Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 6 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
Žižekning fikricha, mafkura odamlar har doim taqib yuradigan ko‘zoynakka o‘xshaydi. U bizni dunyoni qanday ko‘rishimizga ta’sir qiladi. Unga ko‘ra, mafkurani shubha ostiga olish, jamiyatni va uning “tabiiy” qoidalarini qayta ko‘rib chiqish zarur.
Oxir-oqibat, Žižek bizdan dunyoni qanday ko‘rayotganimizni sinchkovlik bilan tahlil qilishni va “odatiy” deb hisoblagan narsalarimizni qayta savol ostiga qo‘yishni talab qiladi.
Scotty Hendricks, BigThink, 2019. (https://bigthink.com/the-present/slavoj-zizek-ideology/)
ChatGPT tarjimasi va shaxsiy tahrir.
"Mafkura" haqida gapirar ekan, Žižek nimani nazarda tutadi?
Žižek chuqur fikrlovchi sifatida tanilgan, biroq uni tushunish qiyin bo‘lishi mumkin. Uning mafkura haqidagi qarashlari mashhur, lekin ko‘pincha to‘liq tushunilmaydi. Uning ushbu g‘oyasini eng yaxshi tushuntirish uchun Jon Karpenterning bir filmiga murojaat qilishi – aynan Slavoy Žižekka xos xatti-harakatdir.
Žižek kim va u mafkura haqida nima deydi?
Slavoy Žižek dunyodagi eng mashhur faylasuflardan biri. U o‘zining o‘ziga xos xatti-harakatlari, kinoga oid tez-tez keltiriladigan misollari va hayratlantiruvchi bayonotlari bilan tanilgan. Žižek yillar davomida ko‘plab suhbatlarda qatnashgan, parodiyalangan va keng muhokama qilingan.
Biroq, ko‘pchilik uni faqat vaqti-vaqti bilan qiladigan “hayratlanarli” xatti-harakatlari va intervyulari orqali biladi. Aslida esa uning fikrlari ko‘p hollarda e’tibordan chetda qoladi. Bu achinarli hol, chunki uning g‘oyalari ko‘pincha chuqur va o‘tkir bo‘ladi. Bugun biz uning sevimli mavzularidan biri – mafkura haqida nima deyishini ko‘rib chiqamiz.
Mafkura nima?
Ko‘pchilik “mafkura” so‘zini eshitganda, “izm” bilan tugaydigan keng siyosiy-ijtimoiy e’tiqodlarni tasavvur qiladi: kommunizm, liberalizm, konservatizm va hokazo.
Žižek esa bu atamani marksistik ma’noda ishlatadi. Karl Marksga ko‘ra, mafkura – odamlarga yolg‘on g‘oyalarni singdiruvchi diskurslar to‘plamidir. Bu yolg‘on g‘oyalarga ishongan odamlar dunyo, uning ishlash tartibi va undagi o‘rniga nisbatan “yolg‘on ong”ni rivojlantiradilar. Marksning fikriga ko‘ra, mafkurasiz biror jamiyat uzoq vaqt davomida mavjud bo‘la olmaydi.
Masalan, O‘rta asr Yevropasida din jamiyat tuzilmasini qo‘llab-quvvatlovchi mafkura sifatida ishlatilgan. Dehqonlarga hokimiyatdagilar Xudoning irodasi bilan joylashgani va dunyo faqat Xudo tomonidan belgilangan tartibda ishlashi mumkinligi aytilgan. O‘z navbatida, qullikka yaqin holatda yashagan odamlarga bu xabar Xudo ularga pastki pog‘onada bo‘lishni buyurganini ko‘rsatgan.
Žižekning yondashuvi
Marksga ko‘ra, kapitalizm yoki liberalizm kabi boshqa mafkuralar ham xuddi shunday ishlaydi. Ular yaratiladi, ma’lum bir ijtimoiy tuzilmani qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi va yangi g‘oya yuzaga kelganda eskiradi. Yangi mafkura bo‘shliqni to‘ldirganda jamiyat tuzilmasi tezda o‘zgarishi mumkin.
Žižek, asosan marksist bo‘lgan holda, bu g‘oyani yanada chuqurlashtiradi. Lui Altusserning mafkura haqidagi fikrlariga tayanib, Žižek unga psixologiyani qo‘shadi. Marks uchun mafkura ongli bir harakat bo‘lsa, Žižek mafkurani biz yashayotgan dunyoni shakllantirishga yordam beradigan ongsiz hodisa sifatida tasvirlaydi.
Mafkura va til
Žižek o‘z g‘oyasini Jyak Lakan psixologiyasiga asoslangan holda rivojlantiradi. Lakanga ko‘ra, biz dunyo bilan bevosita emas, balki til orqali ifodalangan tasavvurlar orqali o‘zaro aloqada bo‘lamiz. Shu sababdan, mafkura nafaqat dunyoni yashiradi, balki biz uni qanday tasavvur qilishimizni shakllantiradi.
Masalan, Žižek sevadigan hazillardan birini ko‘rib chiqamiz:
“Mijoz restoraniga kirib, ‘Ofitsiant, menga qaymoqsiz qahva olib keling,’ deydi. Bir necha daqiqadan so‘ng, ofitsiant qaytib kelib, ‘Kechirasiz, janob, bizda qaymoq yo‘q. Sut qo‘shilmaganini olib kelsam bo‘ladimi?’ – deydi.”
Bu hazil bir xil narsa – qora qahva – qanday qilib turlicha qabul qilinishini ko‘rsatadi. Jismonan qahva bir xil bo‘lsa-da, biz uni qaymoqsiz yoki sutsiz deb tasavvur qilamiz. Mafkura, biz dunyoni ongsiz ravishda qanday ko‘rishimizga ta’sir qiluvchi omillardan biri bo‘lib, qahvamizni sut yoki qaymoq yo‘qligi nuqtai nazaridan qabul qilishimizga yordam beradi.
Mafkuraning ta’siri
Žižekning asosiy fikrlaridan biri – biz o‘zimizni mafkuradan ozod deb hisoblasak ham, aslida undan ta’sirlanamiz. Masalan, ko‘pchilik zamonaviy liberal kapitalizmga muqobil yo‘q deb o‘ylaydi. Bu qarash kapitalistik mafkuraning amalda ekanini ko‘rsatadi. U nafaqat jamiyatni boshqaradi, balki odamlarni muqobil tizimlarni tasavvur qilishdan mahrum qiladi.
Mafkurani qanday qo‘llash mumkin?
4- Osiyo-Tinch okeani mintaqasi yosh yetakchilar forumi, Jeju orolidan:
Savol berishimdan oldin Kookmin universiteti siyosatshunoslik fakulteti professori Kristof Goudin Maykl Uolzerning "adolatli va adolatsiz urushlar" nazariyasini tushuntirib bergandi. Unga ko'ra, agar urushlarni qanday boshlanganiga qarab (kim kimga qaysi sababga ko'ra tajovuz qilgani), urushlarni "adolatli" va "adolatsiz" kategoriyalarga bo'lish mumkin.
Professor Goudin bu nazariyani amaliy keyslarga shunday talqin qildi: Uolzerning adolatli va adolatsiz urushlar g'oyasi "urushni oldini olish uchun qilinadigan" (preemptive) urushlarni oqlamasligini da'vo qildi. Shu sabab, J. Koreya Sh. Koreyaga oldindan hujumga o'tmasligi kerak ekanini aytdi. Lekin professor, agar Xitoy Tayvanga hujum qiladigan bo'lsa, demokratik davlatlarda Tayvanni himoya qilish uchun moral majburiyat bo'lishini da'vo qildi. Men bergan savol esa "moral
majburiyat" niqobi ortida qolib ketadigan milliy manfaatlar haqida edi. To'g'risi, javobdan qoniqmadim.
Lekin yuqorida aytganimdek, demokratiyaning amaldagi performansini ham baholash kerak. Ayni o’sha tadqiqotda, masalan, amaldagi demokratiya bilan qoniqqanlardan (44%) qoniqmaganlar (52%) ko’proqligi aniqlangan. Qatnashuvchilarning yarmi “davlat xalq manfaati uchun ishla”shiga ishonmasligini, 64% esa saylangan mulozimlar xalq fikri bilan ishi yo’q, deb o’ylashini bildirgan. Ya’ni odamlardan “demokratiya ishlayaptimi o’zi?” deb so’rash “demokratiya yaxshi g’oyami?” deb so’rashdan muhimroq.
Lekin bu demokratiyani (aniqrog’i “liberal demokratiya”ni) fundamental, falsafiy ravishda tanqid qilib bo’lmaydi degani emas. Bu haqida alohida bir kun yozaman.
Yozning issiq bir kunida qoʻzi bordi suv ichgali,
Oʻz joniga qasd qilganidan xabari yoʻq uning hali. (davomini quyiroqda o'qiymiz).
Tilim chiqar-chiqmas onam shu she'rni o'rgatgandi. Qarindoshlarnikiga borganda yo ular kelganda so'zlarimni yarmini yutib, tez-tez aytib berardim, bir dona "O'x malades!" uchun. To'liq esimda qolmagan ekan, internetdan qidirib topdim.
Kecha bir ilmiy maqola o'qiyotganimda yana shu she'r esimga keldi. Maqola kuch ishlatishni legitimligi (legitimate use of force) haqida edi. Muallif fransuz faylasufi Jon Jak Rusodan iqtibos keltirib "hatto eng kuchlilar ham o'z qudratini huquqqa aylantirishga ehtiyoj sezadilar" deb yozadi. Ya'ni, bir guruh boshqalar ustidan hukmronlikka ega bo'lishi va ularga qarshi kuch ishlatishi mumkin, lekin doim buni qonuniylashtirsh, legitimlashtirishga urinadi va urinishi kerak ham. Yanada sodda qilib aytganda, legitimlik tobe guruh hukmron guruhni hukmronligini tan olishi va buni asosli deb bilishidir. Bu mavzu ko'proq hukumat va xalq orasidagi munosabatni tasvirlashda ko'tariladi. (Agar tushunishga qiyin bo'lsa, sabr qiling. Hech yo'q she'r qiziq bo'ladi.)
Oʻsha joyda och boʻrining yurganini bilamaydi u,
Qoʻzichoqni koʻrar-koʻrmas boʻri chopib qoladi-ku!
Oʻz qasdini qonunga ham bir oz uydirmoqchi boʻlib
Qichqiradi qoʻzichoqqa ikki koʻzi qonga toʻlib:
- Sen iflosni bilaman men!
Tumshugʻingni suvga tiqib
Toza suvni bulgʻatgansan!
Suv yuziga kelib chiqib
Tagidagi hamma loylar,
Toza bir suv icholmayman
Bu ariqdan yillar, oylar!
Bu ishingga chidolmayman,
Tutib olib bir yamlayman!
Qoʻzi dedi:
- Ey hurmatlik,
Arzimni bir tinglasalar:
Mening hech bir gunohim yoʻq,
Menga gʻazab qilmasalar!
Yuz qadamcha pastdaman men
Janobingiz ichgan joydan.
Mening aslo xabarim yoʻq
Suv betiga chiqqan loydan!
- Demak, mening gapim yolgʻon?
Dunyoda yoʻq munday boʻhton!
Shoshma hali sen, bachchagʻar!
Uch yil burun juda dagʻal
Bir gap qilib eding menga,
Koʻrsataman endi senga!
- Oʻtgan yili tugʻildim-ku!
- Unday boʻlsa, akangdir u!
- Na akam bor, na ukam bor!
- Gap toʻqima, ey bachchagʻar!
Urugʻingdir, aymogʻingdir,
Biron ogʻzi maymogʻingdir.
Ulardan ham tonasanmi?
Bu osonmi? Bu osonmi?
Siz hammangiz bir boʻlasiz,
Doim menga qasd qilasiz!
Hammang menga bir dardisar,
Hammasiga sen javobgar!
Aslida qo'zichoqni yeyishga bo'rining haqqi yo'q. Lekin boshqa tomondan olib qaraganda, bo'rini qo'zichoqni yeyishdan to'sadigan biror kuch ham mavjud emas. Ammo bo'ri o'zini yovuz, adolatsiz, zo'ravon zolim qilib ko'rsatishni xohlamaydi. Nega? Chunki agar qo'zilar bo'rini adolatli, faqatgina suvni bulg'aydiganlarni yeydigan oliyjanob mahluq ekaniga ishonsa, bo'ri ularni ortiqcha quvimasdan tutib yeyishga erishadi. Axir adolatli bo'ridan kim ham qochardi?!
Biroq bir muammo bor: bo'ri doim
och. Har kuni bir qo'zini bo'g'izlasang, ularni adolatli ekaningga ishontirish oson bo'lmaydi. Legitimlik qozonish mehnat va resurs talab qiladi. Xo'sh? Legitimlikka erishish imkonsiz bo'lganda-chi? Unda nima bo'ladi?
- Taqsir, mening aybim nima?
- Jim tur endi, koʻp gapirma!
Surishtirib oʻtirishga vaqtim bormidi?
Qorning ochsa, ovqat boʻlsa, tanlanarmidi?...
Aybing shuki, uchrab qolding qornim ochganda,
Shunday qilib, qoʻzichoqni yedi oʻrmonda.
(Onam o'rgatgan versiyada oxiri bunday tugardi:
"Shunday qilib bo'ri zormonda, qo'zichoqni yebdi o'rmonda."
Menga shunisi ko'proq yoqadi.)
Ziyolilar haqida gap ketarkan Antonio Gramscini "organik va an'anaviy intellektuallar"i hayolga keladi. U aytadiki, jamiyatda an'anaviy ziyolilar bor, ular bir qarashda neytral, siyosiy moyilliklardan uzoqda, mustaqil va xolisdek ko'rinadi. Lekin aslida ular…
Ziyolilar haqida gap ketarkan Antonio Gramscini "organik va an'anaviy intellektuallar"i hayolga keladi. U aytadiki, jamiyatda an'anaviy ziyolilar bor, ular bir qarashda neytral, siyosiy moyilliklardan uzoqda, mustaqil va xolisdek ko'rinadi. Lekin aslida ular hukmron elita va meynstrim mafkurani talqinchilari va targ'ibchilaridir. Ularni vazifasi joriy vaziyatni siyosiy elitadan mustaqil ravishda yuz berayotgan "tarixiy davomiylik" sifatida talqin qilish va odamlarni bunga ishontirishdir. Shuning uchun bizga (20-asr Yevropa) yangi, "organik" ziyoli qatlam kerak. Bu, qatlam birinchi o'rinda, an'anviy qatlam o'rnatgan mafkuraviy gegemonlikdan xabardor bo'lishi, va unga qarshi, xalq manfaati uchun madaniy jang qilishi kerak.
Gramsci, Prison Notebooks Vol. II.
Mana shu kitob o'zbekcha holga kelishiga (ozgina) hissa qo'shgan bo'laman. Chiqqanda olib o'qinglar. Ayniqsa, jurnalizm sohasidagilar.
Fiklarimni doim yozma ravishda yetkazishni qulayroq (va xavfsiz) deb bilganman, va shu sabab audio yoki video kontent chiqarish fikri bo'lmagan. Yaqin do'stlarimiz o'zlari podkast boshlab, chaqirgani sabab, kamera oldida no'noq bo'lsam ham, chiqaverdim. Kamchiliklari ko'p, mezbonlar ham, mehmon ham hali tajribasizroq bu podkast ishida. Lekin baholi qudrat mulohaza uyg'otuvchi suhbat qurishga harakat qildik. Qiziq bo'lsa, marhamat: https://youtu.be/3qdH5vnMS7I?si=WTcahOgzugu1SzOY
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 6 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago