Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

Description
Nodavlat oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha eng ishonchli kanal

• Maʼlumotlar
• Muammolar
• Yechimlar
• Tahlillar
• Taklif va tavsiyalar.
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 3 Wochen her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate, 2 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her

3 weeks, 6 days ago
3 weeks, 6 days ago
1 month ago
1 month ago

"Qo'rqmanglar hammasi nazoratim ostida)))" — deyishayotganday tuyuldi

So'nggi kunlarda Respublika oliy taʼlim Kengashining nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga toʻlov-kontrakt shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarning 4 foizini oʻtkazish boʻyicha chiqarilgan bayonnomasi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalari yana jonlanib qolgan edi.

Vazirlik yana munosabat bildirdi:

*"Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining to‘lov-kontrakt shaklidagi o‘qitishdan tushadigan mablag‘laridan hech qanday majburiy foiz undirilmaydi.

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining to‘lov-kontrakt shaklidagi o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar bo‘yicha moliya yili oxiridagi qoldiq qismining 4 foizini Respublika oliy ta’lim kengashiga yo‘naltirish masalasi yana muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mazkur masalada nodavlat oliy ta’lim muassasalariga shartnoma tuzish tavsiyaviy xarakterga ega ekanini hamda shartnomani imzolash majburiy emasligini yana bir bor ma’lum qiladi.

Shu o‘rinda, vazirlik davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlashni o‘zining ustuvor vazifalardan biri deb bilishini, eslatib o‘tamiz."* — deyiladi vazirlik bayonotida.

Oxirgi paytlarda ommalashgan "Qo'rqmanglar hammasi nazoratim ostida" — degan gap esimizga tushib ketdi?.

Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

1 month, 1 week ago

Magistraturaga kirishda sertifikat talab qilinmaydi

Nogironligi boʻlgan shaxslarga magistraturaga kirishda imtiyoz mavjud bo'lib, davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga oʻqishga qabul qilishda koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslar tomonidan xorijiy tilni bilish boʻyicha milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatni taqdim etish talab etilmaydi.

Eslatma: Bu barcha toifadagi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun emas. Aynan shu qoidaga koʻra imtiyoz koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslarga taqdim etiladi.

Asos: 20.10.2022-yildagi PQ-407-son qarori

Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

1 month, 1 week ago
4 months, 1 week ago
4 months, 2 weeks ago

⚡️Imtiyozli ta’lim krediti ajratayotgan banklar

Ayni paytda quyidagi banklar talabalarga imtiyozli ta’lim kreditini ajratmoqda:

MKBank - 1285
BRB bank - 1254
SQB bank - 1180
Agrobank - 1216
Xalq banki - 1106
Milliy bank - 1344
Hamkorbank - 1256

? Eslatma: Taʼlim kredit olish uchun talim-krediti.mf.uz portaliga OneID orqali kirib va ariza yuboriladi.

? Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

4 months, 4 weeks ago

⚡️Nima sababdan magistratura bosqichida o‘qishni ko‘chirish mumkin emas?

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 232-bandiga muvofiq xorijiy oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmasligi belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq magistratura talabalariga birinchi o‘quv yilining birinchi ikki oyida magistrlik dissertatsiyalari mavzulari va ularga biriktirilgan ilmiy rahbarlar tasdiqlanadi.

Magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash jarayoni birinchi kursning birinchi semestridan boshlanadi. Magistratura talabalari o‘qishining ko‘chirilishi natijasida ularning qolgan muddatda magistrlik dissertatsiyalarini yangidan belgilangan talablar darajasida tayyorlash imkoni mavjud emas. Yuqoridagilarga ko‘ra, magistratura bosqichida talabalar o‘qishini ko‘chirish maqsadga muvofiq emas deb hisoblanadi.

? Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

6 months, 3 weeks ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 Monat, 3 Wochen her

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 Monate, 2 Wochen her

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 Jahr, 7 Monate her