?КАТТАЛАР УЧУН!
?? ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!
Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:? @SaraXabar_Aloqabot
Реклама: @SaraXabarda_reklama
Last updated 1 month ago
??♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!
? КАТТАЛАР УЧУН!
‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_murojaatbot
? Реклама: @Xokimbuvareklama
Last updated 1 month, 3 weeks ago
?? КАТТАЛАР УЧУН!
? Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!
Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot
☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama
Last updated 1 month, 3 weeks ago
Siyosatda hissiyotga o‘rin yo‘q. Unda pragmatik bo‘lish muhim talab.
Afsuski, ko'pchilik siyosatchilarning nima qilganiga qarab emas, aksincha hissiy tomondan baholaydi.
Siyosatchining qanchalik buyuk bo‘lganligi uning qaysidir g‘oyaga yoki hissiyotga bog‘lab emas, aksincha natijalar bilan baholanadi.
Quyidagi mezonlar muhimroq hisoblanadi:
- Davlatchilikni mustahkamlash
- Iqtisodiyotni yuksaltirish
- Aholi farovonligini oshirish
- Ijtimoiy adolatni yaxshilash
- Kelajakdagi taraqqiyotga fundament yaratish
- Oldindan yaxshi ishlab kelgan tizimlarni yaxshilash, yomonini reforma qilish
va shu kabilar.
Umuman olganda, qabul qilib olganidan ko‘ra yaxshiroq davlat qoldirgan siyosatchi doim yaxshi siyosatchi hisoblanadi. Uning faoliyati siz yoki mani ideologiyamga mos bo‘lganlik darajasidan kelib chiqib baholanmaydi.
Baholashda ham natijalar bir yoki 10 kishining taqdiridan kelib chiqib emas, umumiy natijadan kelib chiqiladi. Deylik, bir rahbar kelganda real ishsizlik darajasi 7 foiz bo‘lsa-yu, u ketganda 4 foizga tushsa, demak u aynan shu KPI bo‘yicha yaxshi ishlagan bo‘ladi. Albatta, alohida taqdirlarni olsa, orasida ishsizlik kamaygan vaqtda ishsiz qolganlar, demak norozilar baribir topiladi.
O‘rtacha maoshlar ham shundan kelib chiqib baholanadi. Deylik, u rahbarligi davrida o‘rtacha maoshlar real inflatsiyadan tezroq o‘sgan bo‘lsa, bu borada u yaxshi ishlagan bo‘ladi. O‘rtada alohida shaxsning daromadi pasayishi kuzatilishi tabiiy holat.
Hissiy tomondan kelib chiqib baholaganda biz allaqachon aqliy tomondan va xolislikdan uzoqlashamiz. Shu uchun davlat darajasida natijalar baholashda mezon bo'lishi, ular doim ustun turishi kerak.
TEMU ҳақида
Телеграм каналларда TEMU ҳақида танқид, эътирозлар кўпайди. Уларга қарши ўз фикрларимни билдиришни маъқул деб билдим. Одатда бу каби масалаларга аввало истеъмолчи сифатида қарайман. Рақобат қўмитаси раиси бўлмасак ҳам ҳар биримиз аслида истеъмолчимиз.
TEMUʼдан келадиган маҳсулотларнинг тагида барча маълумотлар ёзиб қўйилган бўлади. Аввало буюртма бераётганда барча ҳолларда маҳсулот остидаги ёзувларга қарашни тавсия қиламан. Маҳсулот ва унинг остидаги ёзувлар икки хил бўлиши камдан-кам учрайдиган ҳолат. Тўғри, реклама масаласида бўрттириш бўлган бўлиши мумкин. Расмга алдангандирсиз. Бироқ бу масала ушбу арзон товарлар киришига тақиқ қўйилиши ёки қўшимча солиқ юкланиши, ёки бўлмаса, қайсидир "эркатой" компаниягагина имтиёз бериш билан ҳал қилинмаслиги керак.
Асосий масала — истеъмолчида қўлидаги пулга яраша доим танлови қолиши керак деб қаралишида. Бир тарафдан машиналарга қўйилган қўшимча божхона тўловларига қарши чиқсак, вой-дод монополия десак лекин бошқа тарафдан айнан TEMU каби халқаро компанияларга қийинчилик, тўсиқ сўрасак, энг камида кулгили вазиятга қоламиз. Тўғрими? Ёмон маҳсулот бўлса, нархига арзимаса, истеъмолчи ўзи ҳаммасини тартибга келтириб қўяди. Сотволмай қўяди, тамом. Доим "нархга яраша маҳсулот" олтин қоидасини унутмаслик керак.
Шунингдек, эртага ЖСТга қўшилишни кўзлаган давлатнинг тадбиркорлари рақобатдан қўрқмаслиги, қочмаслиги керак. Ҳали тўлиқ очилмаган бозорда битта рақибдан қўрқадиган бўлса, бу кабилар эртага нима қилади? Рақобат бўлиши фақат ва фақат сифат ўсишига хизмат қилади. Қадрияти ошган истеъмолчилар эса яхшисини ажрата оладиган бўлади, вақт ўтиб. Ҳам TEMUʼда сифат назорати айрим бизнинг компаниялардан кўра яхши бўлиши керак, ўрганилса.
Мени хурсанд қилган томони шундаки, UzPost ҳам соққага интиляпти. TEMU билан ҳамкорлик қилса, соққали ишларга кирса, бюджет ҳисобига кун кўришдан бориб-бориб тийилади. Молиявий мустақил бўлади. Бизам ортиқча солиқ юкидан қутуламиз. Мамлакатда логистика ривожланади. Янги иш ўринлари, бюджетга тушум ва бошқалар яхшиланади. Доим узоқни кўзлайвериш керак.
Gazeta uzda "Nazorat" degan OAV jurnalistlari ovqatlanish tarmoqlarini qanday qilib kuydirishganini oʻqib achindim. Voqeaga koʻra, qasddan ovqatlar orasiga tarakan solinib, keyin uni tarqatish bilan qoʻrqitib pul talab qilingan.
Bugun 4ta ish oʻrni yaratib, soliq toʻlab, kundan kunga oshib borayotgan nazoratlardan oʻtib, jarima toʻlab biznes qilish shundoq ham oson emas. Bir nechta tadbirkorlar bizneslarni yopib pulni bankka qoʻyayotgan yoki uy-joy olib ijaraga berayotgan holatlarni ham koʻrdim.
Oʻzi shundoq ham oson boʻlmagan vaqtda, adolat himoyachisi boʻlgan, xalq ishongan jurnalist va blogerlar bu ishni qilishi achinarli. Reklama olishni, piarni, bor ana pulini olib yaxshi tomonini koʻrsatishni tushunaman, lekin aybi yoʻq tadbirkorni bunaqa shantaj qilish hech qanaqa professionalizmga toʻgʻri kelmaydi.
Keyin, juda koʻp hollarda sarlavha bilan manipulyatsiya qilinmoqda. Ichini oʻqisangiz butunlay boshqa narsa boʻladi. Bu ham biror etikaga toʻgʻri kelmaydi.
Shunchaki afsus
30ta maktab manzili keldi. Barchaga rahmat. Yana boʻlganda eʼlon qilib boramiz.
Ўзбек алломаларининг дунё тан олган илмий мероси
Бугун дунё ўзбек алломаларининг жаҳон илм-фани ривожидаги ўрнини янада кўпроқ эътироф этмоқда. Яқинда CNN Муҳаммад Хоразмий, Аҳмад Фарғоний, Абу Райҳон Беруний ва Абу Али Ибн Сино ҳақида мақолалар чоп этиб, уларнинг бой илмий меросини алоҳида таъкидлади.
Ушбу олимларнинг кашфиётлари илм-фаннинг турли соҳаларида революцион ўзгаришлар қилишга ёрдам берди. Улар орасида Хоразмийнинг алгебра ҳақидаги тадқиқотлари, Фарғонийнинг коинот ҳақидаги билимлари ва Ибн Синонинг тиббий асарлари алоҳида ўрин тутади.
Шарқ алломаларининг билимлари нафақат ўтмишда, балки ҳозирги замонда ҳам тараққиёт учун муҳим қадам бўлиб келмоқда.
Donald Tramp kecha AQSHda "Stargate" loyihasini e'lon qildi. Loyihadan maqsad sunʼiy intellekt sohasida xalqaro raqobatda ustunlikka ega bo'lish. Loyiha doirasida Oracle, Openai va Softbank (Yaponiya) birlashib harakat qilishadi. Loyihaga 4 yilda 500 milliard AQSh dollari, ilk bosqichda 100 mlrd AQSh dollari investitsiya qilinadi. Loyiha Texasda yangi data markazi ham quriladi.
Bu yoʻnalishda shundoq ham AQSh dunyoda eng ilgʻor texnologiyalarga ega edi.
Trampning populistik, amalga oshishi qiyin chiqishlaridan farqli ravishda bu real loyiha va sohada katta oʻzgarishlarga sabab boʻlishi mumkin.
Франция президенти Эммануэль Макрон Германия канцлери Олаф Шольц билан мулоқот қилиб, янги шарт-шароитларда “янада якдил, кучли ва суверен Европа…” йўлида бирга иш олиб борамиз, деяпти Трампнинг ғалабасига ишора қилиб. У аллақачон Трампни ғалаба билан қутлади.
Дональд Трамп ўтган галги муддатида Европа лидерлари учун анчагина ташвиш туғдирган эди.
АҚШ сайлови натижалари глобал миқёсда воқеалар ривожини ўзгартириши турган гап.
Biznes lugʻatni oʻrganishda davom etamiz.
Benchmarking
Benchmarking - kompaniyaning ko‘rsatkichlarini sohaning o‘rtacha statistik ko‘rsatkichlari, raqobatdosh kompaniyalar va zamonaviy tendentsiyalar bilan taqqoslashdir.
Ushbu tahlil asosida kompaniyaning raqobatbardoshligi aniqlanadi.
Biror sohada o'yin qoidalarini o'zgartiradigan, keyingi katta qadamni tashlaydigan har qanday katta biznes boshqa bizneslar uchun ham ulkan qiymat yaratadi, bu yangi ish o'rinlari yangi qiymat bilan butun iqtisodiyotni boy qiladi.
Bu qanday qilib yakunda xalqlarni farovonlikka olib kelishini Kleyten M. Kristensonning biz yaqinda chop etgan "Farovonlik paradoksi. Qanday qilib innovatsiyalar xalqlarni qashshoqlikdan qutqaradi" kitobi yaxshi tahlil qilgan.
Hozir OpenAI ChatGPTni ishga tushirgach sun'iy intellekt texnologik taraqqiyotda keyingi qadam bo'ldi deb qo'rqmasdan aytamiz. Biz sun'iy intellekt orqali biznes sifatida OpenAI, Amazon, Google va yirik IT gigantlar ishlab topayotgan pullarni ko'ramiz. Amalda bundan yanada kengroq sektorlar yutmoqda. Deylik, keyingi yilda sun'iy intellekt uchun zarur bo'lgan HBM chiplari yetishmovchiligi katta muammoga aylanar ekan. Ishlab chiqaruvchilar soha rivojlangan sari yetarli tarzda kengayib, ishlab chiqarishni ko'paytirib ulgurishmayapti. Na Samsung, na boshqasi talabni to'liq qoplay olmaydi deyilmoqda. Sun'iy intellekt rivojlanishi uchun chiplar zarur. Ko'proq chip ishlab chiqarish uchun yana yuzlab, minglab sohalarda bizneslar ishlaydi, ularning biznesiga ham talab oshadi.
Sun'iy intellekt sabab dasturiy ta'minotga talab va u yaratayotgan ish o'rinlari va qiymat yana boshqa masala.
Innovatsiyalarning zo'r tomoni, ular ommalashganda (masshtablashganda) faqat ularni chiqargan biznes emas, ular atrofida butun boshli tizim rivojlanadi, qiymat yaratadi.
Maʼlumotlar oydinlashdi.
YaTT uchun keyingi yilga soliqlar:
Yillik aylanma 100 millionga yetguncha qismidan oylik belgilangan soliq, oʻtgan yilgiga nisbatan 10 foiz oshadi. Deylik, 400 000 boʻlgan hududda 440 000ga chiqadi.
Belgilangan oyma oy toʻlaydiganlar. Bu qism koʻp oshadi, aylanma 500 millionga yetguncha 30 mln, undan oshsa yillik 40 million. Bir milliard oborot qilsa, 4 foizga toʻgʻri keladi.
Aylanmadan 4 foiz. Bu oʻzgarishsiz qolgan.
Ikkinchi variantni yagona qulayligi, soliq hisobotidan ozod qilinganligida.
Bir milliardlik limitni ham parallel 10 foizga oshirish kiritilmagan.
?КАТТАЛАР УЧУН!
?? ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!
Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:? @SaraXabar_Aloqabot
Реклама: @SaraXabarda_reklama
Last updated 1 month ago
??♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!
? КАТТАЛАР УЧУН!
‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_murojaatbot
? Реклама: @Xokimbuvareklama
Last updated 1 month, 3 weeks ago
?? КАТТАЛАР УЧУН!
? Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!
Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot
☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama
Last updated 1 month, 3 weeks ago