Infinite Entertainment, Zero Cost: Get Your Free Books, Music, and Videos Today!

FAJR

Description
Ma'sum...
Yalangoyoq...
Oqsuyak qizining blogi!
Advertising
We recommend to visit

Унча-Мунча - Кун ботгунча...

Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT

Реклама бўйича:
@newline24

.

Last updated 2 days, 15 hours ago

Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!

Admin: @omadli_adminjon

Reklama: https://t.me/rek_info/1338

Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз 💯

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг 👇

Last updated 4 months, 1 week ago

📚Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)

Last updated 1 month, 1 week ago

2 months, 2 weeks ago
Masalan, tilimni ichimga yutib,

Masalan, tilimni ichimga yutib,
yelkamning ichiga tortib boshimni
va bardosh yonidan aylanib o'tib,
unutishim mumkin bor tomoshani.

Masalan, ichimga olgancha chuquur,
bu qusur dunyoning nafaslarini,
Tashimdan kechirib yuboraman-ku
qanotimni kesib
va qafaslanib.

Masalan, sözlarim ostidan beun
ko'zyoshlar to'kkanda qari ko'zlarim,
so'zsiz, ilgarilab ketishim mumkin
oriqlab boryotgan yurakdan narı!

Masalan, kesilgan oyoqlarim shod
Faqat shu to'rt devor ichin tanishdan,
O'zimni qoldirdim.
keldim
Umrbod,
Haddimdan tashqarida!

3 months ago

Umidabonu Hasanxo'jayeva
🎙Zulfiqorzoda

Chirog'imni yoqmasa ham qo'llaringiz,
Yo'llaringiz tushadimi tuprog'imga?

3 months, 2 weeks ago

Ketayotgan odam ko'nglini quchoqlab ketadi. Birgina "ketma" degan so'zga, yelkasidan tutguvchi qo'llarga intiqib-intiqib ketadi. Ketayotgan odam g'ururini har qadamda ezg'ilab-ezg'ilab ketadi. Ataylab sekin ketadi. Qayrilib qaramaydi-yu, ruhi talpinib-talpinib ketadi. Bor umidlarini tashlab ketadi. Ketayotgan odam balki, birgina "ketma" degan so'z uchun ketayotgan bo'lsa ham ajab emas)
.......

Ikkita narsa so'rang:
"Yoki qol" deng,
"Yoki, ketma" deng. Xudo xayringizni bersin)

Ketayotgan odam ko'nglini quchoqlab ketadi.....

4 months, 1 week ago

Uzun-uzun ishonchlarim jon joyidan uzildi...

4 months, 2 weeks ago

Bize çocukluğumuzu verin.

4 months, 4 weeks ago

Nega men O'zbekistonda ishlashim uchun rus tilini bilishim kerak? Men Rossiyada emas, O'zbekistonda ishlamoqchiman-ku! Unda yashash uchun ham rus tilini talab qilinglar.

5 months, 4 weeks ago
Bizning ichimiz keng, ko'zlarimiz keng:

Bizning ichimiz keng, ko'zlarimiz keng:
Tubsiz quloqlarni ko'taramiz shod.
Biz shunday keng — mo'lmiz, bu kengliklarga
daxshat sig'ar,
jasad sıg'ar,
sig'ar faryod.

Bizning ruhimiz keng, bu kengliklarda
zanjirband shafqatlar qilmaydi xuruj.
Bahaybat ko'zimiz ichra qayg'u bor
va chala tug'ilgan qayg'urish.

Bizning ko'nglimiz keng, bu kengliklarga
adashib ham tushmas talvasa izi.
Qonsiragan borliq. Jonlar o'lar
va javoban hayratimiz o'lar bizim.

Bizning nafsimiz keng, bu kengliklarda
olsak yetar, so'ng chiqarsak chirkin nafas.
Go'daklar sig'magan zaminda
haddimizga sig'sak bas.

Biz shunday dunyomiz. Biz kim musulmon.
Kenglik, xotirjamlik — jonsiz g'alamis.
Kesilgan tillarmiz,
bog'langan qo'llar,
bu kunlardan qolsa tarix,
Muallif — BIZ.

Umidabonu

6 months ago

https://t.me/kompyuter_xizmatlari_F

Talabalar uchun online kompyuter xizmatlari. Yordam kerak bo'lganlar va qiziquvchilarga yuborib qo'yamiz👩‍💻
Aytgancha, office dasturlaridagi istalgan xizmatlar ham mavjud.

6 months, 3 weeks ago
FAJR
7 months ago
Mustaqil ijodkor yoshlar birlashmasi, [Oyina.uz](http://Oyina.uz/) portali, …

Mustaqil ijodkor yoshlar birlashmasi, Oyina.uz portali, Book.uz hamkorligidagi

Ochiq mikrofon loyihasining 8-sonini kutib oling!🔸NazmRashid Xo'jamov,
Iroda Rahmonaliyeva,
Farrux Hasanov,
Umidabonu Hasanova.

🔹NasrFarrux Jabborov,
Go'zaloy Solih,
Mastura Abduraim qizi
Ahmad Ali Dilmurod.

🔸 TarjimaRahmon Ergench.

🔥 Kecha mehmoni — yozuvchi Shoyim Bo'tayev.

Keling, tinglang, his qiling! O‘z she’r va hikoyalaringiz bilan ishtirok eting. 21-oktabr, 19:00
📌 Book.uz

https://t.me/ochiq_mikrofon

We recommend to visit

Унча-Мунча - Кун ботгунча...

Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT

Реклама бўйича:
@newline24

.

Last updated 2 days, 15 hours ago

Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!

Admin: @omadli_adminjon

Reklama: https://t.me/rek_info/1338

Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз 💯

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг 👇

Last updated 4 months, 1 week ago

📚Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)

Last updated 1 month, 1 week ago