Birgalikda kitob o‘qiymiz 📚📖📎

Description
بِسْمِ ْاللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الْرَحِمِ

Xush kelibsiz: Bu sahifa aynan siz uchun!

Kitoblardan iqtiboslar...📗📕📙

Chiqarilgan xulosalar...

Va kitob haqidagi boshqa qiziqarli ma'lumotlar... 📝📝📝
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

hace 3 semanas, 6 días

#nazm

Jimgina yashayman, yashayman sokin.
Bu oʻtar dunyoni tanho tinglayman –

Faqat aql bilan etaman talqin,
Faqat yurak bilan
Yigʻlayman...

©Usmon Azim

@birgalikdakitoboqiymiz

hace 1 mes

Yaxshi odamning bitta belgisi bor, u chorasiz bo‘ladi. Yomon odamlar esa hamisha biror chora topishi mumkin...

“Aka-uka Karamazovlar”

@dostoyevskiydan_qaydlar

hace 1 mes

#nazm

Dedi: qaydinsen ey majnuni gumrah?
Dedi: majnun vatandin qayda ogah.

Dedi: nedur senga olamda pesha?
Dedi: ishq ichra majnunliq hamisha.

Dedi: qay chog‘din o‘ldung ishq aro mast?
Dedi: ruh ermas erdi tang‘a payvast.

Dedi: bu ishqdin inkor qilg‘il!
Dedi: bu so‘zdin istig‘for qilg‘il!

Dedi: no‘shi labidin topqay el bahr?
Dedi: ul no‘shdin el qismidur zahr.

Dedi: joningni olsa la’li yodi?
Dedikim: ushbudur jonim murodi

Dedi: ishq ichra qatling hukmi etkum!
Dedi: ishqida maqsudimg‘a yetkum.

©''Farhod va Shirin'' dostonidan

@birgalikdakitoboqiymiz

hace 3 meses, 3 semanas

#nazm

Ajoyib kunlarning birida
uyg‘onib ketaman uyqudan,
yurakning eng chuqur yerida
og‘riqqa aylangan tuyg‘udan.
Bir qo‘shiq bo‘laman daryoday
yurakning eng chuqur yerida,
boqaman dunyoga dunyoday
ajoyib kunlarning birida...

©Shavkat Rahmon

@birgalikdakitoboqiymiz

hace 3 meses, 4 semanas

#iqtibos

Kitobsiz uy, chiroqsiz tun. Har uyga bir emas, bir necha chiroq kerak, chiroqqa chirog‘bon kerak. Hali yoritilishi lozim bo‘lgan talay uylar bor.

©''Oltin zanglamas'' Shuhrat

@birgalikdakitoboqiymiz

hace 4 meses, 2 semanas

#nazm

Qalbdan ótgan har narsani
Aytib bo'lmaydi,
Shuning uchun ham Xudo
Ohni,  ko'z yoshini,
Uzun uyquni,
Sovuq tabassum va
Qo'l titroģini
Yaratdi...

©Nizor Qabboniy

@birgalikdakitoboqiymiz

hace 6 meses, 2 semanas

#nazm #musiqa

Xayolga erk bersam, -
Ko‘rishsak...
Va bog‘lar sollansa turfa rang.
So‘rmasang dardimni,
Bo‘lishsak,
Yig‘lasam...
Yig‘lasang...

Mayli shu xayolga ko‘nsamu,
Ko‘zingni ko‘zimga ko‘msamu,
Ochmasam, ko‘zimni yumsamu,
Yig‘lasam...

Ne zamon chekkayman firog‘ing,
Yaqining yomonmi, yirog‘ing...
Kel, desam, ko‘zimning qarog‘i,
Yig‘lasang...

Gʻunchalar og‘zi lang ochilgay,
Bulbulning tillari yechilgay,
Bu bog‘lar bir savdo kechirgay,
Yig‘lasak...
Yig‘lasak...

Qo‘llarni qo‘llarga bermayin,
Bir bo‘lsak - dunyoga sig‘masak,
Jilmayib-jilmayib bir mayin,
Yig‘lasak...

Va’dalar bermasak vafoga,
Na izhor aylasak, na qasam,
Hasratlar cho‘ksalar aroga,
Yig‘lasak...

Ne zamon chekkayman firog‘ing,
Yaqining yomonmi, yirog‘ing...
Kel, desam, ko‘zimning qarog‘i,
Yig‘lasang...

Gʻunchalar og‘zi lang ochilgay,
Bulbulning tillari yechilgay,
Bu bog‘lar bir savdo kechirgay,
Yig‘lasak...
Yig‘lasak...

©Dilorom Ergasheva

@birgalikdakitoboqiymiz

hace 9 meses

#sarhisob_aprel_may

✔️Aprel

Kitoblar:
1.''12 stul'' Ilya Ilf, Yevgeniy Petrov;
2.''Dasht-u dalalarda'' Normurod Norqobilov;

Filmlar:
1.''Tyorner va Xush'' (AQSH);
2.''Prometey'' (O‘zbekfilm);
3.''Beg‘ubor orzular'' (Koreya);
4.''Yolg‘iz qolganlar''
(Islandiya,AQSH);
5.''Super 30'' (Hind filmi);
6.''Velosipedchi'' (Eron);
7.''Sinovdagi muallima'' (Hind filmi);
8.''Vaqt haqida'' (Angliya);
9.''Yashil maskan'' (AQSH);

Hikoyalar:
1.''Tuxum'' Endi Veyr;
2.''Shamol'' Rey Bredberi;
3.''Uh'' Shukur Xolmirzayev;
4.''Yurak'' Edgar Allan Po;

?????????

✔️May

Kitoblar:
1.''Gulliverning sayohatlari'' Jonatan Svift;
2.''Yolg‘izlikning yuz yili'' Gabriel Garsia Markes;

Hikoyalar:
1.''Qaytish'' Nurali Qobul;
2.''Vanka'' A.P.Chexov;
3.''Tilla baliqchalar'' Xulio Kartasar;
4.''Sharpa'' Nazar Eshonqul;
5.''Keksa muallim yoki Napoleon haykali'' Omon Muxtor;
6.''Spagetti yili'' Haruki Murakami;
7.''Mavhum tasavvur'' Karel Chapek;
8.''Uyqu istagi'' Tohir Kamol;

Filmlar:
1.''Afg‘on'' (O‘zbekfilm);
2.''XX asr qizi'' (Koreya);
3.''Bir kun'' (Koreya);
4.''Forresterni izlab'' (AQSH);
5.''Finch'' (AQSH);
6.''Yetti'' (AQSH);
7.''Shunchaki sevaman'' (Yaponiya);
8.''Venerada uchrashguncha'' (AQSH);

Qisqa metrajli filmlar:
1.''Oq bulut'' (O‘tkir Hoshimov hikoyasi asosida);
2.''Asar...'' (O‘zbekfilm);

Hujjatli filmlar:
1.''Orol dengizi'' (''Ular'' loyihasi);
2.''Qo‘rqma'' (''Mutolaa'' loyihasi);

Podkast:
1.''Kitoblar haqida Sanjar Nazar bilan suhbat'' (''Sigma'' podkast);
2.''Sanjar Nazar bilan suhbat'' (''Online King'');
3.''Rahmon Qo‘chqor bilan suhbat''( ''Lolazor'' podkast);
4.''Rahmon Qo‘chqor bilan suhbat'' (Yetuk TV);
5.''Ulug‘bek Hamdam bilan suhbat'' (Boricha podkast);

P.s.Iloji boricha o‘qigan va ko‘rgalarimga havola qoldirib ketishga harakat qildim. Qidirib qiynalmasliklaring uchun)

@birgalikdakitoboqiymiz

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago