Why Pay for Entertainment? Access Thousands of Free Downloads Now!

Jiemurat Mambetkarimov | PDP University

Description
Advertising
We recommend to visit

https://www.facebook.com/tsukimi22/

🏪 Хоразмдаги енг СИФАТЛИ иш бериш каналига ҳуш келибсиз.

👨‍💻Еълон бериш: @Ish_Admin_AS

📞 Админ билан алока:
+998(91)916-55-66

💰Еълон нархлари:
https://t.me/rekuz_info/19

📥 Barcha ish kanallarimiz:
https://t.me/Kanalrekuz/6

Last updated 5 days, 15 hours ago

kwedufiles.com/6

Last updated 1 month, 1 week ago

1 month, 1 week ago

1️⃣ Tanishing, “HR department of PDP Ecosystem”!

🎗️HR departament - professional va qadriyatli xodimlarni PDP Ecosystem’da jamlovchi mas’uliyatli jamoa!

🏆 Departamentimiz PDP University, PDP School, PDP Academy va PDP Junior loyihalariga oʻz sohasining professional xodimlarini jalb qilishadi va jamoaviy hamjihatlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

😎 @pdpuniversity

1 month, 1 week ago
***🌫*** Stanford universitetining psixologi Kelly McGonigal …

🌫 Stanford universitetining psixologi Kelly McGonigal "The Willpower Instinct" nomli kitobida inson xatti-harakatlarining ikki asosiy tamoyilga asoslanishini aytadi.

Birinchi tamoyil instinktlarga asoslanadi, yaʼni "shu yerda va hozir" tamoyili, bu esa odatda oqibatlarni hisobga olmasdan, shoshilinch va ko‘pincha noto‘g‘ri qarorlarni qabul qilishga olib keladi. Masalan, televizor, YouTube yoki ijtimoiy tarmoqlarni ko‘rish, mazali ammo zararli ovqatlanish va hokazo.

Ikkinchi tamoyil o‘z-o‘zini nazorat qilish yoki irodani anglatadi, bu "to‘xta va rejalashtir" tamoyili. Bunda inson ko‘proq ratsional harakat qiladi. Bu bizni istamasak ham, ko‘proq manfaatli amallarni bajarishga undaydi.

Irodani kuchaytirish uchun sport bilan shug‘ullanish, yetarlicha uxlash, foydali ovqatlanish, yaxshi kitoblar o‘qish, ruhiyat ustida ishlash, ko‘proq yaxshi narsalar haqida o‘ylash va pozitiv insonlar bilan suhbatlashish tavsiya etiladi.

Irodani susaytiruvchi baʼzi noto‘g‘ri harakatlar mavjud:

🎖 Men o‘zimni yaxshi tutdim va mukofotga loyiqman. Masalan, vazn yo‘qotishni xohlaydigan odam jismoniy mashg‘ulotdan keyin o‘ziga ozgina shirinlik yeyishni ravo ko‘rsa, bu foydadan ko‘ra zarar keltirishi aniq. Chunki asl maqsad sport zaliga borish emas, balki vazn yo‘qotishdir.

🌫 Zalga borishni dushanbadan boshlayman. Bunga misol qilib, sport zaliga borishni rejalashtirgan, lekin hali boshlamagan odam bugun shirinlik yeyishini aytsak bo‘ladi.

Shuning uchun, har bir harakatni boshqa o‘tgan yoki rejalashtirilgan harakatlar bilan oqlamasdan, oqibatini anglagan holda amalga oshirish lozim.

1 month, 3 weeks ago

*🌟 Jamiyatning ishonchi - bu liderlarning eng katta boyligi*!

So'nggi bir oy ichida PDP EcoSystem tarkibiga kiruvchi navbatdagi loyiha ustida ishlayapmiz. Ushbu loyiha ekotizim tarkibidagi barcha loyihalarni (PDP University, PDP Academy, PDP School, PDP Junior) yangi bosqichga olib chiqishiga ishonchimiz bor.

🤝Loyiha ustida ishlash davomida bir haqiqatga yanada qat'iy amin bo'ldim. Jamiyat hayotiga katta ta'sir ko'rsatadigan g'oyalar ro'yobga chiqishi uchun, jamoatchilikning yuqori ishonchi va qo'llab-quvvatlashisiz amalga oshirishning aslo iloji yo'q. Navbatdagi loyihamiz ham Sizlarning ishonchingiz va qo'llab-quvvatlashingiz bilan amalga oshadi, in shaa Alloh.

🔜 Yaqin oylarda, PDP EcoSystem tarkibiga kiruvchi navbatdagi loyihani taqdim etamiz...

PDP EcoSystem - Ezgulik yo'lida zamonaviy ta'lim, yetakchi mutaxassislar va farovon hayot!
**Sizningcha, navbatdagi loyihamiz nima bo'lishi mumkin?

Blogim: @OdilbekMirzayev

3 months, 3 weeks ago
4 months, 1 week ago

#congratulations

👍 PDP Universitetining 1-kursni tamomlagan talabalari foundation diplomlari bilan taqdirlanishdi.

🎉 Talabalarimizni muvaffaqiyatlarining boshlanishi bilan tabriklaymiz. Qolgan oʻquv yillarini ham a’lo baholarga tamomlab, kelgusidagi faoliyatlari davomida zafarlarga erishishlarini tilab qolamiz.

👍 PDP University - raqamli ta’lim raqamli kelajak uchun!

😎 @pdpuniversity

5 months ago
5 months, 2 weeks ago
***⚡️***Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari …

⚡️Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi va PDP Universiteti hamkorligida “Moliyaviy erkinlik sari: Frilanserlik va Elektron tijorat – bu kelajak kasbi forumi” tashkil etilmoqda.

👫 Ushbu forumdan asosiy maqsad – moliyaviy mustaqillikka erishishda yordam berish, elektron tijorat orqali yangi marralar va tadbirkorlik imkoniyatlarini kashf qilish, frilansing orqali pul ishlashning qo‘shimcha usullarini o‘rgatishdir.

Forum 28-noyabr Seshanba kuni, Toshkent shahri, PDP Universiteti zalida soat 10:00 da boshlanadi.

💁‍♀️ Ushbu forumda mutlaqo bepul qatnashish imkoniyati mavjud.
🏃 Imkoniyatni qo'ldan boy bermang, joylar cheklangan!

🔗 RO‘YXATDAN O‘TISH 📍 Manzil: Toshkent shahar, Sergeli tumani, Yangi sergeli ko'chasi, 12-uy

7 months, 1 week ago

🎚️ TANISHTIRUV HAFTASI BOSHLANDIBugun PDP University'da orientation week'ning ilk kuni bo'lib o'tdi.

Shuningdek, talabalarga o'z Start-up loyihalarini boshlash, tashkillashtirish kabi vazifalar berildi. Hafta oxirida ushbu loyihalar ichida eng yaxshisi tanlab olinadi va g'oliblar taqdirlanadi.

Universitet atmosferasi va ta'lim sifatining ilk guvohlarini kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tib, talaba bo'lganliklari bilan tabriklaymiz!

↔️ Iliq taassurotlaringizni izohlarda yozib qoldirish yodingizdan chiqmasin.

📞 | 78 777 77 47Telegram | Instagram | YouTube

7 months, 1 week ago
**Hurmatli va aziz ustozlar!**Bugungi bayram sizlarni …

Hurmatli va aziz ustozlar!Bugungi bayram sizlarni nafaqat tabriklash imkoniyati, balki ko'proq sizlarning yosh avlodni tarbiyalash orqali insoniyat kelajagini qurish kabi buyuk missiyangizni e'tirof etish va sizlarga bo'lgan hurmatimizni bildirish imkoniyatidir.

Ustoz va murabbiylik - bu san'at. Inson ongini va xarakterini shakllantirish san'ati, bilim olish va izlanishlarga o'rgatish san'ati. Siz beradigan boylik, shogirtlaringiz ongida va ko'nglida mangu qoladi, uni hech kim tortib ola olmaydi.

Ustozlik qilish oson ish emas albatta. Katta sabr, sadoqat va tinimsiz izlanish talab qiladi. Kundalik turmush tashvishlari bilan sizning qilayotgan mehnatingizning asl mohiyati sezilmay qolishi, ko'pchiligimiz uni oddiy majburiyatday qabul qilishimiz mumkin.

Lekin bilamizki, siz bunga qaramasdan jamiyatimiz kelajagini qurishda davom etasiz va sizning har bir harakatingiz, har bir darsingiz, har bir maslahatingiz muhim.

Bugun sizga chin ko'ngildan minnatdorchilik bildiramiz. Har bir kuningiz bugungiday hurmat-izzatga, iliq so'zlarga boy bo'lsin!

Qadrli ustozlar, bayramingiz muborak bo'lsin! Sizlarga mustahkam sog'lik, tugamas kuch-g'ayrat va ilhom, oilangizga baxt-saodat, ishlaringizga muvaffaqiyat tilaymiz!

We recommend to visit

https://www.facebook.com/tsukimi22/

🏪 Хоразмдаги енг СИФАТЛИ иш бериш каналига ҳуш келибсиз.

👨‍💻Еълон бериш: @Ish_Admin_AS

📞 Админ билан алока:
+998(91)916-55-66

💰Еълон нархлари:
https://t.me/rekuz_info/19

📥 Barcha ish kanallarimiz:
https://t.me/Kanalrekuz/6

Last updated 5 days, 15 hours ago

kwedufiles.com/6

Last updated 1 month, 1 week ago