?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 1 month ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 1 week ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 4 days ago
🎁Biz yangi pleylist tashkil qildik!
*Toʻgʻrisi, oʻzimga kerak boʻlganda topishga qiynalganman, oʻzbek tilida! Albatta, bu juda katta mavzu, hatto kitoblar yozsa boʻladi. Ammo oltin o'rtalikni topishga harakat qilsh kerak!
Biz esa, qoʻldan kelgancha ushbu mavzularni yoritib berishga harakat qildik:*
🧬𝗔𝗡𝗧𝗜𝗕𝗜𝗢𝗧𝗜𝗞𝗟𝗔𝗥 𝗙𝗔𝗥𝗠𝗔𝗞𝗢𝗟𝗢𝗚𝗜𝗬𝗔𝗦𝗜
Hozircha, 9ta videodarsdan iborat. Keyinchalik, nasib boʻlsa, yanayam koʻproq va qiziqroq maʼlumotlar bilan boyitib borishga harakat qilamiz, Inshaalloh! Hozirga yetadi menimcha😊**
⚡️Koʻring, oʻrganing:
https://youtube.com/playlist?list=PLrJAHofeqhIfNetPxCJRVW_EGXRpRFZw_&si=f08Hi3IPNY8NCofC
Biz boshladik🔥
Savol va takliflar boʻlsa, kommentariya ochiq⬇️
🔥**Biz 30 daqiqada boshlaymiz!
Ungacha ishlarni tugatib, tayyor boʻlib turamiz
📌Bu linkni ulashib qo'yish esdan chiqmasin!**https://t.me/apex_medicine?livestream=0da4d191d242f3656f
**"Buni o'qimasayam bo'ladi..."
Ko'pchilik yosh talabalar yuqori kurslarda o'qiydigan tanishlaridan maslahat olib turishadi:
- falonchi qanaqa o'qituvchi, mavzuni qanday so'raydi, qiynaydimi yo'qmi
Ba'zan yangi boshlagan fanni ham so'rashadi:
- bu qanaqa fan, kerakmi o'zi, o'qimasa nima bo'ladi, sizga hozir shu fandagi bilimlar yordam beryaptimi... va hokazo savollar
Bunday maslahatlar olib turish yaxshi albatta, lekin har kimdan ham emas. Chunki hamma o'zi qilgan ishlarni, o'zi tutgan yo'llarni gapirib beradi. O'ziga yoqqan ustozlarni maqtaydi, o'ziga yoqmaganlarini esa, garchi u yaxshi ustoz bo'lsa ham, yomon otliqqa chiqaradi.
Unisiyam mayli, fanlar borasidagi maslahatlarchi, o'zlari biror fanni qoyillatib o'qib qo'yganday sizlarga:
- u fan kerak, bu kerak emas, bu fanni o'qisang bo'ldi yetadi, bu fanni "o'qimasayam bo'ladi" bekorga vaqting ketadi, kelajakda kerak bo'lmaydi, mana men ham o'qimaganman yuribman-ku... degan "oltin" ga teng maslahatlar berishadi
O'qishga kirgan vaqtimizda ba'zi do'stlarim yuqori kurs aka-opalaridan anatomiyani, ba'zilari esa gistologiya va patanatomiyani, ba'zilari esa hatto farmakologiyani "keraksiz fan" deb eshitishgan. Nimamish: "farmani o'qish shart emas, aptekada 1 yil ishlasak hamma narsani o'rganib olar ekanmiz". Meni o'zimga esa biokimyoni "o'qimasayam bo'ladi" deyishgan. Men biokimyo o'tilayotgan vaqtda uni chin yurakdan harakat qilib o'qimaganman, qiziqmaganman. Lekin bunga ko'p afsuslandim. Chunki uni o'rganganimdan keyin fikrlashim ancha o'sdi, tibbiyotga qiziqishim ortdi, nega avvalroq o'rganmagan ekanman, deb qoldim.
Bilmadim yana qanchadan qancha fanlar borki, naqd xazinaning o'zi, lekin biz ularni haliyam keraksiz fan sanaymiz
Sizlarga maslahatim, tibbiyotga aloqador fanlarga befarq bo'lmang, ularni qunt bilan o'qib o'rganing, praktikaning o'zi bilan zo'r shifokor bo'lib ketaman deb o'zingizni aldamang. Agarda siz katta kurs bo'lsangiz, sizdan maslahat so'ragan uka-singillaringizga ko'r-ko'rona gapirmang, yaxshi bir fanni "chiqitga" chiqaryotganda o'zingiz bu fanni o'qimaganingizni va bu fanning yoki ustozning emas, balki faqat va faqat sizning aybingiz bo'lganini ham ta'kidlab o'ting*❗*
Bu sening yo'ling, faqat va faqat seniki. Bu yo'ldagi barcha ishlarga sen javobgarsan, barcha ma'suliyat sening bo'yningda, hamma muammolarni o'zing hal qilasan, hech kimni aybdor qila olmaysan, haqqing ham yo'q. Yutuqlarningni esa bo'lishishing mumkin, istasang agar.
Boshqalar sen bilan birga yurishi mumkin, birga turishi mumkin. Lekin, hech kim, hech qachon bu yo'lni Sen uchun yura olmaydi.
Meni o‘ylantirayotgan savollar...
Puli yo‘qligi uchun ehson qilmaydimi? Yoki ehson qilmagani uchun puli yo‘qmi?
Kambag‘alligi uchun hayotdan noliydimi? Yoki hayotdan noligani uchun kambag‘almi?
Ishi yurishmagani uchun hammadan ayb qidiradimi? Yoki hammadan ayb qidirgani uchun ishi yurishmaydimi?
Bo‘sh vaqti yo‘qligi uchun ibodat qilmaydimi? Yoki ibodat qilmagani uchun bo‘sh vaqti yo‘qmi?
Rizqi torligi uchun uylanmaydimi? Yoki uylanmagani uchun rizqi tormi?
Atrofida yomon do‘stlari borligi uchun tarbiyasi buzilganmi? Yoki tarbiyasi buzilgani uchun atrofida yomon do‘stlari bormi?
Aqlliligi uchun muvaffaqiyatli odamlar bilan do‘stmi, yoki shunday do‘stlari bo‘lgani uchun aqllimi?
© Mohir Mirzaxmedov
Zerikish
(Biz gaplashmoqchi boʻlganimiz, hech narsa bilan shug'ullanmaslik natijasida boʻladigan zerikish!)
Izoh: telefon oʻynab yotish zerikishga kirmaydi! U bekorchilik!
Kundan-kun zerikish hissi yoʻqolib bormoqda. Men yoshligimda, aniq eslayman, zerikkan paytlarimni. Bu his koʻplab doʻst orttirishimga, yangi oʻyinlar oʻylab topishimga, nimadirlar yasashimga yoki chizishimga sabab boʻlganini. Katta boʻlganda esa, yangi kitob varaqlashga, foydali kino yoki koʻrsatuv koʻrishga, Youtube'ni ochib podcast qidirishimga, yaxshi ishlarga qoʻl urishimga sabab bo'lgan bu - zerikish, yaqin-yaqin kunlargacha
Ammo oxirgi paytlar e'tibor berib qarasam, zerikmayapman negadir. Shu sabab, sizlarga ham sezilgandir, kanalda postlar kamayib ketti, kreativlik birmuncha pasaydi, balki ish unumim ham (oʻzimga sezildi)!
(Bu esa meni kanalimni zerikkanimdan, shunchaki yuritaman degani emas!)
Asl sabab quyidagicha: miyamiz shunaqaki, hech boʻsh qolgisi kelmaydi. Yoki info olib turishi kerak, yoki oʻzi ishlab nimadirlar qilishi kerak. Men esa oxirgi paytlar uni Youtube shorts va instagram reels bilan tinimsiz "boqdim". U hecham boʻsh qolmadi. Avvallari telefonsiz, boʻsh oʻtirganimda har xil gʻoyalar, kanal uchun tayyor postlar, ajoyib oʻylar kelardi, sezardim. Info yeyaverib toʻygan miyam erinchoq boʻlib qoldi. Unga tayyor yengil dofaminni oʻz qoʻllarim bilan osonlikcha berdim. Uni rohati qisqa boʻlsa ham tinimsiz davom etgani uchun odamga yoqadi, zerikmaysiz!
Ammo miyaga ishlashga qoʻyib bersangiz, oʻzi bir nimalar oʻylab topadiki, uni kayfi boshqacha, bitta boʻladi yomon boʻladi☘ anchaga yetadi?
E'tibor bersangiz, hozirgi yosh bolalarni qoʻlida telefon, qolgan vaqti esa maktab, bogʻcha va ota-onasi istagiga koʻra, turli toʻgaraklar bilan toʻla, zerikishga vaqti yoʻq, bolaning. (Albatta toʻgaraklar yaxshi, ammo telefon ortiqcha bu yerda). Ha bolada qayerdan vaqt boʻlsin qiziqishlarini kashf qilishga? Bolani zerikishiga qoʻyib beringda (albatta, nazorat ostida), koʻrasiz, u eng sevgan ishiga qoʻl uradi.
Sizga ham maslahat, oʻzimga ham: zarur darslar, ishlarni qilish kerakda, telefonni uloqtirib, osmonga qaraaab yotish kerak, ertangi planlarni qilamiz, kelajagimiz haqida oʻylashni boshlaymiz, buyogʻiga miya ozi sekiiiin tortib ketadi kerakli tomonga, uni erkin qoʻysak bas. Buni qilib koʻrganlar bordir-a, hayolotda suzganlar?
'Zerikish' yaxshimi yoki yomon?
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 1 month ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 1 week ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 4 days ago