hujayra.uz

Description
Bu kanalda biologiyaning turli sohalariga oid xabarlar, kashfiyotlar, faktlar hamda umuman ilm-fan haqida yozib boriladi.

Kanal Dr. Baxtiyor Sheraliyev tomonidan yuritiladi.
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 4 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

1 week, 3 days ago
hujayra.uz
1 week, 3 days ago
hujayra.uz
1 week, 3 days ago
hujayra.uz
3 months, 2 weeks ago

Paleontologiya yo'nalishidagi yangiliklardan bir shingil

Paleontologiya sohasiga ham juda qiziqaman. Shu bois imkon qadar ushbu sohadagi yangiliklarni ham kuzatib borishga harakat qilaman. So'nggi oyda paleontologiya bo'yicha amalga oshirilayotgan ilmiy yangiliklar bilan sizlarni ham qisqacha tanishtirib o'tmoqchiman.

? Janubiy Xitoy hududidan bundan 70 mln yil avval Kech Bo'r epoxasida yashagan o'simlikxo'r dinozavrning yangi turi qayd etildi. Unga Qianjiangsaurus changshengi deb nom berildi.

? Xuddi shunga o'xshash kashfiyot Ispaniyada amalga oshirildi. Bo'r davrida bundan 75 mln yil avval yashagan titanozavrlarning yangi turi aniqlandi. Unga tadqiqotchilar Qunkasaura pintiquiniestra deb nom berishgan.

? Yaponiyadan Erta Bo'r epoxasida (113-100 mln yil avval) yashagan kichik dinozavrlarga oid bo'lgan yangi turning toshga aylangan suyak qoldiqlari aniqlandi. Unga Sasayamagnomus saegusai deb nom berishdi, uning uzunligi 80 sm, og'irligi 10 kg gacha bo'lgani qayd etilgan.

? Mexikodan ham Kech Bo'r epoxasiga oid bo'lgan yangi o'rdaktumshuq dinozavr turi qayd etildi. Aniqlanishicha u 72,5 mln yil avval yashagan. Unga Coahuilasaurus lipani deb nom berilgan.

? Dinozavrlarga oid yana bir qiziq kashfiyot avstraliyalik paleontologlar tomonidan amalga oshirildi. Unga ko'ra, Avstraliyaning Melburn shahrida joylashgan Wonthaggi formatsiyasidan terapod va ornitopod dinozavrlarning oyoq izlari qayd etilgan. 120 mln yil avval Erta Bo'r epoxasida Avstraliya qit'asi Antarktida bilan yonma-yon joylashgan bo'lgan. Qayd etilgan yangilik dinozavrlarning janubiy qutbgacha bo'lgan hududda tarqalganligini ko'rsatuvchi yana bir yangilik hisoblanadi.

? Iordaniyadan topilgan yangi pterozavr topilmalari esa ushbu dinozavrlarning havoda uchish imkoniyatidan tashqari ularning uchish mexanizm va xillarida ham farqlanish mavjudligini ko'rsatdi.

? Xitoylik paleontologlar ham ajoyib yangilikni amalga oshirishdi. Ular 120 mln yil avval yashagan dastlabki tishli qush Longipteryx chaoyangensis ning ikki namunasini qayd etishgan. Uning oshqozonida ochiq urug'li va ginkgo o'simliklarining toshga aylangan urug' qoldiqlari kuzatilgan. Shu vaqtgacha tishli qushlar baliqlar bilan oziqlangan deb qaralar edi. Yangi tadqiqot natijalari esa bu qarashni o'zgartirib yubordi.

? Avstraliyalik paleontologlar Yuqori Oligosen epoxasida yashagan va bugungi kunda qirilib ketgan xaltali bo'rilarning uchta yangi turini aniqlashga muvaffaq bo'lishdi. Ushbu kashfiyot xaltali bo'rilar evolyutsiyasi va xilma-xilligi olimlar taxmin qilganidan qadimiyroq ekanligini ko'rsatdi.

@hujayrauz

3 months, 2 weeks ago

Oliy ta'lim va unday keyingi ta'limdagi darajalar quyidagicha nomlanadi:

? bakalavr va magistr - bu akademik daraja;
? PhD (falsafa doktori) va DSc (fan doktori) - bu ilmiy daraja;
? dotsent, professor va akademik esa ilmiy unvonlar hisoblanadi.

Bakalavrda yo‘nalish, magistraturada mutaxassislik va doktoranturada esa ixtisoslik o‘qiladi.

@hujayrauz

3 months, 3 weeks ago

Kecha odam, delfin, fil va marmoset maymunini o'zaro birlashtiruvchi jihat haqida savol post qo'ygan edim. Biologlar tomonidan ularni birlashtirib turuvchi jihatlar haqida bir-biridan ajoyib javob variantlari berildi. Ular orasida albatta to'g'ri javoblar ham yo'q emas edi.

Tadqiqotchilarning aniqlashicha, sutemizuvchilar orasida ushbu hayvonlar o'zaro bir-birini ma'lum tovushlar, ya'ni ismlar orqali chaqirishi ma'lum bo'lgan. Hozircha bir-birini ismlar bilan chaqiradigan boshqa sutemizuvchilar qayd etilmagan. Demak javob bu sutemizuvchilarni o'zaro bir-birini ma'lum tovushlar, ya'ni ismlar orqali chaqirish birlashtirib turadi.

@hujayrauz

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 4 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago