?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 week, 6 days ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 4 days, 2 hours ago
**Sonlarning yozilishi
Ikki, olti, yetti sonlariga jamlikni bildiruvchi -ov, -ala, -ovlon qoʻshimchalari qoʻshilganda, oʻzak oxiridagi i unlisi tushib qoladi:
ikkala, oltov, yettov.*❌ ikkiala, oltiov, yettiov
✅* ikkala, oltov, yettov
Tartib sonlar raqam bilan yozilganda -nchi, -inchi qoʻshimchalari oʻrniga chiziqcha qoʻyiladi: 2002-yil, 22-dekabr, 5-sinf, 3-qavat.❌ 2002 yil, 22 dekabr, 5 sinf, 3 qavat
✅ 2002-yil, 22-dekabr, 5-sinf, 3-qavat
Tartib sonlar rim raqamlari bilan yozilganda bu qoʻshimchalar oʻrniga chiziqcha qoʻyilmaydi: *IX sinf, XXI asr.
❌ IX-sinf, XXI-asr
✅* IX sinf, XXI asr
Bir soʻziga -ta qoʻshimchasi qoʻshilsa, bitta deb aytiladi va shunday yoziladi.
❌ birta
✅ bitta
Ajratib yozishBirinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi joʻnalish kelishigida boʻlgan birikmalar ajratib yoziladi:
yildan yilga, tomdan tomga, kundan kunga kabi.
ABZAS[Nemischa — Absatz ˂ absetzen – yangi satrdan boshlash]
1 Matnning dastlabki qatorini bir oz oʻrin (uch harf oʻrni) qoldirib boshlash; xatboshi, satrboshi.
Yangi abzacdan yozmoq.2 Matnning bir xatboshidan keyingi xatboshigacha boʻlgan qismi.
Uch abzacni oʻqimoq. Bir abzac tashlab yozmoq@xatoyozma
Uxlamoq yoki uhlamoq?Bularning ikkisi ham toʻgʻri yozilgan, faqat bular ikki xil maʼnoni anglatuvchi soʻzlar:
Misol:
Toshmat uxlayotganida birdan uhlab qoʻydi.@xatoyozma
Telefon raqamlari imlosi
(mening tilim)Telefon raqamlarini yozish borasida hech qayerda aniq koʻrsatmalar berilmagan (yoki biz bilmaymiz), shu bois ularning imlosida koʻproq mantiqqa tayanishga toʻgʻri keladi.
Odatda avval telefon soʻzi yozilib, ikki nuqta qoʻyiladi, keyin esa bir joy tashlab raqam kiritiladi.
Telefon soʻzini qisqartirib yozish mumkin, bunda unga nuqta va ketidan ikki nuqta qoʻyiladi, ikki nuqtani qoʻymasa xatolik hisoblanmaydi: tel.: yoki tel.3. Xalqaro qoʻngʻiroqlar boʻlishi mumkin boʻlgan tashkilot raqami boʻlsa, raqamni davlat kodi bilan yozish kerak: +998...4. Orqadan ikki raqam sanab, ikki marta chiziqcha (defis) qoʻyiladi: 98 765-43-215. Odatda operator kodi qavsga olinadi, lekin bu mantiqan toʻgʻri emas. Oʻzi qavs ichiga toʻldiruvchi va qoʻshimcha maʼlumotlar kiritiladi. Oʻzbekistonda 2019-yildan beri operator kodini termasdan qoʻngʻiroqlar amalga oshirib boʻlmaydi. Avval bu qoʻshimcha maʼlumot edi, hozirda asosiy maʼlumotga aylangan. Shuning uchun operator kodini qavsga olmagan maʼqul:
(98) 765-43-21 *❌
98 765-43-21 ✅
+998 98 765-43-21 ✅*
Ketma-ket, qadam-baqadamTilimizdagi -ma va ba- qoʻshimchalari orqali tuzilgan takror soʻzlar chiziqcha bilan yoziladi: ketma-ket, zoʻrma-zoʻr, idorama-idora, qadam-baqadam, rang-barang, vosita-bavosita, zinhor-bazinhor.Ahamiyat bergan boʻlsangiz, -ma qoʻshimchasi birinchi soʻzga qoʻshilib kelsa, ba- qoʻshimchasi ikkinchi soʻzning avvalida boʻladi.
Ket-maket ❌
Ketma-ket ✅
Qadamba-qadam ❌
Qadam-baqadam ✅
Ajratib yozish
?Qo‘shma fe’lning qismlari ajratib yoziladi:
sarf qildi, ta’sir et, tamom bo‘l, sotib ol, olib kel, olib chiq, miq etma kabi.
?Ko‘makchi fe’l va to‘liqsiz fe’l mustaqil fe’ldan ajratib yoziladi:
aytib ber, olib ko‘r, so‘rab qo‘y, ko‘ra qol, bera boshla, yiqila yozdi; ketgan edi, ketgan ekan, ketgan emish kabi.
Lekin mustaqil fe’l bilan yordamchi fe’l orasida tovush o‘zgarishi bo‘lsa, bunday qismlar qo‘shib yoziladi:
aytaver (ayta ber), boroladi (bora oladi), bilarkan (bilar ekan) kabi.
?Ko‘makchilar ajratib yoziladi:
shu bilan, soat sayin, borgan sari, bu qadar, kun bo‘yi kabi. Lekin bilan ko‘makchisining -la shakli, uchunko‘makchisining -chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: sen-la, sen-chun kabi.
?Hamma, har, hech, bir, qay, u, bu, shu, o‘sha so‘zlari o‘zidan keyingi yoki oldingi so‘zdan ajratib yoziladi:
hamma vaqt, har kim, hech qaysi, qay kuni, u yerda, shu yoqdan, o‘sha yoqqakabi.
Lekin birpas, biroz, birato‘la, birvarakayiga, birmuncha, buyon so‘zlari qo‘shib yoziladi. ?Shuningdek, qay so‘zi yoq, yer so‘zlari bilan ishlatilganda bir y tovushi tushsa, bu so‘zlar qo‘shib yoziladi: qayoqqa, qayerda kabi.
?Sifat oldidan kelib, belgining ortiq yoki kamligini bildiradigan to‘q, jiqqa, him, liq, lang, och kabi so‘zlar ajratib yoziladi:
to‘q qizil, jiqqa ho‘l, tim qora, liq to‘la, lang ochiq, och sariq kabi.
Murakkab son qismlari ajratib yoziladi:
o‘n bir, besh yuz, qirq ming olti yuz bir, bir ming yetii yuz sakson beshinchi kabi.
Yildan yilga, tomdan tomga kabi birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo‘nalish kelishigida bo‘lgan birikmalar ajratib yoziladi.
Belgining ortiq darajasini bildiruvchi ko‘pdan ko’p, tekindan tekin, yangidan yangi, ochiqdan ochiq, qizigandan qizidi kabilar ajratib yoziladi.
Izofali birikmalar ajratib yoziladi. ?Bunda izofa undosh bilan tugagan so‘zlarga i shaklida, unli bilan tugagan so‘zlarga yi shaklida qo‘shiladi: dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol kabi. Lekin izofa yozilmaydigan so‘zlar, shuningdek, qismlaridan har ikkisi o‘zbek tilida mustaqil ishlatilmaydigan so‘zlar qo‘shib yoziladi: gulbeor (guli beor), dardisar kabi.
Tovush oʻzgarishlariBarg, pedagog, bugʻ, togʻ, sogʻ, ogʻ, sigʻ kabi soʻzlarga -ga, -gacha, -gach, -guncha, -gani, -gudek, -gan, -gin, -gina qoʻshimchalari qoʻshilsa, bu qoʻshimchalarning bosh tovushi k yoki q aytilishidan qatʼi nazar, g yoziladi:
bargga, pedagogga, bugʻga, togʻga, sogʻgan, ogʻgan, sigʻguncha kabi.
Chiziqcha bilan yozish tartibi
?Juft so‘z va takror so‘z qismlari chiziqcha bilan yoziladi:
el-yurt, mehr-shafqat, qovun-tarvuz, omon-eson, kecha-kunduz, yozin-qishin, asta-sekin, uch-to‘rt, o‘n-o‘n beshta (10-15 ta), bilinar-bilinmas, bordi-keldi, kuydi-pishdi, don-dun, oz-moz, mayda-chuyda, aldab-suldab, o‘ylab-netib, so‘ramay-netmay, kiyim-kechak, adi-badi, ikir-chikir, duk-duk, taq-tuq, qop-qop, ming-ming (ming-minglab), bitta-bitta (bitta-bittalab), baland-baland, chopa-chopa, ishlay-ishlay, yaqin-yaqinlargacha, hamma-hammasi, uy-uyiga, ich-ichidan kabi.
?Eslatma:
1) juft so‘zdan qo‘shimcha yordamida yasalgan so‘zlar ham chiziqcha bilan yoziladi: baxt-saodatli, xayr-xo‘shlashmoq kabi;
2) juft so‘z qismlari orasida -u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladi va juft so‘z qismlari ajratib yoziladi: do‘st-u dushman (do‘st-dushman), kecha-yu kunduz (kecha-kunduz) kabi;
3) yetakchi va ko‘makchi fe’l bir xil shaklda bo‘lsa, chiziqcha bilan yoziladi: yozdi-otdi, borasan-qo‘yasan, uxlabman-qolibman kabi.
?Belgini kuchaytiruvchi qip-qizil, yam-yashil, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi, to‘ppa-to‘g‘ri, bab-barobar kabi so‘z shakllari chiziqcha bilan yoziladi. (lekin oppoq so‘zi qo‘shib yoziladi).
?So‘zning -ma, ba- yordamida birlashgan qismlari chiziqcha bilan yoziladi: ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy, rang-barang, dam-badam kabi. Lekin mustaqil ishlatilmaydigan qism qatnashsa, bunday so‘zlar qo‘shib yoziladi: ro‘baro‘, darbadar* kabi.
?Rus tilidan aynan yoki *so‘zma-so‘z tarjima qilish yo‘li bilan olingan so‘zlar asliga muvofiq chiziqcha bilan yoziladi: unter-ofitser, kilovatt-soat kabi.
?-chi, -a (-ya), -ku, -u (-yu), -da, -e, -ey (-yey)yuklamalari chiziqcha bilan yoziladi: sen-chi, boraylik-chi, sen-a, kutaman-a, bola-ya, mingta-ya, keldi-ku, kelgan-u, yaxshi-yu, yaxshi-da, qo‘y-e, yashang-e, o‘g‘lim-ey, keldi-yey kabi.
Ammo -mi, -oq (-yoq), -ov (-yov), -gina (-kina,-qina) yuklamalari o‘zidan oldin kelgan so‘zga qo‘shib yoziladi: keliboq, o‘ziyoq, ko‘rganov, ko‘rdiyov, mengina, qo’shiqqina kabi.
?Tartib son arab raqamlari bilan yozilsa, -nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha (-) qo‘yiladi: 7-sinf, 5-“A” sinfi, 3-, 7-, 8-sinf o‘quvchilari, 60-yillar, 1991-yilning 1- sentabri kabi. Tartib sonni ko‘rsatuvchi rim raqamlaridan keyin chiziqcha yozilmaydi: XX asr, X sinf kabi
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 week, 6 days ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 4 days, 2 hours ago