ILM OLISH SIRLARI

Description
Buyuk Ulamolarning Manfaatli ilm olish sirlari va ibratli umr sahifalari bilan tanishib borasiz.📜📜

Bir soat ilm oʻrganish bir kechalik ibodatdan yaxshidir.

Hadisi sharifdan 📓📜

Aloqa uchun: @manfaatlilm_bot
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

hace 2 semanas, 2 días

Biz allomalarimizning asarlarini o‘rganishdan ko‘ra, tavallud ayyomlarini nishonlashga ustamiz.

hace 2 semanas, 2 días

*ilm Allohning mulki va ulug’ ne’mati bo’lib, o’zi saralab olgan bandalariga in’om qiladi.
Janob payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning muborak hadislari ma’nosiga ko’ra, tolibga uch turli kishilarning duolari bilan ilm hosil bo’ladi: ustozi, ota-onasi va o’zining kechalari shikastalik bilan qilgan ibodatlari, duolari natijasida unga ilm hosil bo’ladi.

📓 Imom Zarnujiy "Ilm olish sirlari" asaridan*@manfaatlilm

hace 2 semanas, 3 días

*Yaxshi odam bo‘lish uchun ibodat qilishning o‘zi kifoya emas, balki yaxshi qalbli, yomonlarni yomon ko‘ruvchi bo‘lish kerak.

📝 Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhu*@manfaatlilm

hace 3 meses

Keling jamiyatimizni uch qatlamga ajratamiz.
Oliy, o‘rta va quyi qatlamlar.

Oliy qatlam bu jamiyatimizning oz qismi bo‘lib o‘z kasbining piramidachilari, yirik tadbirkorlar, millionerlar va shu kabi shaxslar kiradi. Bu qatlamga jamiyatimizning juda oz qismi kiradi.

O‘rta qatlamga esa o‘z ishining ustalari, kichik tadbirkorlar, kichik bir yo‘nalishdagi mutaxassislari va shu kabi shaxslar kiradi. Bu qatlamga jamiyatimizning 30/40 % kiradi.

Quyi qatlamga esa oylikka kun ko‘radiganlar, qora ishchilar, yollanma ishchilar va shu kabi shaxslar kiradi. Bu qatlamga esa jamiyatimizning yarmidan ko‘p qismi kiradi.

Nima uchun bu statistikani sizlarga oshiqlantirdik. Sabab shundaki hozirgi kunda biroz harakat qilgan inson quyi qatlamdan o‘rta qatlamga bemalol o‘tadigan jamiyatda yashayapmiz. Buning uchun sizga biroz qunt va harakatning o‘zi kifoya.

@AbduraximovEldorbek

hace 3 meses, 2 semanas

*Haromdan topilgan bir dirhamni tark etish yuz ming dirhamni sadaqa qilishdan afzaldir.

? Abdulloh ibn Muborak*@manfaatlilm

hace 3 meses, 3 semanas

Nima uchun kitob o‘qishlik kerak?

Kitob o‘qishning bir qancha muhim sabablari bor:

  1. Bilim olish: Kitoblar yangi bilimlarni o‘zlashtirishning eng yaxshi manbalaridan biridir. Har bir kitobda o‘ziga xos ma'lumot, muallifning tajribasi va qarashlari aks etadi. Turli sohalar bo‘yicha kitob o‘qish orqali inson hayotga yanada chuqurroq nazar tashlaydi.

  2. O‘ylash va tahlil qilish qobiliyatini oshirish: Kitob o‘qish fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini kuchaytiradi. Qahramonlar, voqealar va ularning sabablarini tahlil qilish orqali inson o‘z hayotiga ham tahliliy yondashishni o‘rganadi.

  3. Stressni kamaytirish: Yaxshi kitob o‘qish odamni real hayotdagi tashvishlardan chalg‘itib, tinchlantiradi. O‘qish orqali o‘zini boshqa dunyolarga olib kirish, yangi hissiyotlarni his qilish orqali inson ruhiy tinchlikka erishadi.

  4. Tasavvur va ijodiy fikrlashni rivojlantirish: Kitoblar o‘quvchiga yangi tasavvur dunyolarini ochadi. Ayniqsa, badiiy adabiyot va ilmiy fantastika kitoblari o‘qish ijodiy fikrlashni kuchaytiradi va insonni yangicha g‘oyalar yaratishga ilhomlantiradi.

  5. So‘z boyligini oshirish: Ko‘p kitob o‘qigan odamning lug‘at boyligi keng bo‘ladi. Bu esa insonning fikrlarni aniq va ravon ifodalashiga yordam beradi.

  6. Xotira va diqqatni yaxshilash: Kitob o‘qish xotirani mustahkamlaydi, chunki unda ko‘plab ma'lumotlarni eslab qolish talab etiladi. O‘qish jarayonida diqqatni jamlash ham muhim, bu esa kunlik hayotda ham foydali bo‘ladi.

Kitob o‘qish, umuman olganda, insonning shaxsiy rivoji, fikrlash doirasini kengaytirishi va madaniyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Agar siz ham yuqoridagi xususiyatlarga ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz kitob o‘qishni tezroq boshlang. ?

@AbduraximovEldorbek

hace 6 meses, 1 semana

Atrofdagi hamma narsa siz o‘ylaganiz kabi emas.

Oq qora, qora oq bo‘lishi mumkin.

Eng muhimi haqiqatni tan olishlikdir.

@AbduraximovEldorbek

hace 6 meses, 1 semana

''Xaqiqat tantanasi uchun hech qanday harakat qilmaslik bilan botil tomonga jon kuydirib xizmat qilishning orasida farq yo‘q''

© Najmiddin Erbakan

@AbduraximovEldorbek

hace 6 meses, 2 semanas
ILM OLISH SIRLARI
hace 8 meses, 3 semanas

*Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar To‘rt narsa imonni falokatga sudraydi:

1.Bilganiga amal qilmasdan, bilmaganiga amal qilish.

2.Bilganini o‘rgatmaslik.

3.Bilmaganini orlanib so‘ramaslik.

4.O’rganganga to‘siq bo‘lib, o‘rganmoqqa qo‘ymaslik.

?Imom Gʻazzoliy "ey farzand" kitobidan.*@manfaatlilm

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago