HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

Description
✍SHOIR? "Qodir Qaxxor" ning Telegramdagi rasmiy saxifasi.?

Mualliflik huquqiga rioya qiling❗

✅Taklif va sher buyurtmalar uchun❗

ʍʊʀօʝǟaT: @QodirQaxxor

https://www.instagram.com/qodirqaxxor

Inistagramda?
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 2 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 2 months ago

1 week, 6 days ago

**Oddiygina baxt beraman Xo’p desangiz!

?Bugun joylaymizmi yangi sher☺️**

2 weeks, 6 days ago

Dadamga…!

Har qadamda omadim kelar,
Bolam, deya qilsalar duo.
Ular meni ishongan tog’im,
Dadamga dard bermagin, Xudo.

Bizni deya tinmagani rost,
To’yib, yayrab kulmagani rost,
O’tinaman sendan, iltimos,
Dadamga dard bermagin, Xudo.

To’ylar qilay yayrasin, kulsin,
Davrim keldi, rohatim ko’rsin,
Yuz yoshda ham yonimda bo’lsin,
Dadamga dard bermagin, Xudo.

Yo’qchilikda yurgan onlarim,
Sotganda ham do’st-u yorlarim,
Qo’yvormagan sira qo’llarim,
Dadamga dard bermagin, Xudo.

Nolimayman hamma narsam bor,
Lek dadamsiz gadoman, gado.
Bor boyligim olgin-u ammo
Dadamga dard bermagin, Xudo.

00:00.15.09.2024

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

4 weeks, 1 day ago

Vaqtida…!

Onam topgan qizlar sira yoqmaydi,
Bilmam, endi qachon ko’nglim to’larkan?
Senga o’xshagani uchragani yo’q,
Vaqtida qadringga yetsam bo’larkan.

Ikki qilmas eding aslo bir so’zim,
Sog’inyapman endi seni, gulyuzim,
Alamlar qiynaydi aybdorman o’zim,
Vaqtida qadringga yetsam bo’larkan.

Diling vayron qildim ketaver dedim,
Boraqol baxtingga yetaver dedim,
Seni sevganimni, afsus, kech bildim,
Vaqtida qadringga yetsam bo’larkan.

O’yin bildim sevgi degan tuyg’uni,
Essiz, qo’ling mahkam tutsam bo’larkan.
Sherik qilib oldim oxir qayg’uni,
Vaqtida qadringga yetsam bo’larkan.

Ayrilmaylik deya yig’laganing rost,
Baxtim sen ekansan, bilmadim xolos,
Essiz chiroyligim, ko’zlari charos,
Vaqtida qadringga yetsam bo’larkan.

02:00.06.09.2024

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

3 months, 1 week ago

DO’STLARIM

Qizlarni ko’nglini olib yursa bas,
Oqibatni chetga surgan do’stlarim.
Avvalgidek endi ular oddiymas,
Pul topib o’zgarib ketgan do’stlarim.

Davri kelib mag’rur yurar osmonda,
Omadni qo’lidan tutgan do’stlarim.
Kibrga berilib mensimay qo’ygan,
Pul topib o’zgarib ketgan do’stlarim.

Hech vaqosiz qolay, yo’qlamang mayli,
To’ldirmang mayliga kam-u ko’stlarim.
Shunchaki, yig’ilib turaylik deyman,
Pul topib o’zgarib ketgan do’stlarim.

Qarz so’rab siz tomon bormayman, qo’rqmang,
Xudo berib qolar yurib ishlarim.
Chin do’stning qadrini bilarsiz bir kun,
Pul topib o’zgarib ketgan do’stlarim.

Hammaning davri bor, hammaning payti,
Og’irlik qilmasin Qodirning bayti,
Bir umr boy bo’lib yashasin, mayli,
Pul topib o’zgarib ketgan do’stlarim.

01:04.27.06.2024

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

3 months, 1 week ago

?Yana bir premyera *?
✍️*Qodir Qaxxor - Kechirmayman

?Zarifjon Safarov ijrosida?**
https://youtu.be/MugmLZJnoqQ?si=kp-qJzMFMbFWVCJI

YouTube

Zarifjon Safarov - Kechirmayman | Зарифжон Сафаров - Кечирмайман

RizaNova ilovasini yuklab oling @ https://rizanova.uz/apps Obuna bo'ling @ https://www.youtube.com/RizaNovaUZ​​​ RizaNova @ Instagram https://instagram.com/RizaNovaUZ​​​

3 months, 1 week ago

SINGLIM

Ko’cha-ko'yda iboli bo’lib,
Hammamizni o’ylab yur, singlim.
O’z vaqtida nomozing o’qib,
Ro'molingni o’rab yur, singlim.

Orzu-havas o’tkinchi, bilgin,
Sevmagin lek sevilib yurgin,
Kam bo’lmaysan, aytganim qilgin,
Ro'molingni o’rab yur, singlim.

Duo olib doim otamdan,
Baxtimga sen yayrab yur, singlim.
O’rnak olib faqat onamdan,
Ro'molingni o’rab yur, singlim.

Singlim bor deb yayrab yuraman,
Seni juda yaxshi ko’raman,
Nima desang, olib beraman,
Ro'molingni o’rab yur, singlim.

Qancha orzu qilsang yetasan,
Iymonli qiz bo’lib yur, singlim.
Ishon juda baxtli bo’lasan,
Ro'molingni o’rab yur, singlim.

02:04.26.06.2024

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

3 months, 1 week ago

?Premyera boshlandi kirib ko’rib layk bosib o’z fikirlaringni qoldirasila degan umiddaman ??? https://youtu.be/6LieQlrXiwU?si=zi0SE_0dDU9-qi-0

3 months, 1 week ago

?Premyera boshlandi kirib ko’rib layk bosib o’z fikirlaringni qoldirasila degan umiddaman ?*?*?**

https://youtu.be/6LieQlrXiwU?si=zi0SE_0dDU9-qi-0

YouTube

Muslimbek Omonov - Bevafolar kerakmas (Official Music Video)

▸Subscribe: https://www.youtube.com/nevotv?sub\_confirmation=1 • Credits: Clipmaker: Abbosxon Ravshanov Music: Xasan Inomov Lyrics: Qodirjon Qaxxorov Arranger: Muhammadaziz Tursunbayev ***▪️*** Follow Muslimbek Omonov https:/…

3 months, 2 weeks ago

✍️**Qodir Qaxxor - Otamga sher yozmabman

?Javohir Nematov ijrosida?**

https://youtu.be/zkWwGhUwxV8?si=tf7eJn6SYDWGmpCQ

YouTube

Javohir Nematov otamga she’r yozmapman Жавохир Нематов (Video klip) 955451096

Javohir Nematov otamga she’r yozmapman 955451096 979001096 admin Instagram: Javohir Nematov YouTube: Javohir Nematov TikTok: Javohirsinger1

3 months, 2 weeks ago

Jaji singlimizdan chiroyli tarona?

?Ezoza - Yashiyam onam bor

✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
*?Hayotiy sherlar kanali?***
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 2 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 2 months ago