?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 3 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 months ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 5 months ago
Menga ovozingni ko'tarma bolam 2
*Oldingda zarra qadrim bo'lsa agar,
Eshit! Bittagina bor senga nolam.
Ba'zida bilmasdan xato qilsam gar,
Menga ovozingni ko'tarma bolam.
Keksaydim madorim ketdi-da biroz,
Suyansam.. ko'ksimdan itarma bolam.
Yolvorib so'rayman sendan iltimos,
Menga ovozingni ko'tarma bolam.
Mehr ber, erkala lek qilma qahr,
Jon bolam bunchalar bo'lma tosh bag'ir.
Nima bo'lgandayam onangman axir,
Menga ovozingni ko'tarma bolam.
Vaqt to'htab turmaydi bu umr o'tar,
Har bitta insonni keksalik kutar.
Ko'tarsang kel bolam boshingda ko'tar,
Lekin ovozingni ko'tarma bolam.
MENGA OVOZINGNI KO'TARMA BOLAM!*
*©Kamola Nosirova@SherlarUz*✍**
Dadangga o'xshaysan qizim...🥰
*Ko'zmunchoq ko'zlaring dadangni ko'zi,
Har aytar so'zlaring dadangni so'zi.
Xatto qiliqlaring dadangni o'zi,
Bunchalar dadangga o'xshaysan qizim.
Bag'rimni to'ldirgan kichkina bag'ir,
Baxtliman yuzingga tekkanda yuzim.
Seni dadang emas, men to'g'dim axir,
Bunchalar dadangga o'xshaysan qizim.
Shirin kulgularing dardimga malham,
Bag'rimda porlagan yorug' yulduzim.
Bilmayman, nimaga, hayronman rostan,
Bunchalar dadangga o'xshaysan qizim.*
*©Kamola Nosirova@SherlarUz*✍**
Begim siz yaqinda "Ota" bo'lasiz...
*Bugun sizga aytay bitta yangilik,
Eshitib bir olam baxtga to'lasiz.
Bu bizning sevgimiz mevasidir ilk,
Begim siz yaqinda "Ota" bo'lasiz.
Birga qo'sha qarib yashab bir umr,
Oilamizda bo'lsin doim baxt huzur.
O'g'ilmi yoki qiz boriga shukr,
Begim siz yaqinda "Ota" bo'lasiz.
Endi qalbingizda mehrni jamlang,
Bu eng oliy baxtdir buni bilasiz.
Ismni men emas, o'zingiz tanlang,
Begim siz yaqinda "Ota" bo'lasiz.*
*©Kamola Nosirova@SherlarUz*✍**
**Yakshanba kuni...
Komola Qiz...✍#music_version@SherlarUz✍**
*Dil to'la orzu bilan,
O'zgacha tuyg'u bilan.
Tanishgandik u bilan,
Yakshanba kuni.
Xafa qildi u meni,
Xafa qildim men uni.
Ayrilyapmiz yana aynan,
Yakshanba kuni.
Sevmadim hech kimdan kam,
Lek bari topdi barham.
Kechaman sevgimdan ham,
Yakshanba kuni.
Kutgandim umr bo'yi,
Yangrab yor-yorning kuyi.
Bo'ladi uning to'yi,
Yakshanba kuni.
Bedor qildi-da tunim,
Qo'lim yetmas Majnunim.
Eng yomon ko'rgan kunim,
Yakshanba kuni.
Jonim qilganim fido,
Dedi kelib "alvido".
Borimdan bo'ldim judo,
Yakshanba kuni.
Jondan o'tdi ozori,
Qalbim sevgim mozori.
U bo'lar o'zga yori,
Yakshanba kuni.*
*©Komola Qiz@SherlarUz*✍**
**Men seni sevmasam bo'larkan...
Komola Qiz...✍#music_version@SherlarUz✍**
O'zgaribsan...
*Muhabbating yolg'on ekan so'zing kabi,
Vadalaring uchib ketdi izing kabi.
Bugun sog'inib qo'ng'iroq qilgan edim,
Raqaming ham o'zgaribdi o'zing kabi.
O'zi aytchi meni chindan sevganmiding,
Mendek yonib sog'inchlarda kuyganmiding.
Ketding birbor hol so'rab ham qo'ymading-a,
Yoki ayt mendan shunchalar to'yganmiding.
Jon-jonimda asrar edim qadring sening,
Sinalgancha sinib ketdi sabrim mening.
Qayerlarda yuribsan ayt kimlar bilan,
Taqdirimga bitilmagan baxtim mening.
Mendan kechib aytgin mehrim topding kimdan,
Ayt seni kim ko'proq seva oldi mendan.
Bir kunda ming o'lib tirilyapman bilsang,
O'rgat menga qandayin vos kechay sendan.
Baxtli damlarimiz eslab og'rinaman,
Suratingla so'zlashaman ovinaman.
Bo'ldi endi kelmaydi u deyman-u lek,
Nima qilay sevaman-da sog'inaman.
Bilarding-ku sevar edim seni chindan,
Kechar edim sen deb hatto jonimdan ham.
Yuragimni tushar edim poylaringga,
Agar xato o'tgan bo'lsa jonim mendan.
Indamasdan kechding ketding bir so'z demay,
Qoldim jimgina ortingdan yig'lay-yig'lay.
Senku mendan kechib ketding unutgansan,
Lekin aytgin men seni qanday unutay.
Mayli yaxshim unutibsan yomoningni,
Mayli endi asra o'sha birdonangni.
Balki ketib topgandursan baxtingni lek,
Unutmagin yo'qotding sen Komolangni.*
*©Komola Qiz*
@SherlarUz*✍***
**Boshidan do'st bo'lib qolsak yaxshiydi...
Komola Qiz...✍#music_version@SherlarUz✍**
*Men o'sha sizni gar bir kun ko'rmasam,
Sog'inchdan ranglari somoningizman.
Har on sadoqatga ichgancha qasam,
Sizni yaxshi ko'rgan yomoningizman.
Birozgina nozik, bilasiz ko'nglim,
Shirin so'zingizdan omoningizman.
Har kuni eslatib turaman o'zim,
Sizni yaxshi ko'rgan yomoningizman.
Tanlash kerak bo'lsa, sizmi yo o'zim,
O'zimdan kechib siz tomoningizman.
Sevgimga ko'zgudir har aytar so'zim,
Sizni yaxshi ko'rgan yomoningizman.*
*©Komola Qiz@SherlarUz*✍**
*Ko'zingda yosh ko'rmay, doim kulib yur,
Hech qachon dilingni ezmasin xasrat.
Dunyoda eng baxtli inson bo'lib yur,
Doimo men uchun o'zingni asra.
Sen mayus bo'lsang gar og'rir yuragim,
Qulaydi qalbimda baxtimning qasri.
Dunyoda yagonam o'zing keragim,
Doimo men uchun o'zingni asra.*
*©Komola Qiz@SherlarUz*✍**
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 3 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 months ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 5 months ago