 month, 3 weeks ago
16!***🪽***

16!🪽

Ulg'ayapman, endi daraxtlar,
Ko‘zlarida ulashmaydi baxt.
Ulg‘ayapman, endi qushlarning,
So'zlaridan bo‘lmayman karaxt.

Yoshlik meni tark etgan sari,
Yuragimda tug‘ilar og‘riq.
Sog‘inchlari bolalagandek,
Qaldirg'ochlar boqadi horg‘in.

(c) Marjona Eshqulova

@marjona_eshqulovaa

3 months, 1 week ago
3 months, 1 week ago

Assalomu alaykum!
21-noyabr kuni soat 15:00 da Yozuvchilar uyushmasida "MENING BIRINCHI KITOBIM" kitoblari TAQDIMOTI bo'lib o'tadi. barchani taklif etamiz.

4 months, 3 weeks ago

Yoding
yonim qamal etdi,
Bir ko'rishmoq istaram.
Vujud
sening tomon ketdi,
Senda bo‘lmoq istaram.

Ishqing
o‘zga xumor etmas,
Fosh bo‘lmog‘ing joiz erur.
Joning
o‘zga jon istasa,
Men unutmoq istaram...

(c) Marjona Eshqulova

5 months, 3 weeks ago

Bir safar Bukovski:”Sevishga nimadir top va u seni barbod qilishiga imkon ber”,-degan edi.

@Toshdaftar

5 months, 4 weeks ago

Albert Kamyuning
"Begona" va "Vabo" asarlarini o‘qimoqchiman.
Qaysidan boshlashni bilmayapman. O‘qiganlar bo‘lsa, maslahat berib yuboringlar...

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago